1-Mavzu. Geografik xaritalardagi yozuvlar



Yüklə 19,03 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü19,03 Kb.
#41326
1-Mavzu. Geografik xaritalardagi yozuvlar.


1-Mavzu. Geografik xaritalardagi yozuvlar.

Yozuvlar geografik kartalarning juda zarur elementlaridan hisoblanadi. Geografik ob’ektlar izohlar yordamida aniqlanadi, ya’ni kartadagi turli shakllarga ularning nimaligi (masalan, ko’l, dengiz, daryo va h.k.) yozib qo’yiladi. Ob’ektlarning miqdor va sifat ko’rsatkichlari izohlarda beriladi, masalan, ko’l, dengiz va okeanlarning chuqurligi, tog’larning balandliklari va cho’qqilari, daryolarni oqim tezligi, ko’l suvning sho’rligi, o’rmonlardagi daraxt turlari, tuproqlar turlari va boshqa izohlar keltiriladi. Kartadagi yozuvlarning shriftlari ham muayyan ko’rsatkich o’rnini bosadi. Kartalardagi yozuvlarning shakli, kattaligi va rangi ham karta mazmunini o’qishga yordam beradi. Masalan, shahar-qishloqlarning ma’muriy jihatdan qaramligi, ularning nomi yozilgan shriftlarga qarab aniqlanadi. SHuningdek, deyarli hamma rangli kartalarda suv ob’ektlarining nomlari havo rang yoki ko’k rangda yoziladi. Kartadagi yozuvlar karta mazmunini boyitadi, lekin ortiqcha bo’lsa, kartaning o’qilishini qiyinlashtiradi. Kartadagi yozuvlar geografik ob’ektlarning o’rnini ham ko’rsatadi. Masalan, dengiz, ko’l, cho’l va tog’larning nomlari ular egallagan hududga yoyib yozilishi kerak. Kartalardagi yozuvlar ma’lum qoidaga binoan yoziladi. CHunonchi, shaharlar nomi ularning shartli belgisidan o’ng tomonda, kartaning parallellariga yoki janubiy ramkasiga parallel holda yoziladi. Agar o’ng tomonda joy bo’lmasa, chap tomonga yoki yuqoriroqqa yozish mumkin.

Karta tuzishda geografik nomlarning to’g’ri yozilishiga, ya’ni transkriptsiyasiga alohida e’tibor beriladi. Yirik kartografik tashkilotlarda maxsus transkriptsiya bo’limlari bo’ladi. Ular kartadagi geografik nomlarning to’g’ri yozilishiga javob beradi va ma’lumotnoma hamda lug’atlar chop etadi. Kartalardagi yozuvlar ana shu ma’lumotnoma va lug’atlar asosida yozilishi shart. Kartalarda beriladigan geografik nomlar aniq va to’g’ri yozilishining ahamiyati kattadir. Agar geografik nomlar to’g’ri yozilmasa o’quvchilarda kartaga nisbatan ishonchsizlik tug’iladi.

Geografik nomlarning kelib chiqishi, mazmuni, o’zgarishi va tasnifini maxsus fan toponimika o’rgatadi. Biz kartografiyada faqat toponimikaning bir qismi geografik nomlarning to’g’ri yozilishi to’g’risida qisqacha to’xtalib o’tamiz. Ba’zi mamlakatlarda har xil tilda gapiradigan millatlar bo’ladi. Bunday mamlakatlarda geografik nomlar har xil yoziladi. Masalan, SSSR davrida rus tilida Gruziya, Kavkaz, Kura deb yozilsa, gruziya tilida Sakartvelo, Kavkasioni, Mtkvari yozilib kelgan. Agar geografik ob’ekt bir qancha mamlakat hududidan o’tsa yoki har bir mamlakat doirasida joylashgan bo’lsa, uning nomini har bir mamlakat o’z tilida yozadi. Masalan, Dunay daryosini bolgarlar va yugoslavlar Dunav, ruminlar Dunerya, vengerlar-Duna, nemislar Donau deb yozadilar. Dajla va Furot daryolari arablarda Nahr Dajla va Alь-Furat deb, turklarda Dijle va Firat deb yoziladi. Vaqt o’tishi bilan o’zgargan nomlar hozirgi shaklida yoziladi. Masalan, Skoblev-Farg’ona, Avliyoota-Jambul-Taraz, Kaufmanskoe-Yangiyo’l, Leningrad-Sankt-Peterburg va boshqalar.

Geografik nomlar kartalarda asosan to’rt xil shaklda beriladi: mahalliy rasmiy shaklda, fonetik, an’anaviy shakllar va tarjima qilib yoziladi. Mahalliy rasmiy shakl­da-ob’ekt qaysi mamlakat hududda joylashgan bo’lsa, shu davlatning tilida va qabul qilingan alifbosida yoziladi. Mahalliy rasmiy shaklda yozilgan nomlar to’g’ri yozilgani bilan ba’zan noto’g’ri talaffuz qilinishi mumkin. Masalan, Vengriya davlatining poytaxti-Budapest (Budapesht) shahrini, inglizlar bilan frantsuzlar noto’g’ri Budapest deb talaffuz qilishadi.

Fonetik shaklda talaffuz qilish boshqa, yozilishi boshqa bo’ladi. Masalan, Frantsiyaning poytaxti Parij Pari deb, huddi shunday Rossiyadagi Oryol shahri Aryol deb talaffuz qilinadi.

An’anaviy shaklda nomlar an’ana bo’lib qolgan nomlar bilan yuritiladi. Masalan, Frantsiya poytaxti o’z mamlakatida Paris deb yuritilsa-da bizda parij deb, Suomi davlatini bizda Finlandiya deb yuritiladi.

Geografik nomlar ba’zan aynan tarjima qilinadi. Masalan, ruschada Ognennaya Zemlya-Olovli Yer, Zelyonыy mыs-Yashil burun, CHernoe more-Qora dengiz, Beloe more-Oq dengiz va hokazolar. Bizda ko’proq chet tilidagi nomlarni yozishda ko’proq fonetik va an’anaviy shakllaridan foydalaniladi.



Deyarli hamma mamlakatlarda geografik nomlarning yozilish tartibi bilan maxsus muassasa shug’ullanadi. Rossiyada bunday ishni Geodeziya, kartografiya va aerofotos’emka markaziy ilmiy tadqiqot instituti (TSNIIGAiK) qoshidagi transkriptsiya bo’limi bajaradi. Bu yerda Rossiya va xorijiy mamlakatlarning geografik nomlarini yozish uchun maxsus qoidalar va instruktsiyalar (yo’l-yo’liqlar) nashr qilinadi.

O’zbekiston Respublikasi joy nomlari-toponimlarining yozilish qoidalarini ishlab chiqish, ularning o’zbekcha talaffuz shakllarini aniqlash va yozilish shakllarini standartlashtirish, qat’iylashtirish, xorijiy mamlakatlar geografik nomlarining o’zbekchada yozilish shakllarini aniqlash va transkriptsiya qilish ishlari O’zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasi huziridagi Geodeziya, Kartografiya va Davlat kadastri bosh boshqarmasi (O’zgeodezkadastr) bajaradi.
Yüklə 19,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin