1-mavzu: «terminologiya va davlat tilida ish yuritish asoslari» fanining maqsad va vazifalari. Reja



Yüklə 24,51 Kb.
səhifə1/3
tarix01.06.2022
ölçüsü24,51 Kb.
#60322
  1   2   3
1-mavzu


1-MAVZU: «TERMINOLOGIYA VA DAVLAT TILIDA ISH YURITISH ASOSLARI» FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI.
REJA:

  1. Terminologiya va davlat tilida ish yuritish asoslari kursining ob’ekti va vazifalari.

  2. Ish yuritish tarixi.

Mavzuning asosiy tayanch tushunchalari:
Terminologiya, termin, davlat tili, mushtarak, Vasiqalar to`plami, Qonuni Humoyun, Suluk al-muluk, Sug`d arxivi, hujjatchilik , atamashunoslik, farmon, bitim, arznoma, yorliq, tilxat, qarznoma ,guvohnoma.
Dars maqsadi:
«Terminologiya va davlat tilida ish yuritish asoslari» fanining maqsad va vazifalari, ish yuritish tarixi haqida talabalarga ma’lumot berish.


1-savol bayoni:
Oliy o`quv yurtlari talabalari uchun mo`ljallangan mazkur kurs ularga respublikamizda faoliyat ko`rsatayotgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda yuritib kelinayotgan ish qog`ozlari turlari, ularning vazifasi, ularda aks etadigan ma’lumotlar, axborotlar, fikr-mulohazalar, hujjatlarning zaruriy qismlari, ular bilan bog`liq atamalar to`g`risida ma’lum tushunchalar beradi.
Ma’lumki, respublikamizda 1989-yil 29-oktabrda o`zbek tiliga davlat tili huquqi berilgan, 1991-yil 31-avgustda esa mamlakatimiz sobiq sho`rolar hukmronligidan qutilib, mustaqillikka erishgan bo`lsa-da, bir qator korxonalarda hujjatlar, ish qog`ozlarini davlat tilida yangi alifbo va imlo qoidalari asosida yuritishga o`tish biroz qiyinchilik bilan kechmoqda. Buning bir qancha sabablari bor, albatt. Ulardan biri yangi alifbo va imlo qoidalari asosida davlat tilida ish yuritish bo`yicha maxsus o`quv qo`llanmalari, uslubiy ishlarning kamligi bo`lsa, ikkinchidan, bu sohada ish yurituvchi mutaxassis-xodimlar tayyorlashning hali keng tus olmaganligidir.
Ish qog`ozlari yuritish bo`yicha dastlabki bilimlar umumta’lim maktablari, litsey va kasb-hunar kollejlarida berilmoqda. Chunki bu o`quv yurtlarini tugatgan har bir yosh tegishli ma’lumotga egaligi to`g`risidagi hujjatni qo`lga olgach, mustaqil hayotga qadam qo`yadi. Ana shu davrdan boshlab ular ish qog`ozlari, hujjatlarga har qadamda duch kela boshlaydilar. Ishga kirish uchun, o`quv yurtiga hujjat topshirish uchun, mehnat ta’tili olish yoki biror voqea tufayli o`z hisobidan mehnat ta’tili olishi uchun ariza yozishi, mehnat ta’tilidan qaytganligi yoki betoblikdan so`ng ishga tushganligi to`g`risida bildirishnoma yozishi, yo`l qo`yilgan xato-kamchiliklar yoki nojo`ya xatti-harakatlar uchun tushuntirish xati yozishi, bajarilgan ishlar yoki berilgan topshiriqlar yuzasidan, xizmat safari bo`yicha hisobot yozishi, yetkazilgan moddiy, ma’naviy yoki jismoniy zarar uchun da’vo arizasi yoxud shikoyat xati yozishiga to`g`ri keladi. Ba’zan mana shunday hujjatlarni o`rta yoki o`rta-maxsus ma’lumotli mutaxassisgina emas, balki oliy ma’lumotli malakali mutaxassislar ham to`g`ri rasmiylashtira olmaydilar. Shunga ko`ra oliy o`quv yurtlari talabalari uchun “Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik” kursining kiritilishi hamda o`qitilishi har tomonlama maqsadga muvofiq ish bo`ldi. Shuningdek, bu kurs akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida keyingi yillarda o`tila boshlagan “Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish” fanining mantiqiy davomi sifatida talabalarning bu sohadagi bilimlarini yanada chuqurlashtirish uchun xizmat qiladi.
Mazkur kurs talabalarga amaliyotda qo`llanib kelinayotgan hujjatlar, ularning xillari, har bir hujjatda qamrab olinishi lozim bo`lgan o`ziga xos dalillar, ma’lumotlar, axborotlar, fikr-mulohazalar, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotimizga oid, o`z mutaxassisliklariga doir hamda hujjatlar yuritishga oid atamalar, ularni tanlash va qo`llashdagi o`ziga xos xususiyatlarni kengroq o`rganishlari uchun xizmat qiladi.



Yüklə 24,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin