1. Quyidagi fikrlarning qaysilari to’g’ri?
1) yarimo’tkazgichlarda elektr toki kovaklar, musbat va manfiy ionlarning tartibli harakatidan iborat; 2) metal o’tkazgichlar qizdirilganda ularning qarshiligi ortadi; 3) to’rt valentli germaniyga besh valentli mishyakni qo’shsak n-tipdagi o’tkazuvchanlik hosil bo’ladi; 4) n turdagi yarimo’tkazgichlarda asosiy zaryad tashuvchilar – kovaklar.
A) 3,4 B) 2,1 C) 2,3 D) 1, 4
2. Garmonik tebranayotgan jismning maksimal tezligi 5 m/s, siklik chastotasi 25 rad/s. Tebranish amplitudasi (m) nimaga teng?
A) 10 B) 0.2 C) 125 D) 5
3. Qanday zaryad elektrostatik maydon hosil qiladi?
A) harakatsiz zarad B) tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan zaryad C) tinch turgan yoki tekis harakatlanayotgan zaryad D) tekis harakatlanayotgan zaryad.
4. EYKi ε va ichki qarshiligi r bo’lgan tok manbaiga ulangan R (Ω) qarshilikdagi kuchlanish tushuvi (V) bo’lsa, manbaning ichki qarshiligi nimaga teng?
A) 1 B) 0.25 C) 4 D) 20
5. Uyning uzunligi o’lchov tasmasi bilan o’lchanmoqda , uning shkala darajasi 1cm. o’lchov xatoligi (mm) nimaga teng?
A) 2.5 B) 10 C) 5 D) 7.5
6. Rasmdagi nuqtalardan qaysi biri S nuqtaning linza hosil qilgan tasviridan iborat?
A) 3 B) 4 C) 1 D) 2
7. Texnik manometrlar absolyut bosimni emas, balkim bosim atmosfera bosimidan qancha ortiq ekanligini ko’rsatadi. Suv osti kemasidagi manometr 3,6 MPa bosimni ko’rsatayotgan bo’lsa, kema qanday chuqurlikda joylashgan?
A) 350 B) 360 C) 340 D) 370
8. Hajmi 0.03 m
3 bo’lgan marmar tosh 81 kg massaga ega. Uning zichligini toping (kg/m
3).
A) 2820 B) 2775 C) 2700 D) 3000
9. Idishda geliy va noma’lum gaz aralashmasi bor. Geliy atomlarining o’rtacha kvadratik tezligi 900 m/s, noma’lum gazniki 450 m/s ga teng. Noma’lum gazning molyar massasini (g/mol) aniqlang.
A) 16 B) 32 C) 2 D) 8
10. Vodorod atomidagi elektron ikkinchi energetik sathdan beshinchi energetik sathga o’tishi uchun qancha energiya (eV) yutishi kerak? Vodorod atomining asosiy holatidagi elektron -13.6 eV energiyaga ega.
A) 2,86 B) 3,05 C) 4,02 D) 1,89
11. Ikki matematik mayatnik bir xil amplituda bilan tebranmoqda. Ularning maksimal tezliklari nisbati 3:2 bo’lsa, uzunliklari nisbatini aniqlang.
A) 4:9 B) 3:2 C) 2:3 D) 9:4
12. Avtomobilning I daraxtga nisbatan harakat tenglamasi x=9+3t+t
2 ko’rinishda. Agar daraxtlar orasidagi masofa 22 m bo’lsa, uning II daraxtga nisbatan harakat tenglamasini ko’rsating.
A) x=13+3t+t
2 B) x=-13-3t+t
2
C) x=-13+3t+t
2 D) x=13-3t+t
2
13. Qarshiliklari R
1=21 Ω va R
1=7 Ω bo’lgan o’tkazgichlar U= 42 V tok manbaiga parallel ulandi. R
2 qarshilikdan vaqt birligi ichida oqib o’tadigan zaryad miqdori R
1 qarshilikdan vaqt birligida oqib o’tadigan zaryad miqdoridan qancha (C/s) ortiq ?
A) 10 B) 6 C) 2 D) 4
14. eB/2πm ifoda qanday birlikka ( m-massa, e- elementar zaryad, B-magnit induksiya)
A) 1/s B) s C) s
2 D) 1/s
2
15. Magnit maydonda joylashgan ramkaga ta’sir qiluvchi maksimal aylantiruvchi moment 6 N·m magnit moment esa 3 A·m
2. Magnit maydon induksiyasini (Tl) toping.
A) 18 B) 2 C) 3 D) 1
16. Quyida aktiniy atomlarining radiaktiv parchalanish grafigi keltirilgan. Agar aktiniyning yarim yemirilish davri 22 yilni tashkil etsa, grafikda keltirilgan x nechaga teng? N-atomlar soni, t-vaqt?
A) 66 B) 44 C) 22 D) 11
17. Tezligi 10 m/s bo’lgan bo’sh vagon tinch turgan yukli vagonga kelib urilib, unga ulanib qoldi. To’qnashuvdan keyingi tezlik 2 m/s bo’lsa, yukli vagon massasi bo’sh vagon massasidan necha marta katta?
A) 3 B) 5 C) 4 D) 2
18. Dvigatelning quvvati 20 ot kuchi. Bu necha kW ga teng?
A) 18,4 B) 29,4 C) 14,7 D) 22,1
19. Zaryadlangan kondensator energiyasi 5 mJ ga teng. Uni induktiv g’altakka ulab elektromagnit tebranishlar hosil qilinsa, yarim davrdan keying kondensator energiyasi (mJ) qanday bo’ladi?
A) 4 B) 0 C) 0 D) 5
20. 0,6c tezlik bilan harakatlanayotgan zarrachaning to’la energiyasi 4 TJ bo’lsa uning tinchlikdagi energiyasini (TJ) aniqlang. c- yorug’likning vaakumdagi tezligi.
A) 3,4 B) 2,8 C) 3 D) 3,2
21. Buyum bilan ekran orasidagi masofa 40 cm. Agar tasvir haqiqiy, to’nkarilgan va tasvirning kattaligi buyumning kattaligiga teng bo’lsa, linzaning optik kuchini (dptr) toping.
A) 7,5 B) 2,5 C) 10 D) 5
22. Akkumlyatorning ichki qarshiligi r, elektr yurituvchi kuchi ɛ. Agar akkumlyator qutblari orasidagi kuchlanish U bo’lsa, t vaqt ichida akkumlyator qancha elektr energiyasi sarflaydi?
A) (ɛ-U) ɛt/2r B) (ɛ+U) ɛt/2r
C) (ɛ+U) ɛt/r D) (ɛ-U) ɛt/r
23. m massali moddiy nuqtaning koordinatasi x=t
2-5t+9 qonun bo’icha o’zgarmoqda. Moddiy nuqtaga ta’zir etuvchi F
x kuchni aniqlang.
A) 2mt B) 2 C) mt D) 2m
24. Ikki foton bor, ikkinchisining davri ikki marta ortiq. Birinchi fotonning tezligi c bo’lsa, ikkinchisiniki qanday?
A) 2,25c B) c/2 C) c D) c/4
25. Qarshiligi 25 Om bo’lgan rezistordagi tok kuchi I=2+6t
2 (A) qonuniyatga ko’ra o’zgaradi. 3–5 s vaqt oralig’ida rezistordan qancha zaryad (C) o’tadi?
A) 200 B) 260 D) 60 D) 320
26. Ikkita R va 2R radiusli metal sharchalar mos ravishda –q va +2q zaryadlarga ega. Sharchalar ingichka o’tkazgich ip bilan tutashtirildi va ajratildi. Bunda sistemaning potensial energiyasi qanday o’zgaradi? Sharchalar orasidagi masofa l>>R.
A) 9 marta kamayadi B) 3 marta kamayadi
C) 9 marta ortadi D) 8 marta kamayadi
27. EYKi ε va ichki qarshiligi r bo’lgan tok manbaiga ulangan R (Ω) qarshilikdagi kuchlanish tushuvi (V) bo’lsa, manbaning qisqa tutashuv toki (A) nimaga teng?
A) 20 B) 5 C) 4 D) 80
28. Elastik sharcha va massiv devor o’zgarmas tezlik bilan bir-biriga qarab mos holda 5 m/s va 𝑣 tezlik bilan harakatlanmoqda. Sharcha bilan devor o’rtasidagi to’qnashuvdan so’ng sharcha devordan 7 m/s tezlik bilan qaytdi. Devorning tezligi 𝑣 (m/s) nimaga teng?
A) 3 B) 1 C) 3,5 D)
2
29. n=3 sindirish ko‘rsatkichli muhitda nur yo‘lining geometrik uzunligi S=10 m. Nuqtaning optik yo‘li uzunligi nimaga teng?
A) 30 B) 22 C) 10 D) 33
30. Induksiyasi 0,5 T bo’lgan magnit maydonda induksiya chiziqlariga tik ravishda 107 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan pratonga qanday kuch ta’sir qilishini toping (pN)? q=1,6∙10-19 Kl.
A) 0,08 B) 0,32 C) 0,8 D) 1,6