1-mavzu. Fanning maqsad va vazifasi. Termodinamik tizim va ishchi jism. Holat parametrlari. Asosiy gaz qonunlari. Reja



Yüklə 8,95 Kb.
səhifə1/4
tarix18.06.2023
ölçüsü8,95 Kb.
#132237
  1   2   3   4
1. Fanning maqsad va vazifasi. Termodinamik tizim va ishchi jism-fayllar.org


1. Fanning maqsad va vazifasi. Termodinamik tizim va ishchi jism. Holat parametrlari

1-mavzu. Fanning maqsad va vazifasi. Termodinamik tizim va ishchi jism. Holat parametrlari. Asosiy gaz qonunlari.

Reja:

1. Fanning maqsad va vazifasi. Termodinamik tizim va ishchi jism.

2.Holat parametrlari.

3.Asosiy gaz qonunlari.

Fanning maqsad va vazifasi.


  • Fanning maqsad va vazifasi.

  • «Issiqlik texnikasi» fanining vazifasi fanni o'rganish jarayonida, talabalarda mutahasislik faoliyati va mutahasis sifatida o'sishi va o'z ustida ishlashi uchun talab qilinadigan bilim, o‘quv va ko'nikma hosil qilishdir. Dastur tuzishda yo'nalish bo'yicha bakalavrlar tayyorlashda ishtirok etayotgan ko'plab oliy o‘quv yurtlarining tegishli kafedralari tajribalari, hamda rivojlangan mamlakatlar oliy o‘quv yurtlarida «Issiqlik texnikasi» fanidan qo'llanib kelingan dasturlar o'rganib chiqilgan va bakalavrlarga qo'yilgan talablar asos qilib olingan.

Termodinamika va uning uslubi


  • Termodinamika va uning uslubi

  • Termodinamika–energiyaning aylanish (o‘zgarish) qonuniyatlari haqidagi fandir.

  • Termodinamikaga XIX asrda asos solingan edi. Bu davrda issiqlik dvigatellarining taraqqiyoti tufayli issiqlikning ishga aylanish qonuniyatlarini o‘rganish zaruriyati tug‘ildi.

  • Termodinamika turli fizikaviy va kimyoviy jarayonlarning u yoki bu tizimlarda qaysi yo‘nalishda sodir bo‘lishini aniqlashga imkon beradi.

  • Termodinamikaning tuzilish printsipi juda sodda. Termodinamika asosiga tajriba yo‘li bilan aniqlangan ikkita asosiy qonun qo‘yilgan.

  • Termodinamikaning birinchi qonuni energiya aylanish jarayonlarining miqdoriy tomonini tavsiflaydi, ikkinchi qonuni esa fizikaviy tizimlarda sodir bo‘ladigan jarayonlarning sifat tomonini (yo‘nalganligini) belgilaydi. Faqat shu ikkita qonundan foydalanib, qat’iy deduktsiya uslubi yordamida termodinamikaning barcha asosiy xulosalarini chiqarish mumkin.

Yüklə 8,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin