1 mavzu: Korrupsiya tushunchasi, uning illatlari va ko‘rinishlari

Yüklə 0,68 Mb.
tarix20.05.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#58794
1 mavzu Korrupsiya tushunchasi, uning illatlari va ko‘rinishlar

1 mavzu: Korrupsiya tushunchasi , uning illatlari va ko‘rinishlari

Reja:

1. Korrupsiya va uning tarixiy ildizlari.

2. Korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar.

3. Ijro hokimiyatining birligi tamoyilinining buzilishi.

Korrupsiya –– bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.

Biz quyida korrupsiyaning tarixiy ildizlariga va unga qarshi kurashish xususida fikr yuritmoqchimiz.

Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi.

Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Korrupsiya ko‘plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi.

Xalq tilida soddagina qilib - poraxo‘rlik, keng ma’noda korrupsiya, deb ataluvchi hodisa barcha islohotlar ildiziga bolta urarkan, ushbu maqolada uni keltirib chiqaruvchi sabab va qarshi kurash choralarini tahlil etamiz.

Korrupsiya nima o‘zi?

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rasmiy saytida yozilishicha, «Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir»​. Aslida korrupsiya biror mansabdor shaxsning qonunchilik va axloqqa zid ravishda o‘zining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar maqsadida foyda olishidir. Atama, eng avvalo, siyosiy apparat xodimlariga nisbatan foydalanishi odatiy tusga kirgan.

Iqtisodchi Berdhenning fikriga ko‘ra, makroiqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichiga eng katta salbiy to‘lqinni olib kiruvchi omil aynan korrupsiya hisoblanadi. Uning ko‘rinishlari turlicha bo‘lishi mumkin: poraxo‘rlik, tovlamachilik, firibgarlik, nepotizm va h.k.

Korrupsiyaning kelib chiqish ildizi qaerda?

Uning kelib chiqish sabablarini aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurashning samarali yo‘llarini topish bo‘yicha mutaxassislar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o‘tkazilgan. O‘ziga xos reytinglar tuzilib, har xil ko‘rsatkich va raqamlar qayd etilgan jadvallar yaratilgan. Hatto korrupsiyaning xilma-xil ko‘rinishidagi formulalari ham ishlab chiqilgan. Hanuzgacha, barcha millatlar uchun qo‘l keladigan qarshi kurashda asqotadigan yagona echim yo‘q. Gap shundaki, korrupsiyaning asl ildizi uning paydo bo‘lish geografiyasi bilan o‘zgaradi. Xo‘sh, O‘zbekistonda qanday omillar uning kurtak otib, «gullab-yashnashi»​ga sharoit yaratmoqda?

Avvalo, Adliya vazirligi rasmiy saytida keltirilgan izohni qaytadan ko‘rib chiqish tavsiya etiladi: «Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir»​.

Bu erda kalit so‘zi «davlat organlari xodimlari»​ sanaladi. YA’ni, ushbu jumlaning o‘zi korrupsiya darajasi yuqori ekanida davlat xizmatchilarining roli muhim ekanligini ko‘rsatadi. Davlat organlarida xizmat qilayotganlarni bunday qabih ishga qo‘l urishga nima undamoqda?

Javob yana izohning o‘zida yastanib turibdi: «moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida»​! Tabiiyki, korrupsiya ortida mo‘may daromad topish ilinji turibdi, biroq har bir quyi bosqichda uning hakalak otishiga davlat xizmatchilarining oylik maoshi pastligi sabab bo‘lmoqda.

Masalan, mahalliy hokimiyatning oddiy xizmatchisini ko‘z oldingizga keltiring, uning kichik maoshi, aslida xodim inson kapitaliga mos emasligi, korrupsiyaga qo‘l urishga majbur qiladi. Soddaroq qilib aytganda, kuchli bilim va tajribaga ega xodim hech qachon kichik maosh taklif etilgan ish lavozimida mehnat qilmaydi. Uning oldida tanlash uchun ikkita yo‘l turibdi: ish joyini o‘zgartirib, ko‘p oylik maosh va’da qilib turgan xususiy sektorga o‘tib ketish yoki kichik maoshga «qanoat»​ qilib, korrupsiyaga qo‘l urish. Bunday vaziyatda, davlat organlarida kadrlar etishmovchiligi kuzatilib, tajribali va bilimli mutaxassislarni yo‘qotishi ham hech gap emas.

Davlat organlarida oylik maoshni oshirish bilan korrupsiyaga barham berish mumkinmi? Aslo! Korrupsiya darajasini susaytirish borasidagi takliflarni quyida batafsil mushohada etamiz, lekin, ayni chog‘da uni keltirib chiqaruvchi yana bir omilga e’tibor qaratsak: korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sun’iy to‘siqlar.

Sun’iy to‘siq, deb atalmish jihatlar shundan iboratki, ularning barchasini siyosiy iroda kuchi bilan yo‘q qilish mumkin. Ular nimalar?

Ro‘yxatning boshida davlat organlari xodimlarini ishga qabul qilishda yuz berishi «belgilangan mantiqsizlik»​ va shaffoflikning yo‘qligidir. Gap shundaki, inson kapitalining haqiqiy qiymatini o‘zbek modelidagi «ob’ektivka»​orqali aniqlash mumkin emas. Bo‘lg‘usi kadrning salohiyatini tekshirish, uning psixologik va jismoniy etukligi o‘rniga «Toshkent propiskasi»​, «yaqin qarindoshining sudlanganligi»​kabi foydasiz vajlar har qanday bilimli kishini rasmiy doiradan uzoqroq yurishga undaydi. Agar tajribali va bilimli mutaxassis davlat organida ishlash istagi bilan eshik qoqsa, unga beriladigan ilk topshiriq ham bir talay hujjatlarni yig‘ib kelish bo‘ladi. O‘z o‘rnida har bir ma’lumotnomani olish kichik korrupsiyaga sabab bo‘lishi mumkin.

Undan tashqari, ishga joylashish masalasida har kim «tanish-bilish»​ tizimi, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, klanizm kabi «ijtimoiy hodisa»​larga duch kelishi tayin. Ana shunday barcha «-chiliklar»​zamirida korrupsiyaga boshlab boruvchi yo‘l​ mujassam. SHuningdek, kuchli fuqarolik jamiyatining haqiqiy belgisi sifatida davlat organlarining xalq oldida hisobdorligi, ularning faoliyati va moliyaviy harakatlar aniq raqamlar bilan ifodalanishi shart. Har bir sohaning xalq oldidagi hisobdorligidan tashqari, ayni paytda, Oliy Majlis a’zolari, vazir va davlat qo‘mita raislari, yuqori rahbarlik lavozimida ishlaydigan amaldorlarning shaxsiy mol-mulki, daromadlari hamda ularning manbasi shu paytgacha ko‘rsatilmagan. Hisobdorlik shakli qanday bo‘lishi kerak? Agar bironta vazirlik misolida qisqacha tushuntirish berilsa, hisobdorlik belgilangan vazifalar, taqvimdagi masalalar hamda bajarilgan ishlar kabi harakatlar bilan to‘yintirilishdan tashqari, moliyaviy shaffoflikni talab etadi. Bunda har qanday oddiy xalq vakili istagan savoliga javob olishga haqli bo‘lishi nazarda tutilsin.

Xulosa shundaki, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar ana shu hodisa yashab turgan jamiyat yaratgan tizimning nosog‘lom yashashida namoyon bo‘ladi. SHu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi asosiy vazifasi ijtimoiy kayfiyatni yoritish: cho‘qqining o‘tkir nuqtasiga etib kelganimizni eslatib turishdan iborat.

Makroiqtisodiy va siyosiy-iqtisodiy tadqiqotlar, korrupsiya — davlatlarning iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishiga ulkan to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklari juda juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum mavqega ega bo‘lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. O‘sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi SHumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma’lum. CHunki bu holat davlatning obro‘siga juda qattiq putur etkazardi. Dunyoning etakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg‘alarni qabul qilma, chunki sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, Qu’roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan.

XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining ish sifatiga toboro ko‘proq ta’sir ko‘rsata boshladi. Bu o‘sha davrda qabul qilingan bir qator qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan. Jumladan, 1787 yilda qabul qilingan AQSH Konstitutsiyasida pora olish AQSH prezidentini impechmentga tortish mumkin bo‘lgan ikki jinoyatning biri sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi o‘rnining oshib borishi XIX-XX asrlarda rivojlangan davlatlarda korrupsiyaning dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan ancha kamayishiga olib keldi.

Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarni korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar sifatida ko‘rsatadi.

Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar — ushbu vaziyat huquqni qo‘llovchi mansabdor shaxs tomonidan qonunlarni turlicha qo‘llash imkonini yaratadi. SHuningdek, ayrim mutaxassislar jinoyat, ma’muriy qonunchilikdagi “vilka” sanksiyalarni ham korrupsiyaga qulay sharoit yaratishi mumkinligi haqida fikr yuritishgan. YA’ni, sanksiyaning aniq miqdori yo‘qligi sudyada uni o‘z hohishiga qarab qo‘llashga sharoit yaratib beradi.

Aholi huquqiy savodxonligining pastligi — aholi tomonidan qonunlarni bilmaslik yoki tushunmaslik mansabdor shaxsga o‘zining shaxsiy manfaati yo‘lida qonunlardan foydanishga qulay sharoit yaratadi.

Mamlakatdagi siyosiy vaziyatning notinchligi — mamlakatdagi notinchlik birinchi navbatda aholi ongida hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli qonunga xilof faoliyat bilan bog‘liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar shakllanishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida korrupsiyaga qulay sharoit yaratadi.

Ijro hokimiyatining birligi tamoyilinining buzilishi — aynan bitta faoliyatning turli instansiyalar tomonidan tartibga solinishi:

aholining davlatni nazorat qilishdagi sust ishtiroki;

davlat sektoridagi xizmat qilayotgan xizmatchilar daromadlarining xususiy sektorda topish mumkin bo‘lgan daromadlardan kamligi;

iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi;

inflyasiyaning yuqori darajasi;

mamlakat yuqori boshqaruv organlarining aholidan uzilib qolganligi;

mamlakatdagi diniy va axloq qoidalari.

Jahon mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashning quyidagi usullari mavjud.

Ichki nazorat —bu usul boshqaruv apparatining o‘zida nazoratni kuchaytiruvchi tuzilmalar (har xil ichki inspeksiyalar va boshqa nazorat organlari tuzish orqali) yaratishni taqazo etadi. Bu tuzilmaning asosiy vazifasi xodimlarning ichki etiket qoidalariga rioya qilishini nazorat qilishdir. Hozirgi kunda bizning yurtimizda ham bir qator huquqni muhofaza qilish organlarida aynan shu vazifani bajaruvchi ichki tuzilmalar yaratilgan.

Tashqi nazorat — bu usulda ijro apparatidan mustaqil tuzilmalarning mustaqilligini oshirish nazarda tutilib, aynan ushbu tuzilmalar orqali korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib boriladi. YA’ni, sud hokimiyatining maksimal darajada mustaqilligiga erishish ommaviy axborot vositalariga ko‘proq erkinlik berish va h.k.

Saylov tizimi orqali kurashish —demokratik davlatlarda saylangan vakillarni korrupsiya uchun jazolashning asosiy usullaridan biri keyingi saylovlarda unga ovoz bermaslik hisoblanadi. Korrupsiyaga saylovlar orqali ta’sir o‘tkazish eng samarali usul hisoblanadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan SHvetsiya, Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi kurashda muhim o‘rin egallaydi.

Bunda Konstitutsiyaviy nazorat organlari, huquq-tartibot organlarining ahamiyati ortadi. YA’ni, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan normalarni konstitutsiyaviy nazorat organi tomonidan konstitutsiyaga zid deb topish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish kabi metodlardan unumli foydalanish ushbu davlatlarni korrupsiya darajasi juda past bo‘lgan davlatlar qatoriga olib chiqqan. Biz quyida Singapur davlatida korrupsiyaga qarshi kurashda qo‘llanilgan usullar haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

Singapur davlati 1965 yil mustaqillikka erishgach korrupsiya darajasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar qatorida turar edi. Lekin bu illatga qarshi o‘tkazilgan bir qator tadbirlar bu davlatda korrupsiyaning minimal darajaga tushishiga olib keldi. Birinchi navbatda bu erda byurokratik jarayonlar engillashtirilib sud tizimining mustaqilligi oshirildi (sudyalarning daromadlari va imtiyozlarini oshirish evaziga). SHu bilan birga korrupsiya jinoyatlari uchun sanksiyalar og‘irlashtirilib, fuqarolarga korrupsiyaga qarshi jinoyatlarni tergov qilishda hamkorlik qilishda bosh tortganligi uchun juda katta moliyaviy sanksiyalar belgilandi. Bir qator davlat idoralarida ommaviy “tozalashlar” o‘tkazilib bu jarayonlar telekanallar orqali butun mamlakatga namoyish qilindi. YUqorida sanab o‘tilgan omillarning hammasi Singapurni qisqa muddatlarda korrupsiya darajasi eng past mamlakatlar ro‘yxatida ilg‘or davlatlar qatoriga olib chiqdi. SHuningdek, davlat xizmatchisining ahloq standartlariga rioya etishini qattiq nazorat ostiga olish ham Singapur davlatida korrupsiyaga qarshi kurashda muhim dastaklardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

YUrtboshimizning bu haqida “jinoyatchilik, korrupsiya bizning o‘z xavfsizligimizga ham, xalqaro xavfsizlikka ham tahdid soluvchi real manbadir. Binobarin, mazkur hodisaga qarshi kurash masalalari birgina bizga taalluqli emas. SHuning uchun ham biz jinoyatchilik haqida butun jahon hamjamiyati qayg‘urmog‘i lozim, deb hisoblaymiz. Suveren O‘zbekiston xalqi va rahbariyati esa ular bilan faol hamkorlik qilishga tayyor va buni dunyoni poklash, uning xavfsizligini ta’minlash ishiga qo‘shilgan hissa, deb biladi” deb fikr bildirgan edi.

Jinoyatchi unsurlarning xo‘jalik munosabatlari tizimini shakllantirish jarayonida faol va xufyona ishtirok etishi jamiyatda axloqsizlik vaziyatini tug‘dirishi, bu esa o‘z navbatida, mamlakat uchun ham, jahon hamjamiyati uchun ham nomaqbul jinoiy bozor iqtisodiyotining alohida turi shakllanishiga olib kelishini keyinchalik BMT tomonidan ham tan olinib, 2003 yil 9 dekabrda Meksikaning Merida shahrida korrupsiyaga qarshi kurashishda davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada kuchaytirish maqsadida 3 kun davom etgan konferensiya tashkil etildi. Bu konferensiya davomida 100 dan ortiq davlat tomonidan Korrupsiyaga qarshi haqaro konvensiya imzolandi. Konferensiyaning birinchi ish kuni (9 dekabr) BMT tomonidan butun dunyoda korrupsiyaga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan. Ushbu konvensiyaning qabul qilinishi va kuchga kirish (2003 yil 31 oktyabr) dunyo mamlakatlarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi hamkorligini yangi pog‘onaga ko‘tardi.

Konvensiyada korrupsiyaning rivojlanishi uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa jamiyat uchun xavfli bo‘lgan salbiy omillarga qarshi kurashga ulkan to‘siq bo‘lishi mumkinligiga alohida urg‘u berilgan.

Ushbu Konvensiyaning maqsadi quyidagilardan iborat:

— korrupsiyaga qarshi qaratilgan yuqori samarali chora tadbirlarni qabul qilish va ularni mustahkamlash;

— korrupsiyaga qarshi kurashda halqaro hamkorlikni kengaytirish, engillashtirish va qo‘llab quvvatlash.

O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga 2008 yil 7 iyuldagi O‘RQ-158-sonli Qonuni bilan qo‘shilgan bo‘lib, ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa Ishtirokchi-davlatlarga yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan organlar sifatida belgilab qo‘yilgan.

Ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan va korrupsiya sifatida e’tirof etilishi mumkin bo‘lgan qilmishlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining bir qator moddalari bilan jinoiy qilmish sifatida ta’qib qilinadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashda jahon mamlakatlari tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki faqatgina jinoiy qonunchilikni og‘irlashtirish yo‘li bilan bu salbiy illatga qarshi kurashib bo‘lmaydi (XXR da juda ko‘p miqdorda pora olganlik uchun o‘lim jazosi mavjud). Bu illatni engish uchun birinchi navbatda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolik institutlari faoliyatini kuchaytirish lozim bo‘ladi.

Takrorlash uchun savollar

1. Korrupsiya so‘zining lug‘aviy ma’nosi va real ma’nosini sharhlang.

2. Korrupsiya ko‘proq qanday doiralarda yuz beradi?

3. Korrupsiyaning kelib chiqish ildizlari.

4. Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar.

5. Korrupsiyaning tarixi.

6. Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar.

7. Tashqi nazorat

8. Saylov tizimi orqali kurashish.

9. Aholining huquqiy savodxonligini oshirish.

10. BMTning Korrupsiyaga qarshi haqaro konvensiyasining imzolanishi.

Adabiyotlar

1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasi (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 2003 yil 31 oktyabrda qabul qilingan. www Lex.uz

2. O‘RQ -419, 2017 yil 3 yanvar “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni www Lex.uz

3. O‘RQ -170, 2014 yil 14 may “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni www Lex.uz

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “«Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2752-sonli qarori. www Lex.uz

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi «Jinoyat va jinoyat protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3723-sonli qarori. www Lex.uz

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi «Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-5618-sonli Farmoni. www Lex.uz

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. www Lex.uz

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi PQ-4761-sonli qarorining maqsadi. www Lex.uz

9. Zakon Respubliki Uzbekistan ot 7 iyulya 2008 g. № ZRU-158 «O prisoedinenii Respubliki Uzbekistan k Konvensii Organizatsii Ob’edinennыx Natsiy protiv korrupsii (Nyu-york, 31 oktyabrya 2003 goda)». www Lex.uz

Asosiy adabiyotlar:

10. Mirziyoev SH. M. Oliy Majlisga Murojaat.2017 y 22 dekabr www Lex.uz

11. Mirziyoev SH. M. Oliy Majlisga Murojaat.2018 y 28 dekabr www Lex.uz

12. Mirziyoev SH. M. Oliy Majlisga Murojaat.2020 y 24 yanvar www Lex.uz

ADABIYOTLAR

Xalqaro huquq

1. Konvensiya ob ugolovnoy otvetstvennosti za korrupsiyu. — Sovet Evropы. Seriya Evropeyskix dogovorov. № 173. Strasburg: 1999. 27 yanv.

2. Konvensiya o grajdansko-pravovoy otvetstvennosti za korrupsiyu.- Sovet Evropы. Seriya Evropeyskix dogovorov. № 174.

3. Konvensiya Organizatsii ob’edinyonnыx natsiy protiv korrupsii. Nyu- York: ON, 2004.

4. Konvensiya OON protiv korrupsii

5. Set po borbe s korrupsiey dlya stran Vostochnoy Evropы i Sentralnoy Azii antikorrupsionnыe reformы v Uzbekistane. 4-y raund monitoringa v ramkax

6. Stambulskogo plana deystviy po borbe s korrupsiey. Elektronnaya biblioteka.

7. Ilmiy va publitsistik ishlar:

8. Abu Muslim Korrupsiya M.: YUrist, 2012.

9. Qobilov SH.R., Abdullajonov N.B. Korrupsiya va xavfsizlik.Akademiya: T.2006y.

Показать больше ...
1 mavzu: Korrupsiya tushunchasi , uning illatlari va ko‘rinishlari

Reja:

1. Korrupsiya va uning tarixiy ildizlari.

2. Korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar.

3. Ijro hokimiyatining birligi tamoyilinining buzilishi.

Korrupsiya –– bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.

Biz quyida korrupsiyaning tarixiy ildizlariga va unga qarshi kurashish xususida fikr yuritmoqchimiz.

Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi.

Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Korrupsiya ko‘plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi.

Xalq tilida soddagina qilib - poraxo‘rlik, keng ma’noda korrupsiya, deb ataluvchi hodisa barcha islohotlar ildiziga bolta urarkan, ushbu maqolada uni keltirib chiqaruvchi sabab va qarshi kurash choralarini tahlil etamiz.

Korrupsiya nima o‘zi?

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rasmiy saytida yozilishicha, «Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir»​. Aslida korrupsiya biror mansabdor shaxsning qonunchilik va axloqqa zid ravishda o‘zining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar maqsadida foyda olishidir. Atama, eng avvalo, siyosiy apparat xodimlariga nisbatan foydalanishi odatiy tusga kirgan.

Iqtisodchi Berdhenning fikriga ko‘ra, makroiqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichiga eng katta salbiy to‘lqinni olib kiruvchi omil aynan korrupsiya hisoblanadi. Uning ko‘rinishlari turlicha bo‘lishi mumkin: poraxo‘rlik, tovlamachilik, firibgarlik, nepotizm va h.k.

Korrupsiyaning kelib chiqish ildizi qaerda?

Uning kelib chiqish sabablarini aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurashning samarali yo‘llarini topish bo‘yicha mutaxassislar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o‘tkazilgan. O‘ziga xos reytinglar tuzilib, har xil ko‘rsatkich va raqamlar qayd etilgan jadvallar yaratilgan. Hatto korrupsiyaning xilma-xil ko‘rinishidagi formulalari ham ishlab chiqilgan. Hanuzgacha, barcha millatlar uchun qo‘l keladigan qarshi kurashda asqotadigan yagona echim yo‘q. Gap shundaki, korrupsiyaning asl ildizi uning paydo bo‘lish geografiyasi bilan o‘zgaradi. Xo‘sh, O‘zbekistonda qanday omillar uning kurtak otib, «gullab-yashnashi»​ga sharoit yaratmoqda?

Avvalo, Adliya vazirligi rasmiy saytida keltirilgan izohni qaytadan ko‘rib chiqish tavsiya etiladi: «Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir»​.

Bu erda kalit so‘zi «davlat organlari xodimlari»​ sanaladi. YA’ni, ushbu jumlaning o‘zi korrupsiya darajasi yuqori ekanida davlat xizmatchilarining roli muhim ekanligini ko‘rsatadi. Davlat organlarida xizmat qilayotganlarni bunday qabih ishga qo‘l urishga nima undamoqda?

Javob yana izohning o‘zida yastanib turibdi: «moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida»​! Tabiiyki, korrupsiya ortida mo‘may daromad topish ilinji turibdi, biroq har bir quyi bosqichda uning hakalak otishiga davlat xizmatchilarining oylik maoshi pastligi sabab bo‘lmoqda.

Masalan, mahalliy hokimiyatning oddiy xizmatchisini ko‘z oldingizga keltiring, uning kichik maoshi, aslida xodim inson kapitaliga mos emasligi, korrupsiyaga qo‘l urishga majbur qiladi. Soddaroq qilib aytganda, kuchli bilim va tajribaga ega xodim hech qachon kichik maosh taklif etilgan ish lavozimida mehnat qilmaydi. Uning oldida tanlash uchun ikkita yo‘l turibdi: ish joyini o‘zgartirib, ko‘p oylik maosh va’da qilib turgan xususiy sektorga o‘tib ketish yoki kichik maoshga «qanoat»​ qilib, korrupsiyaga qo‘l urish. Bunday vaziyatda, davlat organlarida kadrlar etishmovchiligi kuzatilib, tajribali va bilimli mutaxassislarni yo‘qotishi ham hech gap emas.

Davlat organlarida oylik maoshni oshirish bilan korrupsiyaga barham berish mumkinmi? Aslo! Korrupsiya darajasini susaytirish borasidagi takliflarni quyida batafsil mushohada etamiz, lekin, ayni chog‘da uni keltirib chiqaruvchi yana bir omilga e’tibor qaratsak: korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sun’iy to‘siqlar.

Sun’iy to‘siq, deb atalmish jihatlar shundan iboratki, ularning barchasini siyosiy iroda kuchi bilan yo‘q qilish mumkin. Ular nimalar?

Ro‘yxatning boshida davlat organlari xodimlarini ishga qabul qilishda yuz berishi «belgilangan mantiqsizlik»​ va shaffoflikning yo‘qligidir. Gap shundaki, inson kapitalining haqiqiy qiymatini o‘zbek modelidagi «ob’ektivka»​orqali aniqlash mumkin emas. Bo‘lg‘usi kadrning salohiyatini tekshirish, uning psixologik va jismoniy etukligi o‘rniga «Toshkent propiskasi»​, «yaqin qarindoshining sudlanganligi»​kabi foydasiz vajlar har qanday bilimli kishini rasmiy doiradan uzoqroq yurishga undaydi. Agar tajribali va bilimli mutaxassis davlat organida ishlash istagi bilan eshik qoqsa, unga beriladigan ilk topshiriq ham bir talay hujjatlarni yig‘ib kelish bo‘ladi. O‘z o‘rnida har bir ma’lumotnomani olish kichik korrupsiyaga sabab bo‘lishi mumkin.

Undan tashqari, ishga joylashish masalasida har kim «tanish-bilish»​ tizimi, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, klanizm kabi «ijtimoiy hodisa»​larga duch kelishi tayin. Ana shunday barcha «-chiliklar»​zamirida korrupsiyaga boshlab boruvchi yo‘l​ mujassam. SHuningdek, kuchli fuqarolik jamiyatining haqiqiy belgisi sifatida davlat organlarining xalq oldida hisobdorligi, ularning faoliyati va moliyaviy harakatlar aniq raqamlar bilan ifodalanishi shart. Har bir sohaning xalq oldidagi hisobdorligidan tashqari, ayni paytda, Oliy Majlis a’zolari, vazir va davlat qo‘mita raislari, yuqori rahbarlik lavozimida ishlaydigan amaldorlarning shaxsiy mol-mulki, daromadlari hamda ularning manbasi shu paytgacha ko‘rsatilmagan. Hisobdorlik shakli qanday bo‘lishi kerak? Agar bironta vazirlik misolida qisqacha tushuntirish berilsa, hisobdorlik belgilangan vazifalar, taqvimdagi masalalar hamda bajarilgan ishlar kabi harakatlar bilan to‘yintirilishdan tashqari, moliyaviy shaffoflikni talab etadi. Bunda har qanday oddiy xalq vakili istagan savoliga javob olishga haqli bo‘lishi nazarda tutilsin.

Xulosa shundaki, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar ana shu hodisa yashab turgan jamiyat yaratgan tizimning nosog‘lom yashashida namoyon bo‘ladi. SHu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi asosiy vazifasi ijtimoiy kayfiyatni yoritish: cho‘qqining o‘tkir nuqtasiga etib kelganimizni eslatib turishdan iborat.

Makroiqtisodiy va siyosiy-iqtisodiy tadqiqotlar, korrupsiya — davlatlarning iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishiga ulkan to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklari juda juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum mavqega ega bo‘lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. O‘sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi SHumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma’lum. CHunki bu holat davlatning obro‘siga juda qattiq putur etkazardi. Dunyoning etakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg‘alarni qabul qilma, chunki sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, Qu’roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan.

XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining ish sifatiga toboro ko‘proq ta’sir ko‘rsata boshladi. Bu o‘sha davrda qabul qilingan bir qator qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan. Jumladan, 1787 yilda qabul qilingan AQSH Konstitutsiyasida pora olish AQSH prezidentini impechmentga tortish mumkin bo‘lgan ikki jinoyatning biri sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi o‘rnining oshib borishi XIX-XX asrlarda rivojlangan davlatlarda korrupsiyaning dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan ancha kamayishiga olib keldi.

Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarni korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar sifatida ko‘rsatadi.

Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar — ushbu vaziyat huquqni qo‘llovchi mansabdor shaxs tomonidan qonunlarni turlicha qo‘llash imkonini yaratadi. SHuningdek, ayrim mutaxassislar jinoyat, ma’muriy qonunchilikdagi “vilka” sanksiyalarni ham korrupsiyaga qulay sharoit yaratishi mumkinligi haqida fikr yuritishgan. YA’ni, sanksiyaning aniq miqdori yo‘qligi sudyada uni o‘z hohishiga qarab qo‘llashga sharoit yaratib beradi.

Aholi huquqiy savodxonligining pastligi — aholi tomonidan qonunlarni bilmaslik yoki tushunmaslik mansabdor shaxsga o‘zining shaxsiy manfaati yo‘lida qonunlardan foydanishga qulay sharoit yaratadi.

Mamlakatdagi siyosiy vaziyatning notinchligi — mamlakatdagi notinchlik birinchi navbatda aholi ongida hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli qonunga xilof faoliyat bilan bog‘liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar shakllanishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida korrupsiyaga qulay sharoit yaratadi.

Ijro hokimiyatining birligi tamoyilinining buzilishi — aynan bitta faoliyatning turli instansiyalar tomonidan tartibga solinishi:

aholining davlatni nazorat qilishdagi sust ishtiroki;

davlat sektoridagi xizmat qilayotgan xizmatchilar daromadlarining xususiy sektorda topish mumkin bo‘lgan daromadlardan kamligi;

iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi;

inflyasiyaning yuqori darajasi;

mamlakat yuqori boshqaruv organlarining aholidan uzilib qolganligi;

mamlakatdagi diniy va axloq qoidalari.

Jahon mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashning quyidagi usullari mavjud.

Ichki nazorat —bu usul boshqaruv apparatining o‘zida nazoratni kuchaytiruvchi tuzilmalar (har xil ichki inspeksiyalar va boshqa nazorat organlari tuzish orqali) yaratishni taqazo etadi. Bu tuzilmaning asosiy vazifasi xodimlarning ichki etiket qoidalariga rioya qilishini nazorat qilishdir. Hozirgi kunda bizning yurtimizda ham bir qator huquqni muhofaza qilish organlarida aynan shu vazifani bajaruvchi ichki tuzilmalar yaratilgan.

Tashqi nazorat — bu usulda ijro apparatidan mustaqil tuzilmalarning mustaqilligini oshirish nazarda tutilib, aynan ushbu tuzilmalar orqali korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib boriladi. YA’ni, sud hokimiyatining maksimal darajada mustaqilligiga erishish ommaviy axborot vositalariga ko‘proq erkinlik berish va h.k.

Saylov tizimi orqali kurashish —demokratik davlatlarda saylangan vakillarni korrupsiya uchun jazolashning asosiy usullaridan biri keyingi saylovlarda unga ovoz bermaslik hisoblanadi. Korrupsiyaga saylovlar orqali ta’sir o‘tkazish eng samarali usul hisoblanadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan SHvetsiya, Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi kurashda muhim o‘rin egallaydi.

Bunda Konstitutsiyaviy nazorat organlari, huquq-tartibot organlarining ahamiyati ortadi. YA’ni, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan normalarni konstitutsiyaviy nazorat organi tomonidan konstitutsiyaga zid deb topish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish kabi metodlardan unumli foydalanish ushbu davlatlarni korrupsiya darajasi juda past bo‘lgan davlatlar qatoriga olib chiqqan. Biz quyida Singapur davlatida korrupsiyaga qarshi kurashda qo‘llanilgan usullar haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

Singapur davlati 1965 yil mustaqillikka erishgach korrupsiya darajasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar qatorida turar edi. Lekin bu illatga qarshi o‘tkazilgan bir qator tadbirlar bu davlatda korrupsiyaning minimal darajaga tushishiga olib keldi. Birinchi navbatda bu erda byurokratik jarayonlar engillashtirilib sud tizimining mustaqilligi oshirildi (sudyalarning daromadlari va imtiyozlarini oshirish evaziga). SHu bilan birga korrupsiya jinoyatlari uchun sanksiyalar og‘irlashtirilib, fuqarolarga korrupsiyaga qarshi jinoyatlarni tergov qilishda hamkorlik qilishda bosh tortganligi uchun juda katta moliyaviy sanksiyalar belgilandi. Bir qator davlat idoralarida ommaviy “tozalashlar” o‘tkazilib bu jarayonlar telekanallar orqali butun mamlakatga namoyish qilindi. YUqorida sanab o‘tilgan omillarning hammasi Singapurni qisqa muddatlarda korrupsiya darajasi eng past mamlakatlar ro‘yxatida ilg‘or davlatlar qatoriga olib chiqdi. SHuningdek, davlat xizmatchisining ahloq standartlariga rioya etishini qattiq nazorat ostiga olish ham Singapur davlatida korrupsiyaga qarshi kurashda muhim dastaklardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

YUrtboshimizning bu haqida “jinoyatchilik, korrupsiya bizning o‘z xavfsizligimizga ham, xalqaro xavfsizlikka ham tahdid soluvchi real manbadir. Binobarin, mazkur hodisaga qarshi kurash masalalari birgina bizga taalluqli emas. SHuning uchun ham biz jinoyatchilik haqida butun jahon hamjamiyati qayg‘urmog‘i lozim, deb hisoblaymiz. Suveren O‘zbekiston xalqi va rahbariyati esa ular bilan faol hamkorlik qilishga tayyor va buni dunyoni poklash, uning xavfsizligini ta’minlash ishiga qo‘shilgan hissa, deb biladi” deb fikr bildirgan edi.

Jinoyatchi unsurlarning xo‘jalik munosabatlari tizimini shakllantirish jarayonida faol va xufyona ishtirok etishi jamiyatda axloqsizlik vaziyatini tug‘dirishi, bu esa o‘z navbatida, mamlakat uchun ham, jahon hamjamiyati uchun ham nomaqbul jinoiy bozor iqtisodiyotining alohida turi shakllanishiga olib kelishini keyinchalik BMT tomonidan ham tan olinib, 2003 yil 9 dekabrda Meksikaning Merida shahrida korrupsiyaga qarshi kurashishda davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada kuchaytirish maqsadida 3 kun davom etgan konferensiya tashkil etildi. Bu konferensiya davomida 100 dan ortiq davlat tomonidan Korrupsiyaga qarshi haqaro konvensiya imzolandi. Konferensiyaning birinchi ish kuni (9 dekabr) BMT tomonidan butun dunyoda korrupsiyaga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan. Ushbu konvensiyaning qabul qilinishi va kuchga kirish (2003 yil 31 oktyabr) dunyo mamlakatlarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi hamkorligini yangi pog‘onaga ko‘tardi.

Konvensiyada korrupsiyaning rivojlanishi uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa jamiyat uchun xavfli bo‘lgan salbiy omillarga qarshi kurashga ulkan to‘siq bo‘lishi mumkinligiga alohida urg‘u berilgan.

Ushbu Konvensiyaning maqsadi quyidagilardan iborat:

— korrupsiyaga qarshi qaratilgan yuqori samarali chora tadbirlarni qabul qilish va ularni mustahkamlash;

— korrupsiyaga qarshi kurashda halqaro hamkorlikni kengaytirish, engillashtirish va qo‘llab quvvatlash.

O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga 2008 yil 7 iyuldagi O‘RQ-158-sonli Qonuni bilan qo‘shilgan bo‘lib, ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa Ishtirokchi-davlatlarga yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan organlar sifatida belgilab qo‘yilgan.

Ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan va korrupsiya sifatida e’tirof etilishi mumkin bo‘lgan qilmishlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining bir qator moddalari bilan jinoiy qilmish sifatida ta’qib qilinadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashda jahon mamlakatlari tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki faqatgina jinoiy qonunchilikni og‘irlashtirish yo‘li bilan bu salbiy illatga qarshi kurashib bo‘lmaydi (XXR da juda ko‘p miqdorda pora olganlik uchun o‘lim jazosi mavjud). Bu illatni engish uchun birinchi navbatda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolik institutlari faoliyatini kuchaytirish lozim bo‘ladi.

2- mavzu: Korrupsiya turlari va uning namoyon bo‘lishi.

1. Korruptsiya ta’rifi.

2. Korrupsiya tarixi.

3. Korrupsiyani ahloqiy baholash.

Korrupsiя́ (lat. corrumpere — ma’naviy (axloqiy) jihatdan buzish, razillashtirish, yo‘ldan urish, lat. corruptio — pora berib sotib olish; buzilish, ishdan chiqish, axloqiy (ma’naviy) buzilish; chirish; sotqinlik, tanazzul) - odatda mansabdor shaxs tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan, shuningdek, bu bilan bog‘liq rasmiy nufuz maqomidan, imkoniyatlar va aloqalaridan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadigan atama.

Korrupsiya deb shuningdek, mafiya kuchli bo‘lgan davlatlarga xos bo‘lgan mansabdor shaxslarni pora berib sotib olish, ularning sotqnligi, poraxo‘rligi ham tushuniladi. Evropa tillarida mos keluvchi atama odatda kengroq semantikaga ega bo‘lib, bu lotin tilidagi so‘zning birlamchi ma’nosidan kelib chiqadi. Mansabdor shaxsning harakatlari va uni yollagan shaxsning manfaatlari o‘rtasidagi yoki saylangan kishining harakatlari va jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi nizo korrupsiyaga xos alomat hisoblanadi.

Korrupsiyaning ko‘plab turlari mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladigan firibgarlik singari bo‘lib, davlat hukumatiga qarshi jinoyatlar toifasiga kiritiladi.

Korrupsiyaga unga tegishli bo‘lmagan resurslarni o‘z ixtiyoricha taqsimlash sohasida diskretsion hokimiyatga ega bo‘lgan har qanday mansabdor shaxs (amaldor, deputat, sudya, huquqni muhofaza qilish organlari xodimi, ma’muriyat boshlig‘i va h.k.) duchor bo‘lishi mumkin. Korrupsiyani rag‘batlantiruvchi asosiy omil hokimlik qilish vakolatlardan foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy foyda (renta) olish imkoniyati, uni to‘xtatib turadigan omil esa – fosh qilinish va jazolanish riski hisoblanadi.

Korrupsiyaning tizimli xarakteri uning korrupsiya qamrab olgan davlat

tashkilotlarida ishlaydigan shaxslar uchun majburiy xarakterda ekanligida ham namoyon bo‘ladi. Makroiqtisodiy va siyosiy iqtisodga oid tadqiqotlarga ko‘ra, korrupsiya jiddiy ziyon etkazib , iqtisodiy o‘sishga va butun jamiyat manfaatlarida rivojlanishga to‘sqinlik qiladi. Ko‘plab mamlakatlarda korrupsiya jinoiy jazoga tortiladi.

DISKRETSION HOKIMIYAT (fransuzcha discretionnaire – shaxsiy ixtiyorga bog‘liq) organ yoki mansabdor shaxsga qonun doirasida o‘z ixtiyoricha faoliyat ko‘rsatish vakolatini berish. Mas., parlamentar respublika davlat boshlig‘i odatiy shart-sharoitlarda bosh vazir yoki tegishli vazir imzosisiz normativ hujjatlar chiqarish huquqiga ega emas, favqulodda holatlarda esa u bunday hujjatlarni d.h. ishtirokisiz chiqarishi mumkin. D.h.dan ayniqsa ma’muriy organlar va sudlar tez–tez foydalanib turadi, bu amaliyotda shaxsning daxlsizligi, sudda aybi aniqlanmaguncha aybdor hisoblanmaslik kabi demokratik prinsiplarni inkor qilishni anglatadi, belgilangan tartibning buzilishiga olib keladi.

TA’RIF

Transparency International, Jahon Banki va boshqa tashkilotlar korrupsiya deganda ishonib topshirilgan hukmronlik qilishni shaxsiy manfaat yo‘lida suiiste’mol qilishni tushunadilar. SHuningdek, aniqlik kiritadigan (hukumat ishonib topshirilgan resurslarni o‘z ichiga olishi, u davlat va xususiy sektorga daxldor bo‘lishi va h.k.)6 yoki yanada qattiqroq yuridik ifodalardan foydalanadigan boshqa ta’riflar ham mavjud.

Rossiya qonunchiligiga muvofiq , korrupsiya bu – xizmat mavqeini suiiste’mol qilish, pora berish, pora olish, vakolatlarni suiiste’mol qilish, tijorat asosida pora berib sotib olish yoki jismoniy shaxsning o‘zi uchun yoki uchinchi shaxslar uchun pul, qimmatbaho narsalar, boshqa mulk yoki mulkiy xarakterdagi huquqlar yoki boshqa mulkiy huquqlarni qo‘lga kiritish maqsadida davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlariga zid ravishda o‘zinnig xizmat mavqeidan noqonuniy foydalanishi yoki boshqa jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan shaxsga bunday foydani noqonuniy ravishda taqdim etish; shuningdek, ko‘rsatilgan harakatlarni yuridik shaxs nomidan yoki uning manfaatlarida bajarishdir. Qonunchilikda uchraydigan «korrupsion jinoyat» tushunchasi alohida ta’rifga ega emas.

Suiiste’mol korrupsiya shakllaridan biri (mansabdor shaxs yoki shaxslar guruhi jinoiy harakatlaridan biri) bo‘lishi mumkin, lekin korrupsiya ta’rifining butun to‘liqligi bu bilan tugamaydi. Rossiya Federatsiyasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Evropa Korrupsiya haqida jinoiy-huquqiy konvensiyasi (ingl. Criminal Law Convention on Corruption) korrupsiyani yuridik va jismoniy shaxslarning qattiq jinoyatlari qatoriga kiritadi. 2010 yil holatida Rossiyada bitta korrupsion jinoyat uchun Ma’muriy huquqbuzarliklar haqida Kodeks bo‘yicha ham, Jinoyat kodeksi bo‘yicha ham jazo olish mumkin bo‘lgan.

KORRUPSIYA TARIXI

Korrupsiyaning tarixiy ildizlari, aftidan, biron kishida moyillik uyg‘otish uchun sovg‘a berish odatiga borib taqaladi. Qimmatbaho sovg‘a odamni boshqa iltimoschilar orasida ajratib ko‘rgan va uning iltimosi bajarilishiga xizmat qilgan. SHu sababli ibtidoiy jamiyatlarda kohin yoki qabila boshlig‘iga to‘lov odat bo‘lib qolgan. Davlat apparatining murakkablashuvi va markaziy hukumatning kuchayishi bilan professional amaldorlar paydo bo‘lgan bo‘lib, ular, hukmdorlarning fikriga ko‘ra, faqat qat’iy belgilangan maosh bilan kifoyalanishi lozim bo‘lgan. Amalda esa bu amaldorlar o‘z mavqeidan daromadlarni yashirish oshirish maqsadida foydalanishga harakat qilganlar.

U haqida korrupsiyaga qarshi kurashgan hukmdor sifatida xotira qolgan shaxs Uruinimgina – eramizdan avvalgi XXIV asrning ikkinchi yarmida Lagash shahar-davlatining shumerlar podshosi hisoblanadi. Korrupsiya uchun boshqalarga namuna bo‘ladigan va ko‘pincha shafqatsiz jazolar qo‘llanishiga qaramay, unga qarshi kurash kutilgan natijalarga olib bkelmagan. Eng yaxshi holatda xavfli jinoyatlarning oldini olishga erishilgan, lekin mayda kamomad va poraxo‘rlik darajasida korrupsiya ommaviy xarakterga ega bo‘lgan. Korrupsiya muhokama qilingan dastlabki asar — «Artxa-shastra» —eramizdan avvalgi IV asrda Bxarat (Hindiston) vazirlaridan biri monidan Kautilya taxallusi ostida chop etilgan. Unda muallif «podshohning mulki, hatto kichik miqdorda bo‘lsa ham, bu mulkni idora qiladiganlar tomonidan o‘zlashtirib olinishi mumkin emas» degan xulosa chiqargan.

Xuddi shu kabi muammolarga Qadimgi Misr fir’avnlari ham duch kelgan

bo‘lib, bu erda erkin dehqonlar, hunarmandlar va hatto harbiy a’yonlarga nisbatan ham o‘zboshimchlik va zo‘ravonlik ishlatgan hamda qonunbuzarliklarni o‘ziga kasb qilib olgan amaldorlar byurokratik apparati yuzaga kelgandi. Bizning kunlargacha etib kelgan Itaxotel degan shaxs o‘z pand-nasihatlrida quyidagicha tavsiya beradi: «Boshliq oldida belingni bukib ta’zim qil, shunda sening uyingda tartib bo‘ladi, sening maoshing joyida bo‘ladi, kim boshliqqa qarshilik ko‘rsatadign bo‘lsa, uning hayoti oson kechmaydi, lekin u iltifot ko‘rsatganda esa yashash ham oson bo‘ladi». Sudyalar sotqinligi alohida tashvish uyg‘otardi, chunki bu mulkning noqonuniy taqsimlanishiga va nizolarni huquq maydonidn tashqarida hal qilishga olib kelgan. Bejizga barcha dinlarda korrupsiya turlari orasida birinchi navbatda sudyalarni pora berib sotib olish qoralanmaydi:

«…boshliq sovg‘a talab qiladi, sudya pora evaziga sud qiladi, katta amaldorlar esa o‘z xohishiga qarab bizlrni jazolaydi va ishlarni noto‘g‘ri talqin qiladi…» ; «Tuhfalar qabul qilma, chunki tuhfalar ko‘zi ochiqlarni so‘qir qilib qo‘yadi va haq bo‘lganlar ishini o‘zgartirib yuboradi» (CHiqish. 23:8, q. shuningdek, Ikkinchi qonun. 16:19); «Bir-biringizning mulkingizni noqonuniy o‘zlashtirib olmang va boshqa kishilar mulkining bir qismini qasddan egallab olish niyatida hakamlarni pora berib sotib olmang» (Qur’oni karim, 2:188) va h.k.

Qadimgi Rim qonunlarida «corrumpere» atamasi «sudda ko‘rsatmalarni pulga sotib olish» va «sudyani pora berib sotib olish» m’nosida foydalania boshlagan: «Nahotki sen sudda so‘zlashda ishlarni tekshirish qat’iy belgilangan maosh bilan kifoyalanishi lozim bo‘lgan. Amalda esa bu amaldorlar o‘z mavqeidan daromadlarni yashirish oshirish maqsadida foydalanishga harakat qilganlar uchun tayinlangan va bu ish bo‘yicha pora olgan sudya yoki vositachiini o‘lim jazosi bilan jazolaydign qonunni shafqatsiz deb hisoblaysiz?)». Nikkolo Makiavelli asarlari korrupsiyani anglab etishga muhim turtki bergan. U korrupsiyani kasallik, masalan, sil kasalligi bilan tenglashtirgan. Agar kasal o‘tqazib yuborilgan bo‘lsa, uni aniqlash oson, lekin davolash juda qiyin.

XVIII asr oxirlaridan boshlab g‘arb mamlakatlarida jamiyatning korrupsiyaga bo‘lgan munosabatida tubburilish ro‘y berdi. Liberal o‘zgarishlar davlat hukumati uning qo‘l ostidagi odamlar manfaatida majud va shu sababli fuqarolar amaldorlarning qonunga so‘zsiz rioya qilishlari evaziga hukumatni boqadi degan shior ostida o‘tgan. Xususan, 1787 yil qabul qilingan AQSH Konstitutsiyasiga muvofiq, pora olish aytib o‘tilgan ikkita jinoyat turlaridan biri bo‘lib, ular uchun AQSH Prezidentiga impichment e’lon qilinishi mumkin. Jamiyat davlat apparati ishi sifatiga tobora katta ta’sir ko‘rsata boshlgan. Siyosiy partiyalar va davlat tomonidan tartibga solishning kuychaishi bilan yirik biznes va siyosiy partiyalar til biriktirishi holatlarining o‘sishi tashvish uyg‘ota boshladi. Lekin shunga qaramay, XIX-XX asrlar davomida rivojlangan mamlakatlarda korrupsiya darajasi qolgan dunyo bilan taqqoslaganda ancha pasaydi.

XIX va XX asrlar bo‘sag‘asi rivojlangan mamlakatlarda korrupsiya rivojlanishida yangi bosqich bo‘ldi. Bir tomondan, davlat tomonidan tartibga solishning va mos ravishda, amaldor hukmronligining navbatdagi kuchayishi boshlandi. Boshqa tomondan – raqobat kurashida «davlatni pora berib sotib olish» - davlatning alohida mayda xizmatchilarini vaqti-vaqti bilan pora berib sotib olish emas, balki kapital manfaatlarini himoya qilish uchun yuqori mansabdagi amaldorlar va sisatchilar faoliyatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysundirishga murojaat qiladigan yirik xususiy biznes vujudga kela boshladi. Siyosiy partiyalar ahamiyatining o‘sishi bilan rivojlangan mamlakatlarda (ayniqsa, G‘arbiy Evropa mamlakatlarida Ikkinchi jahon urushidan keyin) partiya korrupsiyasi rivojlanib, bunda o‘z manfatlarini himoya qilish va ilgari surish uchun yirik firmalar va transmilliy korporatsiyalar nafaqat shaxsan siyosatchilarga, balki partiya kassasiga ham pul to‘lay boshladi.

XX asrning ikkinchi yarmida korrupsiya yanada dolzarb xalqaro muammoga aylana boshladi. Korporatsiyalar tomonidan chet eldagi yuqori mansabdor shaxslarni pora berib sotib olish ommaviy xarakterga ega bo‘ldi. Globallashuv shunga olib keldiki, bir mamlakatdagi korrupsiya ko‘plab mamlakatlarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi. Bunda korrupsiya darajasi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar uchinchi dunyo bilan chegaralanib qolmaydi: 1990-yillarda sobiq sotsialistik mamlakatlardagi erkinlashtirish o‘taketgan mansab suiiste’mollari bilan birgalikda kuzatildi. 1995 yil 31 dekabr sonida «Financial Times» gazetasi 1995 yilni «korrupsiya yili» deb atadi. Korrupsiya haqida bilimlarni targ‘ib qilish uchun BMT Korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro kuni (9 dekabr) ta’sis qildi.

KORRUPSIYANI AXLOQIY BAHOLASH

Korrupsiyaning turlicha namoyon bo‘lishlari turlicha axloqiy bahoga ega: ayrim harakatlar jinoiy, boshqa harakatlar esa – axloqsiz harakatlar hisoblanadi. Axloqsiz harakatlar qatoriga, qoidaga ko‘ra, meritokratiya tamoyillarini buzadigan siyosiy yo‘nalishlar asosida homiylik qilish va oshna-og‘aynigarchilik qilish kiradi.

Biroq korrupsiyaga nisbtan ijobiy munosabat ham uchraydi: «Korrupsiyani qonun rivoji sust bo‘lgan joylarda qonun ustunligini foydali almashtirish deb hisoblash mumkin. Boshqacha qilib aytganda, korrupsion faoliyatdan foyda – u amalga oshirishga imkon beradigan qo‘shimcha unumli transaksiyalar natijasida yaratiladigan qiymat – xarajatlardan katta bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyat ehtimoli biznes bilan shug‘ullanish uchun qonuniy imkoniyatlar juda cheklangan holatlarda eng yuqori bo‘ladi» - shunday hisoblaydi Kanzas universiteti biznes kafedrasining professori, iqtisodchi Duglas Xyuston.

Korrupsiyani lobbizmdan farqlay olish lozim. Lobbida mansabdor shaxs ham o‘z xizmat vakolatlaridan belgilangan guruh manfaatlaridagi harakatlar evaziga lavozim pillapoyasi bo‘ylab harakatlanish yoki tayinlanish imkoniyatini oshirish uchun foydalanadi. Asosiy farq Mansabdor shaxsga ta’sir etish jarayoni raqobatli xarakterga ega bo‘lib, barcha qatnashchilarga ma’lum bo‘lgan qoidalarga rioya qiladi.

2. Sir tutilgan yoki qo‘shimcha (ikkinchi darajali) to‘lovlar mavjud emas.

3. Mijozlar va agentlar bir-biridan shu ma’noda mustaqilki, hech qanday guruh boshqa guruh ishlab topgan foydadan ulush olmaydi.

Biroq ayrim tadqiqotchilar lobbizmni korrupsiyaning tarkibiy qismi deb hisoblaydi, xolos.

Korrupsiyaning eng xavfli shakllari og‘ir jinoyatlar sifatida baholanadi. Ular qatoriga, eng avalo, qonunga xilof ravishda sarf etilgan pul (rastrata) va pora kiradi. Rastrata mansabdor shaxsga ishonib topshirilgan resurslarni shaxsiy maqsadlarda sarflashdan iborat. U oddiy o‘g‘rilikdan shunisi bilan farq qiladiki, shaxs dastlab resurslarni tasarruf qilishga qonuniy huquqni qo‘lga kiritadi: boshliqdan, mijozdlan va h.k. Pora korrupsiyaning bir turi bo‘lib, bunda mansabdor shaxsning harakatlari unga belgilangan foyda taqdim etish evaziga yuridik yoki jismoniy shaxsga xizmat ko‘rsatishdn iborat. Aksariyat hollarda agar pora berish ta’magirlikning oqibati bo‘lmasa, asosiy foydani pora beruvchi oladi. Qattiq jinoyatlr qatoriga, shuningdek, saylovchilar ovozini sotib olish ham kiradi (garchi ayrimlar uni korrupsiyaning bir shakli emas, halol bo‘lmagan saylov kampaniyasi turi deb hisoblasada).

Korrupsiya ko‘pincha hukumatni kuch ishlatib almashtirishga da’vatlar uchun sabab bo‘ladi. Bunda ayblovlar ko‘pincha faqat muayyan siyosatning eng yaxshi namoyondalariga emas, butun siyosiy tizimga nisbatan qo‘yiladi. Oskar Arias Sanchesning qayd etishicha, avtoritar rejimlar hukumat suiiste’mollarning aksariyatini muvaffaqiyat bilan yashirishga qodir, shunday ekan, ularning korrupsiyaga berilganligi haqidagi xulosa bilvosita guvohliklarni va butun jamiyat uchun halokatli oqibatlarni tahlil qilish asosida chiqariladi. Aksincha, demokratik rejimlarda korrupsiya ko‘pincha keng oshkor qilinadi va jiddiy ziyon etkazishidan oldin to‘xtatiladi. Biroq vaqti-vaqti bilan ro‘y beradigan mojarolar fuqarolarda mamlakatda siyosiy qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’sir etish qobiliyatiga shubha uyg‘otadi va demokratiyadan ko‘ngil qoladi.

KORRUPSIYA TURLARI

Maishiy korrupsiya oddiy fuqarolar va amaldorlarning o‘zaro aloqalari natijasida vujudga keladi. Uning tarkibiga fuqarolardan mansabdor shaxs va uning oila a’zolariga turli sovg‘alar va xizmatlar kiradi. Ushbu toifaga oshna-og‘aynigarchiliklr (nepotizm) ham kiradi.

Ishbilarmonlik korrupsiyasi hukumat va biznesning o‘zaro aloqalari natijasida vujudga keladi. Masalan, xo‘jalik nizosi ro‘y bergan holatlarda tomonlar o‘z foydasiga qaror chiqarish maqsadida sudya ko‘magini qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Oliy hukumat korrupsiyasi demokratik tizimlarda oliy sudlar va siyosiy rahbariyatga daxldor. U vijdonsiz xulq-atvori o‘z manfaatlari yo‘lida va saylovchilar manfaatlariga ziyon etkazgan holda siyosatni amalga oshirishdan iborat bo‘lgan hukumat tepasida turgan shaxslar bilan bog‘liqdir.

Mavzuni takrorlash uchun savollar.

1.Korrupsiya qanday davlatlarga xos.

2. Transparency Internationalning vazifasi nimadan iborat

3. Evropa Korrupsiya haqida jinoiy-huquqiy konvensiyasi (ingl. Criminal Law Convention on Corruption) korrupsiyani qanday baholaydi.

4. Eramizdan avvalgi XXIV asrning ikkinchi yarmida Lagash shahar-davlatining shumerlar podshosi Uruinimgina korrupsiyaga qanday yondoshgan.

5. Itoxotel pandnomalarida korrupsiyaga qanday baho bergan.

6. Islom dining korrupsiya haqida.

8. Qadimgi Rim qonunlarida «corrumpere» atamasi nimani anglatgan.

9. Nikkolo Makiavelli asarlari korrupsiyani ta’riflanishi.

10.AQSHda korrupsion xolatga munosabat.

11.G‘arbiy Evropada partiya korrupsiyasi.

12.Korrupsiyaning eng xavfli shakllari qaysilar.

13. Maishiy korrupsiyaga nimalar kiradi?

14. Ishbilarmonlik korrupsiyasini tushuntiring.

Adabiyot:

1. http://www.gosbook.ru/node/81444 Rumyanseva E. E. Kakov v sovokupnosti i po ego chastyam uщerb ot korrupsii — kto predstavit obщestvu samuyu vernuyu metodiku ego rascheta?//Ekspertnaya set po voprosam gosudarstvennogo upravleniya «Gosbuk»

2. Bardhan P. Corruption and development // Journal of Economic Literature. — 1997. — Vol. 25. — P. 1320. [1]

3.Tanzi, V. Corruption, Governmental Activities and Markets // IMF Working Paper 94/99. — International Monetary Fund, Washington, DC. — 1994.

The Anti-Corruption Plain Language Guide

4. Chinhamo O., Shumba G. Institutional working definition of corruption // ACT Southern Africa Working Paper. 2007. No. 1

5. Federalnыy zakon Rossiyskoy Federatsii ot 25 dekabrya 2008 g. N 273-FZ «O protivodeystvii The Anti-Corruption Plain Language Guide

6 Chinhamo O., Shumba G. Institutional working definition of corruption // ACT Southern Africa Working Paper. 2007. No. 1

7 Federalnыy zakon Rossiyskoy Federatsii ot 25 dekabrya 2008 g. N 273-FZ «O protivodeystvii korrupsii»

3-mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurashda xorij tajribasi

3-mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurashda xorij tajribasi.

Reja:

1. Korrupsion xolatni aniqlanishi.

2. Korrupsiyaga qarshi kurashning yangi yo‘llarini yaratilishi.

3. Korrupsiyadan xoli mamlakatlar tajribasi.

4. Korrupsiya avj olgan mamlakatlar.

Hokimiyatga pul bilan erishgan odam
undan daromad olishga intiladi.
Aristotel

Korrupsiya – nihoyatda ijtimoiy-siyosiy vayronkor kuch, uning oqibatida milliy iqtisodiyotga putur etadi, ijtimoiy tengsizlik chuqurlashadi, xalqning davlat boshqaruvi hokimiyati organlariga ishonchi yo‘qoladi, uyushgan jinoyatchilik kuchayadi, jamiyatda ma’naviyat izdan chiqa boshlaydi. Korrupsiya oqibatida kelib chiqadigan noxush hodisalar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Korrupsiya buzg‘unchilik tabiatiga ega ekani uchun ham insoniy jamiyat qadim zamonlardan boshlab unga qarshi kurashib keldi.

Lotincha «korrupsiya» so‘zi o‘zbek tilida «emirilish», «sotilish», «og‘machi» degan ma’nolarni anglatadi. Uni keskin cheklagan davlatlar taraqqiyotga erishgan. Xo‘sh, biz bunday yutuqqa erisha olamizmi

Haqiqatan ham, qaerda korrupsiya bo‘lsa, shu erda emirilish yuz beradi. Mansabdor shaxsning sotilishi, og‘machiligi ana shunday oqibatlarga olib keladi.

– Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurash ilk bor miloddan avvalgi XXIV asrda Mesopotamiyaning Lagash degan shahar-davlatida boshlangan, lekin taassufki, barcha sa’y-harakatlar zoe ketgan. Keyingi zamonlarda ham korrupsiyaga qarshi qancha-qancha kurashlar yuz berdi, lekin ular besamar yakun topdi.

Insoniyat tarixida korrupsiyani tugatish yo‘llari va huquqiy asoslari Hindistonda yaratildi. Bundan 2,5 ming yil avval yozilgan “Artxashastra yoxud Siyosat ilmi” kitobi davlatni boshqarish va xo‘jalik yuritish mavzuiga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘sha davrning siyosiy va iqtisodiy qomusi sifatida dunyoga keldi. Bu asarga davlatni tuzish, boshqarish va uni rivojlantirishning huquqiy asoslari, deb qarash ham mumkin. Kitob muallifi sifatida brahman Kautile nomi (u CHanakya ismi bilan ham mashhur) zikr etiladi. “Artxashastra”ning 26-bo‘limi korrupsiyaga bag‘ishlangan. Bo‘limda korrupsiya “o‘zlashtirish” iborasi orqali izohlanadi: “SHohning shaxsiy yoki boshqa mulklariga qo‘l cho‘zish o‘zlashtirishdir. Bu holatda narxi yuqori bo‘lgan buyumlarni o‘zlashtirganlik uchun o‘lim jazosini qo‘llash, narxi o‘rtacha bo‘lgan buyumlarni o‘zlashtirganlik uchun ularni undirib olish, narxi past bo‘lgan mulklarni o‘zlashtirganlik uchun ularni qaytarib olish jazolarini tayinlamoq lozim”. “Artxashastra”da poraxo‘rlikning qirqta turi tasnif etiladi. Korrupsiyaning oldini olishga javobgar mansabdor shaxs vaqti-vaqti bilan xalq to‘planadigan joylar va bozorlarda quyidagicha murojaat qilib turishi lozimligi aytiladi: “Biron bir boshliqdan zarar ko‘rganlar bo‘lsa, shu haqda bizga xabar bersinlar”.

XX asrga kelib SHvetsiya, Singapur, YAngi Zelandiya, SHveysariya kabi mamlakatlarda korrupsiyani qattiq jilovlashga muvaffaq bo‘lindiki, mazkur davlatlar fuqarolari va davlati orttirgan tajriba barchani korrupsiyaga qarshi kurashga ruhlantirmoqda.

Hozirgi davrdagi “korrupsiya” tushunchasini sharhlaydigan bo‘lsak, u asosan, “shaxsiy foyda olish uchun hokimiyatni suiiste’mol qilish” ma’nosida ishlatiladi. Korrupsiyaning quyidagi to‘rt asosiy sababini keltirish odat tusiga kirdi:

1. SHaxsiy sabablar. Korrupsiya “yomon” hodisa, u yaxshi ta’lim-tarbiya ko‘rmaslik va kam maosh oladigan amaldorlarning nokasligi oqibatida paydo bo‘ladi.
2. Institutsional sabablar. Bunda boshqaruvning kuchsizligi asosiy omil sanaladi. Masalan, kadrlar tayyorlash, hisobga olish va nazorat qilishning samarasizligi, mansabdorlarni yollashning osonligi va ularni oson ishdan haydash, ularda uzoq vaqt mansabda turishga ishonchsizlik paydo bo‘lishi kabilar korrupsiyani rag‘batlantiruvchi omillardir.

3. Tizimiy sabablar. Hukumat ba’zan jamiyatning shunday talablariga duch keladiki, ularni bajarishning rasmiy tartiblari hali aniq ishlanmagan bo‘ladi yoxud ular ko‘p miqdorda mablag‘ talab etadi va aksar holda uzoq muddatlarga cho‘ziladi. SHunday holatlarda korrupsiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qisqa yo‘llar ochiladi.

4. Ko‘p tomonlama sabablar. Ba’zan davlat rahbariyatining o‘ziga xos xulqi tufayli davlat boshqaruvida hal qiluvchilik rolini “shaxsiy” omillar bajaradi. Bunday sharoitda davlat mansablariga ishonchga sazovor odamlar tayinlangan taqdirda ham institutsional va tizimga oid muammolar sabab korrupsiya ko‘payadi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozir dunyoda har yili 1 trillion AQSH dollari hajmida pora beriladi. Jahon iqtisodiyoti har yili korrupsiya tufayli 2,6 trillion dollar mablag‘dan ayriladi, bu jahon yalpi ichki mahsulotining 5 foizidir. BMT Bosh kotibining bildirishicha, “Korrupsiya odamlarni maktab, kasalxonalardan mahrum qiladi, investorlarni vahimaga soladi, tabiiy resurslar talon-taroj bo‘lishiga sabab bo‘ladi, boshqa turli jinoyatlar paydo bo‘lishiga shart-sharoit yaratadi.

Jahon mamlakatlari orasida korrupsiyaning yoyilishi indeksi har yili xalqaro Transparency International tashkiloti tomonidan aniqlab chiqiladi. Transparency Internationalning 2018 yil uchun indeksi 180 mamlakatni qamrab olgan va 0 dan (korrupsiyaning eng yuqori darajasidan) 100 gacha (korrupsiyaning eng past darajasigacha) bo‘lgan ko‘rsatkich asosida korrupsiyaning qanchalik yoyilganini ko‘rsatadi. Ushbu indeks bo‘yicha eng kam korrupsiyalashgan mamlakatlar sirasiga Daniya, YAngi Zelandiya kiradi. Eng ko‘p korrupsiyalashgan mamlakatlar esa Somali, Suriya, Janubiy Sudan bo‘lib, Transparency International tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, korrupsiyalashish ko‘rsatkichi bu davlatlarda 10 dan 13 gacha.

Rivojlangan mamlakatlar qonunchiligiga korrupsiyaning oldini olish maqsadida davlat mansabdorlarining korrupsiyaviy faoliyatga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qator taqiqlar, cheklov va yo‘l-yo‘riqlar standartlari kiritilishidan tashqari yana maxsus “korrupsiyaviy bardoshlilikni tekshirish” usuli ham joriy etilgan.

XVII asrga kelib korrupsiyaga qarshi kurashish G‘arbda juda avj oldi. Ayniqsa, xususiy mulk tan olinib, davlat boshqaruvida ilk demokratik usullar joriy etila boshlanganida «mansabdor shaxs­larning o‘zlari qonunlarga rioya etsagina xalq davlat hokimiyatini tan oladi», degan g‘oya yuzaga keldi.

Hozirgi vaqtda ideal, har tomonlama mukammal mansabdor shaxsni shakllantirish metodologiyasi mavjud emas. Ammo korrupsiyani keskin kamaytirish choralarini ko‘rish natijasida rivojlanib ketgan davlatlar tajribasi mavjud. Bu esa unga qarshi kurashish orqali iqtisodiyotni ko‘tarishga, xalqning ijtimoiy hayotini tubdan yaxshilashga erishish mumkinligini ko‘rsatdi. Bunga Singapur, Gonkong, Portugaliya, SHvetsiya kabi davlatlar misol bo‘la oladi.

BMTning Korrupsiyaga qarshi konvenssiyasining 20-moddasi “noqonuniy boyitish” tushunchasini belgilaydi, “mansabdor shaxsning aktivlari uning qonuniy daromadlaridan oshib ketishi, uni asossiz asoslab berolmasligi” tushuniladi. Xalqaro hamjamiyat noqonuniy boyitishni “qasddan sodir etilganda jinoiy huquqbuzarlik sifatida” tan olishning foydaliligini tan oladi, chunki deklaratsiya qilingan daromad va korruptsionerlarning haqiqiy xarajatlari o‘rtasidagi tafovut ularning aniq korruptsion harakatlariga qaraganda ularni oqlash ancha osondir.

BMTning Korrupsiyaga qarshi konvenssiyasining 20-moddasi qoidalariga muvofiq, noqonuniy boyitish jinoiy jazo sifatida ko‘rib chiqilishi tavsiya etiladi. Bu korrupsiya mansabdor shaxslari uchun korrupsiyaviy jazo xavfini sezilarli darajada oshiradi, hattoki korrupsiyaning aniq harakatlarida isbotlanmagan ishtirok etgan taqdirda ham. Evropa Ittifoqida qabul qilingan korrupsiya tushunchasiga ko‘ra, nafaqat korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik, balki fuqarolik huquqi ham joriy etildi, ya’ni. jinoiy ayblovlar bilan bog‘liq emas, balki sudlarda fuqarolik da’volarining ko‘rib chiqilishi, xususan, tomonlarning huquqlari va erkinliklari, moddiy va nomoddiy manfaatlarining buzilishi. Xususan, korrupsiya natijasida zarar ko‘rgan fuqarolarning fuqaroviy da’volari to‘liq qoplanishi uchun sudlarga berilishi mumkin.

Ushbu Konvenssiyaning ikkinchi moddasi korrupsiya to‘g‘risida quyidagi tushunchani beradi: “Ushbu Konvenssiyaning maqsadlari uchun” korrupsiya “to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita, har qanday burch yoki xatti-harakatning normal bajarilishini buzadigan pora yoki boshqa noo‘rin ustunlik yoki va’dani talab qilish, taklif qilish, berish yoki qabul qilishni anglatadi. pora oluvchidan talab qilinadi, noqonuniy foydalanish yoki uni va’da qilish.

XIX asrning o‘rtalariga qadar SHvetsiya korrupsiya ta’siriga uchragan mamlakat hisoblanadi. Ammo elita va mamlakat rahbariyati mamlakatni to‘liq modernizatsiya qilish to‘g‘risida strategik qaror qabul qilgandan so‘ng, amaldorlarning murosasiz qarashlarini butunlay yo’q qilishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshirila boshlandi. Davlat tomonidan tartibga solish adolatli va mas’uliyatli boshqaruvni rag‘batlantirishga asoslandi - turli xil hokimiyat idoralari tomonidan olingan taqiq va ruxsatnomalarga emas, balki soliqlar, imtiyozlar va subsidiyalar orqali yordam berardi. Fuqarolarga davlat boshqaruvining ichki hujjatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi, bu esa har kimga davlat qanday ishlashini va eng muhimi, mustaqil va samarali odil sudlov tizimi yaratilganligini tushunishga imkon berdi. SHu bilan birga, SHvetsiya parlamenti va hukumati amaldorlar uchun yuqori axloqiy me’yorlarni o‘rnatdi va ularning bajarilishini izlay boshladi. Bir necha yil o‘tgach, halollik davlat byurokratiyasi orasida obro‘li me’yorga aylandi. Avvaliga amaldorlarning ish haqi ishchilarning oylik maoshidan 12-15 baravar oshdi. Ammo vaqt o‘tishi bilan mamlakat hukumatining qasddan harakatlari natijasida bu farq ikki baravar kamaydi.

Bugungi kunda SHvetsiya dunyoda korrupsiyaning eng past darajasiga ega. SHvetsiyada cherkov va jamoatchilik fikri korrupsiyaga qarshi kurashda muhim rol o‘ynaydi, buning natijasida bu mamlakatda ular qisqa vaqt ichida juda yuqori daromad olishga muvaffaq bo‘lgan har qanday tadbirkorga yoki uning daromadlari xarajatlaridan ancha past bo‘lgan mansabdor shaxsga shubha qilishadi. Jamoatchilik fikri bunday tadbirkorni ushlanib bo‘lmaydiganga aylantiradi, chunki unga na biznesda, na kundalik aloqada hech kim ishonmaydi. Unda jamoatchilik fikri, birinchi navbatda, bunday mansabdor shaxsni iste’foga chiqarishga majbur qiladi va unga na davlat xizmatida, na xususiy biznesda ishlashga ruxsat bermaydi. Jamoatchilik fikri xususiy biznesda ham, davlat boshqaruvida ham korrupsiya, insofsizlikning namoyon bo‘lishini juda kamdan-kam uchraydigan hodisaga aylantirdi. Hech qanday qonuniy choralar va hatto jinoiy jazo choralari bunday natijaga erisha olmadi.

Singapur. 1965 yilda mustaqillikka erishgan paytda Singapur korrupsiya darajasi yuqori bo‘lgan mamlakat edi. Nisbatan qisqa tarixiy davrda, 1959 yilda Buyuk Britaniya imperiyasining bir qismi sifatida o‘zini o‘zi boshqarish huquqini qo‘lga kiritgan paytdan boshlab, to‘liq mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lgan Singapur, kambag‘al mamlakatdan yuqori rivojlangan va iqtisodiyotning yuqori darajali iqtisodiyotiga ega bo‘lgan davlatga o‘tdi.

Bu yo‘l 1959 yilda Singapur Bosh vaziri Li Kuan YU tomonidan amalga oshirilgan tanlovning ishga tushishi bo‘lib, Janubiy SHarqiy Osiyoning moliyaviy va savdo markazini port shahridan, hatto toza suv va qurilish qumini ham olib kirishga qaror qilgan. Buning uchun korrupsiya darajasini sezilarli darajada kamaytirish kerak edi. Uni kamaytirish strategiyasi keng qamrovli edi. Mansabdor shaxslarning xatti harakatlarini tartibga solib, barcha qonunlardagi noaniqliklar bartaraf etildi, ko‘plab ruxsatnomalar va litsenziyalarning bekor qilinishi, qonun ustuvorligi va qonun oldida barchaning tengligi printsipiga qat’iy va qat’iy rioya qilindi, hokimiyat organlari uchun tartib soddalashtirildi, axloqiy me’yorlarga rioya qilinishini qat’iy nazorat qila boshladi. Korrupsiyaga qarshi byuro keng vakolatlarga ega bo‘lgan mustaqil korrupsiya bo‘yicha tergov idorasiga aylandi. Fuqarolar u erdagi davlat xizmatchilariga murojaat qilishlari va zararni talab qilishlari mumkin.

Korrupsiyaga qarshi kampaniya boshlanganida, ushbu Byuro hatto hukumat vazirlari Li Kuan YU va uning yaqin qarindoshlariga qarshi tergovlarni boshlagan. Va ba’zi korrupsiyalashgan deb topilgan vazirlar haqiqiy qamoq jazosiga hukm qilindi. Li Kuan YU ushbu xatti-harakatlari bilan shtatning barcha fuqarolariga uning hukumati, vazirlari va boshqa mas’ul mansabdor shaxslari faqat porloq va yuqori malakaga ega bo‘lishlari mumkinligini isbotladi. Li Kuan YU korrupsiya darajasini pasaytirib, singapurliklarga mashaqqatli va malakali ish har doim yuqori maoshga ega bo‘lishini va hayotning yuqori darajasiga olib borishini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. Va bu, Singapurning xavfsiz va korrupsiyasiz davlat sifatida imidjini yaratish bilan birga, iqtisodiyotga ichki va xorijiy investitsiyalarni jalb qildi va mamlakatning tezkor iqtisodiy o‘sishiga yordam berdi.

Ammo, bu natijaga korrupsiyaga qarshi doimiy kurash bilan erishish mumkin. SHu maqsadda, xususan, Singapurning korrupsiyaga qarshi qonunchiligi korrupsiya ehtimolini kamaytirish va shunga qaramay ularni sodir etganlarga javobgarlikdan qochish maqsadida doimiy ravishda qayta ko‘rib chiqilmoqda. SHu bilan birga, sud tizimi mustahkamlanmoqda, imtiyozli maqomdan tashqari, sudyalarga ham yuqori maosh berilmoqda. Pora berganlik yoki korrupsiyaga qarshi tergovlarda qatnashishdan bosh tortganlik uchun qattiq iqtisodiy sanktsiyalar joriy qilindi. Favqulodda choralar ko‘rildi, jumladan, bojxona xodimlarini ishdan bo‘shatish va boshqa korrupsiya bilan bog‘liq xizmatlar.

Bugungi kunda Singapur korrupsiya, iqtisodiy erkinlik va rivojlanish jihatidanda dunyoda etakchi o‘rinni egallaydi. Bular, qisqacha aytganda, Singapurning korrupsiyaga qarshi strategiyasining eng muhim elementlari. Uni bizning mamlakatimizda nusxalash mumkin emas, ammo uni o‘rganish va O‘zbekiston sharoitlariga ijodiy moslashish bizning mamlakatimizdagi korrupsiya darajasini sezilarli darajada pasaytirishga yordam berishi mumkin.

Janubiy Koreya. 1999 yilda Seulda shahar hokimi Gox Kunning buyrug‘i bilan ishlab chiqilgan va qabul qilingan Ochiq korrupsiyaga qarshi dastur fuqarolarga davlat amaldorlari ishini chinakam nazorat qilishga imkon berdi. Endi ular istalgan vaqtda, xususan, Internet orqali murojaatlari bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayonini kuzatishi mumkin. Bu fuqarolarga muayyan holatda ruxsatnomalar yoki sanktsiyalar berish bilan bog‘liq muammolar korrupsiya namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarda qanday hal qilinishini kuzatishga va agar ular biron-bir qonunbuzarliklarni ko‘rsalar, norozilik bildirishga imkon beradi.

Birinchi bosqichda Seul meri barcha shahar aholisiga unga yoqmagan narsalari ko‘rsatilgan kartalarni yozishni taklif qildi. Va u shaxsan o‘zi ushbu barcha pochta xabarlarini o‘qidi. Alohida-alohida, u tadbirkorlarning kartalariga amal qildi. U shartnoma qoidalarini o‘z ichiga oldi, ularning barchasi ish beruvchiga uning muammosini hal qilishni kechiktirish yoki bunday qaror uchun pora talab qilish to‘g‘risida murojaat qilgan kichkina shubha bilan tushuntirishsiz ishdan bo‘shatildi.

Amaldorlarning qaysi biri yangi shartnomada ushbu qoidaga rozi emas, u umuman imzo chekmadi va amaldor o‘z lavozimidan iste’foga chiqdi. Hokimning ushbu tamoyillarga qat’iy rioya qilishi, shuningdek shahar ma’muriyatining shaffofligi bir necha yil ichida xususiy biznes va munitsipal hokimiyatlarning o‘zaro munosabatlaridagi korrupsiya deyarli yo‘q bo‘lib ketishiga olib keldi. Korrupsiyaga qarshi "Ochish" dasturi hukumatdagi ishlarga, fuqarolar va mamlakat manfaatlariga xizmat qiladigan o‘ziga xos munosabat standartiga aylandi.

Hali nisbatan yaqinda, ya’ni 1999 yili Seul shahar hokimi Gox Kunning buyrug‘i bilan ishlab chiqilgan "OPEN" nomli korrupsiyaga qarshi kurash dasturi fuqarolarga davlat amaldorlari ishini chinakam nazorat qilishga imkon berdi.

Endi ular istalgan vaqtda, xususan, internet orqali murojaatlari qanday ko‘rib chiqilayotganini kuzata oladilar.

Bu fuqarolarga muayyan holatda ruxsatnomalar yoki sanksiyalar berish masalasi aynan korrupsiya aniqlangan holatlarda qanday hal qilinishini kuzatishga va agar mas’ullar biron qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yishsa, norozilik bildirishga imkon beradi.

· Gonkong

Ma’lumki, Gongkong - Xitoy Xalq Respublikasining maxsus ma’muriy hududi, hozirda Osiyo va dunyoning etakchi moliyaviy markazlaridan biri.

Gonkongda poraxo‘rlik asrlar davomida an’ana bo‘lib kelgan.

Go‘yo shahar hokimiyatidagi amaldorlarni pora olishdan, xalqini esa pora berishdan qaytarib bo‘lmasdek tasavvur shakllangandi.

Gonkong korrupsiyaga qarshi kurash boshlagan 1974 yilda butun davlat sektorining 94 foizi korrupsiyaga botgan edi.

Ammo ular qanday qilib korrupsiya balosidan qutulishdi?

Eng samarali chora - mansabdor shaxslar uchun aybsizlik prezumpsiyasining bekor qilinishi bo‘ldi. Buning o‘rniga "mulkni pora evaziga olmaganingizni isbotlang" tamoyili qo‘llanildi.

Gonkong qonunchiligiga binoan, agar mansabdor shaxs o‘zining xorijiy hisob raqamlaridagi mablag‘ini qonuniy topganligini yoki ko‘chmas mulki va qimmatbaho mol-mulkini halol pulga sotib olganligini isbotlay olmasa, u 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi.

Davlat hokimiyati ushbu qonun normasini izchil va aniq amalga oshira boshladi.Aybsizlik prezumpsiyasi bekor qilingandan so‘ng Gonkongning bir necha yirik amaldorlari qamoqqa olingan.

AQSHning korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha tajribasi xilma-xil va kengdir. Mamlakatning korrupsiya guvohlarini himoya qilish tajribasi katta qiziqish uyg‘otmoqda. Amerika Qo‘shma SHtatlarida dunyoda birinchi marta guvohlarni himoya qilish standartlarini o‘z ichiga olgan federal qonun paydo bo‘ldi. Bu 1970 yilda qabul qilingan Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun.

Ushbu mamlakatning ko‘plab shtatlarida o‘zlarining guvohlarni himoya qilish dasturlari mavjud, ular odatda federal dasturga qaraganda kamroq himoya qiladi. 1982 yilda AQSH Kongressi “Jinoyat qurbonlari va guvohlarni himoya qilish to‘g‘risida” federal qonunni qabul qildilar, unga muqaddimada jinoiy adliya tizimining normal ishlashi jabrdiydalar va jinoyatlar guvohlari bilan “hamkorlik qilmasdan” mumkin emasligi aytilgan.

1984 yilda AQSHning jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risidagi boshqa federal qonuni 1970 yilda federal qonunning E-bandini bekor qildi va bu davlat himoyasini sezilarli darajada kengaytirdi. Barcha shtatlarning qonunchiligi jinoyatlar qurbonlarining ayrim "maxsus toifalarini" himoya qilishni ko‘zda tutadi. AQSH qonunlariga ko‘ra, Bosh prokuror guvohni yangi joyga ko‘chirishi va uyushgan jinoyati yoki boshqa jiddiy jinoyati bo‘yicha rasmiy sudda Federal hukumat yoki shtat hukumati foydasiga guvohning ko‘rsatmalariga kelganda unga boshqa vositalarni taqdim qilishi mumkinligi belgilab qo‘yildi.

Bosh prokuror shuningdek yangi yashash joyiga ko‘chib o‘tishi va bunday guvohning oila a’zolari yoki unga yaqin bo‘lgan shaxs, agar bu shaxslar guvohning sudda ishtirok etishi bilan bog‘liq xavf ostida bo‘lsa, boshqa himoya vositalarini taqdim qilishi mumkin. Bosh prokurorning qarori bilan bunday guvohga yangi hujjatlar ham berilishi mumkin, hayotiy xarajatlar uchun to‘langan mablag‘lar, shu jumladan yashash joyini o‘zgartirish bilan bog‘liq xarajatlar, ish topishda yordam berish, boshqa jismoniy va ijtimoiy himoya choralari, shu jumladan, ma’lumotlarning oshkor etilishini taqiqlash. bu kishi va uning yashash joyi.

Guvohlarni himoya qilishning muhim jihatlaridan biri Nyu-YOrkda jinoyat qurbonlari uchun maxsus telefon tarmog‘ining ishga tushirilishi bo‘lib, unga qo‘ng‘iroq qilib, jinoyatchilar hujumga uchragan shaxslar jazoni qaerda o‘tayotganliklari va ozod bo‘lish muddatlarini bilib olishlari mumkin. Ushbu telefon liniyasidan advokatlar va sud jarayonlarida qatnashgan guvohlar ham foydalanishlari mumkin. Ushbu telefon orqali xabar berish xizmatining har qanday mijozi maxsus parolni ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin, shundan so‘ng kompyuter tizimi u bilan qamoqdan ozod qilinganidan 10 minut o‘tgach telefon orqali bog‘lanadi.

Agar abonent javob bermasa, kompyuter unga har yarim soatda bir kun qo‘ng‘iroq qiladi. Agar guvoh yoki jabrlanuvchi real xavf ostida bo‘lsa, unda himoya choralari, jumladan, boshqa joyga ko‘chirilishi, ish joyining o‘zgarishi va hatto tashqi ko‘rinishi o‘zgarishi qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda guvohlarni himoya qilish dasturi AQSHning maxsus marshallari xizmati tomonidan amalga oshirilmoqda, uning shtabkvartirasi, mintaqaviy idoralari va har bir shaharda guvohlarni himoya qilish inspektori ishlaydigan politsiya idorasi mavjud.

SHunga o‘xshash bo‘lim ham FBRning tarkibiy qismi hisoblanadi. Har bir alohida holatda, fuqaroning guvohlarni himoya qilish dasturida ishtirok etishi to‘g‘risidagi yakuniy qaror AQSH Adliya kotibi tomonidan davlat advokatlarining tavsiyalari va so‘rovlari asosida qabul qilinadi. Nomzod tasdiqlanganidan so‘ng, Marshall xizmati vakillari guvoh bilan shartnoma tuzadilar va uning himoyasiga kirishadilar.

Ushbu maqsadlar uchun quyidagilar qo‘llanilishi mumkin: dastur qatnashchisi va uning yaqin qarindoshlarini xavfsiz joyga ko‘chirish, barcha ko‘chirilgan shaxslarga shaxsiy guvohnomalarni yangi shaxsiy ma’lumotlar bilan ta’minlash, tibbiy sug‘urta, ishga joylashishda yordam berish va ish muddati davomida zarur mablag ‘ajratish, shuningdek sud jarayonida tunu kun xavfsizlik . Har bir himoyalangan shaxs uchun o‘rtacha 40 ming AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratiladi, bu shaxsiy himoyaga, yashash manzilini o‘zgartirishga, yashash sharoitini o‘zgartirishga va moslashtirish davri uchun pul imtiyozlariga sarflanadi, ko‘pchilik himoyalangan shaxslar uchun bu taxminan bir yarim yilni tashkil etadi.

Gruziya muvaffaqiyatining siri

Sobiq Ittifoq respublikalari misolida korrupsiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurash misollarini qidirib, Gurjiston tajribasiga nazar tashlasak.

Gurjiston nisbatan qisqa vaqt ichida bir vaqtlar korrupsiya eng ko‘p tarqalgan davlat qatoridan bu illat deyarli yo‘qotilgan davlat sifatida ko‘riladi.

Gurjistondagi Bi-bi-si muxbiri Rayhon Demitriyaning Namoz Normo‘min so‘zlariga tasdiqan aytishicha, u erda ham huquq-tartibot organlari eng korrupsiyalashgan tizim deya ko‘rilardi va shuning uchun ham kurash aynan ana shu tizimdan boshlangan.

"Hukumat tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash rejasi e’lon qilinishi bilan shunchaki yuzaki islohotlar bilan cheklanishgani yo‘q. Minglab militsiya xodimlari ishdan bo‘shatilib, ba’zida butun boshli vazirliklar xodimlari yoppasiga vazifasidan chetlashtirilib, o‘rniga yangi xodimlarni qisqa muddatda tayyorlab, butun tizimni deyarli yangidan tashkil etishdi", dedi Rayhon Demitriya.URAT MANEROGINT

Uning aytishicha, haqiqatan ham hozirda Gurjistonda aholi kundalik hayotida poraxo‘rlik holatlari bilan deyarli yuzma-yuz kelmaydi.

"Qo‘shni respublikalarga sayohat qilgan vaqtingiz Gurjiston va qo‘shni davlatlardagi ahvol o‘rtasida farq yaqqol ko‘zga tashlandi. Deylik Armaniston chegarasini kesib o‘tishingiz bilan o‘sha-o‘sha sho‘rolar davridan qolgan munosabat, shubhali hujjat tekshiruvlar va to‘lovlar hanuz saqlanib qolganini ko‘rsak, bu erda shahar ko‘chalarida tayoqcha ko‘tarib, yo‘l chekkassida turgan DAN xodimlarni umuman ko‘rmaysiz. Ularning nafaqat tashqi ko‘rinishi, ya’ni formasi, ishlash uslubi, yondoshuvi, munosabatini mutlaqo o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lganlar".

Transparency International xalqaro tashkilotining Gurjistondagi vakolatxonasidan Irakliy Urushadzega ko‘ra, mamlakatning bu sohadagi muvaffaqiyatlaridan yana biri davlat muassasalaridagi poraxo‘rlikni yo‘qota bilganlari.

Bunga aynan qanday choralar orqali erishildi, degan savolimizga Irakliy Urushadzening aytishicha, "poraxo‘rlikda ayblanganlarni jinoiy javobgarlikka tortish, davlat xizmatchilarining maoshlarini oshirish va nihoyat ushbu tizimdagi oshkoralikni tadbiq qilish orqali" muvaffaq bo‘lingan.

Transparency International vakili keltirgan choralardan birinchisi, ya’ni poraxo‘rlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish chorasi O‘zbekistonda hamisha mavjud bo‘lgan. Lekin nima uchun u qadar ish bermagan? Bundan tashqari poraxo‘rlikda ayblanib, javobgarlikka tortilganlar aksar hollarda kimgadir "yoqmay qolgan" yoki "halaqit bergan" shaxsning "boshqalarga o‘rnak bo‘lsin" qabilidagi javobgarlikka tortilishi ko‘rinishida bo‘ladi. Holatlar esa davom etaveradi. Bu ahvolni qanday to‘g‘rilash mumkin?

Irakliy Urushadzening aytishicha, bu o‘rinda oshkoralik va hisobdorlik o‘ta muhim omildir.

"Lekin afsuski avtoritar va nodemokratik bo‘lgan tizimlarda tom ma’noda ana shularga erishish imkonsizdir", deydi u.

Haqiqatan ham atrofga nazar tashlasangiz, mamlakatda demokratiya darajasi ne qadar "past" bo‘lsa, korrupsiya darajasi shu qadar yuqori ekanligi deyarli isbot talab qilmaydigan faktdek. Go‘yoki bu ikki ko‘rinish orasida proporsional bog‘liqlik bordek.

KORRUPSIYAGA BOTGAN MAMLAKATLAR O‘NTALIGI

Mavjud korrupsiya “pul oldi-berdisida yoki ma’lum turdagi xizmatlar omilida yuzaga keladi”. Verisk Maplecroft 2012 yil avgustidan 2014 yil avgustiga qadar Transparency International, Freedom House va AQSH davlat departamenti bergan ma’lumotlarga tayanib, 198 davlatda tahliliy kuzatuvlar olib borgan. Unga ko‘ra, ushbu jinoyat Afrika mintaqasi Sahroyi Kabiridan janubda joylashgan hamda YAqin SHarqning rivojlanayotgan davlatlarida keng tarqalgan. Ikki yil mobaynida kompaniya beshta omilni kuzatib borgan:

Korrupsiyaning doimiyligi;

Korrupsiyaning davomiyligi;

Korrupsiyaning tarqalganligi;

Korrupsiyaning og‘irligi;

Korrupsiyachilarning jazosiz qolishi.

Verisk Maplecroft analitiklari bu ma’lumotlarni 0 dan 10 gacha bo‘lgan raqamlar asosida baholashgan, unga ko‘ra, 0 korrupsiya juda yuqori, 10 esa juda past.

Xususan, Verisk Maplecroftning korrupsiya bo‘yicha “ektremal” baho olgan 45 foiz mamlakatlar Saxroi Kabirning janubida joylashganini aniqlashgan. Bundan tashqari, mazkur mamlakat mansabdor shaxslari aksar neft, gaz va boshqa qazilmalar bo‘yicha ishlaydigan kompaniyalardan pora so‘rashgan. Bu esa, YAqin SHarq mamlakatlari hamda Rossiyaning mazkur reytingda quyi joylarni egallashiga sabab bo‘lgan.

Maplecroft Verisk ning normativ tahlilchisi Trevor Slak o‘z hisobotida shunday yozadi: “Korrupsiyaga oid jinoyatlar ko‘rsatkichi rivojlanayotgan mamlakatlarda ancha yuqori. Tizimdagi ushbu qonunga zid jinoyatda mamlakatlardagi mavjud korxonalar, poraxo‘r shaxslar va xodimlarga bog‘liq bo‘lib qolmoqda, ushbu jinoyatga qarshi kurashishga qaratilgan sa’y harakatlar zoe ketmoqda”. Tahlilchilar 198 mamlakatda olib borgan tadqiqotlari natijasida shunday xulosaga kelishdiki, ulardan 73 tasida korrupsiyaga oid holat “ekstremal”, 64 tasida “yuqori”, 38 tasida “o‘rta” va 3 tasida “quyi”. Bu borada Daniya peshqadam, AQSH esa 23 o‘rinda. Mamlakatlar ro‘yxatdan turli ko‘rsatkichlari jihatidan joy egallashgan bo‘lsa-da, kelgusida o‘rin almashish holatlari kuzatilishi mumkin. SHu bois, birinchi o‘rinni bir xil ball olgan uchta mamlakat bo‘lib olishgan bo‘lsa-da, ulardan past ball olgan mamlakat to‘rtinchi o‘rinda, deb hisoblandi.

10. Janubiy Sudan

“Al-jazira” telekompaniyasining “Janubiy Sudan: orzular mamlakati” (South Sudan: Country of Dreams), deb nomlangan so‘nggi filmida dunyoning eng yosh mamlakati fuqarolar urushi girdobiga g‘arq bo‘lgani haqida so‘z ochadi.

Telekompaniya: “Juda katta neft zahiralariga ega bo‘lishiga qaramay, mamlakat korrupsiyadan aziyat chekmoqda. Mustaqil bo‘lganiga hali uch yil to‘lmasdan mamlakatda fuqarolar urushi boshlanib ketdi. Oqibatda o‘n minglab odamlar o‘ldirildi, ikki millionga yaqin odam esa mamlakatni tashlab qochishga majbur bo‘ldi”, bo‘ldi deya ma’lumot beradi.

10. Rossiya

Hukumatga muxolif bo‘lgan siyosatchilarning qamalishlari - erkinlik yo‘qligidan dalolatdir. 2018 yilda Jahon chempionatining Rossiyada bo‘lib o‘tishi uchun FIFA delegatlarining ovozlarini sotib olinishi. 2014 yili Sochida bo‘lib o‘tgan olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik chog‘idagi hukumat va qurilish kompaniyalarining yaqindan aloqalari bo‘lganligi ham bunga dalolat qiladi.

10. Myanma

VVSning 2015 yil may oyidagi hisobotida xabar berilishicha, Birma iqtisodiyoti “o‘n yillab davom etgan stagnatsiya, izolyasiya va samarasiz boshqarish oqibatida dunyodagi eng kam rivojlangan davlatlardan biri hisoblanadi. Sanoatning asosiy sohalari harbiylar tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, mamlakatda korrupsiya avj olgan”.

6. Libiya

“Financial Times” nashrining aprel oyidagi hisobotiga ko‘ra, yirik miqdordagi neft zahiralarini (mamlakat daromadining 90 foizi ularning xissasiga to‘g‘ri keladi) nazoratiga olgan shaxslar, samarasiz iqtisodiy boshqaruvda ayblangan. Undan tashqari, ular xukumatning muhim lavozimlariga “qo‘g‘irchoq” shaxslarni tayinlashda gumon qilinmoqda.

6. Iroq

Arab dunyosiga oid yangiliklarni yoritib boradigan Al Monitor internet-nashri ismi noma’lum qolgan, o‘zi Iroqda quruvchi bo‘lib ishlaydigan kishidan intervyu olibdi. Ushbu kishi AQSH bilan o‘tgan urushdan so‘ng, Iroqda hukm surayotgan korrupsiyaning ishlash tamoyilini quyidagicha tavsiflab beribdi:

«Korrupsiya nafaqat moliya sohasi, balki ma’muriy organlar va huquqni muhofaza qilish organlariga ham chuqur singib kirdi. CHunonchi, amaldor shaxs yangi ta’sis etilgan qurilish kompaniyasini rasmiyatchilik yuzasidan, garchi qo‘l ostida tegishli mutaxassislar yoki mexanizmlar bo‘lmasa-da, o‘z qarindoshi yoki do‘stining nomiga qayd etadi. Bunday kompaniya o‘sha mansabdor shaxs vositachiligida muayyan shartnoma tuzilishiga, masalan maktab binosini qayta qurish ishlariga oid buyurtma olishga erishadi.

Tegishli ishlarni, yo kompaniyaning o‘zi bajaradi, yo ishchi kuchi va texnikani vaqtincha ijaraga olib, boshqa pudratchiga topshiradi. Oqibatda, tegishli loyiha o‘z vaqtida amalga oshmay qoladi».

6. Ekvatorial Gvineya

Human Rights Watch tarafidan 2014 yil Ekvatorial Gvineyadagi holat o‘rganib chiqilgan va unga ko‘ra, 1979 yildan beri mamlakatni boshqarib kelayotgan Teodoro Obiang Ngema Mbasogo davlatida korrupsiya, qashshoqlik va repressiyalar Afrikaning katta bo‘lmagan bir davlatida vabo kabi tarqalgandir. “Neftdan tushayotgan katta daromadlar aholining aksar qismi qashshoq yashayotgan bo‘lsa ham, prezident atrofidagi ko‘p bo‘lmagan bir to‘da elitaning hashamatli yashashi uchungina sarf qilinmoqda. Davlat mablag‘larining talon-taroj qilinishi va yuqori darajadagi mansabdorlar orasidagi korrupsiya holatlari hamda intizomdagi boshqa jiddiy buzilishlar, xususan o‘zboshimcha hibsga olinishlar, maxbuslarni maxfiy saqlash va adolatsiz mahkama jarayonlari shular jumlasidandir”.

6. Afg‘oniston

Fiscal Timesning xabar berishicha, ichki daromadning keskin ravishda tushib ketishi tufayli 2016 yil Afg‘oniston byudjet majburiyatlarini bajara olmaydi. Sababi esa, mamlakatning uchdan bir daromadi hosil bo‘ladigan bojxona tushumlari o‘g‘irlab ketilgandir. Fiscal Timesning qo‘shimcha qilishicha, Afg‘oniston dunyo bo‘yicha eng kam soliq yig‘iladigan mamlakatdir.

4. Sudan

Sudanda korrupsiya rivojlangani bo‘yicha misol topish uchun uzoqqa borish shart emas – yaqinda Janubiy Afrika mamlakatiga tashrif buyurgan Sudan prezidenti Bashirning tezda mamlakatni tark qilishini eslash kifoya. O‘shanda ung insoniyatga qarshi va genotsid bo‘yicha ayblov qo‘yilib, qamalishi mumkin edi. Sudanlik faolning yanvar oyida Guardianra: “Biz o‘zimizning korrupsiyalashgan hukumatimiz qurbonimiz”, degan edi.

4. Markaziy Afrika Respublikasi

MAR fevral holati bo‘yicha BBCning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda korrupsiya “gullab-yashnamoqda”, bu esa o‘z navbatida daromadi yuqori hisoblangan qurilish daraxtlari va brilliant qazib olish sohalarini yo‘q qilmoqda. Buning ustiga, MAR dunyoda rivojlanmagan davlatlardan biridir.

1. Somali

2013 yilda BMTning Somalida avj olayotgan korrupsiya haqidagi hammayoqni alg‘ov-dalg‘ov qiluvchi hisoboti e’lon qilindi. The Wall Street Journal iqtibos sifatida keltirgan bir ibora ayniqsa e’tiborni o‘ziga jalb etadi:

“Somali Markaziy banki amalda korrupsiyalashgan tuzilmalarning - pora oluvchi shaxsiy fondga aylandi; bank tomonidan berilayotgan mablag‘larning 80 foizi davlat dasturlariga emas, balki shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun sarf qilinmoqda, bank orqali o‘tayotgan aksar mablag‘lar nazoratdan chetda qolmoqda”.

1. SHimoliy Koreya

Agar sizga SHimoliy Koreya korrupsiyalashgan totalitar davlat ekanligi haqida yana isbot kerak bulsa, e’tiboringizga “Economic Index of Freedom”ning 2015 yilgi hisobotidan bir parcha keltiramiz: “Poraxo‘rlik - davlat va iqtisodning barcha darajalarida keng tarqalgan holatdir. Ishchilar partiyasi, Koreya Xalq Armiyasi va Vazirlar Mahkamasining yuqori mansabdor shaxslari bir-biriga raqib kompaniyalarga egalar, ushbu kompaniyalarning asosiy maqsadi - o‘z egalari uchun xorijiy valyuta topishdan iborat. Deyarli barcha mulk davlatga tegishlidir. Hukumat eksport va import hamda ichki ishlab chiqarishni nazorat qiladi”.

1. Kongo Demokratik Respublikasi

2014 yilgi Transparency Internationalning hisobotiga ko‘ra, Kongoda korrupsiya chuqur ildiz otgan bo‘lib, holatni ijobiy tarafga o‘zgartirish uchun hech qanday umid qolmagan.

Transparency Internationalning yozishicha: “Prezident Kabila juda ko‘p marta korrupsiyaga qarshi kurashish tarafdori ekanini bayon qilgan, biroq bir marta bo‘lsa ham o‘z siyosiy irodasini izhor qilmagan. Bu masalada juda oqsoq holda qolmoqda.

Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar.

1. Qadimda korrupsiyaga qanday baho berilgan.

2. “Artxashastra yoxud Siyosat ilmi” kitobi korrupsiya xaqida.

3. Korrupsiyaning quyidagi to‘rt asosiy sababini tushuntiring.

4. BMT korrupsiyaning zararlari haqida.

5. Transparency International indeksi bo‘yicha jahon indeksining ahvoli.

6. BMTning Korrupsiyaga qarshi konvenssiyasining 20-moddasi qoidalarida korrupsiyaga berilgan baho.

7. SHvetsiyaning korrupsiyaga qarshi kurash tajribasi.

8. Singapurning korrupsiyaga qarshi kurash tajribasi.

9. Janubiy Koreyaning korrupsiyaga qarshi kurash tajribasi.

10. Gonkongning Korrupsiyaga qarshi kurash tajribasi.

11. AQSHnring korrupsiyaga qarshi kurashi.

12. Gruziya muvaffaqiyatining siri

13. Korrutsiyaga botgan mamlakatlar.

Adabiyotlar:

1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasi (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 2003 yil 31 oktyabrda qabul qilingan. www Lex.uz.

2. Konvensiya ob ugolovnoy otvetstvennosti za korrupsiyu. — Sovet Evropы. Seriya Evropeyskix dogovorov. № 173. Strasburg: 1999. 27 yanv.

3. Konvensiya o grajdansko-pravovoy otvetstvennosti za korrupsiyu.- Sovet Evropы. Seriya Evropeyskix dogovorov. № 174.

4. Konvensiya Organizatsii ob’edinyonnыx natsiy protiv korrupsii. Nyu- York: ON, 2004.

5. Abu Muslim Korrupsiya M.: YUrist, 2012.

6.Qobilov SH.R., Abdullajonov N.B. Korrupsiya va xavfsizlik.Akademiya: T.2006y.

7. Korrupsiya i byurokratizm: istoki i puti preodoleniya: Temat. sb. Ros. akad. gos. slujbы pri Prezidente Ros. Federatsii; [Otv. red. Ivanov G.I.] M.: RAGS, 1998.

4-mavzu: BMTning korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi va boshqa xalqaro huquq normalari.

1. BMTning korrupsiya boraidagi xujjatlari.

2. BMTning Korrutsiyaga qarshi xalqaro Konvensiyasi.

3. Konvensiyaga qatnashayotgan davlatlar.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi hujjatlari: 1) “Huquqiy tartibotni saqlash bo‘yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor Kodeksi” (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 1979 yil 17 dekabrda qabul qilingan); 2) Huquqiy tartibotni saqlash bo‘yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor Kodeksini samarali amalga oshirilishi uchun rahbariy prinsiplar (BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi rezolyusiyasi bilan 1989 yil 24 mayda qabul qilingan); 3) Davlat mansabdor shaxslarining Xalqaro xulq-atvor kodeksi (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 1996 yil 12 dekabrda qabul qilingan); 4) Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro tijorat operatsiyalarida korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurash to‘g‘risidagi Deklaratsiyasi (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 1996 yil 16 dekabrda tasdiqlangan); 5) Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risi¬dagi xalqaro konvensiya (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 1999 yil 9 dekabrda qabul qilingan);

6) Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasi (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 2000 yil 15 noyabrda qabul qilingan); 8) Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining korrupsiyaga oid ma’ruzasi (Vena, 2001 yil 8-17 may); 9) Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘plami (2001 yil iyun); 10) Korrupsiyaga qarshi kurash choralari. Pulni tozalashga qarshi kurash choralari. Jinoyatchilik va odil sudlov: XXI asr chorloviga javoblar to‘g‘risidagi Vena deklaratsiyasini amalga oshirish harakat Rejasi (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 2002 yil 15 aprelda qabul qilingan)

11) Jinoyatchi unsurlarning xo‘jalik munosabatlari tizimini shakllantirish jarayonida faol va xufyona ishtirok etishi jamiyatda axloqsizlik vaziyatini tug‘dirishi, bu esa o‘z navbatida, mamlakat uchun ham, jahon hamjamiyati uchun ham nomaqbul jinoiy bozor iqtisodiyotining alohida turi shakllanishiga olib kelishini keyinchalik BMT tomonidan ham tan olinib, 2003 yil 9 dekabrda Meksikaning Merida shahrida korrupsiyaga qarshi kurashishda davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada kuchaytirish maqsadida 3 kun davom etgan konferensiya tashkil etildi. Bu konferensiya davomida 100 dan ortiq davlat tomonidan Korrupsiyaga qarshi haqaro konvensiya imzolandi. Konferensiyaning birinchi ish kuni (9 dekabr) BMT tomonidan butun dunyoda korrupsiyaga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan. Ushbu konvensiyaning qabul qilinishi va kuchga kirish (2003 yil 31 oktyabr) dunyo mamlakatlarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi hamkorligini yangi pog‘onaga ko‘tardi.

Konvensiyada korrupsiyaning rivojlanishi uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa jamiyat uchun xavfli bo‘lgan salbiy omillarga qarshi kurashga ulkan to‘siq bo‘lishi mumkinligiga alohida urg‘u berilgan.

Ushbu Konvensiyaning maqsadi quyidagilardan iborat:

— korrupsiyaga qarshi qaratilgan yuqori samarali chora tadbirlarni qabul qilish va ularni mustahkamlash;

— korrupsiyaga qarshi kurashda halqaro hamkorlikni kengaytirish, engillashtirish va qo‘llab quvvatlash.

Konvensiya 71 ta moddadan iborat. 2003 yil 3 1 oktyabrda qabul qilingan.

Uning muqaddimasida:

Mazkur Konvensiyaga qatnashayotgan davlatlar

Korrupsiya tufayli jamiyat hayotiga, kning barqarorligiga, demokratik institutlarning faoliyat yuritishiga, adolat va ahloqiy normalarga pktkr etishini oldini olish;

Korrupsiya va bashqa jinoyatchilik turlarini qo‘shilib ketishi, uyushgan jinoyatchilikning paydo bo‘lishi, iqtisodiy jinoyatchilik va noqonunits pullarni legallashtirishning paydo bo‘lishini oldini olish;

Korrupsiyani davlat aktivlarini ham qamrab olgan holi yirik mablag‘larni egallab olishi va natijada davlatning muqim boshqarilishi va siyosiy barqarorlikka xavf solishini oldini olish;

Korrupsiyani lokal muammoga bo‘lmagan holda, transmilliy xavfga aylangani, butun dunyo mamlakatlarining jamiyat va iqtisodiyotiga zarar etkazayotganligi, natijada xalqaro munosabatlarda korrupsiyani oldini olish masalasini birgalikda hal qilish;

Korrupsiyaga qarshi kurashda ko‘p tarmoqli va har tomonlama qamrab oluvchi korrupsiya xavfini barvaqt aniqlash uchun;

SHaxsiy boyliklarni noqonuniy o‘zlashtirish demokratik institutlar, milliy iqtisodiyot va huquq tartibotga katta zarar etkazishini anglagan holda;

Qat’iyat bilan noqonuniy o‘zlashtirilgan mablag‘larni vaqtida aniqlash va xalqaro o‘tkazmalarga yo‘l qo‘ymaslik hamda mabdag‘larni o‘z o‘rniga qaytarish uchun xalqaro xamkorlikni mustaxkamlash;

Jinoiy, fuqarolik va ma’muriy huquqiga xususiy mulkni qonuniyligini o‘rganish masalalarini kiritish;

Korrupsiyani olidini olish va yo‘q qilish-har bir davlatning majburiyati bo‘lib, dalatlar o‘rtasida xamkorlik o‘rnatish, bu sohada bir birlari bilan va ayrim shaxslar, guruhlar, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat tashkilotlari va jamoatchilik bilan hamkorldikda ish olib borishlari shart;

Bu sohada faoliyat olib boruvchi tashkilotlar, korrupsiyaga aloqador ishlarni va korrupsiyaga aloqador mulklarni oshkora qilishda adolat, javobgarlik mas’uliyati, sotilmaslik, qonun olidigi javobgarlik va teng huquqlilik tamoyillariga amal qilishlari, shuningdek, korrupsiyaga inkor etuvchi qarshi madaniyatni shakllantirishlari;

Birlashgan Millatlar tashkilotining narkotik va jinoyatchilik bilan kurash bashqarmasining jinoyatchilik va jinoyatchilik sudining korrupsiya va unga qarshi kurash bo‘limi ogohlantiradi;

Bu sohada faoliyat olib borilayotgan boshqa xalqaro va hududiy tashkilotlar, jumladan Afrika Ittifoqi, Evropa ittifoqi, Arab davlatlari ittiqoqi, Amerika davlatlari itifoqi, Iqtisodiy xamkorlik va taraqqiyot, tamojnya xamkorigi bo‘yicha Evropa Ittifoqi va kengashi va shuningdek, Butun dunyo tamojnya xamkorligi talablariga asoslanish;

O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga 2008 yil 7 iyuldagi O‘RQ-158-sonli Qonuni bilan qo‘shilgan bo‘lib, ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa Ishtirokchi-davlatlarga yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan organlar sifatida belgilab qo‘yilgan.

Ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan va korrupsiya sifatida e’tirof etilishi mumkin bo‘lgan qilmishlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining bir qator moddalari bilan jinoiy qilmish sifatida ta’qib qilinadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashda jahon mamlakatlari tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki faqatgina jinoiy qonunchilikni og‘irlashtirish yo‘li bilan bu salbiy illatga qarshi kurashib bo‘lmaydi (XXR da juda ko‘p miqdorda pora olganlik uchun o‘lim jazosi mavjud). Bu illatni engish uchun birinchi navbatda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolik institutlari faoliyatini kuchaytirish lozim bo‘ladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasi (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 2003 yil 31 oktyabrda qabul qilingan).

Evropa Kengashi va Evropa Ittifoqining korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi hujjatlari:

1) Evropa Kengashining korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi Konvensiyasi (Strasburg, 1999 yil 27 yanvar); 2) Evropa Kengashining korrupsiya uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik to‘g‘risidagi Konvensiyasi (Strasburg, 1999 yil 9 sentyabr); 3) Evropa Kengashining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni tozalash, aniqlash, olib qo‘yish va musodara qilish to‘g‘risidagi Konvensiyasi (Strasburg, 1990 yil 8 noyabr); 4) Korrupsiyaga qarshi kurashning 20 ta prinsipi (Evropa Kengashi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 1997 yil 6 noyabr);

5) Davlat xizmatchilari uchun Model xulq-atvor kodeksi (Evropa Kengashi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 2000 yil 11 may); 6) Siyosiy partiyalarni va saylov kampaniyasini moliyalashtirishda korrupsiyaga qarshi yagona qoidalar (Evropa Kengashi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 2003 yil 8 aprel); 7) Moliyaviy tizimdan pulni tozalash maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi EII Direktivasi (1991 yil 10 iyun); 8) Pulni tozalashga qarshi Parij deklaratsiyasi (Evropa Ittifoqining pulni tozalashga qarshi parlamentar konferensiyasining YAkuniy deklaratsiyasi 2002 yil 8 fevral

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida korrupsiyaga qarshi kurash borasida qabul qilingan hujjatlar: 1) Jinoyatchilikka qarshi kurashda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga ishtirokchidavlatlarning hamkorligi to‘g‘risidagi Kelishuvi (Moskva, 1998 yil 25 noyabr); 2) “Korrupsiyaga qarshi siyosatning qonunchilik asoslari to‘g‘risida”gi Namunaviy qonuni (MDH Parlamenlararo assambleyasining XXII plenar yig‘ilishida qabul qilingan 2003 yil 15 noyabr); 3) “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Namunaviy qonuni (MDH Parlamenlararo assambleyasining XIII plenar yig‘ilishida qabul qilingan 1999 yil 3 aprel); 4) “G‘ayriqonuniy yo‘ldan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshilik qilish to‘g‘risida”gi Namunaviy qonuni (MDH Parlamenlararo assambleyasining XII plenar yig‘ilishida qabul qilingan 1998 yil 8 dekabr); 5) “Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risida”gi tavsiyaviy qonunchilik akti (MDH Parlamenlararo assambleyasining qarori bilan qabul qilingan 1996 yil 2 noyabr).

Departament organlari tomonidan 2018 yilning birinchi yarmida ta’lim tizimi bilan bog‘liq korrupsiya, firibgarlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish kabi holatlar bo‘yicha jami 83 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, — deydi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining bo‘lim katta inspektori Adham Ismoilov. — Ushbu jinoyatlarning 16 tasi umumta’lim maktablarida, 31 tasi oliy o‘quv yurtlarida, 36 tasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida sodir etilgan. Tahlillarga ko‘ra, ta’lim tizimidagi korrupsiya holatlari, asosan, o‘quv yurtlarida yangi o‘quv yili uchun qabullar boshlangan davrga (49 ta holat) to‘g‘ri keladi. Xususan, joriy yilning yanvar oyida 5 ta, fevral oyida 16 ta, mart oyida 11 ta, aprel oyida 10 ta, may oyida 16 ta va iyun-iyul oylarida esa 25 ta holat fosh etilgan.

5-mavzu. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni va uning mohiyati.

1. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonunini qabul qilinishi.

2. Qonunning mazmun va mohoyati.

3. Qonunning ahamiyati.

Davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur etkazadigan xavf – korrupsiya xavfining oldini olish va unga qarshi kurashish mamlakatimizda har taraflama amalga oshirilmoqda. Ushbu masalada, O‘zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoevning Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida “Korrupsiyaga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qanchalik harakat qilmasin, xalqimiz bu jirkanch illatga murosasiz bo‘lmas ekan, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz. Bu illat bilan nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki har bir jamoa jiddiy kurashishi kerak. SHuning uchun har bir davlat idorasida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z ichki dasturlari bo‘lishi shart” deb ta’kidlangan.

Korrupsiyaga qarshi kurashda mamlakatimizda 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan O‘RQ-419-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashning yangi bosqichini boshlab berdi. Qonunda belgilangan moddalar yuz berishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaga oid har bir munosabatlarni o‘z ichiga olgan. Mazkur qonunning qabul qilinishi va unda ko‘zda tutilgan moddalar xalqaro xuquq va BMTning “Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi” da nazarda tutilgan barcha masalalarni qamrab olgan.

Qonun 6 bob va 34 moddadan iborat.

Qonunning 3-moddasida korrupsiyaga oid asosiy tushunchalar beriladi. Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;

korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;

manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat.

4-moddada korrupsiyaga qarshi kurashishning quyidagi asosiy prinsiplari belgilangan:

qonuniylik;

fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;

ochiqlik va shaffoflik;

tizimlilik;

davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;

korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;

javobgarlikning muqarrarligi.

Qonunning 5 moddasiga ko‘ra Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;

davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;

korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash.

Qonunning 2-bobi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar deb nomlanib, uning 7-moddasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari haqida bo‘lib ular:

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi.

Qonunning 8-moddasida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyalarning vazifalari belgilangan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi (bundan buyon matnda Idoralararo komissiya deb yuritiladi) tashkil etiladi. Idoralararo komissiyani shakllantirish va uning faoliyati tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar (bundan buyon matnda hududiy idoralararo komissiyalar deb yuritiladi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi.

Idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;

korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash;

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;

korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qo‘yishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta’minlash;

korrupsiyaning holati va tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish hamda tahlil etish;

korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash;

korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;

hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish.

Qonunning 9,10,11,12,13 moddalarida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, . O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari belgilab berilgan.

Qonunning 14-moddasida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi belgilab berilgan.

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda ishtirok etishi;

korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi;

korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishi;

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.

Nodavlat notijorat tashkilotlari ushbu moddada nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Idoralararo komissiya va hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatida, shuningdek davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoat-maslahat organlari faoliyatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etadi.

Qonunning 15-moddasida ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi qayd etilgan.

Ommaviy axborot vositalari:

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga, shu jumladan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni yoritadi;

korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.

Qonunning 3-bobi Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalariga qaratilgan bo‘lib, bobning 16-moddasida Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari aks etgan.

Unga ko‘ra davlat organlari va boshqa tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘radi, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga doir tushuntirish ishlarini amalga oshirish, huquqiy tarbiya va ta’limni, ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish, o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni ishlab chiqish yo‘li bilan zarur chora-tadbirlar ko‘radi.

17-modda. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish masalasi haqida bo‘lib, unda Davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘z mansabdor shaxslarining hamda boshqa xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy savodxonligini, shu jumladan huquqiy bilimlari darajasini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rishi ta’kidlangan..

18-modda esa ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya olib borish haqida ko‘rsatmalar kiritilgan. Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya belgilangan davlat ta’lim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Davlat ta’limni boshqarish organlari va ta’lim muassasalari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida huquqiy ta’lim va tarbiyaga, mutaxassislarni kasbiy tayyorlashning sifatini oshirishga, ta’lim dasturlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.

Bizning tanlov fanimiz ham aynan qonunning mazkur moddasiga asoslanadi.

Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya belgilangan davlat ta’lim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Davlat organlarining xodimlari ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga ko‘ndirish maqsadida biror-bir shaxs o‘zlariga murojaat etganligiga doir barcha hollar to‘g‘risida, shuningdek davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan shunga o‘xshash huquqbuzarliklarning o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan har qanday faktlari haqida o‘z rahbarini yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etishi shart.Ushbu majburiyatning davlat organlarining xodimlari tomonidan bajarilmaganligi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etganlik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar sudning qaroriga ko‘ra muayyan huquqlardan, shu jumladan muayyan lavozimlarni egallash huquqidan qonunga muvofiq mahrum etilishi mumkin.

YUridik shaxslar korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslar davlat himoyasida bo‘ladi.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarni ta’qib etish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar natijasida qabul qilingan qarorlar manfaatdor shaxsning arizasiga ko‘ra vakolatli davlat organi, boshqa tashkilot yoki mansabdor shaxs tomonidan bekor qilinishi yoxud o‘zgartirilishi yoki sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganligi natijasida qabul qilingan qaror bekor qilingan, o‘zgartirilgan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, uning qabul qilinishi natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan zararning o‘rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi lozim.

Korrupsiya jamiyatdagi shunday illatki, u ma’lum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan emiradigan ana shunday illat – korrupsiya va poraxo‘rlikdir. Aynan shu illat sababli ko‘plab davlatlarning inqirozga yuz tutgani ham tarixdan ma’lum. Mazkur qonun jamiyatdagi shu illatni tugatish uchun ishlab chiqildi.

6-mavzu. O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashdagi normativ huquqiy xujjatlari.

1.Korrupsiyaga qarshi kurashga oid normativ xujjatlarning qabul qilinishi.

2. “2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturi”ning qabul qilinishi.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-6013-son Farmoning mohiyati.

Taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘yayotgan O‘zbekiston uchun korrupsiyaning har qanday shakldagi ko‘rinishi islohotlar shiddatini susaytirishi bilan xavfli. 2017 yil 4 yanvardan kuchga kirgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida korrupsiyaga shunday ta’rif berilgan: «korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish». Soddaroq aytganda, korrupsiya davlat idoralarida ishlovchi shaxslarning o‘z amalidan foydalanib, shaxsiy manfaatlarini hamma narsadan ustun qo‘yishlari, pora evaziga sotilishlari yoki sotib olinishlari, noqonuniy moddiy yoki nomoddiy boylik orttirishlaridir.

Ushbu qonun me’yorlarining samarali ijrosini ta’minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida Prezidentning 2017 yil 2 fevraldagi qarori bilan “2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturi” qabul qilindi. Dastur doirasida bir qator qonun loyihalari ishlab chiqildi, mavjudlari inventarizatsiyadan o‘tkazildi. Umuman olganda, so‘nggi yillarda qilingan ishlar tahlili aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilganini ko‘rsatib turibdi.

Prezidentimiz tomonidan 2019 yil 27 may kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon ham ayni shu maqsadni ko‘zlagani bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Korrupsiya shunday illatki, uni bir yoki ikki idoraning sa’y-harakati bilan yo‘q qilib bo‘lmaydi. Qachonki, barcha fuqarolarimiz, jamiyat unga qarshi birgalikda kurashib, uning ildizlarini yo‘q qilishga kirishilsagina ijobiy natijaga erishish mumkin.

Farmonning tub mohiyatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, korrupsiyaga qarshi nafaqat huquqni muhoza qiluvchi idoralar va davlat tashkilotlari, balki jamoatchilik nazorati instituti imkoniyatidan ham keng foydalanish belgilab qo‘yilganini ko‘rishimiz mumkin.

Birinchidan, farmonda jamoatchilik nazoratini olib borishda muhim o‘rin tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish alohida belgilangan.

Ikkinchidan, joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ishlarning holatini kompleks o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlab borish uchun xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalarini tashkil etish tavsiya qilinmoqda.

Uchinchidan, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish, ushbu sohadagi qonunbuzilish holatlari yuzasidan xabar bergan shaxslarni himoya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish ta’kidlangan.

To‘rtinchidan, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatining chinakam erkinligini ta’minlash va ularni korrupsiyaga qarshi choralarni tayyorlash, o‘tkazishda va ijrosini monitoring qilishda ishtirok etishga jalb qilish nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, farmonda davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirib borish, ularda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish vazifasi belgilab berildi. Bu norma, albatta, har bir mansabdor shaxsdan xulosa chiqarishni talab etadi.

Vaholanki, bugun har bir davlat xizmatchisi va huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari xodimlarining fe’l-atvoriga O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga bo‘ysunish va ularni hurmat qilish odobini singdirib borish o‘ta muhim vazifadir. Farmonda nazarda tutilganidek, jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borilayotgan hozirgi davrda mansabdor shaxslarning huquqiy bilimi va madaniyati darajasiga nisbatan alohida talablar ishlab chiqish, qonunlarga hurmatsizlik qilgan mansabdor shaxslar to‘g‘risida asoslantirilgan ko‘rsatuvlar, eshittirishlar tashkil qilish, maqolalar chop etib borish, ularning qilmishi noto‘g‘ri ekanligini ta’sirchan vositalar orqali ko‘rsatib berish, albatta, o‘z samarasini beradi.

Xulosa qilib aytganda, mazkur farmon jamiyatda adolatlilik g‘oyasi, barchaning qonun oldida tengligi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim hujjat hisoblanadi. Adolat ustuvor bo‘lgan mamlakatda esa taraqqiyot, xalq farovonligi, islohotlar samarasi ta’minlanadi. Ayni paytda bizning doimiy komissiyamiz ish faoliyatni belgilovchi rejamiz ham shu sohadagi yo‘nalishimizni belgilab bergan.

2017 yil 2 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2752- qarorida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyasini tuzilishi, mazkur Komissiya to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlanishi, Mazkur Nizomda Komissiyaning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari aniq belgilab qo‘yilganligi mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish ishlarini tizimli ravishda olib borilishiga shart-sharoitlar yaratadi va korrupsiyani oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini samarali ta’min-lanishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 27 maydagi PF-5729-sonli farmoni korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni navbatdagi bosqichga chiqardi. Farmonning eng muhim qirralari quyidagilardir:

Oliy Majlisning palatalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitalar tashkil etilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlari, tuman va shahar xalq deputatlari kengashlarining tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalarini tashkil etish tavsiya etildi.

O‘rta muddatli istiqboldagi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

Idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali dasturlarini amalga oshirish davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining birinchi darajadagi muhim vazifasi hisoblanadi.

2019 yil 1 iyuldan boshlab davlat organlari zimmaga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan korrupsiya xavf-xatarlarini vaqti-vaqti bilan majburiy baholab boradi.

Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari korrupsiya xavf-xatarlarini o‘z vaqtida aniqlamaganliklari va tegishli baho bermaganliklari, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni takroran sodir etish holatlariga yo‘l qo‘yganliklari yuzasidan shaxsan javobgar bo‘ladi.

YOshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim berish bo‘yicha 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab kompleks chora-tadbirlar tatbiq etiladi.

Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarida korrupsiyaga qarshi mavzular yanada kuchaytiriladi.

Muayyan toifadagi davlat xizmatchilarining mulki va daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha 3 oy muddatda takliflar ishlab chiqiladi.

Idoralararo komissiya 2019 yil 1 avgustdan boshlab eksperiment tariqasida, jamoatchilik va etakchi ekspertlarni, shu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda dastlabki bosqichda kapital qurilish va oliy ta’lim sohalarida «Korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirishni tashkil etadi,

2020 yil 1 apreldan boshlab loyihani boshqa sohalarga ham bosqichma-bosqich joriy etadi.

Idoralararo komissiya har yili 1 aprelga qadar tegishli sohalarda «Korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirish yakunlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritadi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar Davlat dasturining ijro etilishi holati to‘g‘risida har chorakda Idoralararo komissiyaga axborot kiritadi.

Maxsus komissiya 2019 yil 1 sentyabrga qadar:

Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirishni;

huquqni muhofaza qiluvchi organlarning Oliy Majlis palatalari oldidagi hisobdorligi tartibini takomillashtirishni;

qarorlar qabul qilish jarayonida fuqarolar ishtirokining shaffof va samarali usullarini joriy etishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» loyihasini ishlab chiqadi.

a) korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari o‘rta muddatli istiqbolda quyidagilardan iborat:

· sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlash,sudyalarga har qanday tarzda qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazish shart-sharoitlarini istisno etish;

· davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga tayinlash va yuqori lavozimlarga ko‘tarishning shaffof tartibiga asoslangan davlat xizmati tizimini shakllantirish, ular uchun cheklovlar, taqiqlashlar, rag‘batlantirish choralari hamda korrupsiyaning oldini olish boshqa mexanizmlarining aniq ro‘yxatini belgilash;

· davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish va ularning ish haqi etarli darajada bo‘lishini ta’minlash, shuningdek, davlat xizmatini o‘tashda manfaatlar to‘qnashuvini hal etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;

· korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslarni himoya qilishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish;

· aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish;

· davlat organlari va tashkilotlarining hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini oshirish;

· fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatining chinakam erkinligini ta’minlash va ularni korrupsiyaga qarshi choralarni tayyorlash, o‘tkazishda va ijrosini monitoring qilishda ishtirok etishga jalb qilish;

b) idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali dasturlarini amalga oshirish, ularning hisobdorligi va faoliyatining ochiqligi mexanizmlarini joriy etish, odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va manfaatlar to‘qnashuvining oldi olinishini ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni bajarish orqali tegishli sohada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tag-tomiri bilan yo‘qotish davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining birinchi darajadagi muhim vazifasi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatida korrupsiyaning illatlari haqida gapirib shunday dedi: “Afsuski, jamiyatimizda korrupsiya illati o‘zining turli ko‘rinishlari bilan taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda.

Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi.

Tadbirkorlar hanuzgacha er ajratish, kadastr, qurilish, litsenziya, bojxona, bank, davlat xaridlari kabi sohalarda korrupsiyaga duch kelayotganini Prezident nomiga kelib tushayotgan ko‘plab murojaatlar ham, matbuot va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlar ham yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joiz bo‘lsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tishimiz kerak.

Ana shu vazifalar ijrosini tizimli tashkil etish maqsadida parlament va Prezidentga hisob beradigan, korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul bo‘ladigan alohida organ tashkil etishni taklif etaman.”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 11 fevral kuni korrupsiyaga qarshi kurashish hamda jamoatchilik nazorati tizimlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Davlatimiz rahbari yaqinda Oliy Majlisga yo‘llangan Murojaatnomada korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra barvaqt oldini olishga o‘tish kerakligini ta’kidlab, unga qarshi kurashishga mas’ul bo‘ladigan alohida organ tuzishni taklif qilgan edi.

Bugungi yig‘ilishda ushbu yangi tuzilmani tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Korrupsiya darajasi yuqori bo‘lgan sohalarda bu illatdan qutulish bo‘yicha dastur ishlab chiqib, ijrosini tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning eng asosiy yo‘li davlat organlari faoliyati va ish jarayonlarini shaffof qilishdir. Bunda eng asosiy e’tiborni ishga olish, davlat xaridlari, ruxsatnoma va litsenziyalar berish kabi jarayonlarda ochiq-oshkoralikni ta’minlashga qaratish lozimligi belgilandi.

Adliya vazirligi va Bosh prokuraturaga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda vazirlik, kompaniya va hokimliklarda ichki korrupsiyaga qarshi choralarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi “komplaens nazorat” tizimini joriy etish vazifasi qo‘yildi.

Xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, davlat xizmatchilari mol-mulki va daromadlarini deklaratsiya qilish tiziminining barcha tashkiliy-huquqiy asoslarini ishlab chiqib, amaliyotga kiritish shartligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga xorijiy tajriba asosida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuzilmani tashkil etishga doir hujjatlarni ishlab chiqish yuzasidan topshiriqlar berildi. Mazkur tuzilma nafaqat bu borada davlat siyosatini amalga oshirishi va muvofiqlashtirishi, balki korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha kuch va vositalarga ega bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Davlat organlari zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish hamda davlat xizmatiga halollik standartlarini joriy etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va "yashirin iqtisodiyot"ni qisqartirish choralari ko‘rilmoqda hamda "Korrupsiyasiz soha" loyihalari amalga oshirilmoqda.

SHu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini tubdan oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning ta’sirchan tiziminn yaratishni taqozo etmoqda. Ushbu ishlarga fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat sektorning boshqa vakillarini ham keng jalb etish zarurati tug‘ilmoqda.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini "Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturini izchil ro‘yobga chiqarish, shuningdek, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan davlat siyosatining samaradorligini oshirish maqsadida:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyunda PQ-4761-sonli qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4761-sonli qarori qabul qilindi.

Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-6013-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Agentlik xodimlari uchun xalqaro tashkilotlar va etakchi xorijiy davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish organlarida stajirovka o‘tash va tajriba almashish grafigining xorijiy hamkorlar bilan ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlash topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi bilan birgalikda Agentlikning huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida nizom loyihasini ishlab chiqsish va kiritish buyurildi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda Agentlik faoliyatini, shu jumladan korrupsiyaga oid jinoyatlar bo‘yicha davlat foydasiga qaratilgan mablag‘lar va qaytarilgan aktivlar hisobidan moliyalashtirishning shaffof mexanizmlarini joriy etish yuzasidan takliflarni kiritish yuklatildi.

YUqoridagi ma’lumotlar mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash qonuniy asosda izchilillik bilan murosasiz olib borilayotganligini guvohi bo‘lishimiz mumkin.

Bu esa yoshlarni korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurash olib borish ularning insoniy vazifasi ekanligini ko‘rsatadi.

7- mavzu. O‘zbekistonda korrupsiya xavfi bo‘lgan sohalar.

1. Korrupsiya konturlari va oqibatlari.

2. Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi korrupsiya.

3. Oliy ta’lim korrupsiyasiz soha yo‘l xaritasining maqsad va mohiyati.

Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq, “korroziya” so‘zi ya’ni “chirish” yoki “zanglash”) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi.

Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Korrupsiya ko‘plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi.

Qadimga yunon faylasufi Aristotel aytganki “Har qanday davlat tizimida - qonunlar va boshqa farmoyishlar orqali ishni shunday tashkil qilish kerakki, unda mansabdor shaxslarni noqonuniy yo‘l bilan boyishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim” degan. Fransuz mutafakkiri SHarl Monteske esa bu borada “Asrlar tajribasidan ma’lumki, har qanday hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan shaxs, uni suiste’mol qilishga moyil bo‘ladi va u ma’lum bir maqsadga erishmaguncha shu yo‘nalishda yuradi” degan fikrlarni bildirgan

Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarni korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar sifatida ko‘rsatadi. Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar Aholi huquqiy savodxonligining pastligi Mamlakatdagi siyosiy vaziyatning notinchligi Ijro hokimiyatining birligi tamoyilinining buzilishi

Korrupsiyani amal qilish darajalariga ko‘ra quyi va yuqori korrupsiyaga ajratiladi:

Quyi korrupsiya hokimiyat va boshqaruv organlarining o‘rta va quyi darajalarida eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, amaldorlar va fuqarolarning doimiy o‘zaro munosabati bilan (ro‘yxatdan o‘tish, jarimalar, litsenziya va turli ruxsatnomalar olish kabilar) bilan bog‘liq. YUqori korrupsiya hokimiyat organlarida ishlovchi siyosatchilar, oliy martabali amaldorlarni qamrab oladi hamda yuqori bahoga ega bo‘lgan qarorlar qabul qilish (qonunlarni, davlat buyurtmalarini lobbilash va qabul qilish, mulkchilik shakllarini o‘zgartirish va shu kabilar) bilan bog‘liq.

Korrupsiya – qanday muammolar sirasiga kiradi: - huquqiy – 64,0 %; - iqtisodiy – 51,0 %; - ijtimoiy – 46,3 %; - ahloqiy – 45,8 %:

Korrupsiyaga qarshi kurash siyosatining maqsadi – korrupsiya darajasini pasaytirish hamda fuqarolar, jamiyat va davlat huquqlari va qonuniy manfaatlarining korrupsiya bilan bog‘liq tahdidlardan himoyalanishini ta’minlashdan iborat. Bu siyosat davlatning korrupsiyaga qarshi qaratilgan, qabul qilingan turli qonunlari, qarorlari, dasturlarida o‘z ifodasini topadi. Korrupsiyaga qarshi kurash siyosati – bu davlating korrupsiyaning oldini olish, u paydo bo‘lganda uni tugatish va cheklash borasidagi sa’y-harakatlari va aniq chora-tadbirlar majmuidir.

Korrupsiya keng qamrovli tushuncha bo‘lib, u jamiyatning ayrim qatlamlari, toifalari, guruhlarikundalik faoliyatiga aylanib, o‘zaro bir-biriga bog‘lanib, chirmashib ketganligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. “Nozik”, “chigalroq” ushbu masalada davlatning huquq-tartibot idoralari birmuncha hushyor, ziyrak bo‘lishi, shuningdek, nodavlat tashkilotlari, turli komissiyalar, jurnalistlar, mustaqil sudlar tizimi faolroq ishlashi haqida tadqiqotchilar anchadan beri yozib keladi. Siyosatchilar, sotsiologlar, psixologlar, tarixchilar, davlat hamda jamoat organlari, siyosiy partiyalar, eng muhimi, amaliyotchilar masalani tahlil etish va echimini topish ustida bosh qotirishi lozim.

Keyingi yillarda xorij, jumladan, MDH mamlakatlari matbuotida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘llari haqida maqolalar paydo bo‘la boshladi. MDHga a’zo mamlakatlarda olib borilgan tadqiqotlar tahlili shundan dalolat beradiki, biz sho‘rolar tuzumidan qutulganimizga o‘ttiz yilbo‘lganiga qaramay, sud-huquq organlari hamon davlat hokimiyatining itoatkor organiga aylanganicha turibdi. Bu jamiyat kushandasi, yaramas illat haqida davlatimiz rahbari deyarli har bir chiqishida ta’kidlab o‘tadi. Biz viloyatlar sessiyalarida tashkiliy masala ko‘rilganda, birinchi navbatda, mazkur masalaga ro‘baro‘ kelmoqdamiz.

Poraxo‘rlik va korrupsiya o‘zbek jamiyatining rivojlanishiga, xususan, demokratik yangilanish hamda modernizatsiyalash jarayoniga har jihatdan xalaqit bermoqda. Garchi bu masala uzoq yillardan beri ta’kidlanib, “qo‘lga tushgan” amaldorlar televidenie va matbuotda namoyish etilganiga qaramasdan, sud, prokuratura, idora rahbarlari hamda oddiy fuqarolarning qon-qoniga singib ketgan feodalizm sarqitlari, tamagirlik, byurokratiya jamiyatimiz hayotidan yo‘qolib ketmayapti.

Korrupsiya, birinchidan, jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib keladi, bu esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etmay qolmaydi; ikkinchidan, fuqarolarimizda huquqiy ong hamda huquqiy madaniyatning etarli darajada emasligi, o‘z haq-huquqini himoya qila olmasligi jamiyatda adolat mezonining buzilishini ko‘paytiradi; uchinchidan, siyosiy institutlar, jamoat tashkilotlari shaklan demokratik mezon, o‘arb andozasiga o‘xshasa-da, mazmun-mohiyatiga ko‘ra, zamon talabidan orqada qolmoqda, bu kamchilik esa oldinga siljishimizga xalaqit beradi.

Bu borada bitta tashkilot — adliya organlari roli kuchayib, imtiyozlari ko‘payib borishi kerak. YAngi tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ham Adliya vazirligi bilan qonun ustuvorligini to‘liq ta’minlagan holda, barcha ishni birga olib borishi davr talabi.

Davlat va jamiyatda inson ongi, dunyoqarashi bilan bog‘liq muammolar tahlilidan kelib chiqsak, sobiq ittifoqdan meros qolgan korrupsiya illatiga qarshi kurashda hali ancha aziyat chekishga to‘g‘ri keladi. Sababi Xitoy va Singapurnikiga o‘xshagan yuqoridan quyigacha qat’iy ishlaydigan ierarxiya tizimi hali to‘liq ishga tushmagan.

Lekin bu tabiiy jarayonni sun’iy ravishda sekinlashtirmaslik yoki ayrim kuchlarning tazyiqi ostida “to‘xtatmaslik” lozim. Bu borada rivojlangan davlatlar boy tajribasidan unumli foydalanish zarur. Masalan, AQSHda reportyor-jurnalistlar korrupsiyaga qarshi kurashda eng samarali jamoat nazoratini o‘rnatgan. MDHda, jumladan, O‘zbekistonda surishtiruv jurnalistikasi sayoz holatda bo‘lib, bugungi davr ehtiyojidan orqada qolmoqda.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, jinoyatchilar “kirdikor”larini fosh etishga urinib, mustaqil surishtiruv olib boradigan fidoyi jurnalistlar himoyasi ishlamaydi. Bundan ham achinarlisi, hozirgi kunda biron-bir rahbarning yashirin boylik orttirishini isbotlagan maqola matbuotda chop qilinsa-da, unga qat’iy choralar ko‘rilmaydi, ahvol ham o‘zgarmaydi. Masalan, bir vaqtlar rahbar haqida feleton chiqsa, partiyadan o‘chirilar, qamalar, shuning uchun amaldorlar “to‘rtinchi hokimiyat”dan hayiqardi.

Demak, “Mushtum”ga o‘xshagan ikki-uchta kuchli vaqtli matbuot nashri faoliyati qo‘llab-quvvatlansa va televidenieda maxsus ko‘rsatuvlar deyarli har kuni (xoh katta, xoh kichik tamagirlik holati bo‘lsin) berib borilsa, ko‘pchilik hushyor tortishi aniq. Tanqidsiz taraqqiyot bo‘lmasligi fuqarolar ongiga singdirib borilishi -kerak, deb hisoblaymiz.

Jamiyatda ustuvor soha — ta’lim tizimida tahsil oladigan o‘smirlar, yoshlar ongida tolerantlikni uyg‘otish muammosi oldimizda ko‘ndalang turibdi. “Jamiyatda poraxo‘rlik illatini engib bo‘lmaydi”, degan fikr yoshlar ongida shakllanib qolgani (YAponiya yoki Xitoy fuqarosi ongida nega u shakllanmaganligi alohida mavzu) eng katta kamchiligimiz.

Bu borada o‘nglanish, siljish qilmasak, millatimiz obro‘siga korrupsiya illati soya solib turaveradi. Toki, biz oilada, bog‘chada, maktabda o‘g‘il-qizlarimiz ongiga, ruhiyatiga tamagirlik, poraxo‘rlik yomon illatgina emas, balki u jamiyatimiz tanazzuli, iqtisodiyotimiz orqaga ketishi sababi ekanligi haqida ko‘proq tarbiyaviy va targ‘ibot ishlarini olib bormasak, maqsad-muddaoga erisha olishimiz qiyin.

So‘nggi yillarda YUrtboshimiz tomonidan ilgari surilgan davlat xalqqa xizmat qilishi kerak, degan ulkan g‘oya fuqarolik jamiyati institutlariga tizim va dasturlarni ishlab chiqish imkoniyatini bergan edi. Ammo nodavlat notijorat tashkilotlari, siyosiy partiyalar bu borada tashabbus hamda tashkiliy ishlarni amalga oshirishni negadir paysalga solmoqda.

To‘g‘ri, keyingi vaqtlarda, xususan, 2017 yildan boshlab, mamlakatimizda “parlament nazorati”, “jamoatchilik nazorati”, degan atamalar taomilga kiritildi, bu borada ilk qonunlar qabul qilindi. Demak, biz mazkur sohada ishlaydigan tizimni tezlikda yaratishimiz, milliy mentalitetni hisobga olgan holda, Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari ilg‘or tajribasini qo‘llashga o‘tishimiz lozim. Jamoatchilik nazoratisiz O‘zbekistonda siyosiy tizim islohotlarini amalga oshirib bo‘lmaydi.

Ayniqsa, modernizatsiya, yangilanish, islohotlar bilan korrupsiyaning bir-biriga “qoni qo‘shilmaydi”, yangilik bilan eskilik tarafdorlari, fan, innovatsiya, kreativ fikrlovchilar bilan eski byurokratiya avlodi o‘rtasida muttasil kurash davom etadi.

Aholi tabaqalari daromadlarining farqlanish miqdori keskin o‘zgargani iqtisodchilarni tashvishga solmoqda. Misol uchun, sobiq ittifoq statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bu 1956 yilda 3,28, 1986 yilda 3,38 ga etgan — qariyb teng bo‘lsa, mustaqillik yillarida boy va kambag‘allar daromadidagi farq ancha ko‘paygan. Rasmiy ma’lumotlarda 10 foiz eng badavlat kishilar daromadi eng kambag‘al fuqarolarning daromadlaridan 10 — 15 marta oshib ketganligi ma’lum bo‘lmoqda.

Ko‘plab ekspertlar “yashirin iqtisodiyot” hisobga olinganda, o‘rtadagi haqiqiy tafovut 25 — 40 marotaba ekanligini qayd etmoqda. Hozirgi kunda yashash minimumidan past darajada kun kechirayotgan kambag‘al aholi 15 foizdir. Bu masalada 2019 yildan boshlab katta siljish kuzatilgan, hatto butun bir vazirlik ishlayotgan bo‘lsa-da, o‘rtadagi farqning kuchayib borishi jamiyat qatlamlarida turli fikrlarni paydo qilishi mumkin.

2020-2021 yillarda barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (“komplaens-nazorat”)ni bosqichma-bosqich joriy etish choralari ko‘rilishi sohada tub o‘zgarishlarga turtki berishiga ishonamiz. Agentlikka xalqaro konvensiya talablarini bajarish maqsadida ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy koordinatori vazifa va vakolatlari yuklatilishi, mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishi idoraning maqom hamda nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Demak, milliy taraqqiyotga to‘siq bo‘lib kelayotgan korrupsiyani bartaraf etish yo‘lida dadil qadamlar tashlanmoqda. Eng asosiysi, korrupsiyaga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qanchalik harakat qilmasin, xalqimiz bu jirkanch illatga murosasiz bo‘lmas ekan, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida ta’lim sohasini “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish g‘oyat dolzarb vazifa etib belgilandi. Farmonga ko‘ra, 2019 yil 1 avgustdan boshlab eksperiment tariqasida aynan oliy ta’lim sohasida “korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish belgilab qo‘yilganida chuqur ma’no bor. CHunki, mamlakatda kechayotgan har qanday islohotning muvaffaqiyati birinchi navbatda ta’limga bog‘liq. SHu bois, Prezidentimizning joriy yil 24 va 28 may kunlari oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar va ilm-fan sohasi vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvlari chog‘ida o‘quv dargohlarida uchrab turgan tamagirlik bilan bog‘liq holatlar chuqur tahlil qilinib, bu illat tanqid qilindi. Korrupsiya ta’lim-tarbiya tizimi uchun eng katta xavf sifatida e’tirof etildi.

Oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar 7 ta bo‘limdan iborat «Yo‘l xaritasi», ya’ni umumiy tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar, qabul jarayoni, ta’lim berish va talabalar bilimini baholash, o‘qishni ko‘chirish, o‘qishga tiklash va nostrifikatsiya, OTMlar faoliyatini takomillashtirish, professor-o‘qituvchilarning ijtimoiy himoyasi, byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanishdan iborat va uning asosidagi 42 ta band ijrosiga vazirlik mas’ul etib belgilangan.

Mamlakatimizda barcha jabhalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ta’lim sifatini tubdan takomillashtirish, bilim maskanlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yoshlarni oliy ta’limga keng jalb qilish kabi ishlarda o‘zining yorqin ifodasini topmoqda. Hududlarda yangi oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari hamda sirtqi va kechki bo‘limlarning ochilishi, oliy ta’lim muassasalariga qabul ko‘rsatkichlarining oshirilishi mazkur yo‘nalishdagi muhim islohotlar hisoblanadi. Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari soni 77 tadan 110 taga etdi, ulardan 19 tasi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallari. So‘nggi ikki yilda 12 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi filiallari tashkil etildi (AQSH – 1, Rossiya – 5, Janubiy Koreya – 3, Latviya – 1, Hindiston – 2).

Birgina 2018/2019 o‘quv yilida 20 ta oliy ta’lim muassasasida 10 ta xorijiy davlatning etakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda 33 ta ta’lim yo‘nalishi va 14 ta mutaxassislik bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Iqtisodiyotning real sektorlarida mavjud ehtiyojdan kelib chiqqan holda joriy o‘quv yilidan boshlab 66 ta zamonaviy ta’lim yo‘nalishi va 48 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilishi farzandlarimiz uchun keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Oliy ta’limga davlat byudjetidan 2018 yilda 875,9 mlrd. so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 1 trln. 288,4 mlrd. so‘mga etdi yoki qariyb 1,5 baravarga ko‘paydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish, sohada davlat boshqaruvi samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan Farmoni va Qarori oliy ta’lim sohasi uchun tarixiy voqea bo‘ldi.

Ularda oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish, shuningdek rektorlarga talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini belgilash, yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochish kabi vakolatlarni berish nazarda tutilgan. Bu o‘z navbatida oliy ta’lim muassasalari rahbarlarining mustaqilligini oshirish bilan birga, rektorlarga juda katta mas’uliyat yuklaydi. Ammo, tan olishimiz kerak, guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, tizimda mas’ul xodimlar o‘rtasida korrupsiya bilan bog‘liq holatlar yo‘qolmagan. Ana shu kabi holatlarni ham bartaraf etib, tizimni korrupsiyadan xoli sohaga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, taqdim etildi.

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimining barcha rahbar va xodimlari “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ijrosini samarali ta’minlashda oliy ta’lim sohasidagi islohotlarning o‘ta muhim ahamiyatini va dolzarbligini to‘liq anglagan holda:

birinchidan, oliy ta’lim muassasalarini tajribali, halol va pok vijdonli, mas’uliyatli professor-o‘qituvchi va xodimlardan shakllantirib, ularning vazifalarini aniq belgilab berish;

ikkinchidan, abiturientlarning oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish jarayoniga, kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazishga, talabalar bilimini baholashga hamda o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklashga, o‘qishlarini boshlashi uchun turli xil sun’iy to‘siqlarga, fuqarolardan har xil noqonuniy to‘lov undirilishiga yo‘l qo‘yilmasligiga ko‘maklashadigan “Jamoatchilik kengashi”ni tashkil etib, adolat va shaffoflikni ta’minlash;

uchinchidan, talabalarning o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash to‘g‘risidagi murojaatlarini rad etish, ortiqcha hujjatlar talab qilish holatlarining oldi olinishini, shuningdek, fuqarolarning arizalarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda ortiqcha ovoragarchiliklarga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash;

to‘rtinchidan, professor-o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rib, ularning faoliyatini doimiy tahlil qilib borishni, baholash mezonlaridagi shaffoflikni kuchaytirib, adolat ularning bilimini baholashda asosiy faktor bo‘lishini belgilovchi choralarni ko‘rish;

beshinchidan, oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirishning (davlat byudjeti, shu jumladan, markazlashtirilgan mablag‘lar hisobidan, o‘qitishning to‘lov kontrakt shakli, rivojlantirish jamg‘armasi va grant mablag‘lari hisobidan) amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlariga rioya qilinishini, xarajatlar ko‘rsatkichlarini shakllantirish tartibiga amal qilish va ichki moliyaviy taftish ishlarini takomillashtirishni, ushbu jarayonda korrupsiyaga oid holatlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etilishini qat’iy nazoratini щrnatish;

oltinchidan, kadrlarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini tayyorlash va tatbiq etish, xodimlarni ishga qabul qilish va lavozimga tayinlash, ta’lim muassasalarini maqsadli o‘rganish kabi masalalar bilan bog‘liq barcha ishlarda korrupsiyaning oldini olish va shaffoflikni ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratish;

ettinchidan, tizimda korrupsiyaning oldini olish va barcha jarayonlarda shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot, tushuntirish ishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy tadbirlarni (o‘rganishlar, ijtimoiy so‘rovlar, tanlovlar va boshqalar) yuqori saviyaga ko‘tarish vazifalari bajarilmoqda.

8- mavzu. Korrupsiyaning mamlakat taraqqiyoti uchun xavfi.

1. Korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida.

2. Korrupsiya – ijtimoiy fenomen sifatida, barcha sohalarga ta’siri.

3. Korrupsiyaga qarshi kurashda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ahamiyati.

Taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘yayotgan O‘zbekiston uchun korrupsiyaning har qanday shakldagi ko‘rinishi islohotlar shiddatini susaytirishi bilan xavfli. 2017 yil 4 yanvardan kuchga kirgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida korrupsiyaga shunday ta’rif berilgan: «korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish». Soddaroq aytganda, korrupsiya davlat idoralarida ishlovchi shaxslarning o‘z amalidan foydalanib, shaxsiy manfaatlarini hamma narsadan ustun qo‘yishlari, pora evaziga sotilishlari yoki sotib olinishlari, noqonuniy moddiy yoki nomoddiy boylik orttirishlaridir.

Korrupsiya iqtisodiyot rivoji, chinakam qulay tadbirkorlik va investitsiya muhiti uchun eng asosiy to‘siqlardan biridir. Tahlillarga ko‘ra, bu illat jahon iqtisodiyotiga har yili o‘rtacha 2,6 trillion dollar zarar keltiradi.

Mamlakatimiz ham muammodan xalos bo‘lmagan. Dunyodagi korrupsiya darajasini o‘rganuvchi Transparency International xalqaro tashkiloti indeksida O‘zbekiston oxirgi uch yilda 12 pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsa-da, hali bu illat barham topmagan.

YUrtdoshlarimizning fikricha, sog‘liqni saqlash, ta’lim, bank, bojxona, sud, prokuratura, ichki ishlar, kommunal xizmat sohalarida, shuningdek, fuqarolarni ishga qabul qilishda korrupsiya keng tarqalgan.

Misol uchun, tahlillarga ko‘ra, sog‘liqni saqlash tizimidagi xarajatlarning 25-30 foizi samarasiz sarflanmoqda. Ko‘plab sohalarda davlat xaridlarini amalga oshirish tizimi ochiq-oshkora emas.

O‘zbekiston Resublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari qonuniylik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va shaffoflik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi,, javobgarlikning muqarrarligidan iborat.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati davlat dasturlari va boshqa dasturlar asosida amalga oshirilishi mumkin.

Ushbu qonun me’yorlarining samarali ijrosini ta’minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida Prezidentning 2017 yil 2 fevraldagi qarori bilan “2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturi” qabul qilindi. Dastur doirasida bir qator qonun loyihalari ishlab chiqildi, mavjudlari inventarizatsiyadan o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi «Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-5618-sonli Farmoni va so‘nggi yillarda qilingan ishlar tahlili aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilganini ko‘rsatib turibdi.

Prezidentimiz tomonidan 2019 yil 27 may kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon ham ayni shu maqsadni ko‘zlagani bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Korrupsiya shunday illatki, uni bir yoki ikki idoraning sa’y-harakati bilan yo‘q qilib bo‘lmaydi. Qachonki, barcha fuqarolarimiz, jamiyat unga qarshi birgalikda kurashib, uning ildizlarini yo‘q qilishga kirishilsagina ijobiy natijaga erishish mumkin.

Farmonning tub mohiyatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, korrupsiyaga qarshi nafaqat huquqni muhoza qiluvchi idoralar va davlat tashkilotlari, balki jamoatchilik nazorati instituti imkoniyatidan ham keng foydalanish belgilab qo‘yilganini ko‘rishimiz mumkin.

Birinchidan, farmonda jamoatchilik nazoratini olib borishda muhim o‘rin tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish alohida belgilangan.

Ikkinchidan, joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ishlarning holatini kompleks o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlab borish uchun xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalarini tashkil etish tavsiya qilinmoqda.

Uchinchidan, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish, ushbu sohadagi qonunbuzilish holatlari yuzasidan xabar bergan shaxslarni himoya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish ta’kidlangan.

To‘rtinchidan, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatining chinakam erkinligini ta’minlash va ularni korrupsiyaga qarshi choralarni tayyorlash, o‘tkazishda va ijrosini monitoring qilishda ishtirok etishga jalb qilish nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari, farmonda davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirib borish, ularda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish vazifasi belgilab berildi. Bu norma, albatta, har bir mansabdor shaxsdan xulosa chiqarishni talab etadi.

Vaholanki, bugun har bir davlat xizmatchisi va huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari xodimlarining fe’l-atvoriga O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga bo‘ysunish va ularni hurmat qilish odobini singdirib borish o‘ta muhim vazifadir. Farmonda nazarda tutilganidek, jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borilayotgan hozirgi davrda mansabdor shaxslarning huquqiy bilimi va madaniyati darajasiga nisbatan alohida talablar ishlab chiqish, qonunlarga hurmatsizlik qilgan mansabdor shaxslar to‘g‘risida asoslantirilgan ko‘rsatuvlar, eshittirishlar tashkil qilish, maqolalar chop etib borish, ularning qilmishi noto‘g‘ri ekanligini ta’sirchan vositalar orqali ko‘rsatib berish, albatta, o‘z samarasini beradi.

Qo‘qon shahar xalq depututlari Kengashi “Qonuniylikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurash” masalari bo‘yicha doimy kengash jamiyatda adolatni ta’minlashda korrupsiyaga qarshi kurashni o‘zining ustuvor maqsadlaridan deb biladi. Korrupsiyaga qarshi kurashning ustuvor vositasi sifatida davlat organlari va tashkilotlarining hisobdorligi hamda faoliyatining shaffofligini oshirish ko‘zda tutilgan. Prezidentimiz tomonidan imzolangan mazkur farmon bilan doimiy komissiyamiz ish faoliyati bir yo‘nalishda bo‘lib, ayni vaqtda farmonda belgilangan vazifalarni hayotga samarali tatbiq etish bo‘yicha mas’uliyat ham yuklaydi.
Xulosa qilib aytganda, mazkur farmon jamiyatda adolatlilik g‘oyasi, barchaning qonun oldida tengligi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim hujjat hisoblanadi. Adolat ustuvor bo‘lgan mamlakatda esa taraqqiyot, xalq farovonligi, islohotlar samarasi ta’minlanadi. Ayni paytda bizning doimiy komissiyamiz ish faoliyatni belgilovchi rejamiz ham shu sohadagi yo‘nalishimizni belgilab bergan.

Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya belgilangan davlat ta’lim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Davlat ta’limni boshqarish organlari va ta’lim muassasalari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida huquqiy ta’lim va tarbiyaga, mutaxassislarni kasbiy tayyorlashning sifatini oshirishga, ta’lim dasturlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi. Davlat organlarining xodimlari ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga ko‘ndirish maqsadida biror-bir shaxs o‘zlariga murojaat etganligiga doir barcha hollar to‘g‘risida, shuningdek davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan shunga o‘xshash huquqbuzarliklarning o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan har qanday faktlari haqida o‘z rahbarini yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etishi shart.Ushbu majburiyatning davlat organlarining xodimlari tomonidan bajarilmaganligi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatida korrupsiyaning illatlari haqida gapirib shunday dedi: “Afsuski, jamiyatimizda korrupsiya illati o‘zining turli ko‘rinishlari bilan taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda.

Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi.

Tadbirkorlar hanuzgacha er ajratish, kadastr, qurilish, litsenziya, bojxona, bank, davlat xaridlari kabi sohalarda korrupsiyaga duch kelayotganini Prezident nomiga kelib tushayotgan ko‘plab murojaatlar ham, matbuot va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlar ham yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joiz bo‘lsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tishimiz kerak.

Ana shu vazifalar ijrosini tizimli tashkil etish maqsadida parlament va Prezidentga hisob beradigan, korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul bo‘ladigan alohida organ tashkil etishni taklif etaman.”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 11 fevral kuni korrupsiyaga qarshi kurashish hamda jamoatchilik nazorati tizimlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Davlatimiz rahbari yaqinda Oliy Majlisga yo‘llangan Murojaatnomada korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra barvaqt oldini olishga o‘tish kerakligini ta’kidlab, unga qarshi kurashishga mas’ul bo‘ladigan alohida organ tuzishni taklif qilgan edi.

Bugungi yig‘ilishda ushbu yangi tuzilmani tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Korrupsiya darajasi yuqori bo‘lgan sohalarda bu illatdan qutulish bo‘yicha dastur ishlab chiqib, ijrosini tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning eng asosiy yo‘li davlat organlari faoliyati va ish jarayonlarini shaffof qilishdir. Bunda eng asosiy e’tiborni ishga olish, davlat xaridlari, ruxsatnoma va litsenziyalar berish kabi jarayonlarda ochiq-oshkoralikni ta’minlashga qaratish lozimligi belgilandi.

Adliya vazirligi va Bosh prokuraturaga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda vazirlik, kompaniya va hokimliklarda ichki korrupsiyaga qarshi choralarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi “komplaens nazorat” tizimini joriy etish vazifasi qo‘yildi.

Xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, davlat xizmatchilari mol-mulki va daromadlarini deklaratsiya qilish tiziminining barcha tashkiliy-huquqiy asoslarini ishlab chiqib, amaliyotga kiritish shartligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga xorijiy tajriba asosida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuzilmani tashkil etishga doir hujjatlarni ishlab chiqish yuzasidan topshiriqlar berildi. Mazkur tuzilma nafaqat bu borada davlat siyosatini amalga oshirishi va muvofiqlashtirishi, balki korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha kuch va vositalarga ega bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Ushbu illatga qarshi kurashishdagi yana bir muhim vositalardan biri – jamoatchilik nazorati.

Bugungi kunda yurtimizda 10 mingdan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Lekin ularning o‘rni va faolligi sezilmayapti. CHunki bu tashkilotlar manfaatlarini ifoda etuvchi, davlat bilan ko‘prik vazifasini bajaruvchi yaxlit tizim yo‘q.

Hozirda jamoatchilik bilan ishlash tizimi joylarda va sohalarda xalqimizni qiynayotgan masalalarni davlat miqyosiga olib chiqib, hal qilishda natija ko‘rsata olmayapti. Ko‘p nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati rasmiyatchilikdan iborat bo‘lib qolmoqda.

“Mahalla”, “Nuroniy”, Xotin-qizlar qo‘mitasi kabi yirik birlashmalardan xalqimiz qanday naf ko‘ryapti, ular hayotimizdagi qaysi o‘tkir masalani ko‘tarib, hal qilishga erishdi, degan savolga, afsuski, ijobiy javob yo‘q.

Davlat organlari zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish hamda davlat xizmatiga halollik standartlarini joriy etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va "yashirin iqtisodiyot"ni qisqartirish choralari ko‘rilmoqda hamda "Korrupsiyasiz soha" loyihalari amalga oshirilmoqda.

SHu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini tubdan oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning ta’sirchan tiziminn yaratishni taqozo etmoqda. Ushbu ishlarga fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat sektorning boshqa vakillarini ham keng jalb etish zarurati tug‘ilmoqda.

Bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-son Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra agentlik mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishni ta’minlash, shuningdek, korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan sohalar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;

korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek, korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va boshqa dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish;

fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga oid axborotlarni tarqatish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish orqali jamiyatda korrupsiyaning barcha ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish;

vazirlik va idoralarning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining ushbu masalalar bo‘yicha birgalikdagi samarali faoliyatini tashkil etish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar, shu jumladan banklarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi ("komplaens-nazorat") hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa xalqaro vositalarini joriy etish va samarali faoliyat ko‘rsatishini tashkillashtirish, zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish, shuningdek, ularning mazkur sohadagi faoliyati bo‘yicha reytingini tuzish kabi vazifalarni bajaradi.

Bugungi kunda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda quyidagi masalalarni e’tiborga olish lozim deb hisoblaymiz:

· korrupsiya va uning oqibatlari jamiyat rivojlanishiga to‘siq bo‘layotganligi, uning ijtimoiy xavflilik darajasi sodda va tushunarli tilda huquqiy jihatidan sharhlangan holda jamoatchilikni xabador qilish;

· Korrupsiyaga qarshi tarbiyani oiladan boshlash va ta’limning barcha bosqichlarida uzuluksiz olib borish;

· har bir sohada korrupsiyaning kelib chiqish sabablarini ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilish orqali qonunchilikni hamda ichki tartib qoidalarni takomillashtirish bo‘yicha asosli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;

· har bir davlat organida o‘z xodimlarini korrupsiya holatlaridan ogohlantirish va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmni ishlab chiqish va uni real hayotga tadbiq qilish chora-tadbirlarini belgilash;

· har bir sohada korrupsiyani oldini olishga qaratilgan davlat siyosatini ta’minlash orqali korrupsiyaga sabab bo‘luvchi holatlarga barham berishga erishish;

· jamiyatda korrupsiya jinoyatini sodir etgan shaxslarga nisbatan ya’ni korrupsionerlarga nisbatan jazo muqarrarligi mamlakatimizda qonun ustuvorligi asosida ta’minlanyotganligi xususida ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda keng yoritib borishni yo‘lga qo‘yish;

· har bir sohada korrupsiyani oldini olish ishlarini tashkil etishga keng jamoatchilikni, shu jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlarini jalb qilish va ular faoliyatini rag‘batlantirish korrupsiyaga qarshi ishlarni samaradorligini oshirish;

· ijtimoiy-iqtisodiy sohada faoliyat yuritayotgan davlat organlari tizimida ma’muriy-byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ro‘yxatga olish, ruxsat etish va litsenziyaga doir tartib-taomillarni yanada soddalashtirish;

-davlatning vakolatli organlarining nazorat-tekshiruv vazifalarini maqbullashtirish, tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirish tizimini takomillashtirish, ularning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini yanada takomillashtirilgan holda mustahkamlash;

· davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning nazorat qilishning masofaviy shakllari-ni keng joriy etish asosida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida taklif va tavsiyalar berish;

· Har bir sohada o‘zining xususiyatidan kelib chiqib, “Axloq-odob qoidalari”ni tasdiqlash, mazkur qoidalarning alohida bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalarni belgilab qo‘yish;

· Har bir sohada korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarni tashkil etish xodimlarning bu sohadagi javobgarliklarini ichki lokal hujjatlarda aniq belgilab qo‘yishda yuridik xizmat rolini oshirish korrupsiyani oldini olish ishlarini samarali bo‘lishiga xizmat qiladi.

Dostları ilə paylaş:

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin