1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/14
tarix07.11.2019
ölçüsü1,08 Mb.
#29546
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
ozbekistonda demokratik jamiyat 5334770958


“O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISH NAZARIYASI VA 

AMALIYOTI”  fanidan   

O’QUV  MATERIALLARI 

( MA’RUZALAR  T O’PLAMI ) 

 (2015-2016) 

 

    1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va  



                       amaliyoti” fanlarining predmeti, obe’kti,   maqsadi  

                      vazifalari. 

 

REJA: 

1.  “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish   nazariyasi va amaliyoti” fanining 

     predmeti va tadqiqot ob’ekti. 

2.  “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish   nazariyasi va amaliyoti” fanining  

    qonuniyatlari va kategoriyalari. 

3.  “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish  nazariyasi va amaliyoti”ning fan 

    sifatida shakllanishi. 

4.  “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanining  

     boshqa ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi. 

 

XX  asr  so’nggida  dunyo  xaritasida  mustaqil  O’zbekiston  paydo  bo’ldi.  Uch  ming  yillik  milliy 



davlatchilik  tariximizda  o’z  mustaqilligining  navbatdagi  istiqlol  tsivilizatsiyasiga  qadam  qo’yildi. 

Qadamning  tarixan  tub  sifat  mohiyati  1991  yil  31  avgustda  e’lon  qilingan  mustaqil  O’zbekiston 

davlatining  konstitutsiyaviy  maqomida  aniq  shakl  va  mundarija  kasb  etdi.  Mustaqil  O’zbekiston 

xalqi  o’z  oldiga  “insonparvar  demokratik  huquqiy  davlat  barpo  etish”dek,  konstitutsiyaviy 



maqsadni qo’ydi. Milliy davlatchiligimizning boy va ibratli tarixida ilk bor ana shunday maqomga 

ega  tsivilizatsiyalashgan  davlat  barpo  etish  va  uning  negizida  adolat,  qonuniylik  tamoyillariga 

tayanuvchi  zamonaviy  demokratik  jamiyatni  shakllantirishdek,  asriy  orzu-umid  imkoni  yuzaga 

keldi hamda uning konstitutsiyaviy-huquqiy asos-zaminlari yaratildi. 

  Milliy  demokratik  taraqqiyotning  o’zimizga  xos,  o’zimizga  mos  strategiyasi  belgilab  berilgan 

“o’zbek modeli”ning mashhur besh tamoyili, tamoyillarning ilmiy-amaliy yaxlit mundarijasi milliy 

davlatchiligimizning  yangidan  tiklanish  va  rivojlanish  jarayonlari  hamda  bosqichlari  mazmunini, 

xarakterini, tabiatini, ya’ni aniq demokratik maqomini tayin etdi. 

  Xo’sh,  ushbu  jarayonlar  va  bosqichlar,  umuman,  yaxlit,  mushtarak  siyosiy-demokratik 

pirovard-maqsadning  ibtidosi,  yo’li,  amaliyoti  hamda  aniq  samaralari  qanday  bo’ldi,  bo’layapti? 

Pirovard  -  maqsadning  nazariy-uslubiy,  g’oyaviy,  ilmiy  va  amaliy,  shuningdek,  konstitutsiyaviy-

huquqiy  asos-bazalari  takomili  nimalardan  iborat?  O’zbekiston  istiqlol  va  taraqqiyot  andozasi 

negizida  to’plagan  milliy  demokratik  rivojlanishning  o’ziga  xos  tarixiy  tajribasi  xususiyatlari 

qanaqa? Ular mazmun va maqomi umumdemokratik tsivilizatsiya talablariga to’la mos kelyaptimi 

yoki yo’qmi? Agar tanlangan yo’l umuminsoniy qadriyatlarning tsivilizatsiyaviy mushtarakligidan 

iborat umumdemokratik madaniyatning talab-ehtiyojlariga to’liq mos kelayotgan bo’lsa, uning sir-

asrori nima va sabab-oqibatlari qanday? Mustaqil davlatimizning jahon demokratik hamjamiyatida 

munosib o’rin tutishi yo’lidagi sa’y-harakatlari kutilgan natijasini beryaptimi? Mustaqillikni yanada 

mustahkamlash,  milliy  tiklanish  jarayonlarini  demokratik  g’oyalar  va  ular  amaliyoti  bilan  to’liq 

ta’minlash, tub islohotlar hamda yangilanishlarni demokratik yanada chuqurlashtirish orqali jamiyat 

hayotining  barcha  sohalarini  demokratik  liberallashtirish,  ijtimoiy  taraqqiyotning  oliy  belgisi, 

ko’rinishi  bo’lmish  adolatli,  ochiq  fuqarolik  jamiyati  asoslarini  shakllantirish  bilan  bog’liq 

taqdirilomon vazifalar ko’lamining nazariy-amaliy istiqbollari qanaqa? Zamonaviy jahoniy tafakkur 

tsivilizatsiyasiga  asoslangan  milliy  siyosiy,  huquqiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  ma’naviy-g’oyaviy 

nazariy  falsafaning  Prezident  Islom  Karimov  demokratik  ta’limoti  bilan  uzviy  mushtarakligidan 

iborat yaxlit kvintessentsiyasi mustaqil O’zbekistonda kechayotgan qizg’in demokratik jarayonlarda 


qanday amaliy ijrosini topmoqda? Umuman, O’zbekistonning o’z istiqlol va demokratik taraqqiyot 

yo’li hamda uni yanada takomillashtirish istiqbollari qanday? Va hokazo... 

  Savollar  jiddiy  ilmiy-nazariy  va  amaliy  aniq  javoblarni  talab  qiladi.  Ularni  yaxlit 

mushtaraklikda  aynan  “O’zbekistonda  demokratik  jamiyat  qurish  nazariyasi  va  amaliyoti” 

fani maxsus o’rganadi. 

  Fan yuzaga kelishining ijtimoiy, siyosiy-ma’rifiy ehtiyoji, eng avvalo, istiqlol o’laroq, 

tanlangan milliy rivojlanish yo’lining demokratik maqsad-maqomida, konstitutsiyaviy mazmun-

mundarijasidadir. 

  Mustaqillikning  ilk  kunlaridanoq,  O’zbekiston  o’z  istiqlol  va  taraqqiyot  yo’lini  demokratik 

dunyo tsivilizatsiyasi  talablari  hamda tartib-qoidalari,  umumbashariy tamoyillari  asosida belgiladi. 

U o’z maqomini dunyoviy davlat shaklida belgilabinsonparvar demokratik huquqiy davlat barpo 

etishga,  uning  konstitutsiyaviy-huquqiy  asoslarini  belgilashga  kirishdi.  Shu  ulug’  maqsad  yosh 

mustaqil  davlatni  bozor  iqtisodiyotiga  o’tishdek  erkin  demokratik  taraqqiyot  yo’lini 

tanlashga  olib  keldi.  Bu  yo’l  halokati  muhaqqaq  bo’lmish  qonli  inqilobiy  “sakrash”lar  asosida 

emas,  balki  bosqichma-bosqich,uzviy  tadrijiy  rivojlanish  bo’ldi.  Har  qanday  “izm”lardan, 



mafkuraviy  tazyiqlardan  xoli  bu  yo’l  demokratik  barqaror  yo’l  sifatida  iqtisodiyotni  Siyosatdan 

ustun  qo’yilishini  taqozo  etdi.  Ma’muriy-buyruqbozlikdek  totalitar,  g’ayridemokratik  tuzumdan 

demokratik  huquqiy  tsivilizatsiyaga  asoslangan  tizimga  o’tishdek,  qismatning  murakkab 

chorrahalarida  butun  mas’uliyat  va  tashabbusni  ongli  ravishda  o’z  zimmasiga  olgan  davlatning 

bosh  islohotchilik  maqomi  aniq  belgilab  olindi.  Bu  o’tish  bosqichidek  og’ir  davrda  jamiyatda 

siyosiy-ma’naviy  barqarorlikni,  tinchlik  va  osoyishtalikni  ta’minlash,  muqarrar  tub  islohiy 

yangilanishlarni  bosqichma-bosqich  amalga  oshirish,  odamlar  ongi  hamda  dunyoqarashini 

o’zgartirish, ularda demokratik qadriyatlar madaniyatini tarbiyalab, shakllantirish imkonini yuzaga 

keltirdi. Eng muhimi - jamiyat o’tish bosqichiga xos turli ijtimoiy larzalardan xoli bo’ldi. 

  Davlatning  bosh  islohotchilik  maqomi  davlat  va  jamiyat  qurilishi  tamoyillarini 

konstitutsiyaviy  to’g’ri  belgilash  orqali  hokimiyat  bo’g’inlari  har  birining  faoliyat  doirasini  aniq 

belgilab,  ular  o’rtasidagi  kelishmovchiliklarning  oldini  olishga  kafil  bo’ldi.  Mustaqil  davlat 

Asoschisi  va  Yo’lboshchisi  I.A.Karimovning  ham  davlat  boshlig’i,  ham  hukumat  raisi 

sifatidagi  konstitutsiyaviy  maqomi  aynan  ana  shu  maqsad  -  davlatning  bosh  islohotchilik 

vazifasiga to’liq safarbar etildi.  

  Demokratiyaning  bosh  talabi  bo’lmish  qonun  ustuvorligini  ta’minlash,  unga  to’liq  erishish 

konstitutsiyaviy  maqsad  qilib  belgilandi.  Zotan,  demokratik  jamiyatda  inson  huquqlari  va 

erkinliklari,  avvalo,  Konstitutsiya  hamda  qonun  ustunligi  bilangina  ta’minlanadi.  Qonun 

oldida hamma teng. Bu demokratiyaning oddiy talabi. 

  Ma’lumki,  bozor  -  iqtisodiyot  demokratiyasi  hisoblanadi.  Iqtisodiy  erkinlik,  mulkning  turli 

shakllarda  mavjud  bo’lishi  va  raqobat  asosida  erkin  rivojlanishi  iqtisodiyot  demokratiyasining 

asosi hisoblanadi. Mulkining shaklidan qat’i nazar mulk egasi erkin va ozod. U o’z manfaatlaridan 

kelib chiqqani holda, raqobat bozorida ishtirok etadi.  

  Iqtisodiyot  demokratiyasi  bo’lgan  bozorga  bosqichma-bosqich  o’tish  sharoitida 

jamiyatning  muayyan  ijtimoiy  qatlami,  shubhasiz,  aniq  yo’naltirilgan  kuchli  ijtimoiy  himoyaga 

tabiiy  muhtojlik  sezadi.  Demokratik  davlat  va  demokratik  jamiyat  ana  shu  muqarrar  muhtojlik 

o’laroq,  kam  ta’minlangan  odamlarni,  oilalarni,  xususan,  ko’p  bolali  oilalarni,  qariyalarni, 

nogironlarni  o’z  ijtimoiy  himoyasiga  oladi.  Bu  yolg’iz  demokratik  davlat  va  uning  negizida 

demokratik  jamiyat  barpo  qilish  sari  yuz  tutgan  o’tish  bosqichidagi  rivojlanayotgan  mamlakatlar 

uchungina emas, ayni paytda, rivojlangan  yirik demokratik davlatlar, ularning batartib va barqaror 

ijtimoiy Siyosati uchun ham aslida xos jihatdir.  

  Xalq  hokimiyatchiligi  bo’lgan  demokratiya  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining 

yaxlit  mundarijasini  tashkil  etdi.  Asosiy  Qonunning  Muqaddimasidan  so’nggi  128-moddasigacha 

davlatimizning  demokratik  maqomi  aniq  huquqiy  ifodasini  topgan.  Konstitutsiya  -  milliy 

demokratiyaning  yuridik  ko’zgusi.  Unda  umuminsoniy  demokratik  qadriyatlar,  xalqaro  huquq 

normalari, shuningdek, inson huquqi davlat huquqidan ustun qo’yilgan. Zotan, haqiqiy demokratik 

davlat  huquqiy  tajribasidagina  inson  huquqlari,  erkinliklari,  inson  manfaatlari  eng  yuksak  va  eng 



ustun qadriyat hisoblanadi. Demokratik davlat va jamiyat, avvalambor, inson manfaatlari, huquqlari 

va  erkinligi  uning  tinch-totuv  hayoti,  kelajagini  tashkil  etish,  himoya  qilishdek,  ulug’vor 

insonparvar  maqsadlarga  xizmat  qiladi.  O’zbekiston  o’z  Yo’lboshchisi  rahbarligida  ijtimoiy, 

siyosiy,  iqtisodiy  va  ma’naviy  hayot  ko’ndalang  qo’ygan,  qo’yayotgan  ana  shu  masalani 

demokratiyaning  fuqarolarning  teng  huquqliligi,  inson  huquqlarining  ustuvorligi,  xalqning  erkin 

xohish-irodasi,  hokimiyat  organlarining  saylab  qo’yilishi,  ularning  saylovlarga  bo’ysinishi, 

hokimiyat  tarmoqlarining  taqsimlanganligi,  tayinlash  yo’li  bilan  shakllanadigan  davlat 

organlarining  saylab  qo’yiladigan  organlar  oldida  hisob  berishga  burchliligi,  umuminsoniy 

qadriyatlar  hamda  xalqaro  huquq  normalarining  ustunligi  kabi  asl  tamoyillariga  qarab,  to’g’ri  hal 

qildi, hal qilmoqda, kundalik faoliyatga omilona tadbiq etmoqda. 

  Ma’lumki,  har  qanday  jamiyatda  demokratiya  qay  darajada  ekanligini  belgilovchi  printsiplar 

(xalq  hokimiyatchiligi,  qonun  ustuvorligi,  Qonun  oldida  barchaning  tengligi,  inson  huquqining 

davlat huquqidan ustunligi va b) qatorida kamida uchta mezon mavjud. Ular:  

  a)  xalqning  qarorlar  qabul  qilish  jarayonlaridan  xabardorligi,  ushbu  jarayonlarda  ongli  faol 

ishtirok etishi; 

  b) hukumat qarorlari, qonunlar ijrolari xalq tomonidan nazorat qilinishi (jumladan, jamoatchilik 

nazorati);  

  v) oddiy fuqarolarning davlatni, jamiyatni boshqarishda ongli faol ishtiroki. 

  Ha,  adolat  va  demokratiyani  tepadan  turib,  maxsus  farmon  yoxud  dekret  bilan  o’rnatib 

bo’lmaydi.  Bu  butun  xalqning,  har  bir  fuqaroning  birdek  mushtarak  ishtirokini  taqozo  etadi.  Ana 

shunga  erishgan  davlat  va  jamiyatgina,    ushbu  haqiqatni  teran  anglagan,  demokratik  tsivilizatsiya 

kashf etgan, asrlar sinovidan o’tgan, demokratik dunyoning  bugungi talablariga xizmat qiladigan, 

tanlab-saralab  olingan  milliy  qadriyatlar  va  umuminsoniy  tajribalar  tabiiy  uyg’unlashgan 

jamiyatgina demokratik maqom kasb etadi.  

  Konstitutsiyaviy  tamoyillarga  qat’iy  rioya  etish  asosida  yuqoridagi  universal  mezonlarning 

demokratik  amaliyoti  O’zbekiston  ijtimoiy  hayotida  demokratiya  talablari  va  printsiplarini  to’la 

qaror toptirish, davlat, jamiyat hamda davlat idoralari ishini demokratik tamoyillar negizida tashkil 

etish  imkonini  berdi.  Hokimiyatning  qonun  chiqaruvchi  (Oliy  Majlis),  ijro  etuvchi  (Vazirlar 

Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari) va sud tizimidan iborat uch mustaqil bo’g’ini bir-

birini  tiyib  turish,  nazorat  qilish  va  bir-birining  ishiga  aralashmaslik  maqomida  konstitutsiyaviy 

tashkil etildi.  

  Demokratik  davlat  va  jamiyatda  ijtimoiy  hayot  ko’p  partiyaviylik,  fikrlarning  xilma-xilligi, 

plyuralizm (jumladan, siyosiy va mafkuraviy plyuralizm) asosida rivojlanadi. Demokratiyaning bu 

qoidasi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasida muhrlab qo’yilgan  

  Zotan, har qanday demokratiya, avvalo, g’oyalar, qarashlar demokratiyasidan, demak, tafakkur, 

dunyoqarash, ong demokratiyasidan boshlanadi. Bu demokratiyaning ma’naviy talabi, ayni paytda, 

ma’naviyatning  demokratik  talabi.  Tafakkurni,  dunyoqarashni,  ongni  demokratlashtirmay  turib, 

davlatni,  jamiyatni  demokratlashtirib  bo’lmaydi.  Qonun  va  qonun  talablari  kamsitilib  kelingan 

muhitda  shakllangan  jamiyat,  tarbiyalangan  inson  uchun,  shubhasiz,  demokratik  umuminsoniy 

qadriyatlarga  ko’nikish,  uning  qat’iy  talablari,  qonun-qoidalariga  bo’ysinib,  ularga  rioya  etib 

yashash  haddan  tashqari  og’ir,  mushkul.  Ko’nikish  jarayoni  qiyin  kechmoqda.  Demokratiyaga 

o’tish  bosqichida  bu  tabiiy  hol.    Bu  erda  muqobil  yo’l  yo’q.  Aks  holda,  umumbashariy 

taraqqiyotning  tsivilizatsiyalashgan  umumdemokratik  yo’lidan  chetga  chiqib,  qismatning  yanada 

og’ir  muammolari  girdobida  qolib  ketish,  hatto,  g’arq  bo’lish  mumkin.  Tsivilizatsiyalashgan 



yagona  najot  yosh  mustaqil  davlatning  siyosiy,  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  ma’naviy  hayot 

muammolarini  umumtan  olingan  demokratik    tamoyillarga  qarab  to’g’ri,  oqil  belgilashda, 

kundalik hayotimizga ushbu tamoyillarni ongli tadbiq eta olish san’atida. Shunday saodatga 

O’zbekistonda erishildi, erishilmoqda. 

  Inkor  qilish  kayfiyatidan  bunyodkorlik  kayfiyatiga,  odamlar  dunyoqarashini  boshqarishdan 

ularning ongi-tafakkurini demokratik o’zgartirish, demokratik boyitish yo’liga o’tgan, sof demokrat 

mazmun-mundarija  kasb  etib,  unga  xizmat  qilayotgan  jamiyat  hayotini  demokratik  yangilashga, 

jamiyatu  xalqni  ulug’  demokratik  maqsadlar  yo’lida  yakdilu  yaktan  etib,  adolat  muqaddasligiga 


ishontirib,  unga  da’vat  qiluvchi,  ruhlantiruvchi  milliy  g’oya  (O’zbekiston  -  kelajagi  buyuk 

davlat), ma’naviyat  demokratiya bilan uyg’unlashtirildi.  

  Ana shu tariqa yangi insonparvar demokratik huquqiy o’zbek davlatchiligi yuzaga keldi va 

erkinlik, ozodlik, adolat uning demokratik mezoniga aylandi. 

  O’zbekiston  demokratik  jamiyat  barpo  etish  jarayonlarini  yanada  tubdan  isloh  qilishga 

qaratilgan  “Kuchli  davlatdan  -  kuchli  fuqarolik  jamiyati  sari”  siyosiy  qurilish  dasturini  ishlab 

chiqib, uning amaliy ijrosini to’liq ta’minlashga kirishdi. Jamiyatni demokratik yanada isloh qilish 

maqsadida  hayotning  barcha  sohalarini,  jumladan,  siyosiy  va  iqtisodiy  jabhani,  davlat  hamda 

jamiyat qurilishi jarayonlarini erkinlashtirish bosqichiga kirishdi. Bu - alohida mavzu. 

  Ayni  paytda,  demokratik  o’zgarishlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyati 

asoslarini  shakllantirishning  ettita  maqsad-vazifalardan  iborat  bosh  yo’nalishlari  yaxlit 

kontseptsiya  -  siyosiy  dastur  maqomida  ishlab  chiqildi.  Ular  ijrosi  boshlab  yuborildi.  Bu  haqda 

dasturimizning so’nggi ma’ruzasida maxsus to’xtalamiz. 

  Xulosa: 

  1.  O’zbekiston  mustaqillikka  erishgach,  o’z  milliy  davlatchiligining  yangi  demokratik 

bosqichiga qadam qo’ydi.  

2. 


Asosiy  Qonunda  mustaqil  davlatning  konstitutsiyaviy  maqomi  aniq  belgilandi  va  u 

O’zbekiston xalqining bosh maqsadi, deb hisoblandi  (“insonparvar demokratik huquqiy davlat 



barpo etish”).  

3. 


Mustaqil demokratik davlatning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari, jamiyatda Konstitutsiya 

va Qonun ustunligi, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi bosh qoida, deb aniq belgilandi.  

4. 

Demokratik  tsivilizatsiyagagina  xos  bo’lgan  boshqaruvning  Prezidentlik  instituti  joriy 



etildi.  Hokimiyat  uch  mustaqil  bo’g’inga  ajratildi.  Boshqaruvning  bo’lak  demokratik  institutlari 

tashkil etildi. Demokratik saylov va odil sudlov tizimlari shakllandi.  

5. 

Inson  huquq  va  erkinliklari  muqaddas,  inson  huquqlari  davlat  huquqidan,  xalqaro  huquq 



normalari  milliy  huquq  normalari  ustidan  ustuvor,  deb  topildi.  Qonun  oldida  barcha  teng  bo’ldi. 

“Kuch - qonun adolatida” tamoyili kuchga kirdi.  

6. 


Qonun  ustuvorligi,  demokratik  tamoyillari  qaror  topib,  xalq  uchun  erkin  hayot,  farovon 

turmush sharoitini yaratish - tub demokratik islohotlarning tamal toshiga aylandi. 

7. 

Odamlar  dunyoqarashi  o’zgardi.  Demokratiya  va  adolat,  haq-huquq  va  erkinlik  xalqning 



qarorlar,  qonunlar  qabul  qilish  jarayonlariga  ongli  faol  ishtirok  etish,  ular  ijrolarini  amaliyotda 

nazorat qilish, oddiy odamlarning davlatni, jamiyatni boshqarishda qatnashishi odat tusiga aylandi. 

8. 

Jamiyatda  demokratik,  siyosiy  va  huquqiy  ongni  yuksaltirish,  odamlar  ijtimoiy  faolligini 



kuchaytirish  orqali  xalq  hokimiyatchiligi  instituti  faoliyatini  yanada  takomillashtirishga  qaratilgan 

tub demokratik islohotlar qizg’in davom ettirilmoqda va kutilgan aniq samaralarini bermoqda. 

9. 

Demokratik  printsiplar  jamiyat  hayotining  taqdirilomon  mohiyatiga  aylanmoqda. 



Demokratik jamiyat barpo etish jarayonlari va bosqichlarini milliy istiqlolning demokratik mumtoz 

g’oyalari bilan mafkuraviy-ma’naviy ta’minlash davom etmoqda. 

10. 

O’zbekistonda demokratik islohotlar nazariyasi va amaliyoti Islom Karimov siyosiy teran 



falsafasi  o’laroq,  mustaqil  milliy  demokratik  ta’limotni  yuzaga  keltirdi.  Va  u  umumdemokratik 

dunyo siyosiy ta’limotining ajralmas uzviy tarkibiga aylanib, uni boyitdi, boyitmoqda. 

11. 

Eng  muhimi  -  O’zbekiston  o’zi  uchun  demokratik  tsivilizatsiyani  kashf  qildi  va  shu 

tsivilizatsiya makonida yashashdek saodatga erishdi va h.k. 

  Ana  shu  tarixiy  ob’ektiv  omillar  va  yana  boshqa  qator  qadriyatlar,  qizg’in  demokratik 

yangilanish  jarayonlari  O’zbekistonda  ushbu  fan  yuzaga  kelishining  ijtimoiy-siyosiy  ehtiyojiga 

aylandi.  Ehtiyoj  qondirildi.  Bashariyat  tsivlizatsiyasining  tarixan  boy  demokratik  tajribalariga 

tayangan, O’zbekistonning o’z milliy xususiyatlari, an’analari, mentaliteti, o’ziga xos istiqlol yo’li 

qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish, fuqarolik 

jamiyati asoslarini shakllantirish bilan bog’liq konstitutsiyaviy maqsadning  nazariy-amaliy tahlili, 

tahliliy umumlashmasi, ilmiy-amaliy xulosalari barcha uchun, shubhasiz, ibratlidir.  

     Fanning  predmeti.  Jahon  demokratik  tsivilizatsiyasi  yutuqlari,  Prezident  Islom  Karimov 

siyosiy  ta’limoti  silsilasida  O’zbekiston  xalqining  konstitutsiyaviy  maqsadlaridan  biri  bo’lgan 


insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish,  uning negizida demokratik fuqarolik jamiyati 

asoslarini  shakllantirish  bilan  bog’liq  milliy  tiklanishning  tub  islohiy-strategik  jarayonlari  va 

bosqichlari, O’zbekistonning istiqlol va o’ziga xos demokratik taraqqiyot yo’li kontseptsiyasi, uning 

amaliy  tajriba  hamda  saboqlari,  tarixan  g’oyat  qisqa  davrda  shakllangan  milliy  demokratik 

qadriyatlar,  teran  siyosiy  qarashlar,  real  demokratik  milliy  madaniyat  tsivilizatsiyasining  nazariy-

amaliy  asos-samaralari,  yakunlari,  jamiyatda  sodir  bo’lgan,  bo’layotgan  qizg’in  va  izchil  ijtimoiy 

demokratik  hodisa  hamda  voqealar,  ular  o’rtasidagi  sabab-oqibat  dialektikasi,  botiniy  mantiqiy 

aloqalar  uzviyligi  “O’zbekistonda  demokratik  jamiyat  qurish  nazariyasi  va  amaliyoti”  fanining 



predmeti hisoblanadi.  

  Fanni  o’qitishning  maqsadi  -  dunyoviy  O’zbekistonda  demokratik  jamiyat  qurish  g’oyasi, 

tarixiy  takomil  bosqichlari,  istiqlol  davri  jarayonlari  bilan  bog’liq  nazariy-amaliy  muammolarni 

tizimiy-tahliliy  umumlashtirish  orqali  insonparvar  dunyoviy  huquqiy  davlat  barpo  etish  negizida 

demokratik  adolatli,  ochiq  jamiyatni  qurishning,  shakllantirishning  nazariy-amaliy  tajribalari  va 

qonuniyatlarini ochib berish.  

  Vazifasi  -  milliy  qadriyatlarning  umuminsoniy  qadriyatlar  bilan  bevosita  uzviyligi,  xalqaro 

huquqning  ustunligi  negizida  inson  huquqlari,  erkinliklari  hamda  manfaatlari  himoyasiga  xizmat 

qiluvchi,  Konstitutsiya  va  qonun  ustuvorligi  ta’minlangan,  xalq  hokimiyatchiligi  tamoyiliga 

asoslangan adolatli demokratik jamiyat talablarining mustaqil O’zbekiston davlatchiligi maqomiga 

uyg’unligi haqiqati o’laroq, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish, uning asosida ochiq 

fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish  jarayonlari  hamda  bosqichlarining  Prezident  Islom  Karimov 

siyosiy falsafasiga tayangan nazariy kontseptual g’oyalari, ularning amaliy aniq ijrolari tajribasi va 

saboqlarini teran o’rganish, ijodiy chuqur o’zlashtirish orqali talabalarda jamiyat hayotining barcha 

jabhalarida  kechayotgan  tub  taqdirilomon  demokratik  islohiy  yangilanishlar,  qizg’in  demokratik 

o’zgarishlar, jamiyatda asl demokratik tsivilizatsiya madaniyatining shakllanishi jarayonlariga ongli 

faol ishtirok etish, jarayonni yanada sersamar bo’lishiga imkon qadar hissa qo’shishga intilish, unga 

erishish ko’nikmasini tarbiyalash fanning asosiy maqsadi hisoblanadi.  

  Mazkur fan boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar kabi o’z ilmiy-nazariy va amaliy usullariga ega. 

Ular:  

  - tahliliy, tahliliy-umumlashma usul

  - tarixiy usul; 

  - qiyosiy-tipologik usul; 

  - dialektik usul va b. 

  Tahliliy,  tahliliy-umumlashma  usul  O’zbekistonda  qizg’in  kechayotgan  demakratik 

yangilanishlar jarayonlari va bosqichlarining umummushtarak qonuniyatlarini, har bir jarayon, har 

bir bosqichning o’ziga xos xususiyatlari, maqsad hamda vazifalarini, ularning ilmiy-nazariy, ya’ni 

kontseptual  mazmun-mundarijasini,  amaliy  ijrolari  samaralarini,  g’oya  bilan  uning  amaliyoti 

dialektikasini  o’rganish,  anglash,  ijodiy  umumlashtirish,  ilmiy-amaliy  asoslangan  muayyan 

xulosalar orqali jarayon yoxud bosqichning yanada sersamar bo’lishini ta’minlovchi yangi g’oyalar 

zahirasi  hamda  ularni  amaliyotga  aniq  joriy  etish  usul  va  vositalarini  kashf  etish  imkonini  beradi. 

Natijada talabada ijtimoiy-siyosiy murakkab demokratik jarayonlarning botiniy mohiyatlarini, ichki 

uzviy  qonuniyatlarini  mustaqil  anglash,  mushohada  qilish,  tahlil  etish,  umumlashtirish,  tegishli 

ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish, kerak bo’lsa, jarayonni tezlashtirish, yanada samarador bo’lishiga 

xizmat qiluvchi tashkiliy-ijodiy tashabbus ko’rsatish rag’bati uyg’onadi.  

  Tarixiy  usul  vositasida,  talaba,  avvalo,  demokratiya  tushunchasi,  uning  boy  nazariy-tarixiy 

asoslari, ko’p ming yillik amaliyoti, o’tmish mutafakkirlarning demokratiya nazariyasi va takomili 

bilan bog’liq rang-barang siyosiy-huquqiy qarashlari, g’oyalari, ta’limotlari bilan tanishish, nazariy 

bilim-saviyasini oshirish imkoniga ega bo’ladi. Ayni paytda, talaba demokratik jahon tsivilizatsiyasi 

tarixi, klassik nazariy tafakkurning rivojlanish va takomil bosqichlari, demokratik tsivilizatsiyaning 

zamonaviy  qadriyatlari,  umuminsoniy  tamoyillari  hamda  talablari,  ularning  amaliy  ijrolari 

tajribalari-yu  saboqlari  bilan  chuqur  tanishadi,  ularni  hurmat  qilish  va  ularga  rioya  etish,  hayoti, 

faoliyatini  demokratik  madaniyatdek  sog’lom,  muqaddas,  odil  qadriyat  asosida  tashkil  etish, 


yashash,  ishlash  ko’nikmasini  o’zlashtiradi.  Zotan,  jamiyat  demokratiyasi  va  demokratik  jamiyat 

har bir individning demokratik tsivilizatsiyasi mahsulidir.  

  Qiyosiy-tipologik  usul  orqali  talaba  demokratik  madaniyat  va  tsivilizatsiya  rivojlangan 

davlatlar  hamda  jamiyatlarning  shakllanish  va  taraqqiyot  tajribalarini  qiyosiy  chuqur  o’rganish, 

tipologik umumlashtirish orqali ularning mustaqil O’zbekiston demokratik hayotida, maqomida qay 

tarzda  namoyon  bo’layotgani  qonuniyatlarini,  omillarini  teran  anglab  olishga  muvaffaq  bo’ladi. 

Umumtan  olingan  jahoniy  demokratik  qadriyatlaru  tamoyillari  talablariga  O’zbekistonda  barpo 

etilayotgan  demokratik  davlat  va  demokratik  jamiyat  amaliyoti  qay  tarzda  javob  beradi,  ayni 

paytda,  shakllanayotgan  demokratik  jamiyatning  o’ziga  xosu  o’ziga  mos  milliy  xususiyatlari 

nimada,  degan  savollarga  aynan  ana  shu  qiyosiy-tipologik  usul  aniq  ilmiy-amaliy  javoblar  beradi. 

Xulosani esa talabaning o’zi chiqarib olaveradi.  

  Dialektik  usul  talabaga  demokratik  tsivilizatsiya  va  uning  shakllanish,  rivojlanish, 

takomillashish  qonuniyatlarini,  o’rganishga,  ularning  amaldagi  ro’yoblari  xususiyatlarini  ijodiy  -

tahliliy  o’zlashtirishga,  jarayonga  ongli  faol  ishtirok  etish,  uni  yanada  takomillashtirish 

imkoniyatlarini izlash, topish amaliyotiga yordam beradi va h.k. 

  Fanni  o’qitishning  nazariy-metodologik  asoslari  bo’lib  O’zbekiston  Respublikasining 

Konstitutsiyasi,  qonunlar,  I.A.Karimovning  teran  shakllangan  siyosiy  ta’limoti,  o’tmish 

mutafakkirlarining  siyosiy-huquqiy  qarashlari,  jahon  demokratik  tsivilizatsiyasining  qadim  va 

zamonaviy ilmiy-nazariy g’oyalari, mushtarak amaliy tajriba hamda saboqlari xizmat qiladi. 

   


Mazkur  fan  Siyosatshunoslik,  falsafa,  sotsiolgiya,  tarix,  iqtisod,  huquqshunoslik, 

ma’naviyat  asoslari,  milliy  istiqlol  g’oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar,  mantiq,  dinshunoslik 

singari  ijtimoiy-gumanitar  fanlar  bilan  bevosita  aloqada  O’zbekistonda  demokratik  jamiyat  qurish 

jarayonlari  hamda  bosqichlarining,  yosh  mustaqil  davlat  va  jamiyatda  demokratik  tsivilizatsiya 

shakllanishining o’ziga xos nazariy-amaliy muammolarini insonparvar demokratik huquqiy davlat, 

adolatli  fuqarolik  jamiyati  maqomlarida  tadqiq  etadi,  ilmiy-tahliliy  umumlashtiradi,  demokratik 

yangilanishlar  jarayonlarini  yanada  rivojlantirish,  uning  nazariy-amaliy  asoslarini  yanada 

takomillashtirish bilan bog’liq yangi-yangi g’oyalar zahiralarini kashf etadi, ularni amalga oshirish 

mexanizmlarini taklif etadi. Shu maqomi bilan ushbu fan ko’proq Siyosatshunoslik, sotsiologiya va 

huquqshunoslik fanlariga yaqin turadi. 

  Jumladan,  Siyosatshunoslik  fani  demokratik  jamiyat  qurilishi  jarayonlari,  avvalo,  siyosiy  

hodisa ekanligi haqiqatidan kelib chiqqan holda, siyosiy ta’limotlar, siyosiy institutlar va ularning 

funktsiyalari,  siyosiy  tizim  va  siyosiy  rejim,  ularning  takomili,  tarkibiy  qismlari,  siyosiy  ong, 

siyosiy  madaniyat,  siyosiy  plyuralizm,  ko’ppartiyaviylik,  siyosiy  huquqlar,  siyosiy  hokimiyat, 

siyosiy manfaatlar, siyosiy rahnamo,  siyosiy elita, shaxs  va Siyosat, siyosiy ijtimoiylashuv  singari 

jamiyat  siyosiy  hayotining  turli  jihatlari  hamda  sohalarini  hozirgi  istiqlolcha  siyosiy  jarayonlar  va 

siyosiy  sohani  erkinlashtirish  qonuniyatlari-silsilasida  o’rganish,  o’rgatish  asosida  O’zbekistonda 

insonparvar  demokratik  huquqiy  davlat  hamda  jamiyat  tizimini  shakllantirishning  siyosiy 

xususiyatlari,  omillari,  asos-manbalarini  tahliliy  umumlashtiradi.  Siyosiy  tub  islohotlarning  aniq 

samaralarini belgilab, ularning takomillashuv istiqbolini bashorat qiladi.   

  Huquqshunoslik fani davlat va jamiyatning konstitutsiyaviy-huquqiy tizimini, tizim nazariyasi 

hamda  amaliyotini  o’rganadi.  Huquqiy  davlat,  uning  yuridik  maqomi,  asoslari  va  funktsiyalari, 

davlatning konstitutsiyaviy  - huquqiy rivojlanish  qonuniyatlarini o’rganish ham shu fan vazifasiga 

kiradi va h.k.  



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin