1-mavzu. Neft va gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi faniga kirish



Yüklə 328,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü328,78 Kb.
#185665
  1   2
6-mavzu taqdimoti



NEFT VA GAZNI CHUQUR QAYTA 
ISHLASHDA TERMOKATALITIK 
JARAYONLAR


Neftni ikkilamchi qayta ishlash jarayonlari orasida og’ir distillyat
fraksiyalarini katalizator ishtirokida katalitik krekinglash muhim o’rin
tutadi. Jarayon o’tkazilishidan maqsad, yuqori oktanli benzin olish
hisoblanadi. Butan–butilen va propan-propilenga boy gaz
fraksiyalari, yuqori oktanli alkilat – benzin komponenti xomashyosi
sifatida keng qo’llaniladi, shuningdek neft kimyosi va sun`iy
kauchuk ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Katalitik kreking engil gazoylini dizel yoqilg’isi komponenti sifatida
foydalaniladi. Ko’p miqdordagi polisiklik aromatik birikmalar
saqlangan og’ir gazoyllar, tehnik uglerod, ignasimon koks olishda
xomashyo, hamda mazut komponenti sifatida ishlatiladi.
Krekingni asosiy xomashyosi keng fraksion tarkibli vakuum
gazoyllari hisoblanadi. Masalan: qaynash temperaturalari 300 dan
500°C gacha bo’lgan fraksiyadir. Ohirgi yillarda qaynash
temperaturasi 550°C – 590°C gacha og’irlashtirilgan vakuum
gazoyllari ham qo’llanilmoqda.


Katalitik kreking xomashyosining kokslanish darajasi past (0,5% mass.)
bo’lishi lozim, ya`ni katalizatorni tez kokslanishga chaqaruvchi smolali
moddalar
bo’lishi
jarayonga
ta`sir
etadi.
Bundan
tashqari,
xomashyodagi metal miqdori (20-25g/t) kam bo’lishi ta`minlanishi kerak.
Shunga
ko’ra
xomashyo
oldindan
metalsizlantiriladi.
Odatda
krekinglanadigan xomashyo kullanish darajasi 0,006 – 0,007% (mass.)
chegarasida
bo’ladi.
Oltingugurtli
xomashyo
gidrotozalashdan
o’tkazilishi lozim. Gidrotozalashdan so’ng xomashyodagi oltingugurt
miqdori 0,1 – 0,3 % (mass.) gacha kamaytirildi.
Katalitik kreking qurilmalarida aktivligi yuqori seolit tarkibli katalizatorlar
keng qo’llaniladi. Bunday katalizatorlar amorf matricasida 10 – 25 %
gacha kristall alyumosilikatlar bo’ladi. Bu esa ma`lum darajada benzin
chiqishini ko’payishiga va uning oktan sonini motor usulida 82 – 84 yoki
tadqiqot usulida 92 – 94 gacha ko’tarish imkonini beradi, shuningdek
to’qnashuv vaqtini kamaytiradi. Katalizatorlar ma`lum granul metrik
tarkibga, yuqori g’ovakli va mehanik mustahkamlikka ega bo’lishi kerak.


Krekingni amalga oshirishda katalizatorlar qo’llash g’oyasi akademik N. D.
Zelinskiy tomonidan ilgari surilgan. U katalizator sifatida alyuminiy xlorni
qo’llagan. Bu asosda 1919 – 1920 yillarda benzin olish bo’yicha ilg’or qurilma
ham yaratilgan. Alyuminiy xlor 200–2500C temperaturada krekinglashni
yumshoq rejimida o’tkazish imkonini beradi.
Sanoatda katalitik kreking alyumosilikatli katalizatorlardan foydalanish orqali
rivojlanishiga erishildi. Bu katalizatorlarning asosiy afzalligi, ularni qayta tiklash
soddaligi hisoblanadi.
Kreking katalizatorlari tabiiy tuproq ko’rinishida yoki sintetik alyumosilikatlar
bo’ladi. Hozirgi neftni qayta ishlash zavodlarida aktiv va oltingugurtga chidamli
sintetik katalizatorlar keng qo’llaniladi.
Sintetik katalizatorlar asosan alyuminiy tuzini va kremniy tuproqni suv bilan
o’zaro ta`sir yuli orqali tayyorlanadi. Olingan gel aralashmasiga shakl beriladi va
quritiladi. Katalizator tarkibi odatda undagi kremniy, alyuminiy oksidlari va
boshka kompanentlarni suvsiz miqdoriga ko’ra aniqlanadi. Katalizator asosiy
massasini kremniy oksidi va 10 – 15% alyuminiy oksidlari tashkil etadi.


Katalitik kreking – geterogen katalizni bir ko’rinishi bo’lib, unda reaksiyalar
ikki faza chegarasida kechadi: qattiq (katalizator) va gaz yoki suyuq
(xomashyo).
Shuning uchun katalizator strukturasi va yuzasi muhim
ahamiyat kasb etadi. Katalizatorning muhim hususiyatlaridan biri, uning
aktivligidir. U mahsulotning chiqishi bilan tavsiflanadi. U aktivlik indeksi bilan
tushintiriladi, bunga ko’ra 34-35 yuqori, 28 – 32 o’rtacha 27 – 28 quyi aktivlik
indekslariga ega.
Katalitik krekingda kimyoviy jarayonlar quyidagi ketma-ketlikda kechadi:
1) Katalizator yuzasiga xomashyo kiritilishi (tashqi diffuziya);
2) Katalizator g’ovaklarida xomashyo ichki diffuziyasi;
3) Katalizator aktiv markazlarida himosorbsiya;
4) Katalizator yuzasiagi kimyoviy reaksiyalar;
5)Katalizator yuzasi va diffuziya g’ovakliklaridan kreking mahsulotlari va
o’zgarishsiz qolgan xomashyo desorbsiyasi;
6) Kreking mahsulotlarini reaksiya zonasidan olib chiqish.


Alyumosilikatli
katalizator
bilan
to’qnashuv
sharoitida
to’yinmagan
uglevodorodlar
biroz aktiv
hisoblanadi.
Olifinlar polimerizasiyasi xona
temperaturasida boshlanadi, temperatura oshirilish bilan qaytar reaksiya
polimerlanish–depolimerlanish
ro’y
beradi.
To’yinmagan
uglevodorodlar
o’zgarishi 400 – 500°C da termik krekinga qaraganda 1000 – 10 000
martagacha tez boradi.

Yüklə 328,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin