1. Moliya / Baxolash faoliyati]



Yüklə 96,61 Kb.
səhifə1/6
tarix27.04.2022
ölçüsü96,61 Kb.
#56440
  1   2   3   4   5   6
3153 15.04.2019




[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]

[TSZ:

1.Moliya / Baxolash faoliyati]

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining

buyrug‘i

Baholovchining malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 15-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3153]

 LexUZ sharhi

Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2021-yil 27-avgustdagi 01/11-14/11-sonli ““Baholovchining malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3153-1, 06.09.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.

O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PQ-3764-son “Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:

1. Baholovchining malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2018-yil 7-avgustdagi 230-son “Baholovchi malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3063, 2018-yil 29-avgust) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2018-y., 10/18/3063/1811-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.

3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Direktor N. JO‘RAYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 5-mart,

01/10-12/49-son

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2019-yil 5-martdagi 01/10-12/49-son buyrug‘iga


ILOVA

Baholovchining malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-son “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi va 2018-yil 1-iyundagi PQ-3764-son “Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq malaka imtihonini o‘tkazish, baholovchining malaka sertifikatini berish, muddatini uzaytirish, amal qilishini to‘xtatib qo‘yish va bekor qilish tartibini belgilaydi.



1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


Yüklə 96,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin