1 odam va hayvonlar nerv sistemasining markaziy boʻlimi, Miya organizmning eng



Yüklə 49,91 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix02.01.2022
ölçüsü49,91 Kb.
#44432
Miya - Vikipediya



Miya

Miya — 1) odam va hayvonlar nerv sistemasining markaziy boʻlimi, Miya organizmning eng

murakkab hayotiy funksiyalari va muhit oʻzaro munosabatlarining boshqarilishini taʼminlaydi.

Umurtqasiz hayvonlarda Miya koʻndalang va boʻylama tutashtirgichlar orqali oʻzaro tutashgan

nerv hujayralari toʻplami — nerv tugunlari (gangliylar)dan iborat. Halqali chuvalchanglar, tuban

mollyuskalar va boʻgʻim-oyoklilarda nerv tugunlari qorin nerv zanjirini hosil qiladi. Bu

hayvonlarning koʻpchiligida qorin nerv zanjirining halqum usti va halqum osti nerv tugunlari

kuchli rivojlangan boʻlib, bosh miya deyiladi. Miya qattiq, oʻrgimchak uyasisimon va tomirli

parda bilan qoplangan. Boʻgʻimoyoklilar va bosh-oyoqli mollyuskalarning halqum usti nerv

tugunlari 2—3 boʻlimdan tashkil topgan. Tuban xordali hayvonlar Miyasi naysimon, alohida

qismlarga boʻlinmagan. Umurtqali hayvonlar va odam Miyasi bosh hamda orqa miyadgm

iborat. Evolyusiya jarayonida bosh Miya oldingi, oʻrta va keyingi yoki rombsimon Miyani,

bundan keyingi rivojlanish davomida oldingi Miya oxirgi va oraliq Miyani, rombsimon Miya

orqa va uzunchoq miyani hosil qiladi. Bir qancha umurtqalilarda oxirgi miya (Miya katta yarim

sharlari) kuchli rivojlanadi. Sut emizuvchilar va odamda organlar faoliyatini boshqaruvchi

sifatida Miya katta yarim sharlari poʻstlogʻi shakllanadi. Oxirgi Miyaning ostki yuzasida 2 ta

hidlash piyozchasi joylashgan. Oralik, Miyada koʻrish boʻrtiklari va 2 ta oʻsimta: ustki epifiz va

pastki gipofiz hosil boʻladi. Oʻrta Miya tuban umurtqalilarda yaxshi rivojlangan. Yuksak

umurtqalilarning oʻrta Miyasida koʻrish, eshitish va muvozanat organlari bilan bogʻlangan 4

tepalik shakllanadi. Baliklar, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlarda

rombsimon Miya miyachadan iborat. Sut emizuvchilarda rombsimon Miyaning pastki qismida

Varoli koʻprigi hosil boʻladi. Uzunchoq Miya hamma hayvonlarda bir xilda tuzilgan; orqa Miya

uning bevosita davomi hisoblanadi. Umurtqali hayvonlar Miyasi Miya poʻsti bilan qoplangan.

Miya poʻstlari oraligʻida orqa Miya suyukligi (likvor) boʻladi. Miya odamda tafakkur organi

hisoblanadi; 2) odam va umurtqali hayvonlar suyagi boʻshliqlarini toʻldirib turadigan toʻqima

(koʻmik). 

[1]


Manbalar


  Soʻnggi tahrir 8 oylar avval Malikxan tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


1. 

OʻzME

. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Ko‘proq o‘rganish

Ushbu maqolada 

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

 (2000-2005)

maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Anatomiyaga

 oid ushbu maqola 

chaladir

. Siz uni 

boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.ph

p?title=Miya&action=edit)

 

Vikipediyaga

 yordam berishingiz mumkin.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?title=Miya&oldid=2142654



dan olindi 



Yüklə 49,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin