1. O'zbekistonda elektr energetika sohasining rivojlanishi. O'zbekistonda elektr energetika sohasini isloh qilish. O'zbekistonda elektr energetika manbalari



Yüklə 344,15 Kb.
tarix14.11.2022
ölçüsü344,15 Kb.
#69029
O\'zbekistonda elektr energetikaning rivojlanish


O'zbekistonda elektr energetikaning rivojlanish tarixi
Reja:


1. O'zbekistonda elektr energetika sohasining rivojlanishi.
2. O'zbekistonda elektr energetika sohasini isloh qilish.
3. O'zbekistonda elektr energetika manbalari.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Saudiya Arabistonining ACWA POWER kompaniyasi bilan imzolagan bitim O‘zbekistonning energetika sohasi taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shadi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-noyabrdagi 21658-xx-sonli topshirig‘iga binoan Sirdaryo viloyatida ikkita zamonaviy va yuqori quvvatga ega bug‘-gaz qurilmasi qurish hamda foydalanishga topshirish belgilab berilgan edi.
2020-yilning 5-mart kuni Hyatt Regency mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizimidagi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Saudiya Arabistonining yirik investori ― ACWA Power kompaniyasi bilan umumiy qiymati 1,2 milliard AQSH dollariga teng bitim imzoladi.

Sirdaryo viloyatida ACWA Power kompaniyasi tomonidan 1500 MVt quvvatga ega bug‘-gaz turbinali elektr stansiyasi qurilib, so‘ng 25 yil davomida O‘zbekiston elektr energetika sohasiga nisbatan arzon bahoda elektr energiyasi yetkazib berish nazarda tutilayotgan mazkur investitsiya bitimining yagona xaridori «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati bo‘lib, ushbu bitim O‘zbekistonning energetika sohasi taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shishi kutilmoqda.
Shu o‘rinda bir narsani alohida ta'kidlash joizki, xorij investorlari quradigan 1500 MVt quvvatga ega yangi elektr stansiyasi o‘rtacha 3–4 ta viloyat miqyosidagi iste’molga teng bo‘lgan elektr energiyasini ishlab chiqaradi va bu orqali ayni yillarda mavjud elektr energiyasi taqchilligiga ma'lum ma'noda barham beradi.
– Bizning O‘zbekiston bozoriga kirib kelishimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuritayotgan odilona siyosati, mamlakatning rivojlanishi yo‘lida olib borayotgan islohotlari juda muhim o‘rin tutadi. ACWA Power kompaniyasining bu sa'y-harakatlari O‘zbekiston energetika sohasi rivojiga munosib hissa bo‘lib qo‘shilishi biz uchun katta sharaf, – deydi ACWA Power raisi Muhammad Abunayyan.
– Energetika vazirligi tizimidagi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati yurtimiz elektr energetika sohasida alohida ahamiyat kasb etadigan bitimni imzolashga muvaffaq bo‘ldi. Energetika vaziri Alisher Sultonov aytganidek, ACWA Power kompaniyasi haqiqatan ham O‘zbekistonda elektr energiyasini ishlab chiqarish imkoniyatlarini yanada kengaytirishda strategik hamkor maqomiga ega bo‘lmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar mamlakatimiz aholisini sifatli elektr energiyasi bilan muntazam ravishda ta'minlashga xizmat qilishi shubhasiz, – deydi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Dadajon Aynaqulovich Isaqulov.
Ma’lumot o‘rnida: Hyatt Regency mehmonxonasining «Farg‘ona» zalida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan qiymati 0,55–1,1 milliard AQSH dollari, quvvati 500 dan 1000 MVt gacha bo‘lgan shamol elektr stansiyasini barpo etish hamda Sirdaryo viloyatining Shirin shahridagi kollejda energetika va kimyo texnologiyasi yo‘nalishidagi mutaxassislarning texnik ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan tashkil etiladigan o‘quv markazini rivojlantirish bo‘yicha AQSHning Air Products & Chemicals kompaniyasi ishtirokidagi o‘zaro anglashinuv memorandumlari ham imzolandi.
Elektr energiyasini an'anaviy usullar yordamida ishlab chiqarish allaqachon urfdan qolmoqda. Barcha sohalar qatori ushbu tarmoqda ham eng zamonaviy texnologiya, innovatsiyalarni qo'llash davr talabiga aylangan. Bu, o'z navbatida, atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan, inson salomatligi uchun xavfsiz bo'lgan ekologik toza elektr energiyasini hosil qilish imkonini yaratadi.
Tabiiy resurslarga boy bo'lgan mamlakatimizda keyingi yillarda energetika sohasini isloh qilishda yangicha echim va texnologiyalarga katta e'tibor qaratilayotgani bejiz emas. Ayni paytda O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyb 90 foizi ko'mir, tabiiy gaz va boshqa neft` mahsulotlarini yoqish evaziga olinadi. Bu ortiqcha yo'qotishlar talab etish bilan birga, atrof-muhitga zarar yetkazmasdan qolmaydi.
To'g'ri, insoniyat taraqqiyotida kishilarning energetikaga bo'lgan ehtiyoji ularni tabiiy manbalar — o'tin, ko'mir, torf va boshqa yoqilg'ilardan foydalanishga majbur qildi. Bu usul hozir ham energetika olishning eng tezkor, aniq va vaqt sinovidan o'tgan yechimi sanaladi. Hatto, ana shu tabiiy boyliklarning qanchalik ko'pligi davlatlarning energetika sohasi rivojini belgilaydi.
O'tgan asrning 2-yarmidan boshlab dunyoda elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyojning ortishi hamda bu sohada ilm-fanning taraqqiy etishi uning muqobil usullarini rivojlantirishga ham yo'l ochdi. Bunda suv, shamol, quyosh kabi qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobiga ekologik toza elektr energiyasi olish ko'zda tutiladi.
Oxirgi 3-4 yilda qulog'imizga tez-tez chalinayotgan “yashil energiya”, “muqobil energiya” tushunchalarining har ikkisi qayta tiklanuvchi energiya so'ziga ishora qiladi. Ma'lumotlarga ko'ra, “yashil energiya”ning asosini Yer yuzidagi hayot manbai bo'lgan Quyosh tashkil qiladi. Shamol, suvning tabiatda erkin aylanishi va boshqa iqlim sharoiti bilan bog'liq jarayonlarning barchasi galaktikamiz markaziy sayyorasi — Quyoshning faolligi hisobiga amalga oshadi. U qayta ishlangani tufayli “qayta tiklanuvchi”, ekologiyaga deyarli zarari bo'lmagani uchun esa “yashil energiya”, deb ta'riflanadi.
O'zbekiston 2030 yilga qadar elektr energiya ishlab chiqarilishida qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini hozirgi 10 foizdan 25 foizga etkazishni maqsad qilgan. Bu Prezidentimizning 2019 yil 22 avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorida ham o'z ifodasini topgan. Bunday natijalarga erishish uchun energetika vazirligi tomonidan qayta tiklanuvchi energetikada yirik loyihalarni amalga oshirish bo'yicha faol harakatlar boshlangan. Yangi energiya manbalarini topish, qayta tiklanuvchi quvvatlar samaradorligini oshirish hamda ularni energiya tizimida qo'llash ko'lamini kengaytirish maqsadida Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ko'magida to'g'ridan to'g'ri xoriiy investitsiyalar hisobiga yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Yiliga 12 milliard kilovatt soat elektr energiyasi
ishlab chiqariladi
Ekologik toza energiya ishlab chiqarishni 2500 mVtga oshirish bo'yicha Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Saudiya Arabistonining nufuzli “ACWA Power” kompaniyasi o'rtasida 2020 yilning mart oyida imzolangan hamkorlik kelishuvi ana shu sa'y-harakatlarning muhim qismi hisoblanadi.
Loyiha uch asosiy bosqichdan iborat bo'lib, umumiy investitsiyaviy qiymati 2,5 milliard AQSH dollarni tashkil etadi. Global miqyosda energiya ishlab chiqarish va suvni sho'rsizlantirish korxonalari sohibi, jami quvvati 38,7 gVt.ga teng elektr energiyasi hosil qilish hamda dunyoning 12 mamlakatidagi 58 ta ob'ektga etkazib berish orqali nom qozongan “ACWA Power” kompaniyasi mamlakatimiz uchun xavfsiz va samarador “yashil” energetika echimlarini taklif etmoqda.
Sirdaryo viloyatida qurilishi boshlangan quvvati 1500 mVt.ga teng issiqlik elektr stansiyasi bu boradagi loyihalarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Umumiy qiymati 1,2 milliard AQSH dollari bo'lgan mazkur stansiyaning foydali ish koeffietsenti qariyb 60 foizni tashkil etadi. Bu hozirda faoliyat ko'rsatayotgan boshqa turdosh stansiyalar bilan taqqoslaganda, ishlab chiqarish uchun iste'mol qilinayotgan tabiiy gaz miqdorini deyarli ikki barobar iqtisod qilish imkonini beradi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, kombinatsiyalangan siklli stansiya Yaponiyaning eng so'nggi gaz turbinasi texnologiyasi asosida quriladi. U ish turkumidagi 2 ta gaz va bitta bug' trubinasi, 2 ta utilizator bug' generatoriga ega bo'lib, dunyodagi eng samarali elektrostantsiyalardan biri bo'lishi kutilmoqda.
Stansiya konstruktsiyasi, uning ish faoliyatini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi tizim jahondagi eng nufuzli soha mutaxassislari tomonidan mukammal darajada tayyorlangan. Bundan tashqari, eng zamonaviy yechimlar ekspluatatsiya qilish va nazorat vositalaridan foydalanishni ham ko'zda tutadi.
Stansiya yiliga 12 milliard kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Hozirgi kunda O'zbekistonda elektr energiyasi iste'moli yiliga o'rtacha 68-70 milliard kilovatt soatni tashkil etsa, Sirdaryodagi IES ishga tushgach, qurilma iste'molchilarning elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyojining 15 foizini qondirishga hissa qo'shadi.
Toshkent shahrida bo'lib o'tgan Sirdaryo IES qurilishining rasmiy ochilishi marosimida yurtimiz mutasaddi idoralari rahbar-mutaxassislari, Saudiya Arabistoni va “ACWA Power” kompaniyasi vakillari ishtirok etdi. Mehmonlar tantanali tadbirda nutq so'zlab, yangi elektr stansiyasining imkoniyatlari haqida ma'lumot berildi.
— O'zbekistonda energetika tarmog'ini isloh qilishga qaratilgan keng ko'lamli rejaning bir qismini amalga oshirishda ishtirok etayotganimizdan faxrlanamiz, — dedi “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan. — Bu yo'lda har ikki mamlakat vakillari bir jamoa bo'lib mehnat qilyapmiz. “ACWA Power” kompaniyasining arzon narxlarda elektr energiyasi etkazib berish borasidagi tajribasiga bildirilgan ishonch uchun O'zbekiston Respublikasi hukumati, energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga minnatdorlik bildiraman. Biz amalga oshirayotgan uchta yirik loyiha mamlakatdagi faoliyatimizni kengaytirish imkonini bermoqda.
Mazkur elektr stansiyasining qurilishi davrida mingdan ortiq fuqarolar bandligi ta'minlanadi. Mahalliy aholi orasidan xizmatchilar ishchi guruhlari tarkibiga olinib, pudratchilar, logistika kompaniyalari va muhandislik bo'yicha maslahatchilar bilan shartnomalar tuzilishi rejalashtirilgan. Muhimi, yirik investitsiyaviy loyiha O'zbekistonning energetika quvvatini talab darajasida oshirishga katta imkoniyat beradi. Boisi, 2030 yilga borib mamlakatimizda elektr energiyasi iste'moli 110 milliard kVt soatga etishi kutilmoqda.
Bekkerel ixtirosidan to bugunga qadar...
Hozirda O'zbekistonning issiqlik elektr stantsiyalari respublikada ishlab chiqarilayotgan elektr quvvatining qariyb 86 foizini tashkil qiladi. Ayni vaqtda yurtimizda 14 ming megavatt quvvatga ega elektr stansiyalari mavjud. Aholining elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyoji o'sishi natijasida bu talab 2030 yilga borib 20 ming megavattga yetishi kutilmoqda. Ushbu stantsiyalar yiliga 17 milliard kub metr tabiiy gaz sarflaydi. Vaholanki, bunday katta miqdordagi gazni qo'shimcha qiymat yaratish (sintetik yoqilg'i, polipropilen olish) jarayonlariga yo'naltirish mumkin. Shu bois, mutaxassislar oldidagi asosiy vazifa elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishdangina iborat bo'lmay, balki atrof-muhit uchun zararsiz bo'lgan “yashil energiya” ishlab chiqarish ko'lamini kengaytirishga ham alohida e'tibor qaratilyapti.
Mamlakatimizda bu borada 10 yilga mo'ljallangan aniq loyihalar bor. Shu vaqt oralig'ida umumiy quvvati 5 ming megavatga teng quyosh elektr stantsiyalari hamda umumiy quvvati 3 ming megavatni tashkil yetadigan shamol elektr stantsiyalarini qurish rejalashtirilgan. 
Energetika vazirligi 2020 yilning 1 fevralida SHerobod tumanida Osiyo taraqqiyot banki ko'magida fotoelektrik elektr stantsiyasi qad rostlashi bo'yicha dastlabki loyihaga boshlanganini ma'lum qilgan edi. Loyiha ushbu bank hamkorligida ishlab chiqilgan 1 gVt quyosh energiyasi hosil qilish dasturining bir qismi bo'lib, unga ko'ra, kamida 200 MVt o'zgaruvchan tok quvvatiga ega quyosh elektr stansiyasi, shu jumladan, yangi 220 kVt kuchlanishli podstantsiya va “Surxon – 500 kVt” podstantsiyasiga ulanish uchun jami uzunligi 52 kilometrlik elektr uzatish tarmog'i tortiladi.
Mamlakatimiz qayta tiklanadigan energiya manbalari loyihalarida qatnashish bo'yicha yaxshi shartlarni taklif qilgan yirik kompaniyalar bilan bevosita muzokaralarni faol davom ettirmoqda. Masalan, Fransiyaning “Tota Eren” kompaniyasi tomonidan Samarqand viloyatining Nurobod tumanida fotoelektrik stantsiya tiklanadi. Jami quvvati 100 mVt.li bu inshootni barpo etish va undan foydalanish to'g'risidagi bitim o'tgan yili kuzda imzolangan edi.
Manbalarda keltirilishicha, quyosh batareyalari, ya'ni yorug'likni elektrga aylantirish ta'sirini o'rganish dastlab frantsuz fizigi Aleksandr Bekkerel tomonidan 1842 yilda kashf etilgan. Keyinroq amerikalik ixtirochi CHarlz Fritts nurni elektrga aylantirish uchun selen kimyoviy elementidan foylanishni taklif etdi. Quyosh batareyalarining birinchi prototipi esa italiyalik olim Jakomo CHamichyan tomonidan yaratildi. Shundan so'ng “Bell Laboratories” tomonidan elektr tokini ishlab chiqarishga mo'ljallangan dastlabki quyosh batareyalarini ixtiro qilish uchun oradan qariyb bir asr vaqt o'tishiga to'g'ri keldi. Bu borada ilk yutuqlar keyingi ulkan muvaffaqiyatlarga yo'l ochdi. Bugungi kunga kelib, dunyoning ko'plab davlatlarida elektr toki olishda quyosh batareyalari, shamol elektr stantsiyalaridan keng foydalaniladi.
Albatta, “yashil energiya” ishlab chiqarish arzon jarayon emas. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish va o'rnatish uchun katta mablag' talab etiladi. Biroq, bunday qurilmalardan ishlab chiqariladigan energiya narxi yildan yilga pasayib borishi natijasida, ular keyinchalik iqtisodiy jihatdan o'zini oqlaydi.An'anaviy usullar tarixda qoladi
Ekologik toza energiya olishda shamol elektr stansiyalarining ham ahamiyati katta. Ayniqsa, so'nggi yillarda bu energiya jahonda jadal rivojlanayotgan tarmoqlardan biriga aylandi. Shamol dvigateli, elektr toki generatori, ularning ishini boshqaruvchi avtomatik qurilma hamda ular o'rnatiladigan inshootlardan iborat elektr stansiyalar shamol oqimining kinetik quvvatini elektr energiyaga aylantirib beradi. Udan ko'pincha shamol oqimining o'rtacha yillik tezligi yuqori bo'lgan va markazlashtirilgan elektr ta'minot tarmoqlaridan uzoqda joylashgan hududlarda foydalaniladi. Bunday stansiyalar orqali 8 kilovatdan 1,2 megavatgacha bo'lgan quvvatdagi elektr energiyasi hosil qilish mumkin.
Yurtimizda shamol elektr stantsiyalarini qurish bo'yicha xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda yirik investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda. Ulardan biri Navoiy viloyatining Tomdi tumanida Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi ishtirokida umumiy quvvati 500 megavatga teng shamol elektr stantsiyasi qurish loyihasidir. Bu stantsiyani 2023 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

“Masdar” Abu-Dabidagi “Mubadala Investment Company” investitsiyaviy xoldingining sho''ba korxonasi hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo'yicha dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri sanaladi. Uning amalga oshirilgan investitsiyaviy loyihalari portfeli qayta tiklanuvchi manbalardan elektr energiya ishlab chiqarish bo'yicha o'rnatilgan 4 ming mVt quvvatni o'z ichiga oladi. Kompaniya ishtirokida, shuningdek, Zarafshon shahrida umumiy quvvati 500 mVt bo'lgan shamol elektr stansiyasini qurish rejalashtirilgan.Bu yo'nalishda Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi bilan ham hamkorlik aloqalarimiz kengayib bormoqda. Bu kompaniya va O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi o'rtasida tuzilgan kelishuv shartnomasiga asosan, ayni paytda bir qancha hududlarda yuqori quvvatli shamol elektr stantsiyalari barpo etishga kirishilyapti.
Xorijiy kompaniya bilan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida Buxoro va Navoiy viloyatlarida umumiy quvvati 1000 mVt bo'lgan ikkita shamol elektr stansiyasini qurish ham ko'zda tutilgan. Ushbu elektr stansiyalarini qurish loyihasining umumiy qiymati qariyb 1,3 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Mazkur loyihalarni amalga oshirish uglevodorod chiqindilarini 1,6 million tonnaga qisqartirish imkonini yaratishi barobarida, 2031 yilga borib energiya quvvatlarining 40 foizini qayta tiklanadigan energiya manbalariga o'tkazish bo'yicha hukumat tomonidan qo'yilgan maqsadlarga erishishga xizmat qilishi kutilmoqda.Jarayonning ilk bosqichida Energetika vazirligi, Davlat geologiya qo'mitasi hamda “ACWA Power” kompaniyasi mutaxassislari tomonidan mamlakatimizning bir qancha hududlarida shamol oqimi darajasi o'rganib chiqildi. O'tgan yilning avgust oyida boshlangan o'rganish ishlari 12 oy davomida olib boriladi. Tadbirlar davomida shamolning tezligi, yo'nalishi va davomiyligi, shuningdek, hududlardagi ob-havo sharoitlarining o'zgarishiga oid ma'luotlarni o'lchash uchun 100 metr balandlikdagi maxsus o'lchov asboblari o'rnatiladi. Ushbu ishlarga yuqori malaka va tajribaga ega mahalliy hamda xorijlik mutaxassislar jalb qilingan. Bundan tashqari, hududlarda topografik, geologik va gidrologik tadqiqotlarni amalga oshirish bo'yicha ham ishlar olib borilmoqda.
Bu loyihalarni amalga oshirishda energetika vazirligi va “ACWA Power” kompaniyasi o'rtasida tuzilgan vodorod energiyasini rivojlantirish bo'yicha shartnoma ham muhim o'rin tutadi. Asosiy maqsad O'zbekistonning iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish hamda vodorod va qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi ilmiy izlanishlar orqali “issiqxona” gazi hosil bo'lishini kamaytirishga qaratilgan
— Yurtimizda ekologik toza energiya ishlab chiqarishni ko'paytirish muayyan vaqt davomida ishlanmalar va investitsiyalar sohasidagi ko'plab maqsadlarga erishishni ko'zda tutadi, — dedi energetika vaziri Alisher Sultonov. — Rejalarimizning samarali amalga oshirilishi O'zbekistonga katta miqdordagi investitsiyalarni jalb qilish va mamlakatimiz energetika maqomini oshirish imkonini beradi. Vazirlik “ACWA Power” kompaniyasi va Saudiya Arabistoni delegatsiyasiga boshlangan ishlar uchun chuqur minnatdorlik bildiradi. Biz nufuzli va bu sohada katta tajribaga ega mazkur tuzilma bilan uzoq muddatli hamda samarali hamkorlik qilish niyatidamiz.
Yuqoridagi loyihalar bo'yicha investitsiya kelishuvlarining imzolanishi, haqiqatan, energetika tarmog'ini isloh qilish va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Bu, ayniqsa, O'zbekistonning past darajali uglevodorod chiqindili resurslardan foydalanishga o'tishida dadil qadamlardan biriga aylanishi, shubhasiz.
Bugungi kunda yurtimiz energetika sohasi salmog'ida qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini oshirish muhim vazifalardan biriga aylanib boryapti. Yuqorida qayd etilgan yirik investitsion loyihalar “yashil energiya”dan foydalanish ko'lamini kengaytirish yo'lida qo'yilgan dastlabki qadamlar sirasiga kiradi. Xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda yaratiladigan muqobil energiya manbalari iqtisodiyot tarmoqlari, hududlar va aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlab, atrof-muhitga chiqarilayotgan zararli chiqindilarni kamaytirish imkonini beradi.
Energetika — energiyaning har xil turlarini hosil qilish, ularni bir turdan ikkinchi turga oʻzgartirish, muayyan masofaga uzatish va yetkazib berish, ulardan barcha sohalarda foydalanishni hamda shular bilan bogʻliq nazariy va amaliy muammolarni hal qilishni oʻz ichiga olgan xalq xoʻjaligi, fan va texnika sohasi. Insoniyat taraqqiyotida kishilarning turli energiya manbalariga boʻlgan ehtiyojlari ularni tabiiy manbalar — oʻtin, koʻmir, torf va boshqalar yoqilgʻilardan, shamol, suv oqimi energiyasi (mas, shamol va suv tegirmonlari) dan foydalanishga majbur qildi. Keyinchalik fan va texnika taraqqiyoti, fantexnika inqilobi tufayli 20-asrning 2-yarmidan boshlab asosan elektr energiyasiga ehtiyoj juda oshib ketdi. Ana shu omillar energetikani jadal rivojlantirishni taqozo qildi. Fan va texnika taraqqayoti energiya ishlab chiqarish va uni oʻzgartirishning yangi usullarini ishlab chiqish, yangi samarali asbobuskunalar va texnologiyalarni yaratish, energiyani taqsimlashni markazlashtirish va boshqalar orqali ifodalanadi. Energetika fani tabiiy energiya resurslarining potensial energiyasini xalq xoʻjaligida foydalanishga yaroqli va foydali energiya turlariga aylantirish hamda shu bilan bogʻliq ilmiytexnik muammolarni hal qilish masalalari bilan shugʻullanadi.
Energetika ning taraqqiyoti koʻp jihatdan mamlakat energiya rusurslari bilan qanchalik taʼminlanganligiga chambarchas bogʻliq. Koʻmir, neft, tabiiy gaz, torf, oʻtin, slanets, suv, elektr va yadro energiyasi, shamol va quyosh energiyasi Energetika resurslari hisoblanadi. Energetika resurslari yoqilgʻi (koʻmir, neft, gaz, yadro, torf, slanets, oʻtin) va yoqilgʻi boʻlmagan vositalar (suv, shamol, quyosh energiyasi va boshqalar) ga boʻlinadi. Yoqilgʻi bilan bogʻliq E. resurslari tiklanmaydigan, yoqilgʻi bilan bogʻliq boʻlmaganlari esa tiklanadigan resurslar hisoblanadi.
Jahon miqyosida turli yoqilgʻi energetika resurslari miqdorini taqqoslash uchun shartli yoqilgʻi birligi (1 kg yoqilgʻi yonganda 7000 kkal issiqlik ajralishi) qabul qilingan. Jahondagi barcha yoqilgʻi resurslarining (yadro energiyasidan tashqari) potensial zaxiralari 25000 mlrd. t shartli yoqilgʻiga teng . Uning 95% i yoqilgʻining qattiq turlariga toʻgʻri keladi. Yadro energiyasining asosiy manbai boʻlgan uran va toriyning zaxiralari dunyo okeani suvlaridagi zaxiralar bilan birga 69000 mlrd. t shartli yoqilgʻiga teng . Eng koʻp ishlatiladigan energetika.ning tabiiy resurslari (koʻmir, neft, gaz) jahon mamlakatlari boʻyicha notekis taqsimlangan. Shu jihatdan Oʻzbekistonning energetika resurslarini hisobga olsak, mamlakat energetika si xalq xoʻjaligining baza sohasi hisoblanadi. Oʻzbekiston Energetika tizimi xalq xoʻjaligi va aholining yoqilgʻi (koʻmir, gaz, neft), elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qondiradi va eksport ham qilinadi. Oʻzbekistonda 20 issiqlik elektr stansiyalari, 27 gidroelektr stansiya (GES) ishlab turibdi. Bularning umumiy oʻrnatilgan quvvati 11,5 mln. kVtsoat (yiliga 55 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniga ega), transformatorlarning umumiy quvvati 44850 MVA, elektr tarmoqlarining umumiy uz. 232 ming km, shu jumladan, yuqori quvvatli (500 kV li)lari 1660 km ni tashkil qiladi (2005).
Energetika xalqxoʻjaligining muhim tarmogʻi sifatida gidroenergetika va issiklik energetikasiga ajraladi. [[Gidroenergetika — energetika.ning suv resurslari energiyasidan foydalanishga doir boʻlimi. Suv resurslari energiyasidan foydalanish uchun suv oqimi maxsus qurilgan inshootlar va jihozlar majmui — gidroelektr st-yalar (GES) yordamida elektr energiyasiga aylantiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi "Oʻzbekenergo" davlat aksiyadorlik kompaniyasi tizimida 26 GES ni birlashtirgan 7 ta GES kaskadlari hamda Farhod GES bor. Eng yirik GES lar: Chorvoq GES (quvvati 620,5 MVt), Xoʻjakent GES (165 MVt), Farhod GES (126 MVt), Gʻazalkent GES (120 MVt). Oʻzbekiston energetika tizimidagi barcha GES larning umumiy belgilangan quvvati 1419 MVt. Mamlakat gidroenergetikasining istiqboldagi taraqqiyoti, asosan. kichik suv havzalari gidroresurslaridan foydalanish bilan bogʻliq.
Issiqlik energetikasi — energetika ning issiqlikni issiqlik dvigatellari va boshqalar yordamida boshqa energiya turlari (mexanik energiya, elektr energiyasi) ga aylantirib beruvchi issiklik texnikasi boʻlimi. Issiqtik E.sida asosiy issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxona issiklik elektr st-yalari (IES) hamda Davlat issiqlik elektr st-yasi (DIES) hisoblanadi. Yirik DIES lar: Sirdaryo DIES (3000 MVt), Toshkent DIES (1850 MVt), Tolimarjon DIES (loyiha boʻyicha 3200 MVt). Oʻzbekistonning issiqtik elektr st-yalari respublikada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyb 85% ini tashkil qiladi.
Oʻzbekistonning yoqilgʻi balansida gaz va koʻmirning salmogʻi katta (qarang Gaz sanoati, Issiqlik energetikasi), "Koʻmir" aksiyadorlik jamiyati ham "Oʻzbekenergo" tarkibiga kiradi.
Fanda energetika muammolari bilan shugʻullanishda izchil i. t. ishlariga asoslangan holda energetika taraqqiyotining qonuniyatlari, tabiiy anʼanalari va optimal yechimlari oʻrganiladi, energetika ni optimal boshqarishning asoslari shakllantiriladi, energetika ning kompleks muammolari, shu jumladan, uning atrof muhitga taʼsiri, yaʼni ekologiya masalalari, energetika ga doir fan va texnika taraqqiyoti masalalari va boshqalar hal qilinadi. Oʻzbekistonda energetika fanlarining rivojlanishi 20-asr 30- yillari oxiri va 40- yillariga toʻgʻri keladi. energetika ga doir i. t. ishlari energetika ning ustuvor kompleks masalalarini va amaliy muammolarini hal qilishga qaratildi. Elektr energiyasini uzoq masofaga uzatish bilan bogʻliq masala — oʻzgaruvchan tokni oʻzgarmas tokka aylantirish nazariyasi, asinxron va sinxron mashinalarning magnit oqimlari oʻz-oʻzidan uygʻonishini taʼminlashni hisoblash usullari, elektron qurilmalaridagi shikastlanishning murakkab turlari nazariyasini rivojlantirish kabi ustuvor masalalar bilan shugʻullanildi, gidroelektr st-yalari quvvatini samarali taqsimlashni hal qilishga doir ishlar bajarildi. 40- yillar oxiri va 50- yillarda i. t. ishlari elektr st-yalari, elektr tizimi va jihozlari ishini yaxshilash, puxtaligini oshirish, samaradorligini koʻtarishga qaratildi (N. N. Shchedrin, H. F. Fozilov), elektr tizimlarini hisoblashning ixcham nazariyasi va usullari yaratildi (H. F. Fozilov, K. R. Allayev, T, X. Nosirov va boshqalar). Elektr tizimlari rejimini ifodalaydigan katta oʻlchamli chiziqlimas tenglamalarni yechish (S. S. Solihov), yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalaridan kichik quvvatlarni olish sxemalarini yaratish, hisoblash nazariyasi va usullarini ishlab chiqish (N. R.Gʻanixoʻjayev) masalalari tadqiq qilindi.
Oʻzbekiston energetikasi rivoji uchun tabiiyiklim sharoitlaridan oqilona foydalanish maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, xususan, quyosh energiyasi, shamol kuchi, yer osti suvlari harorati va kichik gidroelektrostyalardan foydalanish masalalari borasida keng tadqiqot ishlari olib borildi (G. A. Grinevich, R. A. Zohidov). Energetika jarayonlarini avtomatlashtirish va telemexanizatsiyalash hamda energetika tizimlarida oʻlchash texnikasi, oʻlchash aniqligi, puxtaligi va samaradorligini oshirish kabi ilmiy natijalarga erishishda muhim tadqiqotlar amalga oshirildi (akad. J. Abdullayev). Issiqlik energetikasi va issiklik texnikasi sohasida yoqilgʻidan foydalanishning yangi texnologiyasi va issiqlik energiyasidan samarali foydalanish kabi muhim tadqiqot ishlariga ahamiyat kuchaytirildi (R. A. Zohidov, S. Q. Ismatxoʻjayev). Sanoatning bir qancha sohalarida energotejamkorlik, energiyadan oqilona foydalanish, GES lar jihozlarini diagnostika qilish, mashina yordamida sugʻoriladigan nasos st-yalari uchun yangi elektr yuritmalar yaratish (T. S. Kamolov), Oʻzbekiston elektr korxonalarining normal ishlashini EHM yordamida hisoblash (E. Payziyev), elektrofizikaning fiziktexnik muammolari boʻyicha bir qancha ilmiy natijalarga erishildi. Oʻzbek olimlari tomonidan avtomatlashtirilgan elektr yuritmalarining yangi avlodi yaratildi. Yarim oʻtkazgichli elementlar asosida invertorlarning bir qancha sxemalari taklif etilib, ularni chastotasiga koʻra boshqariluvchi asinxron, bir fazali kondensatorli asinxron va sinxron motorli aylanish tezligini oʻzgartirishga qoʻllashlik muammolari ishlab chiqildi (M. 3. Homidxonov, S. 3. Usmonov, N. M. Usmonxoʻjayev, A. A. Xoshimov, K. Moʻminov).
Bu yoʻnalishda olib borilgan ishlarning biri — bu yangi prinsipda ishlaydigan maxsus elektr mashinalari — koʻp rotorli asinxron motorlarining yaratilishi boʻldi (A. Dadajonov, 3. Sh. Isamuhamedov). Elektromagnitli val prinsipi taklif etildi va ishlab chiqildi. Bu bir-biriga mexanik ravishda bogʻlanmagan bir necha mexanizmlarning aylanish tezliklarini oʻzaro muvofiqlashtirishni taʼminlovchi elektromagnitli qurilmadir (N. M. Usmonxoʻjayev). Sanoat va qurilishda keng qoʻllaniladigan titrama gʻalvirlar uchun elektr yuritmalarining yangi turlari yaratilib, ishlab chiqarishga joriy etildi (N. X. Bozorov). Ikki motorli elektr yuritmalar, shuningdek, qutblari keng oʻzgarishga ega boʻlgan asinxron motorlari nazariyalari yaratildi (X. G. Karimov). Elektr zanjirlari va tizimlarining chizikli boʻlmagan nazariyasi va hisobiy usullariga doir hamda avtomatika va hisoblash texnikasi elementlarini ishlab chiqish boʻyicha maktab yaratildi (Gʻ. R. Rahimov).
Parametrik zanjirlar va tizim (3. I. Ismoilov), boshqarish elementlari va texnika vositalari (P. F. Hasanov), avtoparametrik tebranishlar zashkirlarida oʻzgaruvchan tok fazalar soni va chastotasini oʻzgartirish (A. S. Karimov) nazariyalari yaratildi. Energetika tizimlarining samaradorligini oshirish, quvvatni tejash va ekologik sof energetikaning dolzarb muammolari boʻyicha fundamental tadqiqotlar olib boriladi. Yangi energiya manbalarini topish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari samaradorligini oshirish hamda ularni energiya tizimida qoʻllanish koʻlamini kengaytirish istiqbolli masalalardir. Oʻzbekiston Respublikasida E. masalalari bilan, asosan, Oʻzbekiston FA Energetika va avtomatika institutipz., Oʻzbekiston milliy untida, Toshkent texnika untida, soha boʻyicha i. t. institutlarida shugʻullaniladi. Respublikada E. fani taraqqiyoti Gʻ. Rahimov, H. Fozilov, M. Homidxonov va boshqalar olimlar nomi bilan bogʻliq.

Foydalanilgan internet saytlar




  1. https://azkurs.org




  1. https://www.toshet.uz




  1. https://www.uzbekistonmet.uz



  1. https://arxiv.uz 






  1. https://kun.uz

Yüklə 344,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin