1-mavzu. Don massasini saqlashning rejim va usullari Mavzu rejasi



Yüklə 17,99 Kb.
səhifə1/3
tarix17.03.2023
ölçüsü17,99 Kb.
#88445
  1   2   3
1-MAVZU. Don assasini saqlashning rejim va usullari


1-MAVZU. Don massasini saqlashning rejim va usullari


Mavzu rejasi:

1. Saqlash rejimlarining nazariy asoslari va ularni qo`llashdagi shart-sharoitlar.


2. Don massasini kuruk holatda saqlash.
3. Don massasini sovuk holatda saqlash.
4. Don massasini germetik saqlash holatlari.
5. Nur yordamida sterillash.
6. Don saqlagichlarga kuyiladigan talablar.


Foydalanilayotgan adabiyotlar
1. Starodubtseva A.I.,Sergunov V.S. Praktikum po xraneniyu zerna, M.,Agropromizdat,1987 g.(147-158 betlar).
2. Trisvyatskiy L.A. Xranenie zerna, M., Agropromizdat, 1986 g.(229-280 betlar).
3. Xaitov R.A.,Zuparov R.I.,Radjabova V.E.,SHukurov Z.Z. Don va don mahsulotlarining sifatini baxolash hamda nazorat qilish, T. Universitet, 2000 y. (75-78 betlar).
60
4. Xaitov R.A.,Radjabova V.E." Don va don mahsulotlarini saqlash texnologiyasi" kursidan tajriba ishlarini bajarish uchun uslubiy kullanma. Buxoro, Muallif, 2001. (27-31 betlar).


1. Saqlash rejimlarining nazariy asoslari va ularni qo`llashdagi shart-sharoitlar.
Don massasi elevator va omborlarda sifatini, kuruk massasini yukotmay uzok muddatga saqlab turish uchun guruhlarning aloxida xususiyatlarini urganish kifoya kilmaydi. SHu sababli barcha tashkiliy qismlarning mujassamlashgan sistematik ta`sirini urganish maqsadga muvofikdir. Umuman olganda donni saqlash nazariyasiga ko`ra don massasi kuyidagi rejimlarda saqlanilishi kerak.
1. Don massasini kuruk holatda saqlash, ya`ni namligini kritik namlikgacha tushirib saqlash.
2. Don massasini sovuk holatda saqlash, ya`ni tirik guruhlarning hayot faoliyatini chegaralash.
3. Don massasini germetik sharoitda (xavo ta`sirisiz) saqlash. Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan bir necha usullar ilgari surilganki, bulardan donni tozalash, quritish kabi amallar muhim rol uynaydi.


2. Don massasini kuruk holatda saqlash.
O`ZBEKistonda saqlash rejimlaridan donni kuruk holatda saqlash maqsadga muvofikdir.
Donni kuruk holatda saqlash rejimi don massasidagi tirik organizmlar, kana va zararkunandalar, mikroorganizmlarning suvga bo`lgan extiyojini kamaytirishni kuzda tutadi. Don tarkibidagi erkin suv miqdori yukotilganda tirik guruhlarning extiyoji kondirilmay, ularning nobud bulishiga olib keladi. SHu sababli donni kuruk holatda saqlashda namlik miqdori kritik namlikdan yuqori bulmasligi kerak. Kritik namlik deb don massasida mikroorganizmlar, kana va zararkunandalar hayot faoliyati, hamda donda kechadigan fiziologik jarayonlar jadalligini chegaralaydigan namlikka aytiladi. Boshoqli donlar uchun kritik namlik 12-14 % ni tashkil qiladi. SHu namlik dukkakli donlarga har taaluklidir. Moyli donlarda esa bu namlik yog` miqdoridan boglik. Yog` miqdori 25-30 % ni tashkil kilsa, kritik namlik 10-15 % bo`ladi. Agar yog` miqdori 40-50 % ni tashkil kilsa, kritik namlik 6-8 % ni tashkil qiladi. Tajribalar shuni ko`rsatadiki, yaxshi tozalangan zararlanmagan don partiyalarini elevatorlarda kuruk holatda 2-3 yil, saqlash omborlarda esa 5 yilgacha saqlash mumkin.



Yüklə 17,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin