1. Mahsulot(xizmat)ning tavsiflanishi va uning vazifalari Tovar hayotiylik davrining asosiy bosqichlari



Yüklə 15,92 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü15,92 Kb.
#167958
1. Mahsulot(xizmat)ning tavsiflanishi va uning vazifalari Tovar h-www.hozir.org


1. Mahsulot(xizmat)ning tavsiflanishi va uning vazifalari Tovar hayotiylik davrining asosiy bosqichlari




VARIANT-23 
23-VARIANT

1. Mahsulot(xizmat)ning tavsiflanishi va uning vazifalari


2. Tovar hayotiylik davrining asosiy bosqichlari.

3.Raqobatchilar mahsulotlarini baholashda nimalarga


e’tibor berish kerak?

JAVOBLAR:


1. Mahsulot(xizmat)ning tavsiflanishi va uning vazifalari.

Biznes-rejada mahsulotni tavsiflash bozorga sotish uchun kiritilayotgan tovar kabi


ifodalanishi lozim.
Tovarni o‘z iste’mol qiymati bilan odamlarning u yoki bu ehtiyojlarini qondiruvchi tovar

ekanligi haqida


tasavvur paydo bo‘lishining oldini olish kerak. Tovarning bu xususiyatlari uning bozor

tushunchasi sifatidagi xususiyatlarining yarmini tashkil qiladi,


xolos. Ikkinchi yarmi mahsulotni yaratish va iste’molga tayyorlash, texnik xizmat

ko‘rsatish, ehtiyot qismlar bilan ta’minlash, tovar belgisi, o‘rovi va hokazolardan iborat


bo‘ladi.

Korxona mahsuloti besh xil tavsifga ega bo‘ladi:


1)Sifat darajasi

2)Xususiyatlari


3)O'ziga xos bezagi

4)Marka nomi


5)O‘ziga xos o‘rovi

Tovar uni iste’molchi tomonidan qabul qilish nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilishi


zarur. Bu maqsadda tovar haqida quyidagi ma’lumotlar keltiriladi:

-Tovar qanday ehtiyojlarga mo'ljallangan


-Sifat ko‘rsatkichlari

-Iqtisodiy ko‘rsatkichlar


-Tovarning tashqi bezalishi

-Yangi tovarni tavsiflash


-Boshqa tovarlar bilan solishtirish

-Patent huquqlari




-Eksport ko‘rsatkichlari va uning imkoniyatlari


-Mahsulotni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari
1.Tovar qanday ehtiyojlarga mo'ljallangan.Extiyojlarni tavsiflovchi asosiy axborot
quyidagilardan iborat:
-Tovar nomi
-Tovarning vazifalari, foydali samarasi
-Tovardan foydalanishning universalligi, bilvosita foyda, ikkinchi
darajali qo‘llash sohalari
-Tovarning o'ziga xosligini ta’minlovchi omillar
2. Sifat ko‘rsatkichlari
Maxsulot xususiyatlariga uning quyidagi sifat ko‘rsatkichlari
bevosita bog‘liq bo‘ladi:
-Uzoq muddat xizmat qilishi
-Ishonchliligi
-Oddiyligi
-Xavfsizligi
3. Iqtisodiy ko'rsatkichlar
Iqtisodiy ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat:
1)Iste’mol narxi
2)Bitta mahsulot birligi
tannarxi va u keltiruvchi foyda
Iste’mol narxi tovarning xizmat qilish muddati davomida unga
sarflanuvchi xarajatlarni aks ettirib, quyidagilardan iborat
bo‘ladi.

1.Sotuv narxi


2.Transport xarajatlari
3.O‘rnatish xarajatlari
4.Xodimlarni o‘qitish xarajatlari
5. Ekspluatatsiya xarajatlari
6.Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xarajatlari
7.Soliqlar
8.Sug‘urta badallari va hokazo
4.Tovarning tashqi bezalishi
Tovarning tashqi bezalishini tavsiflashda quyidagilarga e’tibor
qaratiladi:
- Zamonaviy dizayn va iste’molchilar
talablariga mos kelishi
- Mahsulot shakli uning funksiyalariga
qanchalik javob berishi
- Material va rang nima asosida tanlanganligi
5. Yangi tovarni tavsiflash:
Yangi tovarni tavsiflash ayrim xususiyatlarga ega. Avvalo tovar «bozor yangiligi»
talablariga javob berishi ko‘rsatiladi. Bu atama bilan



belgilanuvchi tovarlar quyidagi xislatlarga ega bo‘ladi:


-iste’molchi oldida eng yangi ehtiyojlarni qondirish imkoniyatini ochib beradi (pioner
tovar);
-oddiy, ma’lum bo‘lgan ehtiyojni bir pog‘ona yuqoriga ko‘taradi (oq-qora 
televizor o‘rniga rangli televizor);
-iste’molchilarnig kengroq doirasiga ma’lum darajada ehtiyojni qondirishga imkon
beradi.
6. Boshqa tovarlar bilan solishtirish:
Tovarning xususiyatlarin ko‘rib chiqishda bozorda mavjud bo‘lgan
tovarlar va korxona taklif qilayotgan tovar xususiyatlari o‘rtasidagi farqlar ko‘rsatiladi.
Yangi yoki mavjud tovarning raqobatchilar tovarlaridan farqi aniq ko‘rsatilishi lozim.
Agar korxona taklif qilayotgan tovarning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lmasa, u bozordagi
boshqa tovarlardan ajralib turmasa bu belgilab qo‘yilishi hamda biznes-rejada
xaridorlarni nima hisobiga jalb qilish mo‘ljallanayotganligi ko‘rsatilishi lozim. Bu xislatlar
yoki xaridor uchun qo‘shimcha foydalar biznes-rejaning marketinga bag‘ishlangan
bo‘limida
batafsil ko‘rsatib o‘tiladi.
7. Patent huquqlari:
Ushbu qismda korxonaning bozorga raqobatchilar kirib kelishiga
to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan turli xil ixtirolarga egalik huquqi tavsiflanadi:
-Foydali modellar
-Tovar belgilari
-Tovarning kelib chiqish joyining
nomlanishi
- << Nou-Xau>> ga egalik litsenziyalari
8. Eksport ko‘rsatkichlari va uning imkoniyatlari
Mahsulotning ayrim turlari tashqi bozorga chiqariladigan bo‘lsa, eksportni tavsiflovchi
asosiy ko‘rsatkichlarni, ya’ni:
-mamlakat
-sotuv hajmi,
-valyuta tushumini ko‘rsatish lozim. Boshqa tovarlar bo‘yicha ichki bozorga
mo‘ljallangan mahsulotni chet ellik iste’molchilar talablariga moslantirishning
maqsadga muvofiqligi va imkoniyatlari ko‘rsatiladi.
9. Mahsulotni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari
Ushbu bo‘limda esa iste’molchilar
so‘rovlarini ko‘proq qondirish
maqsadida mahsulotni
modernizatsiyalashning asosiy
g‘oyalari, yo‘nalishlari va imkoniyatlari keltiriladi.
2. Tovar hayotiylik davrining asosiy bosqichlari.
Tovarning hayotiylik davri:



Ma’lumki, har bir tovar o‘zining hayotiylik davriga ega bo‘lib, bu to‘rt bosqichdan iborat:


-Tovarning bozorga kiritilishi
-O‘sish
-Yetuklik
-Qarish
Turli xil tovarlarga nisbatan hayotiylik davri uzoq muddatli, oddiy va qisqa muddatli
bo‘lishi mumkin.
Tadbirkor uchun u ishlab chiqarishni mo‘ljallayotgan tovarning hayotiylik davri haqida
ishonchli ma’lumotlarni olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Buning ahamiyati, ayniqsa, bozorda o‘xshash yoki xuddi shunday tovarlar mavjud
bo'lgan hollarda ortadi. Aks
holda, tadbirkor ishlab chiqqan tovarni bozorga kiritish o‘rnini bosuvchi tovarning qarish
bosqichiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bunda bozorga yana taklif qilingan tovar sotilmaydi va
uni ishlab chiqarishni darhol to‘xtatishga to‘gri keladi.
Mahsulotni baxolashda taklif qilinayotgan tovarning hayotiylik davrini aniqlash ham
muhim ahamiyat kasb etadі. Har qanday tovarning hayotiyik davri ma’lum bir
qonuniyatlarga bo‘ysunadi va
bir qator bosqichlardan iboratdir. Tovarning bu bosqichlardan o‘tish tezligi bozor
konyukturasiga ta’sir ko‘rsatuvchi bir qator holatlarga bogliq bo‘ladi.
Tovarning hayotiylik davri bosqichlari bo‘yicha oldindan hisoblab chiqilgan va
belgilangan tarzda harakatlanishi narx, tovarni tarqatish usullari, reklama,
ishlab chiqarish obyektlari va tovar harakatlanishi bilan manyovr qilish kabi vositalardan
foydalangan holda zarur chora-tadbirlarni o‘z vaqtida qabul qilishga imkon beradi.
Ularning barchasi sotuv hajmi va darajasiga, shuningdek korxonaning moliyaviy
natijalariga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Albatta, hayotiylik davrining bosqichini aniqlash juda qiyin, chunki tovarning hayotiylik
davrini u tugagan
taqdirdagina aniq bilish mumkin bo'ladi. Shu sababli hayotiylik davri tugagandan so'ng
mazkur tovar qaysi payt qaysi bosqichda bo'lganligini aytib bera olsak, «hayot» davrida
barcha hisob-kitoblar taxminiy xarakterga ega
bo'ladi.
Firmalar tovar haqiqatda o'sish bosqichida turgan bir paytda u yetuklik bosqichga kirdi
deb, unga e'tiborni
susaytirgan hamda qo'shimcha foyda olish imkoniyatidan mahrum bo'lgan hollar ko'p
kuzatilgan. Ko'pincha
buning aksi ham bo'lib turadi. Tovar o'sish bosqichida deb hisoblagan firma uni
o'zlashtirishga kirishadi.
Tekshirib ko'rilganda esa, tovarning yetuklik bosqichidan o'tganligi ma'lum bo'lib,
firmaning omborlarida sotilmay qolgan mahsulotlar to'planib qoladi. Aynan shu sababli
«ikkinchi toʻlqin»dagi ishlab chiqaruvchilar ular
ishlab chiqarishni mo'ljallab turgan tovarning hayotiylik davri bosqichini toʻgʻri topa
olishlari lozim bo'ladi. Bu
yangi tovarlarni ishlab chiqish strategiyasini to'g'ri tanlashga imkon beradi. Shunday
qilib, yangi tovarlarni ishlab chiqishda ishlab chiqilayotgan tovar va boshqa firmalarning
o'xshash
tovarlarining hayotiylik davri bosqichlarini solishtirsh muhim ahamiyat kasb etadi.
Muvaffaqiyatli rivojlanish uchun har bir korxona o'sish bosqichidagi raqobatbardosh
tovarlarga ehtiyoj sezadi.
Tovar o'sish bosqichida bo'lgan va tez sotilayotgan paytda firma barcha hatti-



harakatlarini uni sotishga qaratadi


va ko'p hollarda kelgusi avlod tovarlarini ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo'lmaydi.
Biroq, o'sish sur'ati
pasayishni boshlagan paytda bu haqda o'ylash kech boʻladi.
Firma ishlab chiqarayotgan tovar yetuklik bosqichga yaqinlashgan paytda bu tovar
qarish bosqichiga kirishi bilan yangi tovarlar kirib kelishi uchun kelgusi avlod tovarlarini
ishlab chiqishga kirishish lozim.
Yuqorida aytib o'tilganlarni hisobga olgach, ishlab chiqilayotgan tovarlarning hayotiylik
davrini kompleksli o'rganishning muhimligi tushunarli bo'ladi. Bunday o'rganish boshqa
firmalarning o'xshash tovarlari bilan birgalikda firmaning o’z tovarlari hayotiylik
bosqichini tahlil qilishni talab qiladi. Albatta, taqchillik sharoitlarida ko'plab tadbirkorlar
asosiy e'tiborni tovarning hayotiylik davrini o'rganishga
emas, balki umuman boshqa, tovarni ishlab chiqarish va bozorga etkazish bilan bog'liq
muammolarni hal
qilishlariga to'g'ri kelmoqda. Biroq tovarning hayotiylik davrini tahlil qilish zaruratiga
e'tibor qaratmaslik ham
ko'p hollarda ishlab chiqarish samaradorligining eng yuqori bo'lishiga erishishga imkon
bermaydi. Eng urfga
kirgan tovarlarni ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi bir qator tadbirkorlarning esa
tovarning hayotiylik davri muammolariga murojaat etishi shubhasiz. Bundan tashqari,
bozorga murojaat qilishga ko'pincha yangi tovarni ishlab chiqish yoki chiqarilayotgan
tovarning hayotiylik davriga o'zgartirish kiritish zarurati majbur qiladi. Bozor haqida,
unda ro'y berayotgan jarayonlar haqidagi axborotni marketing tadqiqotlari beradi.
3.Raqobatchilar mahsulotlarini baholashda nimalarga
e’tibor berish kerak?
Mahsulotni baholash usullari.
Tovarlarni tadqiq etishning pirovard maqsadi bozordagi tovarlar sifati va texnik-iqtisodiy
ko‘rsatkichlarining xaridorlar so‘rov va talablariga mos kelishi, shuningdek ularning
raqobatbardoshliligini tahlil qilish hisoblanadi. Tovarlarni tadqiq etish iste’molchi
nimaga ega bo‘lmoqchiligi, u mahsulotning qaysi iste’mol
ko‘rsatkichlarini (dizayn, ishonchlilik, narx, ergonomika, servis, funksionallik) ko‘proq
qadrlashi haqidagi ma’lumotlarni olishga imkon beradi. Shu bilan birga reklama
kompaniyasi uchun eng omadli dalillarni olish, to‘g‘ri keluvchi savdo vositachilarini
tanlashga yordam beradi. Mahsulot sifat korsatkichlarini aniqlash usullari:
-O‘lchash usuli
-Hisoblash usuli
-Organaleptik usul
-Ro'yxatga olish usuli
Ma'lumotlar manbalari bo'yicha esa:
-An’anaviy usul
-Ekspert usuli
-Ijtimoiy usul
Mahsulot sifatining darajasini baholashda esa turli usullardan foydalaniladi:
-Differensial
-Kompleks
-Aralash

-Statistik





Bu sifat darajalariga ta'rif berib o'tadigan bo'lsak:


Differensial usul -mahsulotning sifatini
birgina ko‘rsatkichdan foydalanishga asoslangan baholash usulidir.
Mahsulot sifatining kompleks ko‘rsatkichlarini qo‘llashga asoslangan usul - Kompleks
usul deb ataladi.
Aralashgan usul - bunda bir vaqtning o‘zida ham birgina ko‘rsatkichdan, ham kompleks
ko‘rsatkichlardan foydalanib mahsulotning sifati baholanadi.
Statistik usul bilan mahsulot sifatini
baholashda matematik statistika usullaridan foydalaniladi.
Mahsulotni baholashda taklif qilinayotgan tovarning hayotiylik davrini aniqlash ham
muhim ahamiyat kasb etadі va bu sifat nuqtai nazaridan juda muhimdir.



http://hozir.org
Yüklə 15,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin