1. Taqdim etish usuli bo‘yicha model turlarini ko‘rsating. A matematik va iqtisodiy matematik



Yüklə 17,82 Kb.
tarix19.05.2023
ölçüsü17,82 Kb.
#117922
9-sinf Informatika monitoring


9-sinf
Informatika
1. Taqdim etish usuli bo‘yicha model turlarini ko‘rsating.
A) matematik va iqtisodiy matematik
B) statik, dinamik
D)o‘quv, tajriba, o‘yin, imitatsion, ilmiytadqiqot
E)axborot (nomoddiy, mavhum) va moddiy
2. Obyektning vaqt davomida o‘zgarish jarayonini aks ettiruvchi modellar – … .
A) statik modellar
B)o‘quv modellari
D) imitatsion modellar
E)dinamik modellar
3. Biror maqsadga erishishga qaratilgan, ijrochi bajarishi uchun mo‘ljallangan buyruqlar ketma-ketligi qanday ataladi?
A) algoritm ijrochisi
B) diskretlilik
D)algoritm
E) aniqlilik
4. Birorta shart tekshirilishi yoki qandaydir parametrning har xil qiymatlari asosida algoritmda takrorlanish yuz beradigan jarayonlarga ... deyiladi.
A)takrorlanuvchi algoritm
B) chiziqli algoritm
D) aralash algoritm
E tarmoqlanuvchi algoritm
5. Jarayon va hodisalarni tadqiq qilish uchun qo‘llaniluvchi modellarni ko‘rsating.
A) imitatsion modellar
B)ilmiy-texnik modellar
D) tajriba modellari
E) o‘quv modellari
6. Bilish obyektlari (fizik hodisa va jarayonlar) ni ularning modellari yordamida tadqiq qilish, mavjud predmet va hodisalar modellarini yasash va o‘rganishdan iborat jarayon qanday ataladi?
A) model
B) obyekt
D)modellashtirish
E) soha
7. Mantiq so‘zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi?
A) lotincha, fikrlash ilmi
B) yunoncha, so‘z boyligi

D)yunoncha, fikrlash ilmi


E) lotincha, so‘z boyligi
8. Vaqt omili bo‘yicha model turlarini ko‘rsating.
A)statik, dinamik
B)o‘quv, tajriba, o‘yin, imitatsion, ilmiytadqiqot
D) matematik va iqtisodiy matematik
E) axborot (nomoddiy, mavhum) va moddiy
9. A mulohazaning qiymati rost bo‘lganda yolg‘on, yolg‘on bo‘lganda rost qiymatga o‘zgartira oladigan amal qanday ataladi?
A) implikatsiya
B) dizyunksiya
D) konyunksiya
E)inversiya
10. Algoritmning diskretlilik xossasining ta’rifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.
A) algoritmda ijrochiga berilayotgan ko‘rsatmalar yagona ma’noga ega, aniq mazmunli bo‘lishi shart
B) ijrochiga tavsiya etilayotgan ko‘rsatmalar unga tushunarli bo‘lishi, ijrochining imkoniyatlariga javob berishi shart
D)algoritmni chekli sondagi oddiy ko‘rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash kerak
E) har bir algoritm, o‘z mazmuniga ko‘ra, bitta turdagi masalalarning barchasi uchun yaroqli bo‘lishi lozim
11. Algoritm turlarini kо‘rsating.____________________________
12. Mantiqning qanday yo‘nalishlari mavjud?____________________________
13. Ikkita A va B sodda mulohaza bir paytda rost bo‘lgandagina rost bo‘ladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali qanday ataladi?______________
14. Ikkita A va B sodda mulohazaning kamida bittasi rost bo‘lganda rost, qolgan holatlarda yolg‘on bo‘ladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali qanday ataladi?_____________________________________
15. Tarkibida bir necha turdagi algoritmlar qatnashgan algoritmga ... deyiladi.
Yüklə 17,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin