O'zbekisto Respublikasi Bosh vazirining 2022-yil 1-noyabrdagi 02/1-2798-son topshirig'i bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish boʻyicha Tadbirlar rejasi" ning 2-qismi 4-bandida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda joriy yilning noyabr-dekabr oylarida vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari kadrlar boʻlimlari, tuman (shahar) xokimliklari tashkiliy-kadrlar bo'limlari boshliqlariga mehnat faoliyatiga doir ma'lumotlarni "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksida to'liq va xatosiz kiritilishi bo'yicha o'quv-seminarlar tashkil qilish vazifasi belgilangan.
Topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida, vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan grafikka muvofiq joylarda o'quv-seminarlar o'tkazilishi belgilandi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tizim tashkilotlari kadrlar bo'limlari, tuman (shahar) tashkiliy-kadlar bo'limlari boshqarmalarining o'quv seminarlarda ishtirokini ta'minlashingiz so'raladi.
O'quv seminarlarni o'tkazish joyi va aniq vaqti (soati) Qoraqalpog'iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmalari tomonidan belgilanadi.
Ilovalar:
1.O'quv seminarlar dasturi; 2.O'quv seminarlar grafigi; 3. O'quv-metodik materiallar.
Direktor
A.Inakov