1. Milliy harakatli o'yinlarining tiklanishi va shakllanishi



Yüklə 93,88 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix07.01.2024
ölçüsü93,88 Kb.
#205117


1. Milliy harakatli o'yinlarining tiklanishi va shakllanishi 
2. 0
‘zbek xalq o'yinlarining tasnifi
3. XALQ HARAKATLI 0 
‘YINLARINING MOHIYATI YA TASNIFIY 
XUSUSIYATLARI 
Zayniddin Vosifiyning hikoya qilishicha, “Navro'z Axmad 
kamondorlikda shu darajaga yetdiki, birorta pahlavon ham 
uningde
k kamon tortolmasdi”. Uning yoy o'qi dushman ko'ziga 
borib yetmay tinchimasdi; kamon tortgan vaqtida falak qavs 
chillaxonasidan turib tahsinga og'iz ochardi. O'qi otilgan vaqtda 
burchaklardan “Ofarin” ovozi ko'tarilardi...5 Zahiriddin 
Bobuming ijodiy meros
i “Bobumoma”da tirandozlikka doir 
voqealar berilgan: “...O'qni o'rta chog'liq otar edi, bisyor zarb 
mushtibor edi, aning mushtindin yiqilmagan yo'qtur... Xasan 
Ya’qubbek mardona kishi edi. O'qni yaxshi otar edi... Yana bir 
Fariddin Husayn mirzo edi. Yoyni kuchluk tortib, o'qi qirq 
botmon ekandur...” “Yana Islim barlos edi... O'ttuz
-qirq botmon 
yoy kuch birla otib, taxtadin o'tkazur edi. Qaboq maydonida 
maydon boshidan chopib, yoyni tushurib ko'rub, otib qaboqni 
urar edi. Yana zixgirni bir kari-bir yarim kari rishtaga bog'lab, 
rishtaning yana bir uchini bir yig'ochga bog'lab, evrulur edi. 
Evrulur holatda o'qni otib, zixgurdin o'tkarar edi. Mundoq g'arib 
ishlari xeyli bor edi...”.6 Bobur Mirzoning o'zi ham chapdast 
tirandoz bo'lgan. Xalq yozuvchisi Pirimqul Qo
dirovning “Yulduzli 
tunlar” romanida uning merganligini shunday tasvirlaydi: 
“Chorbog' ichida o'n ikki yoshli Bobur Mirzo chavandozlik 


mashqlarini o'tkazmoqda. U chorbog' chetidagi yalanglikdan 
bo'z otni choptirib chiqdi-yu, birdan jilovini 53
айнидцин
Махмуд
Восифий

Бадоеь
ул
вацоеь

Т
., 
Адабиёт
ва
саньат
нашриёти
, 1979.69-6. 63
ахириддин
Мухаммад
Бобур

"
Бобурнома
". 
Т
., 
Юлдузча
, 1989,10,16,150,156-
бетлар
qo'yib 
yubordi. Kamonga chapdastlik bilan o‘q o'rnatdi va chopib 
borayotgan ot ustidan nishonga otdi. Y
oy o‘qi nishon yog'ochga 
“taq” etib urilgani baralla eshitildi”.7 Xolchayontepa va 
Bolaliktepadagi arxeologik qazilmalar paytida topilgan kamon 
o‘qlarining uchlari ajdodlarimizning azaldan tirandozlik bilan 
mashhur bo‘lganliklariga dalildir. Xolchayontepad
an topilgan ot 
va suvorilaming haykalchalari g‘oyat katta ilmiy qimmatga ega. 
Xolchayon otlari yengil qurollangan suvorilar uchun 
mo‘ljallangan bo‘lib, suvorilar maxsus kiyimda yurishgan va o‘q
-
yoy bilan qurollangan. Topilgan suvori haykalchalari shuni 
ko‘
rsatadiki, ular otda yelib borayotib, nishonga aniq urganlar. 
Termiz yaqinidagi Ayritom, Xorazmdagi Tuproqqal’a va boshqa 
joylardan topilgan buyumlar, suyak, tosh, sopolga tushirilgan 
rasmlarda qadimgi madaniyat, kurash, chavandozlik, 
tirandozlik, ov jarayonlari aks ettirilgan. Bu davrda yashagan 
xalqlar o'rtasida jangovarlikni oshirish, ov hududlarida 
osoyishtalikni ta’minlash va o'z vatanlarini himoya qilish, xalq 
farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladigan diniy, madaniy 
marosimlar, rasm-rusumlar, to'ylar va xalq sayllaridagi 
kamondan o'q otish, qilichbozlik, qalqonbozlik, nayzabozlik, 
kurash, ot o'yinlari, sport turlari tantanali ravishda o'tkazilgan. 
Shuningdek, o'zbek xalq o'yinlari orasida chavandozlik sport turi 
muhim o'rin tutgan. O'rta Osiyo xalqlari o'rtasida chavandozlik 
bilan bog'liq bo'lgan o'yinlar va sport turlari musobaqa-bahslar 
doimiy ravishda o'tkazilib turgan, lekin ulardagi jismoniy 


mashqlaming asosiy yo'nalishi harbiy-amaliy tavsifga ega 
bo'lgan. Xalqimizni otsiz tasawur qilish qiyin, shuningdek, 
Дк
bolalik chog'idanoq ot minish bu yerda yashovchilar uchun odat 
tusiga kiigan. Xalqimiz orasida ot bilan bog'liq “Ko'pkari
-
uloq”, 
“Poyga”, “Qiz quvmoq”, “Ag'darish”, “Ot ustida qilichbozlik”, 
“Qovoq o'yini”, “Chavgon” kabi xalq o'yinlari ko'
plab 
o'tkazilgan. Abulqosim Firdavsiy “Shohnoma” asarida “Uloq” 
so'zini ko'p ishlatgan. Al-Maqsudiy Qurbon hayiti haqida 
yozganda: “Bayram kuni jurjonliklar bilan bekrobodliklar 
o'rtasida tuya kallasini qo'lga kiritish uchun tortishuv bo'ladi”, 
deb qimmatl
i ma’lumot qoldirgan. Mahmud Koshg'ariy ham 
chavandozlik va tirandozlikka doir ko'plab misollar keltiradi: 
“o'q otishga usta odam —
mergan”, “ot poygasida va chavgon 
o'yinida maydon qirg'og'iga tortiladigan 7
П
.
Кодиров

Сайланма
, 3 
жилдлик
. 3-
ж

Юлдузли
тунлар

Роман

Т
., 
Адабиёт
ва
санъат
нащриСти
, 1998. 28-
6. ! 20 arqon”, 
“chavgon o'yini maydonida chegarani belgilab chizilgan chiziq”, 
“chavandoz”, “u otni chiviq bilan sekin urdi”, “ot surdi”, “ot 
terladi”, “balandlatib otdi”, “tegdi, tegib o'tib ketdi”, “poyga”, 
“ot poygasi”, “u otda poyga qildi”, “yo'rg'a ot”, “odam o'qni 
kamonga to'g'riladi”, “otlik otni qattiq choptirdi —
yo'rtdi”, “ot 
anjomlari: yugan, jabduq 

egar ustiga qo'yiladigan yostiq yoki 
ko'rpacha”. ! 0 ‘zbekiston Respublikasining mashhur yozu
vchisi 
Oybek o‘zining “Bolalik” qissasida xalq milliy sporti turlaridan 
bo'lgan “uloq o‘yini”ni juda yaxshi bayon qiladi: “Uloq” xalqning 
qadimiy o'yini. Uni ilk bor ko'rgan Muso hang-mang bo'lib 
qoladi. “...Qalin odamlar orasidan jonivor ot o'qday uehib k
etdi. 
Bir ongina sarosimaga tushgan uloqchilar ko'pirgan, quturgan 
daryoday, duv etib orqadan quvib ketdi. Uloqchilar biridan biri 
uloqni olib qochadi, yana butun otliq duv quvadi...” 


Surxondaryo hududida qadim-qadim zamonlarda ham xalq 
o'yinlarining muayy
an tizimi mavjud bo‘lgan, bu haqda shu 
yerda o'tkazilgan arxeologik va etnografik manbalar habar 
beradi. Tarixdan ma’lumki, hisobsiz jang
-u jadallar va 
yurishlarda ishtirok etuvchi baqtriya jangchilariga zo'r jismoniy 
tayyorgarlik, kuch, tezlik, chaqqonlik va chidamlilik juda ham 
zarur bo'lgan. Bunday jismoniy sifatlar ularda uzoq muddat 
davom etgan mashg'ulotlardan so'ng qaror topgan. Bu davrda 
ot sporti, kamondan otish, yugurish, sakrash, irg'itish, suvda 
suzish, ovchilik, shatranj, kurash va boshqa ko'pdan-ko'p o'yin 
turlari yuksak darajada taraqqiy etgan. Surxondaryo viloyati 
hududida Nika ma’budasining paydo bo'lishi shundan guvohlik 
beradiki, dernak bu yerda qadimgi yunon olimpiya o'yinlariga 
o'xshash sport musobaqalari o'tkazilgan.8 Taniqli qadimshunos 
olima G.A. Pugachenkova shaxmat tarixi haqida shunday 
yozadi: “...fil suyagidan yasalgan, balandligi 2,2 va 2,0 santimetr 
bo'lgan ikkita shaxmat donasining topilishi katta kashfiyotdir. 
Ulardan biri fil, ikkinchisi esa ho'kiz timsolidir. Ularni eramizdan 
oldingi I-
II asrga, ya’ni Kushon imperiyasi davriga mansub 
deyish mumkin. Dalvarzintepadan topilgan shaxmat 
donachalari shaturang o'yinining shatranj shakliga oid bo'lish 
kerak...”.9 Yusuf xos Hojib begona davlatga boradigan elchining 
o'ziga xos bo'lgan fazilatlari: bilimdonlik, chechanlik va 
tadbirkorligidir, deydi: “Тошпулатов
Ж

Сурхондарёда
жисмоний
тарбия
ва
спорт

Термиз, 1991. 9
-
6. 9Пугаченкова 
Г.А., Тургунов Б.А. Древняя Бактрия. Исследования 
Далварзин Тепе". М., Наука, 1972. с. 37 21 “Shaxmat va n
ard 
o'yinlari elchining fazilatini shu darajada aks ettirishi lozimki, 
toki xariflari undan ustun bo'lmasin. Chavgon o'yiniga mohir, 
yoy tortishga qodir, qushchilik, ovchilik sirlaridan xabardor 


bo'lish ham elchi fazilatlarini oshiradi”.10 Erkin Vohidovnin

“Buyuk hayot tongi” dostonida shaxmat musobaqasi tasviri 
orqali qahramonlarning ruhiy holati ochib berilgan. Unda 
"kisht”, “rux”, “shohga hujum” kabi milliy sport atamalari 
qahramonlarning hayotga munosabatlarini ham belgilab 
ko'rsatgan, ya’ni chiroyli s
o'z o'yinlari hosil qilingan. Har bir xalq 
millat va elat o'zining milliy, ma’naviy va madaniy merosini 
asrlar osha avaylab-asrab kelmoqda, shu asnoda xalqimizning 
qadimiy va navqiron milliy kurashi bunga dalil bo'la oladi. Shuni 
e’tirof etish kerakki, mil
liy kurashimiz tarixi insoniyat 
taraqqiyotining uzoq o'tmishidan boshlanadi. Teshiktosh, 
Ayritom, Kuchuktepa, Dalvarzintepa, Afrosiyob va shunga 
o'xshash yirik arxeologik qazilma topildiqlari ichida sopol, chinni 
idishlar, devorga solingan suratlarda qadimgi kurashchilaming 
bellashuvlari aks ettirilgan. Bu bilan qadimgi ajdodlarimiz 
xo'jalikni boshqarish, qiyinchiliklarga barham berish, 
dushmanlarga qarshi mardonavor kurashish va ulaming ustidan 
muvaffaqiyatli g'alaba qozonish bilangina emas, balki yosh 
avlodni hayotga sog'lom, baquwat, jasur, epchil, kuchli, 
chidamli qilib tayyorlash hamda tarbiyalashga alohida e’tibor 
beiganlar. Ajdodlarimiz qoldiigan qadimiy qo'lyozmalar, 
dostonlar, ertaklar, rivoyatlar, topishmoqlar va qo'shiqlarda 
kurash haqidagi ko'plab atamalar uchraydi. Mahmud Koshg'ariy 
milhy kurashimizning qoidalari, usullari haqida qator misollar 
keltiradi, masalan, “olishish, tortishish”, “kurashdi”, “kurash 
tushdi”, “yengildi”, “tepdi”, “u uni chalib yiqitdi”, “yutdi”, “ular 
ikkovi bir-birlari bi
lan bo'yin qayirishda bahslashdilar”, 
“yengilmas, kurashchi, botir”, “kurashchi, belbog', kamar”, 
“qaytardi”, “ko'tardi”, “qayirdi”, “tepishdi”, “silkishdi”, 
“sakrashdi”, “u uning oyog'ini kurashda chaldi, qayirdi” va 


hokazolar. Tibbiyot olamini sultoni mashhur hakim Abu Ali ibn 
Sino “Tib qonunlari” kitobida kurashning ikki turini tavsiflab, 
ularning mohiyati va qo'llanish qoidalarini mufassal yozib 
qoldirgan. Uning ta’rificha, kurashning bir turida belidan 
ushlashga ruxsat berilib, oyoq ishlatmasdan kurashish bo'lsa, 
ikkinchisi esa qaysi joyidan ushlagan bo'lsa, shuni mahkam 
tutish va oyoqlar yordamida harakat 10Юсуф хос Хожиб. 
Кутадгу билиг. Т., Юлдузча, 1990. 59 б. 22 qilishdir. Ammo 
kurashning ikkala turida ham qo‘llar bilan oyoqdan olish 
qat’iyan man qi
lingan. Hozirgi paytda bu xil musobaqalami 
o‘zbeklar kurash, tojiklar gushtingari, turkmanlar guresh, qozoq 
va qirg‘izlar kures deb ataydilar. Navoiy, Bobur, Vosifiy 
davrlarida kushtigir iboralari bilan bir vaqtda “kurash” co'zi ham 
faol qo‘llangan. Shunin
gdek, miyongir, miyongirlik (kurash, 
kurashish, olishish) va buqa (kurashchi, polvon) so'zlari ham o‘z 
davrining mahsuli hisoblangan. “XVI asr Xorazm 
yodnomalari”da bir pahlavon uch yuz oltmish turli kurash ilmini 
bilur, deyiladi. Xalqimizning sevimli dost
oni “Alpomish”da 
kurash manzaralar orqali tasvirlangan, shunday holatlardan biri 
Barchinoyning to'rtinchi sharti alplami kurashda yengish 
shartini bajarayotgan Alpomishga qarata Barchin shunday 
deydi: Yiqolmasang bizga bergin navbatni, Juda keldi 
Barchiyor
ningg‘ayrati, Ushlaganda ko‘kka otmay ne bo‘pti? 
Yiqolmasang, to‘ra, navbat tilayin! Xusayn Voiz Koshifiy ham 
kurashning ikki turi haqida to'xtaladi: “...ikki xil turi bor, deb 
aytgil, birinchisi 

qabz, ya’ni bilak ushlash, ikkinchisi —
istiror, 
ya’ni ixt
iyorsiz holda olishish. Agar bulaming har biri qaysi 
yurtlarda qo'llanadi, deb so'rasalar, aytgil, qo'l ushlab kurash 
tushish (qabz usuli) Xuroson va Iroq aholisiga xos, uni 
shahriyoar ham deb ataydilar. Iztiror usulida kurash tushish 


(erkin kurash) Gilon, 
Shirvon va Ozarbayjonning ba’zi joylarida 
tarqalgan va uni daylamor ham deydilar”. U kurash tushish 
san’at ekanligini e’tirof etib ...kurash tushish san’atning ilmiki, 
bu ilmning mashhur usullari juda ko'p, ular uch yuz tugun va 
bandlar (usul va tadbirlardan iboratdir va ularning har biri tag'in 
bir necha usulga ajraladi. Yana ushbu usullarni daf etish (ya’ni, 
qarshi usullar) yo'llapi ham bor. Agar bulaming barchasi yig'ilsa, 
bir ming sakkiz yuz usul kelib chiqadi...”.11 Respublikamiz 
pahlavonlari azaldan qo'shni davlat pahlavonlari bilan bellashib, 
xalqimizning sharafmi himoya qilganlar. “Bundan ancha ilgari, 
1895-yili mashhur nemis polvoni Rippel Toshkentga kelib, sirkda 
o'z kuchi, mahorati bilan hamma tomoshabinlami qoyil 
qoldirgan. Og'irligi sakkiz yarim pud (136 kg) bo'lgan cho'yanni 
ikki qo'li bilan, 16 pudli cho'yanni kifti bilan ko'tarib, tomosha 
ko'rsatgan edi. 
иХусайн
Воиз
Кошифий

Футувватномайи
султоний
ёхуд
жавонмардлик
тарикати

Т
., 
А
.
Кодирий
номидаги
“Халк
мероси” нашриёти
, 1994, 84-6. 23 O'sha 
vaqtlari Toshkentning Beshyog'och daha, Chaqar mahallasida 
yashagan Ahmad polvon Tolibboy o‘g‘lining O'rta Osiyoda 
kurashib, yiqitmagan polvoni qolmagan edi. Mehmon Ahmad 
polvorming dovrug'ini eshitib qolib, u bilan kurashmoqqa jazm 
qilibdi... 0 ‘sha kuni, ya’ni 1895
-yil 25-iyunda sirkka odam 
sig'may ketgan ekan. 28 yoshli Ahmad polvon egnida oq yaxtak, 
beliga belbog‘ bog'lab o'rtaga chiqadi... Bir ozdan so‘ng 
ichkaridan mushaklarini o‘ynatib, savlat to'kib, Rippel chiqib 
keladi. Uning belida tasma belbog
‘ yarqirab turardi. Ikki 
zabardast polvon o'rtada bel tutib aylana boshlaydi. 
Tomoshabinlarning dami ichida, yuragini hovuchlab, jim bo‘lib 
qolishgan. Sirkda shunday sukunat hukm surardiki, pashsha 
uchsa bilinardi. Faqat onda-
sonda polvonlaming “ih
-
ih” deb


qo‘ygan tovushlari eshitilib qolar edi. Oradan bir necha daqiqa 
o‘tar
-
o‘tmas Ahmad polvonning “Yorab” degan nidosi eshitilib 
qoladi. Shu dam yer larzaga kelib ketgandek bo‘lib tuyuladi. 
Qarsak ustiga qarsak, Rippel yerda uzala tushib yotardi”.12 1.2. 
Shar
q allomalari xalq o‘yiniari haqida O'zbek xalq o'yinlarining 
paydo bo'lishi va taraqqiyotini o'rganishda sharqning buyuk 
mutafakkirlari Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qoshg'ariy, Kaykovus, 
Umar Xayyom, Amir Temur, Alisher Navoiy, Husayn Voiz 
Koshifiy, Zayniddin Mahmud Vosifiy va boshqa tabarruk zotlar 
qoldirgan moddiy va ma’naviy meroslarni tadqiq qilish, ularni 
jismoniy, madaniy nazariyasi hamda amaliyotga tatbiq etish o'z 
yechimini kutayotgan dolzarb muammodir. Ushbu bobda taniqli 
allomalarimizning kelgusi avlodlar uchun fan va madaniyat 
sohasida ibrat boladigan ma’rifiy saboqlari haqida muxtasar 
hikoya qilamiz. MAHMUD QOSHG‘ARIY Ma’lumki, har bir 
xalqning ulug' farzandlari o'z xalqining urfodatlarini, yashash 
tamoyillarini, tarixini puxta o'rganib, kelajak istiqbollarini ham 
ko'ra bilganlar. O'zbek xalq o'yinlari tarixida birinchi marta milliy 
o'yin namunalarining bayon etilishi, ulaming ta’rifi
-tavsifi 
qomusiy allomalardan biri Mahmud Qoshg'ariy qalamiga 
mansubdir. U 12
Н
.
ХЛзизов
. "
БелбоглиТуркистонкураши
". 
Тошкент

Укитувчи
, 1998, 7-8 
бетлар
; 24 bundan 1000 yil 
burun, 6 yil mobaynida Turkistondan Termizgacha, Xazar va 
Orol sohillaridan Tangritog‘ etaklarigacha bo'lgan hududda 
yashagan turkman, o‘g‘iz, chigil, yag'mo, qirg'iz va boshqa 
turkiyzabon xalqlaming tar
ixi, o'lkalar jug'rofiyasi, urug‘, qabila, 
clatlarning til xususiyatlari, yozma va og'zaki adabiyoti, 
ko'chmanchi tuyakashlar, yilqichilar, cho'ponlar, o'troq 
dehqonlar, bog'bon va kosiblaming tirikchilik usullari, so‘z 
talaffuzlari va turli so‘z atamalari
ni teran o'rganib, ,,Devon-u-


lug‘atit turk“, ya’ni „Turkiy so‘zlar devoni“ni tuzib chiqdi. O'z 
xalqi, vatanini sevgan, uning tili va madaniy-
ma’naviy 
boyliklarini qadrlagan Mahmud Qoshg‘ariy turli qabila
-
urug'laming bayramlari, tantanalari, urfodatlari, rasm-
rusumlari, kundalik mashg'ulotlari, qo'shiq va o'yinlari, diniy 
e’tiqodlari bilan astoydil qiziqib, bu benazir qadriyatlarning 
barchasini kelajak avlodlarga qimmatli meros sifatida yozib 
qoldirdi. Devonda 150 ga yaqin xalq o'yinlari tilga olinib, 
shular
dan 20 taga yaqin o'yin turiga batafsil ta’rif berilgan. Olim 
kattalar va bolalarning yosh jihatlariga nisbatan mos bo'lgan 
o'yin turlariga alohida to'xtalib, musobaqa turlarini bayon 
qiladi. U o'yinlami diqqat bilan o'rganib, ham jismoniy, ham 
aqliy mashg'ulotlarga ajratgan. Shundan bilsa bo'ladiki, hozirgi 
zamonaviy sport o'yinlarining juda ko'pchiligi o'sha 
davrlardayoq, ya’ni XI asrda ham mavjud bo'lgan ekan. Hozirgi 
paytda biz „Sport musobaqalari" deb ishlatib yurgan ibora 
Mahmud Qoshg'ariy devonida ,,
bahs“ atamasi bilan berilgan. 
Bunday ,,bahs“laming turlari ko'p bo'lganligi ham bayon 
qilingan. Masalan, mexganlikda bahs qilmoq, o'q-yoy otib, qush 
va hayvonlami ovlamoq, shuningdek, arqon, taxtali sopqonlarda 
tosh otmoq, balandga ilib qo'yilgan qovoqni mo'ljalga olib 
otmoq bahsi. Bu „Oltin qovoq" o'yini deb atalgan. Devonda 
bunday bahslarning qoida va shartlari, usullari, g'oliblarga 
beriladigan sovrinlar, zaruriy asbob-anjomlar, maxsus atamalar 
batafsil bayon etilgan. Ma’lumki, chavgon —
O'rta Osiyo 
xalqlarining juda qadimgi hamda sevimli ot sporti o'yinlaridan 
biri hisoblanadi. Chim ustida xokkey o'yini qadimda yigitlar ot 
ustida uzun, uchi egri, yapaloq „klushka" bilan o'ynalgan 
o'yinning hozirgi ko'rinishidir. Mahmud Qoshg'ariy chavgon 
o'yinining o'ziga xos qoidalari, maydonning o'lchami va 


chegarasi ta’rifi, darvozalar, koptokning o'lchami, katta
-
kichikligi, nimadan tayyorlanishi va boshqa xususiyatlarini to'liq 
bayon qilib beradi. Shuning o'zi ham, chavgon o'yini yigitlaming 
balog'at yoshiga yetib, otda yurganda 25 o'zini bemalol his qilib, 
tuta bilish, uning ustida chaqqonlik va bilak kuchi bilan xilma-xil 
harakatlar qilishga tayyorlaydigan milliy sport turi ekanligini 
ko'rsatib turibdi. Ayniqsa, chavgon o'yini el-yurt mudofaasida 
zaruriy jismoniy mas
hqlardan biri bo‘lganligi uchun ham, o'yin 
g'olibiga beriladigan sovrinlarning darajasiga alohida to‘xtalib 
o‘tadi. Shuningdek, devonda o‘sha davrda otda poyga chopish, 
quvlashish, tez yo‘rtib yurish, toqqa chiqish, pastlikka tushish 
kabi ,,bahs“lar bayoni
ham keltirilgan. Suvda o‘tkaziladigan 
musobaqalar ham alohida diqqatga sazovordir. Suv 
mashqlaridan biri bo'lgan g'owoslik juda qadimiy kasblardan biri 
bo'lib, devonda suv bahslarining ikki turi uchraydi: birinchisi 

suvda cho'milish, sho‘ng‘ish, suvdan 
suzib o'tish, suv kechish, 
suvda quvlashmoq, suvga biron narsani, masalan, suvda 
cho‘kmaydigan yog'och, biror ashyoni tashlamoq; ikkinchisi —
ermak, ko'ngil ochish mashg'ulotlari ma’nosidagi o'yinlardir. 
Bular: suv yoki sut simirmoq, suv ustida yalpoq toshni kim 
o'zarga otmoq, ya’ni bahslashmoq. Hozirgi paytda bolalar buni 
„qaymoq" o'yini deb o'ynashadi. O'yinda toshning suvga necha 
marta tegib sakrab „qaymoq" hosil qilishini e’tiborga olinadi va 
kim ko'p „qaymoq" hosil qilsa, o'sha g'olib sanaladi. Devonda
bolalar o'yinlarining turi ko'p uchraydi. Ularning ba’zilari yo'l
-
yo'lakay sanab o'tilgan bo'lsa, ba’zi
-bir o'yinlar tafsiloti bilan 
keltirilgan. Masalan: bolalarning qorong'ida kelib „kurgon" 
olishlari 

„Ko'ragumi" deyilsa, bir to'daning ikkinchi to'dan

chaqqonlik bilan asir olishlari „Bandol" deb atalgan. 
Shuningdek, „Jangli
-mangli" degan o'yin turi ham bor. Oshiq 


o'yini, to'p o'yini, cho'pon bolalar o'yinlari, chillak o'yinlari, 
qizlarning arg'imchoq o'yinlari ham birma-bir sanab o'tilgan. 
O'sha davrdagi ko'pgina o'yinlar bolalarning hozirgi davrdagi 
o'yinlarini eslatadi. Masalan, ,,0'tish-
o‘tish" deb atalgan o'yin 
„Kesak kuydi", „Darra soldi”, „Musht ketdi" o'yinlariga o'xshab 
ketadi. Amudaryo va Sirdaryo sohillarida, Orol etaklarida, 
shuningdek, yaqin joylardagi soylar, anhorlar, hovuzlar va ko'l 
bo'ylarida bolalarning „Muguzmuguz" nomli qadimiy o'yini 
o'ynalgan. Devonda „Oqsuyak" o'yini misol tariqasida keltiriladi. 
Alisher Navoiy ham o'zining „Mahbub ul
-
qulub“ asarida 
„Oqsuyak" o'yinining ta’rifini 
beradi. Mahmud Qoshg'ariy 
devoni XI asrda bitilgan bo'lsa, Alisher Navoiyning „Mahbub ul
-
qulub“ asari XV asrda yozilgan. Hozirgi paytda ham bolalar 
„Oqsuyak" o'yinini xuddi o'sha qoida asosida o'ynaydilar. 26 
„Oqsuyak" o‘yini nafaqat O'rta Osiyoda, balki y
er kurrasining 
ko'p joylarida keng tarqalgan. Bu o'yinni Yevropaning 
Skandinaviya mamlakatlari xalqlari etnografiyasiga oid 
adabiyotlarda o'qish mumkin. Hattoki, ushbu o'yin Avstraliyada 
ham uchraydi. Aslida, xalq o'yinlari hech qachon chegara 
bilmaydi. Aksincha, o'yinlar xalqlar, elatlar orasidagi o'zaro 
do'stlik, qon-qardoshlik rishtalarini mustahkamlash uchun 
xizmat qiladi. ABU ALIIBN SINO Jamiyatimizda ma’naviy 
poklanish va sog'lom axloqiy muhitni shakllantirish uchun uzoq 
o'tmishimizni o'rganish, unut bo'layotgan bebaho merosimizni 
tiklash, ana shu tarixni yaratgan buyuk mutafakkirlaming ijodiy 
xazinasiga murojaat qilishimizga to'g'ri keladi. Ana shunday 
allomalardan biri 

Abu Ali ibn Sino o'z davrining yetuk olimi 
sifatida mavjud fanlaming deyarli barchasi bilan to'liq 
shug'ullangan va ularga oid asarlar yaratgan qomusiy olimdir. 
Jahon ma’naviyat beshigini tebratgan Ibn Sino nafaqat mashhur 


shifokor, faylasuf, shoirgina bo'lib qolmasdan, balki xalq 
o'yinlariga doir g'oyatda rang-barang nodir meros qoldirgan. 
Alloma xalq o'yinlari haqida fikr yuritar ekan, u bu borada 
zamondoshlaridan farq qilib, har bir masalani keng, chuqur 
mushohada qiladi va muammolarni kuchli mantiq, hayotiy 
omillar zamirida, zukko aqli yordamida yechib beradi. Aynan 
shuning uchun u
ning ma’naviy durdonalari oradan qancha
-
qancha yillar o'tsa ham, insoniyatga abadul-abad xizmat qiladi. 
Insonning ma’naviy yetuk, jismonan barkamol bo'lishi yo'lida 
butun umrini baxsh etgan olim o'z asarlarida xalq o'yinlarining, 
ayniqsa, badantarbiyaning kishi uchun naqadar katta 
ahamiyatga ega ekanligini ham nazariy, ham amaliy jihatdan 
isbotlab berdi. Uning serqirra ijodiy faoliyatidagi ilmiy-nazariy 
va amaliy tavsiyalari, ko'rsatmalari hamda maslahatlari ta’lim
-
tarbiya jarayonidagi pedagogik yo'nalishlarni aniqlashda, xalq 
o'yinlariga oid fikrlarini umumlashtirishda va ularni amaliyotga 
joriy qilishda nihoyatda qo'l keladi. Ibn Sino inson organizmini 
sog'lomlashtirish va kasallikni davolash nuqtayi nazaridan 
qarab, xalq o'yinlaridan biri bo'lgan badantarbiyani beshta 
asosiy qismga ajratadi, jumladan: 1. Tez harakatlar. 2. Nozik va 
yengil harakatlar. 3. Kuchliroq harakatlar. 4. O'ta kuchli 
harakatlar. 5. Gavda uchun maxsus harakatlar. 27 U 
badantarbiyaning tez harakatlar turiga quyidagilarni kiritadi, 
ular, asosan, milliy xalq o'yinlari yoki ularning ayrim unsurlarini 
ifodalaydi, masalan: 

o'zaro tortishish; 

musht bilan 
turtishish; 

yoydan o‘q otish; —
tez yiirish; 

nayza otish; 

yuqoridagi bir narsaga irg‘ib osilish; —
bir oyoqda sakrash; 

qilichbozlik; 

nayzabozlik; 

otda yurish; 

ikki qo‘lni 
silkitish, bu vaqtda odam oyoq uchida turib, qo'llarini oldinga va 
orqaga cho'zib, tez harakat qiladi. Olim o'yin turlari va 


unsurlarini shunchaki sanab o'tmasdan, balki xalq 
donishmandligi asosida o'zining kuchli bilimi bilan ulami boyitdi, 
inson kamoloti uchun qaysi tarzda foydali ekanligini 
tushuntiradi.13 Ulug' hakim turli kasalliklarga chalingan 
bemorlami turli o'yinlar vositasi bilan davolashga alohida 
e’tibor bergan. U isitmadan holsizlangan, ko'krak v
a qorin 
to'sig'i kasalligidan zaiflashgan kishilarga, asab tizimining 
charchashidan kelib chiqqan parishonxotirlik, ishtaha bo'g'ilishi 
kabi kasalliklardan qiyna-layotganlarga o'yinlarning quyidagi 
nozik va yengil turlarini tavsiya qiladi: 

arg'imchoqlarda 
uchish; 

belanchaklarda tik holda, o'tirib yoki yotib uchish; 

qayiq yoki kemalarda sayr qilish. Kuchliroq o'yinlardan esa: 

ot va tuyaga minish; 

kajava va aravalarga tushish. Xalq 
o'yinlarini kuchli turiga maydonda qilinadigan quyidagi 
harakatlami kiritadi: 

kishi maydonning u chetidan bu chetiga 
tez harakat bilan borib, orqasi bilan qaytadi va har safar yurish 
masofasini maydonning o'rtasida turib qolganiga qadar 
kamaytira boradi; 

kishining o'z soyasi bilan olishishi: 

chapak chalish; 

sakrash
; 13„Tib qonuni ", Т
., 92-bet. 28 

nayza uchi bilan sanchish; 

katta va kichik kurralar bilan 
chavgon o‘yini; —
koptoklami o'ynash; 

kurash; 

tosh 
ko'tarish; 

quvlashish; 

chopayotgan otni jilovidan tortib 
to'xtatish. Xalq o'yinlarining ajoyib bilimdoni bo'lgan Ibn Sino 
xalqimizning milliy sport turi bo'lgan milliy kurashimiz 
(Buxorocha va Farg'onacha) kurash turi haqida ham yetarlicha 
ma’lumot qoldirgan. „Kurashning turlari ham bir nechadir", —
deydi u. Ulardan biri ikki kurashuvchining har biri o'z raqibining 
belbog'idan ushlab o'ziga tortadi, shu bilan birga, kurashuvchi 
o'z raqibidan qutulishning chorasini qiladi. Ikkinchisi esa uni 
qo'yib yubormaslikka harakat qiladi. Boshqa turi: ikki 


kurashuvchidan biri ikkala qo'li bilan ikkinchisini mahkam 
quchoqlab o'ziga tortadi va yerga ag'daradi, bu vaqtda birinchi 
kurashuvchining o'ng qo'li ostidan o'tkazishi kerak, 
kurashuvchilar goh gavdalarini tiklab, goh egiladilar. Kurash 
turlariga yana ko'krak bilan zarbani qaytarish, ikkinchi bor 
kishining bo'ynidan ushlab pastga egish, bir-birovining 
oyoqlarini o'z oyoqlari bilan chalkashtirib, chalib yoki oyoqlaij 
bilan ikkinchisining oyoqlarida turib qilinadigan va polvonlar 
ishlatadigan harakatlar ham kiradi.14 Badantarbiyaning birinchi 
turi „Gavda uchun maxsus harakatlar” hisoblanib, ularning har 
birida ma’lum darajada o'yin unsurlari mavjud, ya’ni: 1. Qo'l va 
oyoq harakatlari. 2. Ko'krak va nafas a’zolarining harakatlari. 3. 
Butun tanaga oid harakatlardir. 

Yüklə 93,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin