Nutq inson aqliy faoliyatining end oliy va asosiy vositasidir. Chunki insonni boshqa jonzotlardan ajratib turadigan ham nutq emasmi?Shunday ekan, inson aqliy faoliyatining eng oliy maxsullari tafakkur mevalari til va nutq orqali ro’yobga chiqadi. Til tafakkur mahsullarining hayotga tadbiq etilishiga vosita bo’luvchi qudratli quroldir.
Qadimgi Sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri “Qobusnoma” da ham til va nutqqa alohida etibor berilganki, ular hozir ham o’z ahamiyatini yo’qotmaganini ko’ramiz.Qaykovus hamma hunarlar ichida so’z hunali-notiqlikni a’lo deb biladi: Bilginki, hamma hunardan so’z hunari yaxshi” shuning uchun ham kishi suhandon va notiq bo’lishini ta’kidlaydi. Muallif notiqlikni egallashning yo’lini tinimsiz mehnat va o’rganish deb uqtiradi.

Navoiy til va nutq munosabatlarini shunday izohlaydi: « Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir ». Demak, til har qancha qudrati zo’r bo’lmasin, u nutq uchun qurol sifatida xizmat qilarkan. Uning kuch-qudrati nutq jarayonida namoyon bo’lar ekan.

Agar til o’q bo’lsa, nutq kamondir. O’qning qudrati kamonning qobiliyatiga ham bog’liq.
Nutq madaniyati o’qituvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og’zaki, yozma shakllarda to’g’ri, ravon ifodalash ko’ninikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, til sezgilarini tarbiyalashga xizmat qilmog’i lozim.