1-mavzu bo’yicha seminar javoblari



Yüklə 17,08 Kb.
tarix06.06.2020
ölçüsü17,08 Kb.
#31778
1-Семинар саволлари(1-u)

1-MAVZU BO’YICHA SEMINAR JAVOBLARI:

1. Agar “falsafa“ so‘zining kelib chiqishiga e'tibor bersak, uning yunon tilidagi tarjimasi «donolikni sevaman» ma'nosini anglatadi. 
Aslini olganda falsafa bu haqiqatni izlash, uni tub mohiyatini anglab yetish demakdir. Bugungi kunda haqiqatni izlash faqat falsafagina taalluqli degan fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. Faylasuf bo‘lmasdan ham fizika, tibbiyot, badiiy ijodda yoki kundalik hayotda bilim va haqiqatga intilish mumkin. Biroq haqiqatni ongli izlash aynan falsafadan boshlangan.

Falsafa barcha fanlarni otasidir. Hozirgi kundagi barcha fanlar falsafani tarkibiy qismi hisoblanadi. Bunga isbot sifatidfa bir misol keltirish mumkin. Ya’ni qadimgi davrlarda, Pifogor-buyuk matematik olim ham Suqrot, Arastu kabi faylasuf deb atalgan.


2.
Falsafaning bahs deganda ko’plab falsafiy olimlarni fikrlari o’rtasidagi munozaralar, tortishuvlar, har kim o’z fikrni bildirib va o’zini fikrini qat’iy bildirgan holda ilgari surib munozarlarni o’rtasida munosabatni vujudga keltirishi bahs bo’ladi. Masalan: Tomas Gobbsning fikriga ko’ra “Falsafa – bu tabiiy holdagi insoniy aqldir, chunki falsafa bu to‘g‘ri xukm orqali erishilgan bilishdir”. Aristotelning fikriga ko’ra esa: «Fanlar falsafadan kelib chiqqan, ya'ni har bir fikr, g‘oya –donolikdan tarqalgandek, donishmandlik bu – falsafadir» deb ta'kidlagan.

Bunday fikrlarning hammasi to’g’ridek, ammo buni har bir inson o’z dunyoqarashi tufayli, haqiqatni har kim turlicha tushunishi tufayli turlicha qabul qiladi. Kimdir u fikr tarafdori, kimdir esa bu fikr tarafdori bo’ladi. So’ngida esa bahs-munozara vujudga keladi.

3. Falsafa umuminsoniy fan sifatida bashariyatga doir umumiy muammolarni qamrab oladi, albatta. Ma’lumki, olam va odam munosabatlari, jamiyat va tabiatni asrash, umrni mazmunli o‘tkazish, yaxshilik va yomonlik kabi qadriyatlar bilan bog‘liq masalalarning barchasi insoniyat uchun umumiy. Ammo falsafada muayyan milliy xususiyat, maqsad va intilishlar ham o‘z ifodasini topadi. Aslida, yuqorida zikr etilgan umuminsoniy mavzu, masala va muammolarning barchasi avval-boshda xususiy, milliy, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar tarzida namoyon bo‘ladi. O‘z yurti, millati, ota-onasi va yor-birodarlarini sevgan vatanparvar inson, avvalo, ana shularning kamoli uchun qayg‘uradi, ularni o‘ylaydi, ularga xizmat qilishni oliy saodat deb biladi. Bunday shaxs dunyoqarashida ana shu jihat va xususiyatlar albatta aks etadi. Bu esa, o‘z navbatida, umuminsoniy fan bo‘lgan falsafada milliylikning aks etishiga asos bo‘ladi. Umuminsoniylik — vatansizlik (kosmopolitizm) bo‘lmagani singari, milliylik ham — milliy qobiqqa o‘ralish, milliy mahdudlik degani emas.


4. Biz millat bor ekan, milliy madaniyat, til va adabiyot ham mavjud degan fikrga o‘rganib qolganmiz. Aslida, ularning barchasi nafaqat bir millatga, balki butun insoniyatga xos-ku! Bizning nazarimizda, milliy falsafa millat mentalitetini belgilaydigan muhim omildir. Umumbashariy sivilizatsiyaga uzviy qo‘shilish jarayoni milliy falsafani yaratish orqali sodir bo‘ladi. Eng muhimi — falsafadagi milliylik umuminsoniylikni rad qilish evaziga emas, balki uni ijodiy boyitish orqali rivojlanib boradi.

Bunday olib qaraganda falsafaning iptidosi shaxsiy falsafa bo’lgan deyish mumkin. Keyinchalik oila falsafasi, urug’ falsafasi, qabila va hokazo holatda u ham evolutsiyani boshdan o’tkazgan. Bora-bora milliylikdan umuminsoniy falsafagacha ko’tarilgan. Qadimgi davrlarda internet, axborot va informatsiya texnologiyalari bo’lmaganligi uchun ham global muommolar haqida ma’lumot kamdan-kam bo’lgan. Bu ham falsafa milliy bo’lishi mumkinligini ifodalaydi. Qolaversa o’zbek xalqi uchun ham O’zbekistonni buyuk va demokratik davlatga aylanishi qaysidir ma’noda milliy falsafa.


5. Dunyoqarash - Inson o`zini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi, unga baxo berishi, xulosa chiqarishi bo`lib, dunyoni inson ongidagi o`ziga xos in'ikosidir. Insonning o`ziga va uni qurshab turgan borliqqa bo`lgan munosabatlarini ifodalaydigan ko`nikmalari, malakalari, bilimlari hamda dunyoni amaliy va nazariy o`zlashtirish hamdir. Ayniqsa, inson tafakkurining o‘zgarishi, dunyoqarashning yangicha tamoyillarga ega bo‘lishi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Bu hol bizning kunlarimizda ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Hozirgi kunda jamiyatimizda istiqlol g‘oyalariga asoslanadigan yangi dunyoqarashni shakllantirish asosiy vazifa bo‘lib turibdi. Zero, inson dunyoqarashini, uning asosiy tamoyillarini o‘zgartirmasdan, yangi jamiyatni qurish qiyin. Istiqlol talablari darajasida falsafiy tafakkurni yangilash vazifalarini bajarish g‘oyat murakkab bo‘lib, quyidagi bir qator muammolarni hal qilishni taqozo etmoqda:

- kishilar ongi va turmush tarzidan sobiq tuzumga xos qayriinsoniy tamoyillarni siqib chiqarish;

- O‘zbekiston falsafasida jahon falsafiy tafakkuri yutuqlaridan yanada kengroq foydalanish;

- bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish jarayonida nafaqat oddiy fuqaro, balki ziyoli va falsafa mutaxassislarining ongida hamon saqlanib kelayotgan loqaydlik va mutelik kabi kayfiyatlarga barham berish;

- ma’naviy merosimizni qayta tiklash va ijodiy rivojlantirish jarayonida buyuk ajdodlarimiz falsafiy merosini yanada keng va chuqurroq o‘rganish;

- falsafiy adabiyotlarni milliy manfaatlarimizga yanada ko‘proq moslash, qo‘llanma va darsliklarimizda milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi tamoyillarini aks ettirish;

- istiqlol talablariga mos keluvchi sog‘lom g‘oyali ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash zaruratiga mos tadqiqotlar olib borish, ular asosida ta’lim-tarbiyaning samarali usul va imkoniyatlarini izlab topish.



- jahon va Sharq xalqlari falsafiy merosini puxta va chuqur o‘rganish, bu jarayonda turli g‘oya va mafkuralarning davlatlar va xalqlar taqdiriga ta’sirini aniq ko‘rsatish va shu asosda istiqlol mafkurasining tamoyillarini kishilar ongiga singdirish.

Ana shu masalalarni uyg‘un holda hal qilish falsafiy dunyoqarashimizni yangilashga yordam beradi.



6. Falsafiy dunyoqarashning vazifalari:

Olamdagi narsa va hodisalar munosabatlarini aks ettirish, dunyoqarashlar tarixdan iboratligi va uzluksiz rivojlanishi, ozidagi falsafiy xususiyatlarni ochib berish, muayyan maqsadni va g’oyani o’zida aks ettirish kabi vazifalarni bajaradi. Shuningdek, falsafiy dunyoqarashning tamoyillari, shakllari ham mavjud bo’lib, tamoyil va shakllar vazifalardagi asosiy tushunchalarni o’zida ifodalaydi.
Yüklə 17,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin