1-Mavzu: Pedagogik innovatika – pedagogikaning alohida sohasi sifatida Innovatsiya va uning turlari. Reja



Yüklə 440,95 Kb.
səhifə1/25
tarix24.05.2022
ölçüsü440,95 Kb.
#59253
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
105064 UMK Pedagogik innovatika


1-Mavzu: Pedagogik innovatika – pedagogikaning alohida sohasi sifatida
Innovatsiya va uning turlari.


Reja:

  1. Pedagogik innovatikaning paydo bo’lishi va rivojlanish shart-sharoitlari.

  2. Pedagogik innovatikaning mohiyati, maqsad va vazifalari.

  3. Pedagogik innovatikaning asosiy tushunchalari

  4. Innovatsiya va uning turlari.



Tayanch tushunchalar: Novatorlik, madaniyat, ta’lim, jamiyat, rivojlanish, an’analar,innovatika,innovatsion jarayonlar.


1.Pedagogik innovatikaning paydo bo’lishi va rivojlanish shart-sharoitlari.

1. Ma’lumki, bugun barcha davlatlar ta’limga imkon qadar ko’p yangilik kiritishga intilmoqda. Bugungi yangiliklar ularga uyushgan, rejali, ommaviy yondashuvni talab etadi. Yangiliklar kelajak uchun uzoq muddatli investitsiyalardir. Novatorlikka qiziqish uyg’otish, yangilik yaratishga intiluvchan shaxsni tarbiyalash uchun ta’limning o’zi yangiliklarga boy bo’lishi, unda ijodkorlik ruhi va muhiti hukm surishi lozim. Ana shunday dolzarblikdan kelib chiqqan holda, bugungi kunda pedagogikaning mustaqil sohasi – pedagogik innovatika jadallik bilan rivojlanib bormoqda.


Novatorlik va yangilik – madaniyat, ta’lim va umumiylikda jamiyat rivojlanishining ikki jihati. An’analar va yangiliklarning xilma-xil munosabatlariga tayanib, madaniyatshunoslar jamiyatni an’naviy va zamonaviyga ajratib ko’rsatishadi. An’anaviy jamiyatda an’ana novatorlik ustidan hukmronlik qiladi. Zamonaviy jamiyatlarda esa, novatorlik bazali qadriyat sanaladi.
“Innovatika” tushunchasi bundan 100 yil avval madaniyatshunoslik va lingvistikada madaniy diffuziya, ya’ni bir madaniy realning boshqa hududga tarqalishini asoslab berish jarayonida paydo bo’lgan.
“Innovatsion jarayonlar” tushunchasining to’liq tavsifi XX asrning boshlarida, aniqrog’i 1911 yilda iqtisodiyotchi I.Sрumpeter tomonidan iqtisodiy tizimlardagi o’zgarishlarni tahlil qilishning “yangi kombinatsiyasi”ni tahlil qilish jarayonida taqdim etilgan.
1930 yilllarda I.Sрumpeter va G.Menshlar yangi texnologiya yoki mahsulotdagi ilmiy kashfiyotni tavsiflovchi “innovatsiya” tushunchasini fanga kiritishgan. 1970 yillarda zamonaviy postindustrial dunyoning rivojlanish vektorini aniqlab beruvchi “innovatsion jamiyat” tushunchasining paydo bo’lishi yangiliklar kiritish haqidagi fanning murakkab, keng tarqalgan sohaga aylanishiga sabab bo’ldi.
Pedagogik innovatsion jarayonlar G’arbiy Yevropada 1950 yillarda, Rossiyada 1980 yillarda hamda O’zbekistonda 2000 yillarda maxsus o’rganish predmetiga aylandi. Bugungi kunda pedagogik innovatika ta’lim sohasidagi innovatsion jarayonlarning uch asosiy elementi: pedagogik yangiliklarni yaratish;ularni amaliyotga joriy etish va o’zlashtirish;qo’llash va keng yoyishning birligi va o’zaro aloqadorligi haqidagi fan sifatida e’tirof etiladi.
Bugungi kunda esa, mazkur yo’nalishda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda Respublikamizda innovatsion loyihalar tizimining yo’lga qo’yilganligi, innovatsiya, innovatsion jarayon, innovatsion faoliyat, innovatsion boshqarish sohalarida qator tadqiqot ishlarining amalga oshirilganligi buning yorqin misolidir.



Yüklə 440,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin