1. ShKni elektr tarmog‘iga ulash Elektr tarmog‘ini himoyalash qurilmalari



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə1/7
tarix15.06.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#61556
  1   2   3   4   5   6   7
1507561761 69167

Elektr ta’minoti qurilmalari


Reja:


1. ShKni elektr tarmog‘iga ulash

2. Elektr tarmog‘ini himoyalash qurilmalari

3. Elektr energiyasi to‘satdan o‘chgan holda energiya bilan ta’minlash




1. ShKni elektr tarmog‘iga ulash


ShK samarali ishlashi va undan qulay foydalanish uchun elektr quvvati bilan ishonchli ta’minlanishini ko‘zda tutish zarurdir. Bu elektr ta’minoti tizimidagi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ta’minot quvvatining og‘ishi va nosozligini istisno qilish yoki kamaytirish imkonini beradi. SHKning barqaror va xavfsiz ishlashi uchun asosiy tahdidlar quyidagilar:

  • ko‘zda tutilmagan vaziyat tufayli ta’minot tarmog‘ida kuchlanishning yo‘qolishi (falokat, simning uzilishi);

  • kuchlanish darajasining belgilangan me’yordan keskin pasayishi (qisqa vaqtli pasayish);

  • elektr ta’minotining o‘chirib-yoqilishi tufayli kuchlanishning sakrashi yoki uchqunning chaqishi;

  • ta’minot kuchlanishi chastotasining beqarorligi.

Ta’minot kuchlanishining darajasini barqarorlashtirish va ShKning xavfsiz ishlashga bo‘ladigan tahdidlarning oldini olish uchun ikkita qurilma: tarmoq filtri va uzluksiz elektr energiya manbayining albatta bo‘lishi tavsiya etiladi.
Tarmoq filtri (eng keng tarqalgan Pilot rusumli) kompyuter ning elektr ta’minot zanjirini hamda tashqi qurilmalarni berilayotgan kuchlanishdan va elektromagnit maydonlardan himoya qilish uchun xizmat qiladi.
Har bir kompyuterning yoki tashqi qurilmaning elektr ta’minot manbayi yuqori chastotali xalallarni silliqlash va ularni himoyalash simi orqali «yerga» ulash uchun mo‘ljallangan reaktiv filtrga ega. 1-rasmda elektr ta’minoti blokining kirish zanjirlari va ularni nol, yer va faza bilan ulash zanjiri ko‘rsatilgan.
Yerdagi sim yerga ulashning konturi bilan ulanadi, bundan tashqari uning kuchlanish tarmog‘ining nol nuqtasi bilan ulanish imkoni
0 1 ~220

1-rasm. Elektr ta’minoti blokining kirish zanjirlari.
bor. Agar qurilmaning yerga ulash simini hech qaerga ulamasa, qurilmaning g‘ilofida o‘zgaruvchan tokning taxminan 110 V ga teng bo‘lgan kuchlanishi paydo bo‘ladi (bu inson uchun xavfli).
Bir va undan ortiq qurilmani ulash vaqtida ulanayotgan qurilmalar umumiy zanjirga alohida sim orqali yerga ulanishi kerak. 2-rasmda qurilmalarni to‘g‘ri ulash ko‘rsatilgan.
Yerga ulash muammosi «Pilot» ko‘rinishidagi va unga o‘xshash tarmoq filtrlaridan foydalanish bilan hal qilinadi. Interfeyslar bilan ulangan barcha qurilmalarning bitta filtrdan ta’minlanishi potensiallarning farqlanish muammosini hal qiladi. Agar bu filtr yerga ulangan uch qutbli rozetka tarkibida faoliyat ko‘rsatsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

2-rasm. Ikkita qurilmani elektr ta’minoti zanjiriga ulash varianti.
Yerga ulash
~220V
~220V
a) b)
3-rasm. Rozetkadagi kontaktlarning to‘g‘ri holati.
3-rasmda: (a) rozetkadagi nol (0), faza (~220 V) va yerga ulanish kontaktlarining to‘g‘ri holati ko‘rsatilgan evrorozetkalar ifoda qilingan. Bu rasmda (b) yana standart elektr ta’minoti simining elektr ta’minot blokiga ulanadigan qismi ko‘rsatilgan.
Qurilmani himoyalash, kompyuterning barqaror ishini va ma’lumotlarning buzilmaganligini ta’minlashning samarali usullaridan biri uzluksiz elektr energiya manbayi UPS (Uninterruptible Power System)dan foydalanishdir.
UPS ning iste’mol ko‘rsatkichlaridan asosiysi quyidagilar:

  • chiqish quvvati, V·A/Vt (masalan, 650/410);

  • turi (zaxirali, barqarorlovchi, yoqilgan);

  • akkumulator hajmi (amper/soatda);

  • akkumulator batareyalarining soni;

  • zaryad olishining o‘rtacha vaqti;

  • maksimal yuklamani quvvatlash vaqti (min.).

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin