1-mavzu. Kirish. Matnshunoslik fanining predmeti va vazifalari Reja



Yüklə 220,31 Kb.
səhifə1/50
tarix02.01.2022
ölçüsü220,31 Kb.
#47628
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
1-mavzu. Kirish. Matnshunoslik fanining predmeti va vazifalari R


1-mavzu. Kirish. Matnshunoslik fanining predmeti va vazifalari
Reja:
1. O‘zbek matnshunosligi tarixi

2. Manba va matn tushunchasi

3. Talqin tadqiqi

O‘zbek xalqining ko‘pming yillik tarixi, boy ilmiy-ma’naviy merosi, adabiyot va san’ati haqidagi qimmatli ma’lumotlar qo‘lyozma manbalarda aks etgan.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin uning ilmiy-tarixiy va madaniy merosini tiklash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishidan biriga aylandi. 2014 yil 15-16 may kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiyasi rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiya mamlakatimizda Istiqlolning dastlabki yillaridanoq davlatimizda qadr-qimmati bilan adabiyotga daxldor ilmiy, madaniy merosimizni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, keng miqyosda o‘rganish xalqimizga etkazish sohasida olib borilgan olamshumul ishlarning o‘ziga xos sarhisobi bo‘ldi. Xalqaro konferensiyaning ochilish marosimida davlat rahbari tomonidan so‘zlangan nutqda Sharq qo‘lyozmalarida saqlanayotgan ulkan merosni o‘rganish va ommalashtirish, yoshlarga etkazish haqidagi da’vat, shu yo‘nalishda yurtimiz va xorijdagi tegishli etakchi universitetlar, ilmiy tadqiqot markazlari o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni mustahkamlash borasidagi qilingan da’vat butun kurrai zamindan yig‘ilgan xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi.

Nutqda e’tibor qaratilgan ko‘pgina jihatlar mamlakatimizda manbashunoslik va matnshunoslik sohasida to‘plangan boy tajribani bir tizimga keltirishni mahalliy olimlar zimmasiga muhim vazifa qilib yukladi. Ma’lumki, o‘tgan asrda xalqimiz tarixiga oid yozma manbalarni izlab topish, to‘plash, ilmiy muomalaga olib kirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston hududida mavjud davlat kutubxonalarida to‘plangan yuzlab qo‘lyozma manbalar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi SHarqshunoslik instituti tashkil etilgach, uning qo‘lyozmalar fondiga birlashtirildi. Uzoq yillar davomida institut xodimlari tomonidan olib borilgan arxeografik ekspeditsiyalar natijasida jahonda o‘zining hajmi va salmog‘i bilan etakchi o‘ringa chiqqan bebaho qo‘lyozmalar xazinasi yaratildi. Keyinchalik Hamid Sulaymon tomonidan Angliya, Fransiya va Hindistonga uyushtirilgan arxeografik ekspeditsiya natijasida xalqimizning buyuk shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning asarlari mikrofilm va fotonusxalari keltirilib, adabiy merosimiz qimmatli ma’lumotlar bilan boyitildi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tarkibida Qo‘lyozmalar instituti tashkil etilib, adabiy merosimizni har tomonlama tadqiq etish ishlari boshlanib ketdi. Bu qo‘lyozma manbalarni ilmiy iste’molga kiritish yillari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti va Qo‘lyozmalar institutida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zbek manbashunoslarining zabardast vakillari atrofida ilmiy maktablar shakllandi. Tarixiy manbashunoslik sohasi jadal rivojlanib, olamshumul yutuqlar qo‘lga kiritildi. Jumladan, tarixiy, aniq fanlar, geografiya, kosmografiya, biografik, agiografik asarlar, rasmiy hujjatlar ustida yuzlab ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Yozma manbalarni tavsiflash, ilmiy iste’molga kiritish bo‘yicha bir necha avlod vakillari fidokorona mehnat qildilar va minglab manbalarning kataloglashtirish ishini olib bordilar. Ammo shuni ham tan olish lozimki, yurtimizda o‘tgan asrning boshlaridan davom etib kelayotgan Sharq qo‘lyozmalarini o‘rganish ishlari mustabid kommunistik tuzum belgilab qo‘ygan chegara va doiradan chiqa olmadi. Natijada matnlarni chuqur o‘rganish ishlari orqa planga surilib qoldi. Tarixiy asarlar matni zamiridagi davr mafkurasi ruhi xaspo‘shlab o‘tildi. Tadqiqotchining yondashuvida tuzum tazyiqi yaqqol sezilib turdi. Ana shu ko‘rinmas tazyiq olimlarni ko‘proq manba-qo‘lyozma tavsifi va bayoni bilan cheklanishga, matn tubiga kirishdan ongli ravishda qochishga olib keldi. Shundan O‘zbekistonda manbashunoslik sezilarli rivojlansa-da, matnshunoslik faqat nomigagina mavjud bo‘lib keldi.

Filologiya sohasi bo‘lgan matnshunoslikni tarixchi olimlarning asosiy faoliyat sohasi bo‘lgan manbashunoslik bilan birlashtirishga bo‘lgan urinishlar, mamlakatimizda “adabiy manbashunoslik” atamasining paydo bo‘lishiga olib keldi. Holbuki, bu matnshunoslikning tarkibiy qismi bo‘lgan “matn tarixi” bilan bog‘liq tadqiqotlar qisminigina tashkil etuvchi bo‘lim edi. Matnshunoslikning asosiy va salmoqli qismi bo‘lgan “matn talqini” kommunistik tuzum zo‘ravonligidan hurkib, Sharq qo‘lyozmalarini o‘rganish ishlariga tatbiq etilmadi. U faqat zamonaviy adabiy matnlar tahlili bilan shug‘ullanuvchi tilshunos olimlarning mulkiga aylanib qoldi.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng sharq qo‘lyozmalarini o‘rganish, xalqimiz mulki bo‘lgan turli qo‘lyozma manbalarni topish, tadqiq qilish va nashr etish ishlarining keskin jonlanishi, ayniqsa, milliy uyg‘onish, milliy iftixor va g‘urur mafkurasi asosida o‘tmish ijodkorlarimiz asarlarini o‘rganish matnshunoslik sohasining jilliy rivojlanishiga turtki berdi. Yuzlab qo‘lyozma manbalar hozirgi o‘zbek imlosiga transliteratsiya qilinib chop etildi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi SHarqshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti, mamlakatimiz kutubxonalari va ma’rifatli fuqarolarimizning qo‘llarida saqlanayotgan bebaho qo‘lyozma manbalar olimlar ko‘magida nashr etilib, xalqimizga taqdim etildi. Ana shunday sa’y-harakatlar natijasida biz ilgari nomlari butkul noma’lum bo‘lgan yoki mustabid sho‘ro tuzumi mafkurasi o‘rganishni man etgan yuzlab mutafakkirlarimiz, diniy arboblarimiz va adiblarimizning ilmiy-ijodiy merosidan bahramand bo‘la boshladik. Ayniqsa, badiiy asarlar matnini o‘rganish, chop etish ishlarida sezilarli ko‘tarilish bo‘ldi. Ilgari kam o‘rganilgan ko‘plab shoirlarimizning asarlari to‘liq tiklanib, mustaqillik mafkurasi nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqildi. Ushbu xayrli ishlarni amalga oshirishda faqat sharqshunos olimlar emas, balki arab imlosidan xabardor barcha adabiyot ixlosmandlarining hissa qo‘shgani mamlakatimizda qo‘lyozma manbalarni to‘plash, o‘rganish va chop etish ishlarining keskin ko‘tarilishiga xizmat qildi. Biroq, shu bilan birga respublikamizda badiiy asarlar matni tarixini o‘rganish sohasida uzoq yillar davomida yig‘ilgan tajribaning ommalashtirilmagani, matnshunoslikning tadqiqot usullaridan bexabarlik oqibatida nashr yuzini ko‘rgan manbalarning ilmiy-badiiy ahamiyati va yozma yodgorlik sifatidagi qimmatini to‘liq ko‘rsatishga ojizlik qildi. Matnshunoslik sohasining vazifalari, tasnifi, nashr tiplari va prinsiplarining sistemalashtirilmaganligi matn tarixi tadqiqiga qo‘l urayotgan adabiyotshunoslarimizga manbalarni ilmiy iste’molga kiritish ishlarida muayyan qiyinchiliklar tug‘dirdi. Natijada adabiy manbashunoslik va matnshunoslik sohasida muayyan oqsoqliklar paydo bo‘ldi. Ayni vaqtda ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlar samarasini oshirish zarurati bu yo‘nalishdagi ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishni davr talabiga aylantirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017-yil 24-mayda imzolangan “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror matnshunoslik, adabiy manbashunoslik, tilshunoslik, falsafa, madaniyat tarixi sohalarida milliy madaniyatimizning hali o‘rganilmagan ko‘pgina qatlamlarini ochib berishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni olib borish, qo‘lyozmalar bilan ishlash malakasiga ega bo‘lgan yosh mutaxassislarni reja asosida maqsadli tayyorlash uchun katta imkoniyat eshiklarini ochdi.

Mazkur Prezident Qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 5120100-Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasidagi matnshunoslik fani dasturi qayta ko‘rib chiqildi va tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.


Yüklə 220,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin