1-savol: Farer orollaridagi mahalliy aholi Jyul Vernning yozishicha oroldagi juda yog‘li



Yüklə 272,02 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.02.2023
ölçüsü272,02 Kb.
#85727
ZAKOVAT UCHUN SAVOLLAR



ZAKOVAT UCHUN SAVOLLAR
1-savol: Farer orollaridagi mahalliy aholi Jyul Vernning yozishicha oroldagi juda yog‘li
bir qushning o‘ligidan tayyor ro‘zg‘orda kerakli bir narsa sifatida foydalanishgan.
Nima sifatida?
Javob: Sham sifatida.
2-savol: Rossiya, Qozog’iston, Mug’uliston, Qirg’iziston, Shimoliy Koreya, Tojikiston,
Vetnam, Afg’oniston, Makao, Pokiston, Laos, Nepal, Myanma, Butan. Agar bu
davlatlarni nima birlashtirib turganini aniqlagan bo’lsangiz men aytmagan yana bir
davlatni topishingiz kerak.
Javob: Hindiston (Barchasi Xitoy bilan chegaradosh)
3-savol: Uning asarlari nomida besh, o’n besh, sakson, yigirma ming va hatto besh
yuz million raqamlarini uchratish mumkin. U kim?
Javob: Jyul Vern
4-savol: Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo’ljallanmagan. Ammo agar
biz yil bo’yi butun dunyodagi ularning yurgan “yo’li”ni hisoblab chiqsak, ular avtomobil
va samolyotlar bosgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko’rgan va ba’zilarimizda
bor bu “mashina” nima ekanligini toping.
Javob: Soat
5-savol: Nima uchun oshxonamizdagi rakvina tagidagi truba “S” shaklida bo’ladi? Bu
holatni biz hammom vannasi tagida ham kuzatishimiz mumkin.
Javob: Kanalizatsiyadagi yoqimsiz hidlarni xonaga kirishdan saqlaydi
6-savol: A, K, Q, J, ..... qatorni davom ettiring.
Javob: 10, 9, 8, .....(O’yin kartalari A – Tuz(Ace), K-Qirol (King), Q-Dama (Queen), J-
Valet (Jack).


7-savol: Mashhur siyosatchi Otto fon Bismark shunday gap aytgan: Odamlar ovdan
keyin, sayr vaqtida va undan oldin ko’proq yolg’on gapirishga moyil bo’ladilar. Savol,
nimadan oldin?
Javob: Saylovdan oldin.
8-savol: Birinchi marta Vashington metrosiga tushgan inson hayratda qolishi tayin.
Unda elektr yoritgichlar mahorat bilan ishlangan. Odamlarda shunday gap bor:
“Vashington metrosi shunday yoritilganki, ……Xuddi narigi dunyodagidek. Savol
nuqtalar o’rniga qanday jumla qo’yilishi kerak?
Javob: O’z soyangni ko’rmaysan. Narigi dunyoda esa insonlarning soyasi bo’lmaydi.
9-savol: Sovet haykaltaroshi Kuratov bir kishining yubileyi uchun uning haykalini
yasaydi. Unda o’sha inson yoniga kuchuk, mushuk, maymun, g’oz kabi bir necha
hayvonlarning ham haykallarini joylashtiradi. Diqqat savol, u kimning haykalini
yasagan edi?
Javob: Mashhur masalchi Krilov
10-savol: Bu ro’yxat boshida Indoneziya turadi. 2-o’rinda Yaponiya. 3-o’rinda 2000
yilgacha Buyuk Britaniya turgan. Xozir Filippin 3-o’ringa ko’tarilib olgan. Savol, bu
ro’yxat nimaga qarab tuzilgan?
Javob: Orollar soni bo’yicha.
Izoh: 2000 yili Buyuk Britaniyaning ba’zi mustamlakalari ozodlikka chiqqan.
11-savol: Narshaxiyning ma’lumotiga ko’ra arablar istilo qilgan hudud aholisi
arablardan moddiy manfaatdor bo’lishgan. Arablar mazkur hudud aholisiga bir ishlari
uchun 2 dirxamdan berishgan. Qanday ish evaziga?
Javob: Masjidga kelgani uchun
12-savol: Qaysidir bir amerikalik millioner o’limi oldidan o’z pullaridan ma’lum bir
foizni jiyaniga, u universitetda o’qishini tugatib olishi uchun ajratib berilishini vasiyat
qilgan. Bundan so’ng jiyan Ginnes rekordlar kitobiga kiritilishiga arzigulik o’ziga hos
bir rekord o’rnatgan.Bu qanaqa rekord?
Javob: U vafot etguncha bu universitetni tugatmagan


13-savol: Ob-havoning ko’p yillar davomida o’rganish natijasida olimlar shuni
aniqlashdiki, yirik shaharlarda xaftasiga ikki kun xavo boshqa kularga qaraganda
sovuqrok bo’larkan. Yirik shaharlarda qaysi ikki kunda sovuqroq bo’ladi va nima
uchun?
Javob: Shanba va yakshanba, chunki bu kunlari zavod va fabrikalalar ishlamaydi va
o’zidan issiq havo chiqarmaydi
14-savol: 2006 yilda may oyida San-Paulu shahri qamoqxonasida xaqiqiy janjal
boshlandi. Maxbuslar qamoqxona ma’muriyatidan o‘zlari uchun ma’lum bir vaqtga
qo‘shimcha imtiyoz berishlarini talab qildilar. Savol, ushbu tartibsizliklarga qanday
voqea bilvosita sabab bo‘lgan?
Javob: futbol bo‘yicha Jahon Chempionati
15-savol: Albatta bizga juda ko‘p o‘yin turlari mavjud. Xar bir o‘yin ishtirokchilarining
foydalanadigan predmet va atributlari mavjud. Biz miriqib o‘ynaydigan bir o‘yinda,
xammamiz bir narsadan foydalanamiz, ushbu narsa esa o‘z navbatida 85% suvdan
iborat. Agar siz qaysi o‘yin xaqida gap ketayotganligini aniqlagan bo‘lsangiz, menga
biz “foydalanadigan” narsani yozib bering va umid qilamanki, bu narsa sizga javob
topishingizda yordam beradi.
Javob: Miya
Izoh: Bu o‘yin “Zakovat” o‘yini edi.
16-savol: Mavzuni davom ettirib yumoristlarning bir gapini to‘ldirishingizni so‘rayman.
“Labaratoriyada yangi dangasa-robot yaratildi. Imtixonlar a’lo darajada o‘tdi: robot
.....”. Gapni bir so‘z bilan tugating.
Javob: Ishlamadi
17-savol: Birinchi marta BU 2001 yilda AQShning harbiy flotida, avia tashuvchi
“Enterprayz” da yaratilgan. U 400 odamga mo‘ljallangan, uning birinchi qo‘shtirnoq
ichidagi boshlig‘i AQSh harbiy kuchlari floti leytenanti, asli kelib chiqishi Arabistonlik
Moxi-ed-Din bo‘ldi. Gap nima haqidaligini qisman bo‘lsa xam ayting.
Javob: Ko‘chma Masjid
Izoh: Masjid javobi xam qabul qilinadi.


18-savol: XIV asrda Florentsiyada BUNI savdoda ishlatgan xar bir odam “Sharqqa
bosh egish” aybi bilan jazoga tortilishi mumkin edi. Xozirda esa bu deyarli xamma
joyda bir shaklda qo‘llaniladi. Bir xudud nomi bilan ataluvchi BU narsa o‘sha xududda
boshqacha tarzda qo‘llaniladi. BU nima?
Javob: ARAB raqamlari
19-savol: U Jeyms Kukda kichkina, Arnold Shvartsnegrda katta, Madonna va
Kleopatrada umuman yo’q, Rim papasida bor, lekin uni ishlatmaydi. Gap nima haqida
ketyapti?
Javob: Familiya
20-savol: Bozorda ko’rmaysiz, ko’rsangiz ham olmaysiz, olsangiz ham kiymaysiz,
kiysangiz ham ko’rmaysiz.U – ?
Javob: Kafan
21-savol: Amir Temur jang payti ularning o’rni beqiyos, 100 ta mohir jangchi ham
ularning o’rnini bosa olmaydi deb aytganlar. Savol: Sohibqiron kimga ta’rif berganlar?
Javob: Tabiblarga
22-savol: Antiqa savol: 1-b, 2-I, 3-u, 4-t, 5-b. Siz qolgan beshta harfni yozib bering.
Javob: 6-o, 7-y, 8-s, 9-t, 10-o’. Izoh: bu raqamlarning birinchi harfi edi.
23-savol: U odamzod o’zi uchun tuzib oladigan qora ro’yhatda turadi, uning kattasi
emas, ba’zan ko’zga ko’rinmaydiganlari hafvliroq. Uning kattasimi, kichigimi har
birimizda bor. Mantiqiy o’ylab javobini toping.
Javob: Xatolar
24-savol: Osiyoda juda taraqqiy etgan bu davlatning qadimiy poytaxti shohlar shahri
edi. Bu poytaxtning hozirgi nomi shaharlar shohiga o’zgargan. Qaysi davlat va
shaharlar so’ralmoqda?
Javob: Yaponiya. Bu davlatning poytaxti dastlab Kioto, ya’ni kio – shoh, to – shahar –
shoh shahri edi, hozirgi nomi Tokio bilganingizdek shaharlar shohi bo’lib o’zgargan.


25-savol: Bolalar uchun mantiqiy savol:
18=2; 19=1; 68=3; 17=0;
Mantiqan o’ylab ayting, teng qo’yilgan sonlarni aniqlashda nima hisobga olingan?
Javob: Raqamdagi teshiklar, ya’ni 18 raqamida 2 ta teshik, 68 raqamida 3 ta teshik va
hokazo.
26-savol: Shunday bir tuyg’u borki u oyoqlarga qanot berishi ham, oyoqlarni yerga
kishanlashi ham mumkin. Savol: bu qaysi tuyg’u?
Javob: Qo’rquv
27-savol: Jiddiy savol: U eng arzon va eng qimmat mulk. Undan to’g’ri foydalanilsa
dahoga aylanish mumkin. U nima?
Javob: Vaqt
28-savol: Tarix fanidan savol: Buyuk sarkarda Aleksandr Makedonskiynning
qo’shinlari orasida maxsus 700 kishilik saralangan jangchilari bor edi. Ularning bir
xislati tufayli raqib qo’shinlari ular bilan jang qilishga qiynalishar edi. Savol:
saralangan jangchilarning qanday xislati bor edi?
Javob: Ular chapaqay edi
29-savol: Ummon davlatida ayollarga mashina minish huquqi bir shart bilan ruxsat
berilgan. Bu qanday shart?
Javob: Yo’lovchi sifatida faqat ayol kishini olish kerak.
30-savol: Yunon faylasu Diogen “Agar bo’ysunmas, to’polonchi qulim bo’lsa uni
jazolab Kolizeyga olib borib o’tirmasdim.” Degan. Savol: faylasuf to’polonchi qul
hovurini bosib olish uchun qayerga jo’natishni aytgan bo’lishi mumkin?
Javob: Olimpiya o’yinlariga

Yüklə 272,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin