1. Milliy harakatli o'yinlarining tiklanishi va shakllanishi
2. 0
‘zbek xalq o'yinlarining tasnifi
3. XALQ HARAKATLI 0
‘YINLARINING MOHIYATI YA TASNIFIY
XUSUSIYATLARI
Zayniddin Vosifiyning hikoya qilishicha, “Navro'z Axmad
kamondorlikda shu darajaga yetdiki, birorta pahlavon ham
uningde
k kamon tortolmasdi”. Uning yoy o'qi dushman ko'ziga
borib yetmay tinchimasdi; kamon tortgan vaqtida falak qavs
chillaxonasidan turib tahsinga og'iz ochardi. O'qi otilgan vaqtda
burchaklardan “Ofarin” ovozi ko'tarilardi...5 Zahiriddin
Bobuming ijodiy meros
i “Bobumoma”da tirandozlikka doir
voqealar berilgan: “...O'qni o'rta chog'liq otar edi, bisyor zarb
mushtibor edi, aning mushtindin yiqilmagan yo'qtur... Xasan
Ya’qubbek mardona kishi edi. O'qni yaxshi otar edi... Yana bir
Fariddin Husayn mirzo edi. Yoyni kuchluk tortib, o'qi qirq
botmon ekandur...” “Yana Islim barlos edi... O'ttuz
-qirq botmon
yoy kuch birla otib, taxtadin o'tkazur edi. Qaboq maydonida
maydon boshidan chopib, yoyni tushurib ko'rub, otib qaboqni
urar edi. Yana zixgirni bir kari-bir yarim kari rishtaga bog'lab,
rishtaning yana bir uchini bir yig'ochga bog'lab, evrulur edi.
Evrulur holatda o'qni otib, zixgurdin o'tkarar edi. Mundoq g'arib
ishlari xeyli bor edi...”.6 Bobur Mirzoning o'zi ham chapdast
tirandoz bo'lgan. Xalq yozuvchisi Pirimqul Qo
dirovning “Yulduzli
tunlar” romanida uning merganligini shunday tasvirlaydi:
“Chorbog' ichida o'n ikki yoshli Bobur Mirzo chavandozlik
mashqlarini o'tkazmoqda. U chorbog' chetidagi yalanglikdan
bo'z otni choptirib chiqdi-yu, birdan jilovini 53
айнидцин
Махмуд
Восифий
,
Бадоеь
ул
вацоеь
.
Т
.,
Адабиёт
ва
саньат
нашриёти
, 1979.69-6. 63
ахириддин
Мухаммад
Бобур
,
"
Бобурнома
".
Т
.,
Юлдузча
, 1989,10,16,150,156-
бетлар
qo'yib
yubordi. Kamonga chapdastlik bilan o‘q o'rnatdi va chopib
borayotgan ot ustidan nishonga otdi. Y
oy o‘qi nishon yog'ochga
“taq” etib urilgani baralla eshitildi”.7 Xolchayontepa va
Bolaliktepadagi arxeologik qazilmalar paytida topilgan kamon
o‘qlarining uchlari ajdodlarimizning azaldan tirandozlik bilan
mashhur bo‘lganliklariga dalildir. Xolchayontepad
an topilgan ot
va suvorilaming haykalchalari g‘oyat katta ilmiy qimmatga ega.
Xolchayon otlari yengil qurollangan suvorilar uchun
mo‘ljallangan bo‘lib, suvorilar maxsus kiyimda yurishgan va o‘q
-
yoy bilan qurollangan. Topilgan suvori haykalchalari shuni
ko‘
rsatadiki, ular otda yelib borayotib, nishonga aniq urganlar.
Termiz yaqinidagi Ayritom, Xorazmdagi Tuproqqal’a va boshqa
joylardan topilgan buyumlar, suyak, tosh, sopolga tushirilgan
rasmlarda qadimgi madaniyat, kurash, chavandozlik,
tirandozlik, ov jarayonlari aks ettirilgan. Bu davrda yashagan
xalqlar o'rtasida jangovarlikni oshirish, ov hududlarida
osoyishtalikni ta’minlash va o'z vatanlarini himoya qilish, xalq
farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladigan diniy, madaniy
marosimlar, rasm-rusumlar, to'ylar va xalq sayllaridagi
kamondan o'q otish, qilichbozlik, qalqonbozlik, nayzabozlik,
kurash, ot o'yinlari, sport turlari tantanali ravishda o'tkazilgan.
Shuningdek, o'zbek xalq o'yinlari orasida chavandozlik sport turi
muhim o'rin tutgan. O'rta Osiyo xalqlari o'rtasida chavandozlik
bilan bog'liq bo'lgan o'yinlar va sport turlari musobaqa-bahslar
doimiy ravishda o'tkazilib turgan, lekin ulardagi jismoniy
mashqlaming asosiy yo'nalishi harbiy-amaliy tavsifga ega
bo'lgan. Xalqimizni otsiz tasawur qilish qiyin, shuningdek,
Дк
bolalik chog'idanoq ot minish bu yerda yashovchilar uchun odat
tusiga kiigan. Xalqimiz orasida ot bilan bog'liq “Ko'pkari
-
uloq”,
“Poyga”, “Qiz quvmoq”, “Ag'darish”, “Ot ustida qilichbozlik”,
“Qovoq o'yini”, “Chavgon” kabi xalq o'yinlari ko'
plab
o'tkazilgan. Abulqosim Firdavsiy “Shohnoma” asarida “Uloq”
so'zini ko'p ishlatgan. Al-Maqsudiy Qurbon hayiti haqida
yozganda: “Bayram kuni jurjonliklar bilan bekrobodliklar
o'rtasida tuya kallasini qo'lga kiritish uchun tortishuv bo'ladi”,
deb qimmatl
i ma’lumot qoldirgan. Mahmud Koshg'ariy ham
chavandozlik va tirandozlikka doir ko'plab misollar keltiradi:
“o'q otishga usta odam —
mergan”, “ot poygasida va chavgon
o'yinida maydon qirg'og'iga tortiladigan 7
П
.
Кодиров
,
Сайланма
, 3
жилдлик
. 3-
ж
.
Юлдузли
тунлар
.
Роман
.
Т
.,
Адабиёт
ва
санъат
нащриСти
, 1998. 28-
6. ! 20 arqon”,
“chavgon o'yini maydonida chegarani belgilab chizilgan chiziq”,
“chavandoz”, “u otni chiviq bilan sekin urdi”, “ot surdi”, “ot
terladi”, “balandlatib otdi”, “tegdi, tegib o'tib ketdi”, “poyga”,
“ot poygasi”, “u otda poyga qildi”, “yo'rg'a ot”, “odam o'qni
kamonga to'g'riladi”, “otlik otni qattiq choptirdi —
yo'rtdi”, “ot
anjomlari: yugan, jabduq
—
egar ustiga qo'yiladigan yostiq yoki
ko'rpacha”. ! 0 ‘zbekiston Respublikasining mashhur yozu
vchisi
Oybek o‘zining “Bolalik” qissasida xalq milliy sporti turlaridan
bo'lgan “uloq o‘yini”ni juda yaxshi bayon qiladi: “Uloq” xalqning
qadimiy o'yini. Uni ilk bor ko'rgan Muso hang-mang bo'lib
qoladi. “...Qalin odamlar orasidan jonivor ot o'qday uehib k
etdi.
Bir ongina sarosimaga tushgan uloqchilar ko'pirgan, quturgan
daryoday, duv etib orqadan quvib ketdi. Uloqchilar biridan biri
uloqni olib qochadi, yana butun otliq duv quvadi...”
Surxondaryo hududida qadim-qadim zamonlarda ham xalq
o'yinlarining muayy
an tizimi mavjud bo‘lgan, bu haqda shu
yerda o'tkazilgan arxeologik va etnografik manbalar habar
beradi. Tarixdan ma’lumki, hisobsiz jang
-u jadallar va
yurishlarda ishtirok etuvchi baqtriya jangchilariga zo'r jismoniy
tayyorgarlik, kuch, tezlik, chaqqonlik va chidamlilik juda ham
zarur bo'lgan. Bunday jismoniy sifatlar ularda uzoq muddat
davom etgan mashg'ulotlardan so'ng qaror topgan. Bu davrda
ot sporti, kamondan otish, yugurish, sakrash, irg'itish, suvda
suzish, ovchilik, shatranj, kurash va boshqa ko'pdan-ko'p o'yin
turlari yuksak darajada taraqqiy etgan. Surxondaryo viloyati
hududida Nika ma’budasining paydo bo'lishi shundan guvohlik
beradiki, dernak bu yerda qadimgi yunon olimpiya o'yinlariga
o'xshash sport musobaqalari o'tkazilgan.8 Taniqli qadimshunos
olima G.A. Pugachenkova shaxmat tarixi haqida shunday
yozadi: “...fil suyagidan yasalgan, balandligi 2,2 va 2,0 santimetr
bo'lgan ikkita shaxmat donasining topilishi katta kashfiyotdir.
Ulardan biri fil, ikkinchisi esa ho'kiz timsolidir. Ularni eramizdan
oldingi I-
II asrga, ya’ni Kushon imperiyasi davriga mansub
deyish mumkin. Dalvarzintepadan topilgan shaxmat
donachalari shaturang o'yinining shatranj shakliga oid bo'lish
kerak...”.9 Yusuf xos Hojib begona davlatga boradigan elchining
o'ziga xos bo'lgan fazilatlari: bilimdonlik, chechanlik va
tadbirkorligidir, deydi: “Тошпулатов
Ж
.
Сурхондарёда
жисмоний
тарбия
ва
спорт
.
Термиз, 1991. 9
-
6. 9Пугаченкова
Г.А., Тургунов Б.А. Древняя Бактрия. Исследования
Далварзин Тепе". М., Наука, 1972. с. 37 21 “Shaxmat va n
ard
o'yinlari elchining fazilatini shu darajada aks ettirishi lozimki,
toki xariflari undan ustun bo'lmasin. Chavgon o'yiniga mohir,
yoy tortishga qodir, qushchilik, ovchilik sirlaridan xabardor
bo'lish ham elchi fazilatlarini oshiradi”.10 Erkin Vohidovnin
g
“Buyuk hayot tongi” dostonida shaxmat musobaqasi tasviri
orqali qahramonlarning ruhiy holati ochib berilgan. Unda
"kisht”, “rux”, “shohga hujum” kabi milliy sport atamalari
qahramonlarning hayotga munosabatlarini ham belgilab
ko'rsatgan, ya’ni chiroyli s
o'z o'yinlari hosil qilingan. Har bir xalq
millat va elat o'zining milliy, ma’naviy va madaniy merosini
asrlar osha avaylab-asrab kelmoqda, shu asnoda xalqimizning
qadimiy va navqiron milliy kurashi bunga dalil bo'la oladi. Shuni
e’tirof etish kerakki, mil
liy kurashimiz tarixi insoniyat
taraqqiyotining uzoq o'tmishidan boshlanadi. Teshiktosh,
Ayritom, Kuchuktepa, Dalvarzintepa, Afrosiyob va shunga
o'xshash yirik arxeologik qazilma topildiqlari ichida sopol, chinni
idishlar, devorga solingan suratlarda qadimgi kurashchilaming
bellashuvlari aks ettirilgan. Bu bilan qadimgi ajdodlarimiz
xo'jalikni boshqarish, qiyinchiliklarga barham berish,
dushmanlarga qarshi mardonavor kurashish va ulaming ustidan
muvaffaqiyatli g'alaba qozonish bilangina emas, balki yosh
avlodni hayotga sog'lom, baquwat, jasur, epchil, kuchli,
chidamli qilib tayyorlash hamda tarbiyalashga alohida e’tibor
beiganlar. Ajdodlarimiz qoldiigan qadimiy qo'lyozmalar,
dostonlar, ertaklar, rivoyatlar, topishmoqlar va qo'shiqlarda
kurash haqidagi ko'plab atamalar uchraydi. Mahmud Koshg'ariy
milhy kurashimizning qoidalari, usullari haqida qator misollar
keltiradi, masalan, “olishish, tortishish”, “kurashdi”, “kurash
tushdi”, “yengildi”, “tepdi”, “u uni chalib yiqitdi”, “yutdi”, “ular
ikkovi bir-birlari bi
lan bo'yin qayirishda bahslashdilar”,
“yengilmas, kurashchi, botir”, “kurashchi, belbog', kamar”,
“qaytardi”, “ko'tardi”, “qayirdi”, “tepishdi”, “silkishdi”,
“sakrashdi”, “u uning oyog'ini kurashda chaldi, qayirdi” va
hokazolar. Tibbiyot olamini sultoni mashhur hakim Abu Ali ibn
Sino “Tib qonunlari” kitobida kurashning ikki turini tavsiflab,
ularning mohiyati va qo'llanish qoidalarini mufassal yozib
qoldirgan. Uning ta’rificha, kurashning bir turida belidan
ushlashga ruxsat berilib, oyoq ishlatmasdan kurashish bo'lsa,
ikkinchisi esa qaysi joyidan ushlagan bo'lsa, shuni mahkam
tutish va oyoqlar yordamida harakat 10Юсуф хос Хожиб.
Кутадгу билиг. Т., Юлдузча, 1990. 59 б. 22 qilishdir. Ammo
kurashning ikkala turida ham qo‘llar bilan oyoqdan olish
qat’iyan man qi
lingan. Hozirgi paytda bu xil musobaqalami
o‘zbeklar kurash, tojiklar gushtingari, turkmanlar guresh, qozoq
va qirg‘izlar kures deb ataydilar. Navoiy, Bobur, Vosifiy
davrlarida kushtigir iboralari bilan bir vaqtda “kurash” co'zi ham
faol qo‘llangan. Shunin
gdek, miyongir, miyongirlik (kurash,
kurashish, olishish) va buqa (kurashchi, polvon) so'zlari ham o‘z
davrining mahsuli hisoblangan. “XVI asr Xorazm
yodnomalari”da bir pahlavon uch yuz oltmish turli kurash ilmini
bilur, deyiladi. Xalqimizning sevimli dost
oni “Alpomish”da
kurash manzaralar orqali tasvirlangan, shunday holatlardan biri
Barchinoyning to'rtinchi sharti alplami kurashda yengish
shartini bajarayotgan Alpomishga qarata Barchin shunday
deydi: Yiqolmasang bizga bergin navbatni, Juda keldi
Barchiyor
ningg‘ayrati, Ushlaganda ko‘kka otmay ne bo‘pti?
Yiqolmasang, to‘ra, navbat tilayin! Xusayn Voiz Koshifiy ham
kurashning ikki turi haqida to'xtaladi: “...ikki xil turi bor, deb
aytgil, birinchisi
—
qabz, ya’ni bilak ushlash, ikkinchisi —
istiror,
ya’ni ixt
iyorsiz holda olishish. Agar bulaming har biri qaysi
yurtlarda qo'llanadi, deb so'rasalar, aytgil, qo'l ushlab kurash
tushish (qabz usuli) Xuroson va Iroq aholisiga xos, uni
shahriyoar ham deb ataydilar. Iztiror usulida kurash tushish
(erkin kurash) Gilon,
Shirvon va Ozarbayjonning ba’zi joylarida
tarqalgan va uni daylamor ham deydilar”. U kurash tushish
san’at ekanligini e’tirof etib ...kurash tushish san’atning ilmiki,
bu ilmning mashhur usullari juda ko'p, ular uch yuz tugun va
bandlar (usul va tadbirlardan iboratdir va ularning har biri tag'in
bir necha usulga ajraladi. Yana ushbu usullarni daf etish (ya’ni,
qarshi usullar) yo'llapi ham bor. Agar bulaming barchasi yig'ilsa,
bir ming sakkiz yuz usul kelib chiqadi...”.11 Respublikamiz
pahlavonlari azaldan qo'shni davlat pahlavonlari bilan bellashib,
xalqimizning sharafmi himoya qilganlar. “Bundan ancha ilgari,
1895-yili mashhur nemis polvoni Rippel Toshkentga kelib, sirkda
o'z kuchi, mahorati bilan hamma tomoshabinlami qoyil
qoldirgan. Og'irligi sakkiz yarim pud (136 kg) bo'lgan cho'yanni
ikki qo'li bilan, 16 pudli cho'yanni kifti bilan ko'tarib, tomosha
ko'rsatgan edi.
иХусайн
Воиз
Кошифий
.
Футувватномайи
султоний
ёхуд
жавонмардлик
тарикати
.
Т
.,
А
.
Кодирий
номидаги
“Халк
мероси” нашриёти
, 1994, 84-6. 23 O'sha
vaqtlari Toshkentning Beshyog'och daha, Chaqar mahallasida
yashagan Ahmad polvon Tolibboy o‘g‘lining O'rta Osiyoda
kurashib, yiqitmagan polvoni qolmagan edi. Mehmon Ahmad
polvorming dovrug'ini eshitib qolib, u bilan kurashmoqqa jazm
qilibdi... 0 ‘sha kuni, ya’ni 1895
-yil 25-iyunda sirkka odam
sig'may ketgan ekan. 28 yoshli Ahmad polvon egnida oq yaxtak,
beliga belbog‘ bog'lab o'rtaga chiqadi... Bir ozdan so‘ng
ichkaridan mushaklarini o‘ynatib, savlat to'kib, Rippel chiqib
keladi. Uning belida tasma belbog
‘ yarqirab turardi. Ikki
zabardast polvon o'rtada bel tutib aylana boshlaydi.
Tomoshabinlarning dami ichida, yuragini hovuchlab, jim bo‘lib
qolishgan. Sirkda shunday sukunat hukm surardiki, pashsha
uchsa bilinardi. Faqat onda-
sonda polvonlaming “ih
-
ih” deb
qo‘ygan tovushlari eshitilib qolar edi. Oradan bir necha daqiqa
o‘tar
-
o‘tmas Ahmad polvonning “Yorab” degan nidosi eshitilib
qoladi. Shu dam yer larzaga kelib ketgandek bo‘lib tuyuladi.
Qarsak ustiga qarsak, Rippel yerda uzala tushib yotardi”.12 1.2.
Shar
q allomalari xalq o‘yiniari haqida O'zbek xalq o'yinlarining
paydo bo'lishi va taraqqiyotini o'rganishda sharqning buyuk
mutafakkirlari Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qoshg'ariy, Kaykovus,
Umar Xayyom, Amir Temur, Alisher Navoiy, Husayn Voiz
Koshifiy, Zayniddin Mahmud Vosifiy va boshqa tabarruk zotlar
qoldirgan moddiy va ma’naviy meroslarni tadqiq qilish, ularni
jismoniy, madaniy nazariyasi hamda amaliyotga tatbiq etish o'z
yechimini kutayotgan dolzarb muammodir. Ushbu bobda taniqli
allomalarimizning kelgusi avlodlar uchun fan va madaniyat
sohasida ibrat boladigan ma’rifiy saboqlari haqida muxtasar
hikoya qilamiz. MAHMUD QOSHG‘ARIY Ma’lumki, har bir
xalqning ulug' farzandlari o'z xalqining urfodatlarini, yashash
tamoyillarini, tarixini puxta o'rganib, kelajak istiqbollarini ham
ko'ra bilganlar. O'zbek xalq o'yinlari tarixida birinchi marta milliy
o'yin namunalarining bayon etilishi, ulaming ta’rifi
-tavsifi
qomusiy allomalardan biri Mahmud Qoshg'ariy qalamiga
mansubdir. U 12
Н
.
ХЛзизов
. "
БелбоглиТуркистонкураши
".
Тошкент
,
Укитувчи
, 1998, 7-8
бетлар
; 24 bundan 1000 yil
burun, 6 yil mobaynida Turkistondan Termizgacha, Xazar va
Orol sohillaridan Tangritog‘ etaklarigacha bo'lgan hududda
yashagan turkman, o‘g‘iz, chigil, yag'mo, qirg'iz va boshqa
turkiyzabon xalqlaming tar
ixi, o'lkalar jug'rofiyasi, urug‘, qabila,
clatlarning til xususiyatlari, yozma va og'zaki adabiyoti,
ko'chmanchi tuyakashlar, yilqichilar, cho'ponlar, o'troq
dehqonlar, bog'bon va kosiblaming tirikchilik usullari, so‘z
talaffuzlari va turli so‘z atamalari
ni teran o'rganib, ,,Devon-u-
lug‘atit turk“, ya’ni „Turkiy so‘zlar devoni“ni tuzib chiqdi. O'z
xalqi, vatanini sevgan, uning tili va madaniy-
ma’naviy
boyliklarini qadrlagan Mahmud Qoshg‘ariy turli qabila
-
urug'laming bayramlari, tantanalari, urfodatlari, rasm-
rusumlari, kundalik mashg'ulotlari, qo'shiq va o'yinlari, diniy
e’tiqodlari bilan astoydil qiziqib, bu benazir qadriyatlarning
barchasini kelajak avlodlarga qimmatli meros sifatida yozib
qoldirdi. Devonda 150 ga yaqin xalq o'yinlari tilga olinib,
shular
dan 20 taga yaqin o'yin turiga batafsil ta’rif berilgan. Olim
kattalar va bolalarning yosh jihatlariga nisbatan mos bo'lgan
o'yin turlariga alohida to'xtalib, musobaqa turlarini bayon
qiladi. U o'yinlami diqqat bilan o'rganib, ham jismoniy, ham
aqliy mashg'ulotlarga ajratgan. Shundan bilsa bo'ladiki, hozirgi
zamonaviy sport o'yinlarining juda ko'pchiligi o'sha
davrlardayoq, ya’ni XI asrda ham mavjud bo'lgan ekan. Hozirgi
paytda biz „Sport musobaqalari" deb ishlatib yurgan ibora
Mahmud Qoshg'ariy devonida ,,
bahs“ atamasi bilan berilgan.
Bunday ,,bahs“laming turlari ko'p bo'lganligi ham bayon
qilingan. Masalan, mexganlikda bahs qilmoq, o'q-yoy otib, qush
va hayvonlami ovlamoq, shuningdek, arqon, taxtali sopqonlarda
tosh otmoq, balandga ilib qo'yilgan qovoqni mo'ljalga olib
otmoq bahsi. Bu „Oltin qovoq" o'yini deb atalgan. Devonda
bunday bahslarning qoida va shartlari, usullari, g'oliblarga
beriladigan sovrinlar, zaruriy asbob-anjomlar, maxsus atamalar
batafsil bayon etilgan. Ma’lumki, chavgon —
O'rta Osiyo
xalqlarining juda qadimgi hamda sevimli ot sporti o'yinlaridan
biri hisoblanadi. Chim ustida xokkey o'yini qadimda yigitlar ot
ustida uzun, uchi egri, yapaloq „klushka" bilan o'ynalgan
o'yinning hozirgi ko'rinishidir. Mahmud Qoshg'ariy chavgon
o'yinining o'ziga xos qoidalari, maydonning o'lchami va
chegarasi ta’rifi, darvozalar, koptokning o'lchami, katta
-
kichikligi, nimadan tayyorlanishi va boshqa xususiyatlarini to'liq
bayon qilib beradi. Shuning o'zi ham, chavgon o'yini yigitlaming
balog'at yoshiga yetib, otda yurganda 25 o'zini bemalol his qilib,
tuta bilish, uning ustida chaqqonlik va bilak kuchi bilan xilma-xil
harakatlar qilishga tayyorlaydigan milliy sport turi ekanligini
ko'rsatib turibdi. Ayniqsa, chavgon o'yini el-yurt mudofaasida
zaruriy jismoniy mas
hqlardan biri bo‘lganligi uchun ham, o'yin
g'olibiga beriladigan sovrinlarning darajasiga alohida to‘xtalib
o‘tadi. Shuningdek, devonda o‘sha davrda otda poyga chopish,
quvlashish, tez yo‘rtib yurish, toqqa chiqish, pastlikka tushish
kabi ,,bahs“lar bayoni
ham keltirilgan. Suvda o‘tkaziladigan
musobaqalar ham alohida diqqatga sazovordir. Suv
mashqlaridan biri bo'lgan g'owoslik juda qadimiy kasblardan biri
bo'lib, devonda suv bahslarining ikki turi uchraydi: birinchisi
—
suvda cho'milish, sho‘ng‘ish, suvdan
suzib o'tish, suv kechish,
suvda quvlashmoq, suvga biron narsani, masalan, suvda
cho‘kmaydigan yog'och, biror ashyoni tashlamoq; ikkinchisi —
ermak, ko'ngil ochish mashg'ulotlari ma’nosidagi o'yinlardir.
Bular: suv yoki sut simirmoq, suv ustida yalpoq toshni kim
o'zarga otmoq, ya’ni bahslashmoq. Hozirgi paytda bolalar buni
„qaymoq" o'yini deb o'ynashadi. O'yinda toshning suvga necha
marta tegib sakrab „qaymoq" hosil qilishini e’tiborga olinadi va
kim ko'p „qaymoq" hosil qilsa, o'sha g'olib sanaladi. Devonda
bolalar o'yinlarining turi ko'p uchraydi. Ularning ba’zilari yo'l
-
yo'lakay sanab o'tilgan bo'lsa, ba’zi
-bir o'yinlar tafsiloti bilan
keltirilgan. Masalan: bolalarning qorong'ida kelib „kurgon"
olishlari
—
„Ko'ragumi" deyilsa, bir to'daning ikkinchi to'dan
i
chaqqonlik bilan asir olishlari „Bandol" deb atalgan.
Shuningdek, „Jangli
-mangli" degan o'yin turi ham bor. Oshiq
o'yini, to'p o'yini, cho'pon bolalar o'yinlari, chillak o'yinlari,
qizlarning arg'imchoq o'yinlari ham birma-bir sanab o'tilgan.
O'sha davrdagi ko'pgina o'yinlar bolalarning hozirgi davrdagi
o'yinlarini eslatadi. Masalan, ,,0'tish-
o‘tish" deb atalgan o'yin
„Kesak kuydi", „Darra soldi”, „Musht ketdi" o'yinlariga o'xshab
ketadi. Amudaryo va Sirdaryo sohillarida, Orol etaklarida,
shuningdek, yaqin joylardagi soylar, anhorlar, hovuzlar va ko'l
bo'ylarida bolalarning „Muguzmuguz" nomli qadimiy o'yini
o'ynalgan. Devonda „Oqsuyak" o'yini misol tariqasida keltiriladi.
Alisher Navoiy ham o'zining „Mahbub ul
-
qulub“ asarida
„Oqsuyak" o'yinining ta’rifini
beradi. Mahmud Qoshg'ariy
devoni XI asrda bitilgan bo'lsa, Alisher Navoiyning „Mahbub ul
-
qulub“ asari XV asrda yozilgan. Hozirgi paytda ham bolalar
„Oqsuyak" o'yinini xuddi o'sha qoida asosida o'ynaydilar. 26
„Oqsuyak" o‘yini nafaqat O'rta Osiyoda, balki y
er kurrasining
ko'p joylarida keng tarqalgan. Bu o'yinni Yevropaning
Skandinaviya mamlakatlari xalqlari etnografiyasiga oid
adabiyotlarda o'qish mumkin. Hattoki, ushbu o'yin Avstraliyada
ham uchraydi. Aslida, xalq o'yinlari hech qachon chegara
bilmaydi. Aksincha, o'yinlar xalqlar, elatlar orasidagi o'zaro
do'stlik, qon-qardoshlik rishtalarini mustahkamlash uchun
xizmat qiladi. ABU ALIIBN SINO Jamiyatimizda ma’naviy
poklanish va sog'lom axloqiy muhitni shakllantirish uchun uzoq
o'tmishimizni o'rganish, unut bo'layotgan bebaho merosimizni
tiklash, ana shu tarixni yaratgan buyuk mutafakkirlaming ijodiy
xazinasiga murojaat qilishimizga to'g'ri keladi. Ana shunday
allomalardan biri
—
Abu Ali ibn Sino o'z davrining yetuk olimi
sifatida mavjud fanlaming deyarli barchasi bilan to'liq
shug'ullangan va ularga oid asarlar yaratgan qomusiy olimdir.
Jahon ma’naviyat beshigini tebratgan Ibn Sino nafaqat mashhur
shifokor, faylasuf, shoirgina bo'lib qolmasdan, balki xalq
o'yinlariga doir g'oyatda rang-barang nodir meros qoldirgan.
Alloma xalq o'yinlari haqida fikr yuritar ekan, u bu borada
zamondoshlaridan farq qilib, har bir masalani keng, chuqur
mushohada qiladi va muammolarni kuchli mantiq, hayotiy
omillar zamirida, zukko aqli yordamida yechib beradi. Aynan
shuning uchun u
ning ma’naviy durdonalari oradan qancha
-
qancha yillar o'tsa ham, insoniyatga abadul-abad xizmat qiladi.
Insonning ma’naviy yetuk, jismonan barkamol bo'lishi yo'lida
butun umrini baxsh etgan olim o'z asarlarida xalq o'yinlarining,
ayniqsa, badantarbiyaning kishi uchun naqadar katta
ahamiyatga ega ekanligini ham nazariy, ham amaliy jihatdan
isbotlab berdi. Uning serqirra ijodiy faoliyatidagi ilmiy-nazariy
va amaliy tavsiyalari, ko'rsatmalari hamda maslahatlari ta’lim
-
tarbiya jarayonidagi pedagogik yo'nalishlarni aniqlashda, xalq
o'yinlariga oid fikrlarini umumlashtirishda va ularni amaliyotga
joriy qilishda nihoyatda qo'l keladi. Ibn Sino inson organizmini
sog'lomlashtirish va kasallikni davolash nuqtayi nazaridan
qarab, xalq o'yinlaridan biri bo'lgan badantarbiyani beshta
asosiy qismga ajratadi, jumladan: 1. Tez harakatlar. 2. Nozik va
yengil harakatlar. 3. Kuchliroq harakatlar. 4. O'ta kuchli
harakatlar. 5. Gavda uchun maxsus harakatlar. 27 U
badantarbiyaning tez harakatlar turiga quyidagilarni kiritadi,
ular, asosan, milliy xalq o'yinlari yoki ularning ayrim unsurlarini
ifodalaydi, masalan:
—
o'zaro tortishish;
—
musht bilan
turtishish;
—
yoydan o‘q otish; —
tez yiirish;
—
nayza otish;
—
yuqoridagi bir narsaga irg‘ib osilish; —
bir oyoqda sakrash;
—
qilichbozlik;
—
nayzabozlik;
—
otda yurish;
—
ikki qo‘lni
silkitish, bu vaqtda odam oyoq uchida turib, qo'llarini oldinga va
orqaga cho'zib, tez harakat qiladi. Olim o'yin turlari va
unsurlarini shunchaki sanab o'tmasdan, balki xalq
donishmandligi asosida o'zining kuchli bilimi bilan ulami boyitdi,
inson kamoloti uchun qaysi tarzda foydali ekanligini
tushuntiradi.13 Ulug' hakim turli kasalliklarga chalingan
bemorlami turli o'yinlar vositasi bilan davolashga alohida
e’tibor bergan. U isitmadan holsizlangan, ko'krak v
a qorin
to'sig'i kasalligidan zaiflashgan kishilarga, asab tizimining
charchashidan kelib chiqqan parishonxotirlik, ishtaha bo'g'ilishi
kabi kasalliklardan qiyna-layotganlarga o'yinlarning quyidagi
nozik va yengil turlarini tavsiya qiladi:
—
arg'imchoqlarda
uchish;
—
belanchaklarda tik holda, o'tirib yoki yotib uchish;
—
qayiq yoki kemalarda sayr qilish. Kuchliroq o'yinlardan esa:
—
ot va tuyaga minish;
—
kajava va aravalarga tushish. Xalq
o'yinlarini kuchli turiga maydonda qilinadigan quyidagi
harakatlami kiritadi:
—
kishi maydonning u chetidan bu chetiga
tez harakat bilan borib, orqasi bilan qaytadi va har safar yurish
masofasini maydonning o'rtasida turib qolganiga qadar
kamaytira boradi;
—
kishining o'z soyasi bilan olishishi:
—
chapak chalish;
—
sakrash
; 13„Tib qonuni ", Т
., 92-bet. 28
—
nayza uchi bilan sanchish;
—
katta va kichik kurralar bilan
chavgon o‘yini; —
koptoklami o'ynash;
—
kurash;
—
tosh
ko'tarish;
—
quvlashish;
—
chopayotgan otni jilovidan tortib
to'xtatish. Xalq o'yinlarining ajoyib bilimdoni bo'lgan Ibn Sino
xalqimizning milliy sport turi bo'lgan milliy kurashimiz
(Buxorocha va Farg'onacha) kurash turi haqida ham yetarlicha
ma’lumot qoldirgan. „Kurashning turlari ham bir nechadir", —
deydi u. Ulardan biri ikki kurashuvchining har biri o'z raqibining
belbog'idan ushlab o'ziga tortadi, shu bilan birga, kurashuvchi
o'z raqibidan qutulishning chorasini qiladi. Ikkinchisi esa uni
qo'yib yubormaslikka harakat qiladi. Boshqa turi: ikki
kurashuvchidan biri ikkala qo'li bilan ikkinchisini mahkam
quchoqlab o'ziga tortadi va yerga ag'daradi, bu vaqtda birinchi
kurashuvchining o'ng qo'li ostidan o'tkazishi kerak,
kurashuvchilar goh gavdalarini tiklab, goh egiladilar. Kurash
turlariga yana ko'krak bilan zarbani qaytarish, ikkinchi bor
kishining bo'ynidan ushlab pastga egish, bir-birovining
oyoqlarini o'z oyoqlari bilan chalkashtirib, chalib yoki oyoqlaij
bilan ikkinchisining oyoqlarida turib qilinadigan va polvonlar
ishlatadigan harakatlar ham kiradi.14 Badantarbiyaning birinchi
turi „Gavda uchun maxsus harakatlar” hisoblanib, ularning har
birida ma’lum darajada o'yin unsurlari mavjud, ya’ni: 1. Qo'l va
oyoq harakatlari. 2. Ko'krak va nafas a’zolarining harakatlari. 3.
Butun tanaga oid harakatlardir.
Dostları ilə paylaş: |