1. Ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy ishlar yo’nalishi sardorining vazifalari



Yüklə 21,01 Kb.
səhifə1/3
tarix26.12.2023
ölçüsü21,01 Kb.
#198078
  1   2   3
Anketa


1.Ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy ishlar yo’nalishi sardorining vazifalari. 
O’quvchilar o’rtasida Yoshlar ittifoqining maqsad-vazifalarini targ’ib etadi, ularda milliy g’urur, vatanparvarlik va fidoyilik tuyg’ularini shakllantirish, ma’naviy kamolotini yuksaltirish, shuningdek, umumiy o’rta ta’lim maktabining ichki tartib-qoidalariga o’quvchilarning to’liq rioya etishi, tarbiyasi og’ir (profilaktik nazoratda turgan), o’zlashtirishi past o’quvchilar bilan ishlash chora-tadbirlarini belgilaydi, “Etakchi” klubi sardori bilan doimiy aloqani o’rnatadi, olib borilayotgan ishlar haqida muntazam hisobot berib boradi.


2.Siyosiy-huquqiy savodxonlik yo’nalishi sardori ning vazifalari. 
 O’quvchi-yoshlarning fuqarolik huquq va burchlarini anglashi, ijtimoiy-siyosiy va huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi, yuristkonsulьt bilan doimiy aloqani o’rnatadi, olib borilayotgan ishlar haqida muntazam hisobot berib boradi.


3.Iste’dodli yoshlar yo’nalishi sardorining vazifalari.
O’quvchilarning maktab va sinfdan tashqari bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etadi hamda iqtidori, iste’dodi, ijtimoiy faolligi, tashabbuskorligini rivojlantirish borasida chora-tadbirlarni amalga oshiradi, tashkiliy bo’lim sardori bilan doimiy aloqani o’rnatadi, olib borilayotgan ishlar haqida muntazam hisobot berib boradi
4.Tashabbus va loyihalar yo’nalishi sardorining vazifalari.
Umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi yoshlarning har qanday murojaat va tashabbuslarini qabul qiladi, taklif-tashabbuslarini o’rganadi va muammolarga amaliy yechim topish uchun yetakchi bilan birgalikda maktab direktori hamda Yoshlar ittifoqining tuman (shahar) kengashiga yetkazadi, olib borilayotgan ishlar haqida muntazam hisobot berib boradi


5.Sport va harbiy vatanparvarlik yo’nalishi sardorining vazifalari.
 O’quvchilar o’rtasida ommaviy sport tadbirlarini tashkil etadi, harbiy sport mashg’ulotlariga doir musobaqalarni o’tkazadi, olib borilayotgan ishlar haqida muntazam hisobot berib boradi.



Yüklə 21,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin