1. Qaysi gapda yetakchi morfemasi ot bo’lgan yasama so’z qatnashgan



Yüklə 20,33 Kb.
tarix02.06.2023
ölçüsü20,33 Kb.
#122027
Morfemika-1


MORFEMIKA.
1.Qaysi gapda yetakchi morfemasi ot bo’lgan yasama so’z qatnashgan? A)Bilimi zo’r birni yiqar B)Tani sog’lik-tuman boylik C)ertani degan uzoqni ko’zlar D)odamni el ko’kartiradi
2.Qismlaridan biri omonimlik xususiyatiga ega bo’lgan, bir xil so’z turkumi kompazitsiyasidan hosil bo’lgan qo’shma otlarni aniqlang. 1)gulbeor 2)atirgul 3)toshko’mir 4)qo’yko’z 5)belbog’ 6)oshqovoq 7)laylakqor A)4ta B)5ta C)3ta D)2ta
3.Ayriliq g’ussasi o’limdan yomon ,qolmayin zarracha armon o’ynasin.Ushbu gapda qatnashgan yasama so’zlar mustaqil so’z turkumining nechta turiga mansub? A)2 B)1 C)4 D)3
4.Bir kun ko’zlarimdan qochdi uyqular, Bir kun yuragimni ochdi tuyg’ular,men seni esladim entikib, yonib. Ushbu parchadagi sodda yasama so’zlardan nechtasining asosi shakldoshlik xususiyatiga ega?
A)1 B)3 C)2 D)4
5.Quyidagi qaysi gaplarda shakl yasovchi qo’shimcha bilan omonim bo’ladigan so’z yasovchi qo’shimcha(lar)qatnashgan? 1)Vatan - kelinchakning orzulari qanotida parvoz etib kirgan eshigi 2)Qizcha qo’g’irchoqni astagina yotqizib qo’ydi 3)Chaqin bo’lma, bo’lma guldirak 4)Sotqinlarga safimizda o’rin yo’q A)1,3,4 B)1,2,3 C)3,4 D)1,3
6.Qaysi javobda yasalish asosi turli so’z turkumi doirasida omonim bo’la oladigan yasama so’zlar ko’rsatilgan?1)o’yiq 2)qirg’ich 3)botqoq 4)botiniy 5)suqmoq 6)savala
A)1,2,3 B)1,2,3,5,6 C)1,2,3,5 D)1,2,4,3
7.”Mehmon jiddiylashdi,nimanidir isbotlamoqchiday keskin gapirdi”. Ushbu gapda qo’llangan so’z yasovchi qo’shimchalar tarkibida undoshlar qaysi jihatiga ko’ra bir o’rindan joy oladi? A)tilning qayerida hosil bo’lishiga ko’ra B)ovozning ishtirokiga ko’ra C)artikulyatsion usuliga ko’ra D) tarkibiga ko’ra
8.Qaysi gapda 3 tovushdan iborat lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha qo’shilishi natijasida qo’shimchada fonetik o’zgarish kuzatiladigan so’z ishtirok etgan? A)Otabek bu gal ham kimyo darsiga kechikkach, auditoriyaga kirib, professor Olimovning asabini buzib o’tirmaslikka qaror qildi. B)Otam hayotning katta sinovlari hali oldinda ekanligini, ortingizdan xanjar uruvchi, oyog’ingizdan chaluvchi, qing’ir yo’llarga yetaklovchi g’animlarni hali ko’p uchratishimizni ta’kidlar edi. C)Mezbonning kenja o’g’li mehmonlarni chog’roq xonaga olib kirdi. D)erta tongda quyoshning o’ynoqi shu’lalari meni entikib uyg’otdi
9.Sening ulug’vorliging, ustuvorliging, Bizni bilmaganga bo’lsin yorlig’ing. Qanday bo’lsang shunday azizsan menga , Mening davlatim bu—sening davlating. Sen duo qilsang bas “Kam bo’lma, o’g’lim”. Tuprog’I ko’zimga to’tiyo elim. Berilgan parchadagi fonetik o’zgarishlarning nechtasi sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar ta’sirida ro’y bergan? A)8ta B)7ta C)9ta D)6ta
10.Ba’zi paytlarda yoshligimizning unutilmas damlarini esga olaman. O’sha o’ynoqi damlarni eslab sog’inaman. Meni o’tloqlarda dumalatgan chang ko’chalarda o’ynatgan damlarni unuta olmay qiynalaman. Parchada nechta soda yasama so’z omonimlik xususiyatiga ega bo’lgan so’zdan yasalgan?
A)1ta B)2ta C)3ta D)4ta
11.Ajoyib milliy urf-odatlarimiz odamlarni birodarlikka va samimiyatga chorlaydi. Yasama so’zlar tarkibida qanday tovushlar qo’llanilmagan? 1)lab-lab undoshi 2)lab-tish undoshi 3)qorishiq 4)ovozdor tovush 5)o’rta keng unli 6) tor unli 7)chuqur til orqa 8)lablangan unli A)1,3,6,8, B)2,6,7 C)2,3,5,7 D)2,5,7,8
12.Tovush tarkibi bir xil bo’lgan qo’shimchalar qaysi gapda qo’llanganini toping? A)O’lat oqibatida mingta odam dunyoni tark etdi. B)Ko’pchilik odamgarchilik yuzasidan sizni sizlashadi. C)Buning mendan ukasining mushtini so’rayapti-ku. D)Boyib ketsam, sizga mashina olib beraman
13.Bilasanmi, sen ketgan kundan hayotim butkul o’zgargan, hammasini qayta yangi sahifadan boshlayapman. Xuddi yurishni endigina o’rganayotgan go’dak kabi men ham sensizlikka sekin- asta ko’nikyapman. Ushbu matnda asosi va yasovchi asosi bir xil bo’lgan so’zlar nechta? A)1ta B)2ta C)3ta D)4ta
14.Siz bilan biz bir yillik oilaviy faoliyatimiz natijasida qanday yutuqlarga erishdik? shuni ta’kidlab o’tish kerakki, biz u yoki bu masalada yuz beradigan prinsipial kelishmovchiliklarni chetdan kuch jalb qilmasdan o’z kuchimiz bilan o’zaro keng muhokama qilish yo’li bilan bartaraf qiladigan bo’lib qoldik. O’rtoq rafiqam, oilamizni tashkiliy xo’jalik jihatidan misli ko’rilmagan darajada mustahkamladik. Berilgan parchadagi yasama so’zlar yuzasidan bildirilgan noto’g’ri hukmni toping. A)otdan sifat yasalgan B)sifatdan fe’l yasalgan C)fe’ldan ot yasalgan D)sifatdan ot yasalgan
15.Yasalishga asos qismi yasama fe’ldan yasalgan so’zni aniqlang. A)atama B)qo’riqchilik C)qiynog’I D)o’yinqaroqliging
16.Oltin yerni oshib keldik. Irtish daryosini kechib keldik. Jangchilarning kelganini qahramon deganlar. Dushman sezmay qoldi. Tangri Umay muqaddas yer-suv dushmanni bosib bergan ko’rinadi. Nega chekinamiz, dushmanni ko’p deb, nega qo’rqamiz oilamizni oz deb. Qani bosaylik, hujum qilaylik. Ushbu gapda qo’llangan sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar tarkibida nechta undosh qo’shimchlar bilan shaklan tenglik hosil qilib, bu tovushlar jarangli hamda portlovchi til oldi undoshi hisoblanadi? A)7 B)8 C)9 D)t.j.yo’q
17.Qaysi gapda so’z yasovchi morfemani qo’llash bilan bogliq xatolikka yo’l qo’yilgan? A)Derazadan go’zal qizning basharasi ko’rindi B)Buxoroli yigit g’olib bo’ldi C)Bola endi ancha rovon gapira boshladi C)Gul o’tkazdim bog’imga
18. Qaysi gapda yetakchi morfemasi ham, tarkibidagi uchta ko’makchi morfemasi ham omonimlik xususiyatiga ega bo’lgan so’z mavjud? A)Tilingda bo’lsa boling, kulib turar iqboling B)Ko’p so’zlab topmadim ochunda bir naf, Ko’zlangan bu naf ham so’z ko’pidan daf C)Darsga kechiksang, ustoz xafa bo’ladilar D)Ko’p tilni bilmoqlikning foydasi katta, u insonning katta boyligi hisoblanadi.
19.Sen o’z zanjirlaring ichida eng uqubatlisi, eng og’riqlisi bo’lgan tobelik va mutelik zanjiridan xalos bo’lding. Ushbu gapda necha o’rinda so’z yasovchi qo’shimcha qatnashgan? A)3 B)4 C)5 D)6ta
20.Shuningdek, buyrak (kasallik), o’t (yo’l) yallig’lanishi bilan bog’liq (kasallik) iste’mol qilish lozim ko’riladi. Ushbu gapda qavs ichidagi so’zlarga qo’shilishi kerak bo’lgan egalik va kelishik qo’shimchalari sonini aniqlang. A)3ta kelishik 1ta egalik B)2ta kelishik 2ta egalik C)3ta kelishik 2ta egalik D)1ta kelishik 3ta egalik qo’shimchasi bor.
21.Qaysi gapda qo’llangan undoshlarning barchasi qo’shimchalar bilan shaklan tenglik hosil qiladi? A)Nachora , mato ham nasiya bo’ladi B)Saloming bo’lmaganda yamlamay yutardim C)Bo’lar bola boshdan ma’lum D)shunchalik qiyinmi qanoat qilish
22. Masturaning sevgisi, chidami, hijron alami uning o’ziday pok, chiroyli, samimiy, ehtimol, shungadir, Mashrab vafosizlik haqida yozilgan kitoblarni o’qisa yo erkaklar og’zidan xotin-qizlar haqida yomonroq gaplar eshitsa, hamisha Masturani eslab, butun vujudi isyon ko’tarsa ham, bu kabi gaplarning birortasiga ishonmagan. Ushbu gapda bir tovushdan iborat ko’makchi morfemalar nechta faqat jarangli tovushlardan iborat so’z tarkibida kelgan?
A) 3ta B) 4ta C) 5ta D) 6ta
23. Mard bo’lgan kishilarda haqiqat, qanoat, sabr, ezgulik, vijdon, adolat, diyonat, insof, nomardlarda yolg’izlik, yomonlik, ojizlik, makkorlik, hasad, adovat, tubanlik, noinsoflik kabi sifatlarni uchratish mumkin. Ushbu gapda nechta sodda yasama so’z sifatdan yasalgan va til undoshlaridan iborat? A) 2ta B) 3ta C) 4ta D) 5ta
24. Qaysi javobda barcha ko’makchi morfemasi shakldoshlik xususiyatiga ega bo’lgan gap berilgan?
A) Ilm kelinchakka o’xshaydi: u xilvat va pinhoniylikni yoqtiradi. B) Sotqinlarga safimizda o’rin yo’q.
C) Chaqin bo’lma, bo’lma guldurak D) Qimirlagan qir oshar.
25. Kamolotga erishgan vazir ulkim, davlat muammolarini tartibga keltirib, mulkiy va moliyaviy ishlarni to’g’rilik bilan o’zining nasli tozaligini ko’rsatib, ajoyib bajaradi. Ushbu gapda nechta so’z yasovchi qo’shimcha bor va nechta sodda yasama so’z otdan keyin kelgan?
A) 5ta so’z yasovchi, 3ta yasama so’z otdan keyin B) 4ta so’z yasovchi, 3ta yasama so’z otdan keyin
C) 5ta so’z yasovchi, 2ta yasama so’z otdan keyin D) t.j.yo’q
26. Sen bo’lmasang, so’zlarning Bag’ri ming tilim bo’lar. Onajon, ona tilim, Mening shohona tilim. Ushbu she’riy parchada turlovchi qo’shimchalar nechta o’rinda otlarga qo’shilgan? A) 3ta B) 5ta C) 6ta D) 4ta
27. O’z fikrini o’ylab, bosiqlik bilan gapirgan odam har doim yutadi. Ushbu gap haqidagi notog’ri hukmlarni belgilang.
1)so’z yasovchi qo’shimchalar yordamida yasalgan 2ta yasama so’z mavjud 2) so’z yasovchi qo’shimchalar yordamida yasalgan 3ta yasama so’z mavjud 3)otdan yasalgan 2ta yasama fe’l mavjud 4) otdan yasalgan 1ta yasama fe’l mavjud 5)tarkibi asos+ so’z yasovchi+sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha tuzilishidagi 1ta so’z mavjud 6) tarkibi asos+ so’z yasovchi+so’z yasovchi qo’shimcha tuzilishidagi 2 ta so’z mavjud
7) tarkibi asos+ so’z yasovchi+so’z yasovchi qo’shimcha tuzilishidagi 1 ta so’z mavjud
A) 1,2,3,4,5,6,7 B) 2,4,5,7 C) 1,4,5,6 D) 1,3,4,5,6
28. Bolaligini eslatadigan guvala devorlar bilan qurshalgan ko’chalar, olisda sadafdek chaqnab turgan cho’qqilar ko’ngliga taskin berar-ku! Ushbu gapdagi bir tovushdan iborat qo’shimchalar qaysi turga kiradi?
A) so’z yasovchi va sintaktik shakl yasovchi B) sintaktik shakl yasovchi
C) sintaktik va lug’aviy shakl yasovchi D) lug’aviy shakl yasovchi
29. She’r shuning uchun muqaddaski, uning bir vazni ilohiy, bir vazni insoniydir; uning bir satri osmoniy, bir satri zaminiydir. Ushbu gapda hosil bo’lish o’rniga ko’ra birlashtiruvchi belgiga ega bo’lgan undoshlardan tashkil topgan so’zlarning nechtasi ot so’z turkumiga oid? A) 2ta B) 3ta C) 4ta D) 5ta
30. Ayrim kishilar borki, o’zining yomonlik qilmaganliklarini ham yaxshilikka yo’yadilar. Buning natijasida o’zlarining qanchalik badfe’l ekanliklarini ko’rsatadi. Ushbu gapda orqa qator unlilar qatnashmagan so’zlarda nechta til undoshlaridan tashkil topgan so’z yasovchi qo’shimcha bor? A) 1ta B) 2ta C) 3ta D) 4 ta
Yüklə 20,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin