1. O‘quv faoliyati, o‘quv motivlari, rivojlanuvchi ta`limning psixologik asoslari



Yüklə 27,26 Kb.
səhifə1/2
tarix28.06.2022
ölçüsü27,26 Kb.
#62466
  1   2
9-Mustaqil ish Psixologiya


Sharof Rashidov nomidagi Samraqand Davlat Universiteti Raqamli texnologiyalar fakulteti Amaliy matematika va Informatika yo’nalishi
Mustaqil ish
Mavzu: Ta’lim va tarbiya psixologiyasi

Bajardi:Asrorova M


Tekshirdi:Ishonqulova N

2022-yil
Reja:


1.O‘quv faoliyati, o‘quv motivlari, rivojlanuvchi ta`limning psixologik asoslari.
2.Dars jarayonida o‘quvchilarni boshqarish texnikasi va usullari.
3.Kompyuterlashtirilgan ta`limning psixologik jihatlari.
4.Tarbiyaviy texnologiyalarning psixologik aspektlari.
5.Turli yosh bosqichlarida tarbiya xususiyatlari.

Ta`limni optimal boshqarish maqsadida sobiq sovet psixologlari «o`quv faoliyatini bosqichli shakllantirish» (P.Ya.Galpyerin, N.F.Tazilina), «o`qitish mazmunini tezlashtirish va murakkablashtirish» (L.V.Zankov), «Nazariy umumlashtirish va ryeflyeksiya» (D.B.Elkonin, V.V.Davidov) g`oyalarini ishlab chiqdilar. Shuningdek, ta`limni algoritmlashtirish, programmalashtirish,suggyesteziya(T.V.Kudryavtsev, A.M.Matyushkin va boshqalar) nazariyalarini olga soldilar.Mazkur g’oyalarning barchasi rivojlantiruvchi ta`lim nyegizida to`zilgan bo`lib, aqliy faoliyat myeammolarini o`rganishga hamda ta`lim samaradorligini oshirishni tadkik qilishga qaratilgandir.


Psixologiya fanida ong av faoliyat birligi prinsipining vujudga kelishi psixologigik holatlar, xususiyatlar, hislatlar faoliyatda namoyon bo`ladi va unda shakllanadi, degan yangi tezisni maydonga tashladi. Yangi bunday talqin psixologiya fanining rivojlanishi, sohalarining kengayishi uchun muhum imkoniyatlar ochib berdi. Mazkur prinsip I.M.Syechyenovning psixik faoliyat zamirida bosh miya reflektor faoliyati yotadi, degan ta`limotidan kelib chiqadi. Keyinchalik bu g’oya I.P.Pavlovning ta`limotida rivojlantirildi va qator qonuniyatlar kashf etildi.
Ong va faoliyat birligi prinsipi dastavval S.L.Rubinshteyn tomonidan dalillab berildi. Muallif tashqi sabablar, omillar ichki shart sharoitlarining bevosita ta'siri orqali harakat qiladi deb tushuntiradi.
Mazkur muammoga sal boshqacharoq yondoshgan P.P.Blonskiy esa insonning barcha faoliyatlari ijtimoiy xususiyatga ega ekanligini shaxsning xatti harakatlarning tarkibiy qismi bo`lishligini ta'kidladi. M.Ya.Basov bo`lsa faoliyatni o’yin, professional mehnat shakllarini ta'riflab, inson shaxsining tarkib topishidagi ta'sirini ifodalab bergan.
O`quv faoliyatini boshqarish deganda maqsadga yo’naltirilgan, planlashtiriladigan, nazorat qilinadigan, sistemalashtiriladigan, tashkil qilinadigan mustaqil bilim olishga qodir bo`lgan faoliyat tushuniladi va uni sistematik ravishda mana bunday shaklda aks yettirish mumkin.
O`quv faoliyatini boshqarish.
1.O`quv faoliyatini planlashtirish.
2.O`z-o`zini nazorat qilish.
3.Keng ko`lamdagi bilimlar, ta`limiy usullarni sistemalashtirish.
4.O`z faoliyatini o`zi boshqarish usullarini egallash va yangisini topish.
5.Shaxsiy qiziqishni idora qiluvchi usullarni egallash.
6.O`z diqqatini o`zi boshqarish usullarini egallash.
Psixologiya fanida subyektni o`rganishdan iborat bo`lgan maxsus faoliyat ta`limi deb ataladi. Psixologiya fanida talabaning faoliyati, xulqi va xatti-harakatini, insonning ijtimoiy tajribasini o`zlashtirish tomon yo’naltirishdan iborat bo`lgan faol jarayonni ta`lim deb yuuritish ham uchraydi. Odatda ta`lim faoliyati o`z ichiga quyidagi holatlarni qamrab oladi :
A) Ma`lum bir ideal va amaliy faoliyat turini muvaffaqiyatli tashkil qilish uchun tevarak-atrof to`g`risida muhim xususiyatlar va qonuniyatlarni o`zlashtirish.
B) Mavjud ma’lumotlar va informatsiyalarni o`zlashtirib olishga yordam beradigan usul va operatsiyalarni egallash.
V) Ko`zlangan maqsad va muammo shartiga mos ravishda optimal uslub, ratsional yo`l-yo’riq va operitsiyalar tanlash hamda nazorat qilish uchun nazarda tutilgan informatsion materiallardan foydalanish usullari bilan talabalarni qurollantirish va xokazo.
O`quvchilarning diqqati-o`quv ishlari muvafaqqiyatli borishining zarur shartidir. Ta'lim jarayonida diqqat takomillashadi, ancha ixtiyoriy, ya'ni uyushgan, tartibga tushgan boshqariladigan bo`lib qoladi. Diqqatsizlikning oddiy sabablari –fanga nisbatan qiziqishning yo’qligi, materialni bayon qilishning quruq va noaniqligi o`quvchilarning charchaganligidir. O`quvchilar diqqatini ko`zgotishning asosiy vositalari xilma-xil usullarni qo`llagan holda mashg’ulotlarni dinamik tarzda olib borish ,o`quvchilar aktivligini oshirish , bayon qilishning jonliligi , bir faoliyat turidan ikkinchisiga o`tishi ,diqqatni chalg`ituvchi ko`zgovchilarga barham berishdan iboratdir.
O`qituvchi o`quvchilarning diqqatini jalb etishga harakat qilganda shu narsani nazarda tutish kerakki,ba'zi xollarda o`quvchilar o`z diqqatlarini oshirib diqqat qilib,diqqat bilan qarab tusalar ham, lekin ularning fikri, boshqa biror narsa bilan band bo`lishi mumkin.
O`qituvchi diqqatini tashqi ifodasiga e'tibor berib qolmasdan faoliyat jarayonida aktiv idrok qilish bilan bog’liq bo`lgan haqiqiy diqqat berilishiga erishmog’i zarur.
O`qishga ijobiy munosabatda bo`lishni ifodalashning ikkinchi formasi o`qishga oid qiziqishlarning mavjudligidir.Qiziqish odatda emotsional bo`yoqqa ega bo`lib chuqur va ta'sirli tuyg’ularni kechirish bilan bog’liqdir.
O`quvchining tafakkuri bilan qabul qilingan va qayta ishlangan axborot xotirada saqlanishi lozim. Bu esa istalgan bir paytda xotiradagi zapaslardan zarur malumotlar olish va ularni qo`llash imkoniyatini beradi.
Esda olib qolish to`g`ridan-to`g`ri o`quvchi faoliyatining xarakteriga bog’liqdir. O`tkazilgan ko`pdan-ko`p kuzatishlar va tajribalar (A.A.Smirnov P.I.Zinchyenko) shuni ko`rsatadiki, esda olib qolish biron-bir aktiv faoliyatda ro`y bergan vaqtdagina eng samarali bo`ladi. A.A.Smirnovning tajribalarida tekshiruvchilarga ikki xil faoliyat taklif qilingan edi.
Hozirgi vaqtgacha ta'lim jarayonida o`quvchilarning aqliy rivojlanishiga oid ayrim diagnostika metodlari ishlab chiqilgan, bu metodlar maktab o`quvchilari aqliy faoliyatining shunday parametrlarini chunonchi.
1.O`quv materialini klasifikatsiya qilish;
2.Aqliy faoliyat usullari va ularni ko’chirish mumkinligi;
3.Mustaqil ravishda bilim egallash (muammoni mustaqil tarzda xal qilish,qonuniyatni kashf etish.
4. Tafakkurning «tejalishi».
5.Xususiydan umumiyga tomon siljish sur'ati(tezligi);
6.Harakatlarning ichki plani va xokozolarni baholash hamda o’lchash bilan bog`langan.
Ta'limning asosi-o`qituvchining o`quvchilarga yetkazadigan mo`l-ko`l axborotini esda olib qolish emas (garchi bu muhim vazifa bo`lsada), balki bu axborotni olish jarayonida o`quvchilarning o`zlari aktiv ishtiroq etishi, ularning mustaqil fikr yuritishini, mustaqil bilim olish qobiliyatini, o`z-o`zicha ma'lumotini oshirish qobiliyatini sekin asta shakllantirib borishdan iborat bo’lmog’i lozim.Agar o`quvchi yuzta teoremani emas balki ellikta teoremani bilgani, lekin zarur bo`lsa ,ellikta teoremani isbot qilib bera olgani yaxshi desak bu gap tortishuvga sabab bulmasa kerak.
Ta'limning an'anaviy formasida o`quvchining o`zi muammoni ifodalab va xal qilib beradi (formulani yozadi teoremani isbotlaydi va xokoza). O’quvchi esa o`qituvchi aytgan fikrni tushunishi va esda olib qolishi, ifodani, muammoni yechish prinsipini, muhokamaning borishini esda olib qolishi lozim.
Ta'limni individuallashtirish prinsipi o`qitishga o`quvchilarning real tiplariga tayanish zarurligi asoslanadi. Bu prinsiplarni, biz ko’rib o`tganimizdek, proglammalashtirilgan ta`lim juda yaxshi amalga oshiradi. Lekin odatdagi ta`lim sharoitidagi bu prinyip tatbiq etilishi mumkin va lozim.
O`quvchilarning individual-psixologik xususiyatlari ta`limning ayrim metodlari va usullari tanlash hamda qo`llanish vaqtida uyga berilgan topshiriqlarni qismlarga, bo`lishda sinf va kontrol ishlarning variantlarini (ularning qiyinlik darajasiga qarab) aniqlashda hisobga olinadi.
Ko’nikma va malakalarni shakllantirish bilimlarni o’zlashtiribgina qolmay xilma-xil ko’nikma va malakalarni hosil qiladilar.

Yüklə 27,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin