1. Reja."O’zbekistonning eng yangi tarixi" o’quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 12,84 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü12,84 Kb.
#35569
1. Reja. O’zbekistonning eng yangi tarixi o’quv fanining predme


1.Reja.“O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

1. " O'zbekistonning eng yangi tarixi" haqida so’z yuritilganda, biz uchun, avvalo, mamlakatimizning 1991 yildan keyin bosib o’tgan tarixiy yo’li mohiyati va mazmunini anglab yetish muhimdir. Bu jarayon qanday borganligini, mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganini ushbu ma’ruza matnlarida tushunasiz.

“O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti -O’zbekistonning qariyb 70 yillik zulmdan qutilib, shu kunlargacha bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma’naviy taraqqiyoti davrlari jarayonini o’rganish. “O’zbekistonning eng yangi tarixi” fani dunyoda eng qadimiy va boy tarixga ega bo’lgan o’zbek xalqining bir necha ming yillik tarixiy va ma’naviy taraqqiyotini o’rganuvchi va o’rgatuvchi, tarixidan g’urur va iftixor tuyg’ularini uyg’otuvchi fandir. Markaziy Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda yashab kelayotgan xalqlar jahon fani va madaniyati hazinasiga munosib hissa qo’shib kelmoqdalar. O’zbek halqi Markaziy Osiyodagi barcha halqlar qatorida doimo erkinlik, hurlik, ozodlik va mustaqillik uchun mustamlakachilar va yot kelgindilarga qarshi kurash olib borgan va shu jihatdan u o’zining chuqur ildiz otgan an’analariga egadir.

“O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv faning vazifasi – mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini tushinish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g’ururni shakllantirishdan iborat.

Institut bakalavr yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalar bilishi kerak bo’lgan umumiy bilim doirasi “O’zbekistonning eng yangi tarixi “fani oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:

Birinchidan, Yurtimiz tarixini o’qish va o’rganish jarayonida yoshlarda tarixiy bilimlar, ilmiy-nazariy tushunchalar va tasavvurlar shakllanmog’i lozim. Chunki voqyea va hodisalarni bilmasdan, ular haqida tushuncha va tasavvurga ega bo’lmasdan turib mustaqillik xaqidagi dunyoqarash haqida gap yuritish mumkin emas;

Ikkinchidan, Vatan tarixini yoritish, o’qitish va o’rganish jarayonida chuqur ilmiylik, xolislik, tarixiy haqiqatning ustivorligi asosiy va bosh yo’nalish bo’lishi lozim;

Uchinchidan, tarixining har bir satri, har bir varog’i milliy qadriyatlarga hurmat ruhi bilan sug’orilgan bo’lishi va milliy g’oya va milliy mafkurasining kamol topishiga xizmat qilishi darkor;

To’rtinchidan, Vatan tarixining boshidan oxiriga qadar singib ketgan asosiy g’oya - otashin vatanparvarlik, baynalminalchilik, insonparvarlik kabi ulug’ fazilatlarga qaratilmog’i kerak;

Beshinchidan, Vatan tarixi fani mustaqil respublikamizning siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ijtimoiy qadriyatlarining yanada mustahkamlanishi va ravnaq topishiga

xizmat qilishi, davr va zamon bilan hamnafas bo’lmog’i ayni muddaodir.

Umuman olganda, O’zbekistonning eng yangi tarixini o’rganish va uni o’qitishning dolzarb muammolari bo’yicha keng munozaralarning zaruratini chuqur anglagan holda olimlar, pedagog xodimlar va maorifning boshqa vakillarini tarix ilmi va fani masalalarini keng ommaga yetkazish hamda matbuotda faol muhokama qilish zarur. Jamiyatimiz, ayniqsa, yosh avlod ona Vatanimizning yaqin o’tmishini tushunishga, murakkab, jo’shqin va jadal sur’atlar bilan davom etayotgan mamlakatimiz mustaqilligining tarix solnomasini tizimli o’rganishga, uni to’laqonli anglab yetishga katta ehtiyoj sezmoqda. Mazkur sharafli ijtimoiy vazifani amalga oshirish esa o’zbek tarixchilarining ilmiy va fuqarolik burchidir

“O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv faning maqsadi-mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni, ularning sabablari va oqibatlarini;

- mustaqillik yillaridagi o’zgarishlarni, O’zbekistonning eng yangi tarixi masalalarini, zamonaviy jarayonlarda O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o’rnini tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan ;

- O’zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini o’rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik g’oyasini qo’llay bilish, atrofida sodir bo’layotgan jarayonlarga o’z munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining o’rnini anglash va bugungi kunda sodir bo’layotgan voqyealarning tarixdagi muhim voqyealar bilan bog’liqligini bilish kerak.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 30 iyundagi “O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O’zbekistonning eng yangi tarixi bo’yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi qarorni imzoladi. Qarorda Jamoatchilik kengashi oldiga O’zbekistonning eng yangi tarixini tizimli, haqqoniy va xolis tarzda o’rganishni tashkil etish, yangi avlod ilmiy va o’quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi o’rni va rolini ko’rsatishga qaratilgan qator vazifalar qo’yilgan. Mazkur hujjatda ko’rsatilgan vazifalarni bir-birini to’ldiruvchi ikki yo’l orqali ro’yobga chiqarish lozimBirinchi. yo’l – yangi avlod ilmiy va o’quv adabiyotlarini yaratish. Ikkinchi yo’l – mavjud bilimlarni yoshlarga targ’ib etish va o’qitish.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 iyun kuni «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Qaror matni O‘zA tomonidan e'lon qilingan.

Qaror sharhida qayd etilishicha, ushbu hujjat «O‘zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini tadqiq etish va o‘qitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik, ma'rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, ilm-fanning ta'lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish borasida ilmiy, madaniy, ta'lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, yoshlarda, avvalambor umumta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar o‘quvchilarida, oliy o‘quv muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirish maqsadida» qabul qilingan.

Mazkur qaror bilan O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashining quyidagi asosiy vazifalari belgilandi:

demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning «o‘zbek modeli» mohiyati va mazmunini, jamiyatda barqarorlikni, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni saqlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni, hozirgi dunyoda O‘zbekistonning roli va o‘rnini chuqur o‘rganish va yaqqol ochib berish;

O‘zbekistonning eng yangi tarixini zamonaviy nazariy-metodologik, fanlararo yondashuvlarga, tarixiylik va xolislik tamoyillariga asoslangan holda tizimli o‘rganishni tashkil etish, O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha dolzarb muammolarni ishlab chiqish, shuningdek, buyuk tarixiy-madaniy merosga ega bo‘lgan va jahon sivilizatsiyasining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan o‘zbek xalqining tarixiy o‘tmishi va bugungi kuniga baho berishda bir yoqlama yondashuvlarga, aqidaparastlikka yo‘l qo‘ymaslik ishlarini muvofiqlashtirish;

ilmiy, o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va chop etish ishlarini muvofiqlashtirish, ularda O‘zbekistonning eng yangi tarixini umumjahon va mintaqaviy jarayonlar bilan, shuningdek, hozirgi O‘zbekiston hududida shakllangan xalqlar va davlatlar sivilizatsiyasining tarixiy-madaniy merosi bilan uzviy bog‘liq holda ko‘rib chiqishni ta'minlash;

O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha ilmiy, o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlar, o‘quv dasturlari monitoringini olib borish;

sohada ilmiy-tadqiqot, o‘quv-metodik ishlarning sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va joriy etish;

fuqarolarda tarixiy xotira, milliy o‘zlikni anglash, yuksak ma'naviyat, xalqning tarixiy an'analari, madaniy merosiga hurmat, O‘zbekiston mustaqillikka erishganligining buyuk tarixiy ahamiyatini anglash kabi fazilatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali oshirib borishga ko‘maklashish;

O‘zbekiston tarixi bo‘yicha zamonaviy chet el ilmiy va o‘quv adabiyotlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, hozirgi O‘zbekistonning tarixiy o‘tmishi, sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi, mamlakatda olib borilayotgan demokratik islohotlar to‘g‘risidagi xolis axborotni keng xalqaro jamoatchilikka yetkazish.

Qarorda ijtimoiy-gumanitar fanlarni ta'lim bilan integratsiyalashuvini mustahkamlash va rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgan.

Jamoatchilik kengashi shuningdek, «Tarix» ta'lim yo‘nalishi va tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha malaka talablarini ishlab chiqishda qatnashishi mustahkamlab qo‘yildi.



Jamoatchilik kengashining ishchi organi sifatida O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz belgilangan bo‘lib, uning asosiy vazifalari sifatida Jamoatchilik kengashi faoliyatini ilmiy-metodik ta'minlash, O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish bo‘yicha dolzarb masalalarni ishlab chiqish, O‘zbekiston Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlar yaratish yuzasidan tanlovlar o‘tkazishda ishtirok etish, davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida O‘zbekistonning eng yangi tarixi tadqiqotlari bo‘yicha ilmiy-texnika loyihalari tanlovlarini vazifalari ro‘yxatiga kiritish uchun takliflar ishlab chiqish hamda ularni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Fan va texnologiyalar agentligiga kiritish, O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish yuzasidan tadqiqotlar olib borish, har yili O‘zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro va respublika konferensiya va seminarlari ro‘yxatini belgilangan tartibda ishlab chiqish belgilangan.

«Ushbu qaror davlat tomonidan fan va ta'lim o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish, mamlakatning intellektual salohiyatini mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash hamda yosh avlodda tarixiy xotira, milliy o‘zlikni anglash, yuksak ma'naviyat, O‘zbekiston xalqining tarixiy an'analari, madaniy merosiga hurmat, O‘zbekiston mustaqillikka erishganligining buyuk tarixiy ahamiyatini anglash kabi fazilatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirishdagi keng ko‘lamli ishlarning huquqiy asosi hisoblanadi», — deyiladi qaror sharhida.
Yüklə 12,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin