1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]



Yüklə 69,37 Kb.
tarix14.06.2023
ölçüsü69,37 Kb.
#130214



[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar;

2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.02 Mikrokreditlash. Kichik biznes subyektlarini kreditlash]

[TSZ:

1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]

O‘zbekiston Respublikasining qonuni
MIKROKREDIT TAShKILOTLARI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 28-iyunda qabul qilingan

Senat tomonidan 2006-yil 25-avgustda ma’qullangan


1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi mikrokredit tashkilotlarining tashkil etilishi va faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchilik
Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Mikrokredit tashkiloti
Mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish sohasida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va ushbu Qonunga muvofiq boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs mikrokredit tashkilotidir.
Mikrokredit tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi hududida bank hisobvaraqlarini belgilangan tartibda ochishga haqli.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga (ro‘yxat № 1948, 27.04.2009-y.) qarang.
Mikrokredit tashkiloti ishlab chiqarish, sug‘urta, savdo-vositachilik va ushbu Qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyat bilan bevosita shug‘ullanishga haqli emas.
[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]

4-modda. Mikrokredit tashkilotlarini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrokredit tashkilotlari yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan qonunchilikka muvofiq har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi mumkin.
(4-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 4-bobi 2-paragrafiga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrokredit tashkilotlari davlat organlari, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar, boshqa mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.
(4-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]

5-modda. Mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlari
Mikrokredit tashkiloti ta’sis hujjatlari asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlarida muayyan tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxslar uchun qonunchilikda belgilangan ma’lumotlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
(5-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat to‘g‘risidagi;
boshqaruv organlarining tuzilishi va vakolatlari to‘g‘risidagi;
mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish uchun mablag‘larni shakllantirish manbalari to‘g‘risidagi;
mikrokredit tashkilotida audit o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Mikrokredit tashkilotlarida audit tekshiruvlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2379, 17.07.2012-y.).
[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]

6-modda. Mikrokredit tashkilotining ustav fondi
Mikrokredit tashkilotining ustav fondi pul mablag‘laridan, shuningdek mazkur tashkilot ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa mol-mulkdan shakllantiriladi.
Mikrokredit tashkilotining ustav fondini shakllantirishda kreditga, garovga olingan mablag‘lardan va boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mikrokredit tashkiloti ustav fondining eng kam miqdori litsenziya olish uchun murojaat qilingan kunga qadar faqat pul mablag‘laridan shakllantirilgan bo‘lishi kerak.
LexUZ sharhi
Mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdori “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning (ro‘yxat raqami 2093, 13.04.2010-y.) 3-bandida belgilangan.
[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi]

7-modda. Mikrokredit tashkilotining firma nomi va muhri
Mikrokredit tashkilotining firma nomida “mikrokredit tashkiloti” so‘z birikmasi ifodalanishi va mazkur nom boshqa mikrokredit tashkilotlarining firma nomiga o‘xshash bo‘lmasligi kerak. Ushbu Qonun talablariga javob bermaydigan yuridik shaxs o‘z nomida “mikrokredit tashkiloti” so‘z birikmasidan foydalanishga haqli emas.
Mikrokredit tashkiloti o‘zining firma nomi davlat tilida to‘liq yozilgan hamda joylashgan yeri ko‘rsatilgan muhriga ega bo‘lishi kerak. Muhrda ayni vaqtning o‘zida firma nomi boshqa tilda ham ko‘rsatilishi mumkin.
Mikrokredit tashkiloti o‘z nomi yozilgan shtamplarga, blankalarga va o‘z emblemasiga ega bo‘lishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni, “Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari”ga (ro‘yxat raqami 1988, 29.07.2009-y.) qarang
[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]

8-modda. Mikrokredit tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrokredit tashkilotlari qonunchilikka muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
(8-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”.
[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang)]

[TSZ:

1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]

9-modda. Mikrokredit tashkiloti faoliyatini litsenziyalash
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrokredit tashkiloti mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini litsenziya olganidan keyin amalga oshiradi.
(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish to‘g‘risidagi yoki litsenziya berishni asoslantirilgan holda rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish haqidagi ariza bilan murojaat qilingan va litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kun ichida qabul qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 2093, 13.04.2010-y.).
[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang)]

10-modda. Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Mikrokredit tashkiloti litsenziya olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yoki uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
litsenziya berish haqidagi ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlarining tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
mikrokredit tashkilotining ustav fondi shakllanganligini tasdiqlovchi bank hujjati.
11-modda. Litsenziya berishni rad etish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Taqdim etilgan hujjatlar qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan va ularda ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etishi mumkin.
(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror buyurtma beruvchiga rad etish sabablari hamda buyurtma beruvchi mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi. Bunda litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan e’tiboran o‘n besh kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin berilgan ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi.
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza takroran ko‘rib chiqilayotganda litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(11-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12-modda. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni qayta rasmiylashtirish va bekor qilish
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablari, shu jumladan litsenziya talablari va shartlari buzilganda;
(12-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
mikrokredit tashkiloti tomonidan uning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar bajarilmaganda.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
mikrokredit tashkiloti to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lib qolganda;
Oldingi tahrirga qarang.
mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchilikning, belgilangan iqtisodiy normativlarning talablari muntazam ravishda buzilganda va hisobot ma’lumotlari buzib ko‘rsatilganda;
(12-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish litsenziya berilgan paytdan e’tiboran olti oydan ortiq kechikkanda.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror qonunga muvofiq boshqa hollarda ham qabul qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda mikrokredit tashkiloti qayta tuzilgan, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgargan hollarda amalga oshiriladi.
(12-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishga yangidan vujudga kelgan mikrokredit tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida litsenziyasi mavjud bo‘lgan mikrokredit tashkilotlari qo‘shib yuborilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Litsenziyaning soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlangan taqdirda, litsenziya bekor qilinadi.
Litsenziyaning bekor qilinishi mikrokredit tashkilotining ilgari amalga oshirgan operatsiyalari haqiqiy emas deb topilishiga olib kelmaydi.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
121-modda. Mikrokredit tashkilotining huquqlari
Mikrokredit tashkiloti:
qarz oluvchi tomonidan shartnomaga muvofiq majburiyatlar bajarilishini ta’minlash sharti bilan yoki bunday shartsiz mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga;
buyurtma beruvchiga mikromoliyaviy xizmat ko‘rsatishni asoslantirilgan holda rad etishga;
mikromoliyaviy xizmat ko‘rsatish va shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni buyurtma beruvchidan so‘rab olishga;
maqsadli mikrokredit o‘z vaqtida to‘lanmagan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmagan holda qarz oluvchidan majburiyatlar muddatidan ilgari bajarilishini talab qilishga;
maslahat va axborot xizmatlari ko‘rsatishga;
mikrokredit tashkilotining qarz oluvchilari tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun shartnomaga muvofiq neustoyka (jarima, penya) miqdorini belgilashga;
mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish uchun ushbu Qonunga muvofiq mablag‘lar jalb etishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrokredit tashkiloti qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(121-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
122-modda. Mikrokredit tashkilotining majburiyatlari
Mikrokredit tashkiloti:
buyurtma beruvchiga uning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida, shu jumladan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi oqibatlari, mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha xarajatlar to‘g‘risida, shuningdek ko‘rsatiladigan mikromoliyaviy xizmat bo‘yicha foiz stavkasi haqida to‘g‘ri hamda to‘liq axborotni yozma shaklda xabar qilishi;
shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishi;
shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi natijasida qarz oluvchiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi;
belgilangan eng kam miqdordan past bo‘lmagan ustav fondiga ega bo‘lishi;
moliyaviy va kassa operatsiyalari o‘tkazish qoidalariga, shuningdek belgilangan iqtisodiy normativlarga rioya qilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq buxgalteriya hisobi, hisobotini va boshqa hujjatlarni yuritishi;
(122-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
hisobotni belgilangan tartibda o‘z vaqtida taqdim etishi;
tekshirish o‘tkazish uchun yuborilgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillariga hujjatlar va mikrokredit tashkiloti faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrokredit tashkilotining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(122-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
13-modda. Mikrokredit tashkiloti tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar
Mikrokredit tashkiloti quyidagi turlardagi mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishi mumkin:
mikrokreditlar yoki mikroqarzlar berish;
qarz majburiyatlarini sotib olish va sotish (faktoring);
mikrokredit tashkiloti lizing beruvchi sifatida ishtirok etadigan mikrolizing (moliya ijarasi);
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan iste’mol kreditlari berish.
(13-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mikrokredit tashkiloti mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq maslahat va axborot xizmatlari ko‘rsatishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrokredit tashkiloti:
qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabul qilishga;
jismoniy shaxslardan qarz mablag‘larini jalb qilishga, bundan o‘z muassislari (ishtirokchilari, mulkdorlari) mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish shartnomalari bo‘yicha yillik qarz miqdorining yarmidan ko‘pini tashkil etadigan summada foizlar hisoblashga, vositachilik haqlari va neustoyka (jarima, penya) undirishga, javobgarlikning boshqa choralarini qo‘llashga;
(13-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi O‘RQ-494-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
o‘z muassislarining (ishtirokchilarining, mulkdorlarining) majburiyatlari bo‘yicha kafil bo‘lishga yoki kafolat beruvchi bo‘lishga, shuningdek ularga o‘z majburiyatlari bajarilishini ta’minlashning boshqa usullarini taqdim etishga haqli emas.
(13-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi Qonuni.
14-modda. Mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish uchun mablag‘larning manbalari
Mikrokredit tashkiloti quyidagilar hisobidan mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatadi:
o‘z mablag‘lari, shu jumladan olgan daromadlari;
investorlar, shu jumladan chet ellik investorlar tomonidan investitsiya shartnomalari asosida berilgan mablag‘lar;
banklarning kreditlari va davlat maqsadli jamg‘armalarining mablag‘lari;
xalqaro moliya institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining, shu jumladan chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining grantlari va qarz mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(14-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mikrokredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishga doir vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki moliyaviy tizimning barqarorligini saqlash, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mikrokredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soladi va nazorat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda:
(15-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdorini, moliyaviy va kassa operatsiyalari o‘tkazish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish qoidalarini, shuningdek iqtisodiy normativlarni belgilaydi;
LexUZ sharhi
Mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdori “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning (ro‘yxat raqami 2093, 13.04.2010-y.) 3-bandida belgilangan.
LexUZ sharhi
Qarang: Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari (ro‘yxat raqami 1719, 24.09.2007-y.) va Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 1728, 12.10.2007-y.).
ko‘rsatilayotgan mikromoliyaviy xizmatlar uchun foizlarni hisoblash tartibini tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini tekshiradi va ularning faoliyatida aniqlangan mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining buzilishlarini bartaraf etishga oid bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;
(15-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2209, 14.03.2011-y.).
mikrokredit tashkilotining faoliyatini auditdan o‘tkazishga doir talablarni belgilaydi;
mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbarining malakasiga doir talablarni belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchilik hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari, shuningdek belgilangan iqtisodiy normativlar buzilgan taqdirda, o‘z kapitalining besh foizigacha miqdorda jarima undiradi;
(15-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
mikrokredit tashkiloti tomonidan ayrim moliyaviy operatsiyalar o‘tkazishni uch oygacha bo‘lgan muddatga cheklaydi;
mikrokredit tashkiloti litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turadi yoki tugatadi yoxud litsenziyani qayta rasmiylashtiradi va bekor qiladi.
(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
151-modda. Ichki audit xizmati
Aktivlarining balans qiymati bir milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan mikrokredit tashkilotida mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organining qarori bilan ichki audit xizmati tashkil etiladi.
Ichki audit xizmati mikrokredit tashkilotining faqat yuqori boshqaruv organiga hisobdordir. Ichki audit xizmatining rahbari va boshqa xodimlari mikrokredit tashkilotining yuqori boshqaruv organi tomonidan tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki audit xizmati mikrokredit tashkilotining ijro etuvchi organi va filiallari ishini ular tomonidan qonunchilikka, ta’sis hujjatlariga hamda boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobi va hisobotida ma’lumotlar to‘liq hamda to‘g‘ri aks ettirilishi ta’minlanishini, moliya-xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishga doir belgilangan qoidalar va tartib-taomillarni, shuningdek aktivlar but saqlanishini tekshirish va monitoring qilish yo‘li bilan nazorat qilishni hamda baholashni amalga oshiradi.
(151-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ichki audit xizmati o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Markaziy bank tomonidan mikrokredit tashkilotlarining ichki audit xizmatiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2453, 25.04.2013-y.).
(151-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Sho‘’ba korxonalar]

16-modda. Mikrokredit tashkilotining filiallari
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrokredit tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda filiallar tashkil etishga haqli.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 47-moddasiga qarang.
Mikrokredit tashkilotining filiali o‘z faoliyatini mikrokredit tashkiloti uchun berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
161-modda. Mikrokredit tashkilotlarida axborotning maxfiyligi
Mikrokredit tashkilotlari o‘z qarz oluvchilari va kreditorlarining moliyaviy operatsiyalari hamda hisobvaraqlari bo‘yicha axborotning maxfiyligini kafolatlaydi. Mikrokredit tashkilotining boshqaruv organlari a’zolari, ichki audit xizmati va ijro etuvchi organi xodimlari mikrokredit tashkilotining, uning qarz oluvchilarining operatsiyalari va hisobvaraqlari bo‘yicha, shuningdek kreditorlar bilan operatsiyalar bo‘yicha sirni saqlashi shart.
Maxfiy axborot o‘ziga ishonib topshirilgan yoki xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan bu axborot o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan shaxslar uni oshkor etganlik uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrokredit tashkilotlariga nisbatan bank siri to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan qoidalar qo‘llaniladi.
(161-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
17-modda. Mikrokredit tashkilotini qayta tashkil etish va tugatish
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrokredit tashkilotini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(17-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 va 53-moddalariga qarang.
18-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrokredit tashkilotlarining tashkil etilishi va faoliyati sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(18-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19-modda. Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(20-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
21-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2006-yil 21-sentabrdagi 186 (4085)-sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 20-sentabr,
O‘RQ-53-son


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 372-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda, 18-son, 233-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2017-y., 16-son, 265-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)

Yüklə 69,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin