1-maruza Mavzu: Avtomobil-haydovchi-yo‘l-piyoda-muhit



Yüklə 38 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü38 Kb.
#182222
Avtomobil-haydovchi-yo‘l-piyoda-muhit

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Yillar

1-maruza

Mavzu: Avtomobil-haydovchi-yo‘l-piyoda-muhit

Reja:

1.

2.

3.


Tizimga quyidagi tashkiliy qismlar kiradi: A (avtomobil), H (haydovchi), Y (yo‘l), P (piyoda). Bu tashkiliy qismlar muhitda faoliyat ko‘rsatibgina qolmasdan, atrof-muhit bilan ularning har biri chambarchas bog‘liq bo‘ladi. «Muhit» deb atrof-muhitning yo‘l harakati xavfsizligiga mujassamlashgan ta’siri tushuniladi va u quyidagi faktorlardan tashkil topadi: 1) ob-havo (meteorologik ko‘rinish, yog‘ingarchilik, shamol, temperatura); tabiiy-landshaft (tekislik, qir-adirlik, tog‘lik, yer osti, yer usti suvlari va h.k.z.); mexanik (shovqin, chang, tebranish, gaz chiqindilari bilan ifloslanganlik va h.k.). «A-H-Y-P-M» tizimda mexanik «Avtomobil-Yo‘l (AY) » va biomexanik «Haydovchi-Avtomobil», «Haydovchi-Yo‘l», «Piyoda-Avtomobil» va «Piyoda-Yo‘l», hamda biologik «Haydovchi-Piyoda», tizimlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
«A-H-Y-P-M» tizim optimal faoliyat ko‘rsatishida har bir tashkil etuvchining alohida, hamda ularning birgalikdagi (AH, HY, YP, AP va boshqa) tasniflari katta ahamiyatga ega.
Avtomobil transportining konstruktiv o‘lchamlari (parametrlari) yo‘l harakatining tasnifiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunda avtomobilning geometrik o‘lchamlari, tortish va tormozlanish sifati, boshqarilish darajasi, haydovchi ish joyining qulayligi muhim o‘rin egallaydi.
Yo‘l harakati xavfsizligi eng asosan haydovchining ishonchliligiga, uning tayyorgarligiga va ishlash qobiliyatiga bog‘liq.
Piyodalar yo‘l harakatida alohida o‘rin egallaydilar. Ular yo‘l harakat qoidalarini mukammal bilishlari va amal qilishlari real yo‘l sharoitlarida harakat xavfsizligini ta’minlashga imkon yaratadi.
Umumiy tomonlardan optimal ravishda kelib chiqqan holda, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga birinchi navbatda «A-H-Y-P-M» tizimidagi har bir tashkil etuvchining va birgalikda faoliyat qiluvchilarning tasniflarini optimallashtirish orqali erishish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida avtomobillashtirish va yo‘l tarmoqlarining o‘sish ko‘rsatkichlari
Butun dunyoda avtomobillar soni kundan-kunga ko‘payishi kuzatilmoqda. Bunday holat birinchi navbatda. O‘zbekiston Respublikasiga xosdir. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakat iqtisodiyotini kuchaytirish maqsadida avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirib, Andijon viloyatining Asaka shahrida Janubiy Koreya bilan hamkorlikda «O‘zDeuavto» qo‘shma korxonasida yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan zavod qurilib, 1996 yildan boshlab Tiko, Neksiya, Damas va 2001 yilning avgust oyidan esa Matiz rusumli avtomobillari ishlab chiqara boshlandi. Ayni vaqtda zavod konveyeridan 250.000ta avtomobil ishlab chiqarildi, uning 51.000ta eksport qilindi. Faqat 2000 yilda zavodda 30,7000 dona avtomobil ishlab chiqarildi. Shuningdek, 1999 yil avgust oyida Samarqand shahrida Turkiya Respublikasi bilan hamkorlikda «SamKochavto» zavodida kichik hajmli avtobus va yuk avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi dunyoga avtomobil ishlab chiqaradigan 26-davlat bo‘lib kirdi.
O‘zbekistondagi avtomobil zavodlaridan 2007 yilga kelib yiliga 350.000 avtomobil ishlab chiqarilib, undan 2/3 qismi eksport qilinadi [1]. Umuman O‘zbekiston Respublikasida 1996 yildan boshlab xususiy sektorda avtomobil transportining soni yildan-yilga ortib bormoqda va bu o‘sish ko‘rsatkichi keyingi olti yil ichida o‘rtacha 5 % tashkil etdi (1.1-jadval).
1.1-jadval

Yillar

1996

1997

1998

1999

2000

2001

Xususiy sektordagi avtomobillar soni



808736


865700


926670


969890


1014420


1038335


Avtomobillashtirish jamiyatning iqtisodiy yuksalishiga ijobiy ta’sir qilish bilan birga, qator salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarmoqdaki, ularni hal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Avtomobillashtirishning salbiy oqibatlari yo‘l-transport hodisalari natijasida ko‘plab kishilarning halok bo‘lishlari (respublikamizda 2000 yili 2128 taga yetdi) yoki tan jarohatlari olishlari (2000 yili 11677 dan oshib ketdi), shuningdek, yo‘l-transport hodisalari natijasidagi ko‘plab yetkazilayotgan moddiy zararlar, shahar ko‘chalari, aholi yashaydigan joylardan o‘tadigan yo‘llar mintaqasidagi yuqori darajadagi shovqin, havo basseynlarining ifloslantirilishi, ko‘chalarni to‘xtab turuvchi avtomobillar tomonidan to‘sib qo‘yilishlari va nihoyat, transportlarning ushlanib qolishlari va harakat tezliklarining keskin tushib ketishidan iboratdir. Past darajadagi harakat xavfsizligiga sabab bo‘ladigan avtomobillar harakatining quyidagi o‘ziga xos xususiyatini ko‘rsatish mumkin:


1) Avtomobil transportining talablariga javob beradigan yo‘llar bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi;
2) Avtomobillar harakati yo‘l harakatining boshqa qatnashchilaridan yetarli darajada ajratilmaganligi va piyodalar harakatlanish madaniyatining pastligi;
3) Haydovchilik kasbining ommaviyligi va ular orasida past malakali, kam ko‘nikmaga ega bo‘lgan havaskor haydovchilarning ko‘pligi, hamda yo‘l harakat qoidalariga rioya qilmaydigan haydovchilarning mavjudligi;
4) Foydalanuvdagi transport vositalarini ko‘plab texnik nosozliklari.
Mamlakatimizdagi iqtisodiy tarmoqni rivojlantirishda yo‘l sohasining roli katta bo‘lib, u ishlab chiqarish sohasi va iqtisodiy mustaqillikni mustahkamlash va O‘zbekiston Respublikasini jahon hamjamiyatiga faol kirib borishi transport kommunikatsiyalarining a’lo darajada rivojlantirishni talab etadi, bu esa, birinchi navbatda, avtomobil yo‘llarining ustivor tarzda rivojlantirib borishni talab etadi
Yüklə 38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin