1-mavzu. Jismoniy rivojlanishni tekshirish va baholash usullari. Antropometriya. Reja



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə1/14
tarix08.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#52258
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1-мавзу, амалий, 1,5
Daily test 1 pdf, Shaxs to`g`risida umumiy tushuncha, ЎЗ.РЕС ҚОНУНИ, 1.3.Yosh davrlari psixologiyasi

1-mavzu. Jismoniy rivojlanishni tekshirish va baholash usullari. Antropometriya.

Reja:

1. Jismoniy rivojlanishni tekshirish va baholash usullari.

2. Antropometrik tekshirish usullari.

Tayanch so‘z va iboralar: antropometriya, somatoskopiya, jismoniy rivojlanish, anamnez, astenik gavda tuzilishi, giperstenik gavda tuzilishi, normostenik gavda tuzilishi, skolioz, yassioyoqlik.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning tibbiy tekshirishlarining asosiga ularning jismoniy rivojlanish darajasini aniqlash va baholash kiradi. Jismoniy rivojlanish jarayonining mutanosibligi haqida fikr yuritish uchun tekshiriluvchining birlamchi tekshirish natijalarini uning anamnezi bilan taqqoslanadi. Takroriy tekshirishlarda antropometrik belgilarning o‘zgarishiga qarab jismoniy mashqlarning jismoniy rivojlanishga ta’siri haqida aniq tasavvurga ega bo‘lamiz. Sportchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda, ularning jismoniy rivojlanishi va tana tuzilishining xususiyatlarini tekshirish muhim ahamiyatga ega.

Jismoniy rivojlanish – bu individni tekshirish davridagi morfo-funksional ko‘rsatkichlar yig‘indisi. Jismoniy rivojlanish tana shakli va faoliyatining o‘zgarishi jarayoni sifatida asta sekinlik bilan, lekin turlicha kechadi. Uning yuqori tempi 18-20 yoshgacha kuzatiladi.

Odam organizmining jismoniy rivojlanishi biologik, pasport yoshining bir-biriga nisbatan o‘xshash tomonlari bilan, uning jismoniy kuch va ishinig to‘liqligini belgilaydi. Shifokor, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va trener, sport bilan shug‘ullanganlarni jismoniy rivojlanishni tekshirish va baholashni bilishi shart.

Salomatlik holati va odamning jismoniy rivojlanishning darajasi- bu shunday omillardan biri bo‘lib, odamning jismoniy mashqlar bilan shug‘illanish xususiyatlarini ifodalab beradi.

Tana tuzilishi va tayanch-harakat apparatining holati-shaxsni qaysi sport turi bilan shug‘ullanishi mumkinligini, tanlashda asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.

Odamning jismoniy rivojlanishi hayot davomida o‘zgaradi. Jismoniy rmvojlanishning asosiy o‘zgarishi bolalik, balog‘at va o‘smirlik davrlarda asosan 18 yoshgacha namoyon bo‘ladi.

Jismoniy rivojlanishning o‘zgarishiga quyidagi asosiy omillar ta’sir ko‘rsatadi:


  1. Endogen (ichki) ta’sirotlar nasl, irsiyat, konstitutsional xususiyatlar, tug‘ma nuqsonlar.

  2. Atrof-muhit yoki tabiat ta’sirotlari muhit, ekologiya, suv-tog‘, o‘rmonlar

  3. Ijtimoniy-iqtisodiy ta’sirotlar (ijtimoiy-iqtisodiy omil, yashash sharoiti, ovqatlanish va kun tartibi, ovqatlanish ratsioni, mehnat faoliyati, ma’naviy yetukligi.)

  4. Sport bilan shug‘ullanish, boshdan kechirgan kasalliklar.

Sportchilarning jismoniy rivojlanishni va tana tuzilishini tekshirishda, ularning asosiy morfologik (tuzilishi, proporsiyasini) va funksional xususiyatlarini aniqlab beradi.

Sportchilar jismoniy rivojlanishlarini takroriy tekshirishlar, ularning organizmiga jismoniy yuklamalarning ta’sirini qanday darajada bo‘lganligini aniqlab beradi. Tekshirishlar natijalariga qarab, tanlashda sport mutaxassisligini va mashg‘ulotlarning to‘g‘ri taqsimlanishiga ahamiyat beriladi. Pedagogdan jismoniy rivojlanishni aniqlash va uni to‘g‘ri baholash talab etiladi, chunki uning shug‘ullanuvchidagi o‘zgarish dinamikasi o‘quv-pedagogik jarayonning to‘g‘ri tashkillantirilishi haqida baho beradi.

Jismoniy rivojlanishni tekshirish usullariga:

1. Anamnez (so‘rab-surishtirish), tekshiriluvchining hayoti va sport faoliyati haqida so‘rab-surishtiriladi.

2. Somatoskopiya (tashqi ko‘rik). Somatoskopiya so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, somato-shaxs, skopiya-ko‘rish degan ma’noni anglatadi. Tashqi ko‘rik yordamida tana o‘lchamlarning mutanosibligi, tana tuzilishning konstitutsional turlari, qaddi-qomat va tayanch- harakat apparatining hususiyatlari aniqlanadi.

3. Antropometriya- odam gavdasining morfologik belgilarini o‘lchab aniqlash. Antropos- odam, metriya-o‘lchash, ma’nosini bildiradi.

Qo‘shimcha usullari: fotografiya, rentgenografiya, kifoskoliozometriya- umurtqa pog‘onasini egilmalarini aniqlash, goniometriya – bo‘g‘imda harakat burchagini aniqlash.

Somatoskopiya – tashqi ko‘rik asosida jismoniy rivojlanishini aniqlash usulidir. Tashqi ko‘rik asosida tana tuzilishning konstitutsional tiplari aniqlanadi. Odamning qanday konstitutsion turga mansubligini aniqlash uchun antropometrik o‘lchov usulidan foydalaniladi: odamning konstitutsion klassifikatsiyasi uchun turli ko‘rsatkichlar (bo‘y, ko‘krak qafasining kengligi, qorinning hajmi, muskullarning rivojlanganligi, bosh suyagining kattaligi va shu ko‘rsatkichlarning bir-biriga bo‘lgan munosabatlari) mavjud.


Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə