1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsad va vazifalari



Yüklə 81,84 Kb.
səhifə1/36
tarix17.04.2022
ölçüsü81,84 Kb.
#55628
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsa


1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsad va vazifalari. “Tilshunoslik nazariyasi” fani murakkab va ko‘p qirrali, boshqa ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan til haqidagi mustaqil va aniq fan bo‘lib, tilshunoslik sohasining nazariy mavzularini yoritish, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarning mazmun mundarijasini belgilash, nazariy tilshunoslikning muhim xususiyatlari borasida tasavvur hosil qilish, asosiy lingvistik hodisalar, jarayonlar, til birliklari, til birliklarining tizim sifatidagi qurilishi haqida ma’lumot keltirish, til mohiyatini nazariy muammolar asosida tahlil qilish, tilning tabiati, ijtimoiy mohiyati, kishilik jamiyatida bajaradigani vazifasi, til va so‘zlashuvchining ruhiy faoliyati, so‘zlovchi va suhbatdoshning o‘zaro munosabati, tilning kommunikativ xususiyatlari, tilning kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyot jarayonlari va qonuniyatlarini, til va tafakkurning bir-biriga uzviy bog‘liqligini, tilning belgili va belgisiz xususiyatlarini umumlashtirib, ilmiy xulosalar chiqaradi va shu asosda til qonuniyatlarini aniqlab beradi.

“Nazariy tilshunoslik masalalari” fanining maqsadi quyidagilardan iborat:

-lingvistikaning tabiati, mohiyati va predmetini belgilash;

obyektiv borliqdagi hodisalarga tilning munosabati, uning boshqa hodisalar ichida tutgan o‘rnini o‘rganish;

- tilning nutq va nutq faoliyati bilan munosabatini o‘rganish;

- til strukturasi, bu strukturani tashkil etgan birliklarning o‘zaro munosabati, uning ichki mexanizmi, ishlash qonuniyatlari kabi muhim masalalarni ilmiy o‘rganish;

-til va jamiyat, tilning kishilik jamiyatidagi o‘rni, tilning ijtimoiy muhitga ko‘ra o‘zgarish xususiyatlari, tillarning sotsiolingvistik tasnifi kabilarni o‘rganish;

- til va tafakkur, til va psixologiya, til va semiotika kabi tilga bog‘liq masalalarni tadqiq etish;

-tildagi muammo va masalalarni sinxroniya va diaxroniya (ya’ni hozirgi va tarixiy holati)da ilmiy tadqiq etish;

- mavjud metod va metodologiyalardan magistrlarni puxta xabardor etishdan iborat.



Ushbu kurs magistrant talabalarning umumlingvistik tayyorgarligini, bilim doirasini yanada kengaytirish va chuqurlashtirish, yangi nazariy va metodologik materiallar bilan tanishtirish, ijodiy mulohaza yuritishga, izchillikka undash, nazariy bilim saviyasini oshirish, talabalarni ilmiy tadqiqotning, lisoniy tahlilning metodikasi va metodologiyasi bilan qurollantirish vazifasini qo‘yadi.


Yüklə 81,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin