REJA
1 .Tojikiston demokratik davlatining tuzilishi
2 .Foydali qazilmalari
3. Turkmaniston davlatining tashkil topishi
4. Turkmaniston davlatining qishloq xojaligi
5. Qirgʻiziston Etimologiyasi
6. Qozog’izton prezidenti. Qozog’izton prezidentining imtiyoz va cheklovlari.
Tojikiston (tojikcha: Тоҷикистон), Tojikiston Respublikasi (tojikcha. Ҷумҳурии Тоҷикистон) — Oʻrta Osiyoning janubi-sharqida joylashgan davlat. Maydoni 143.100 ming km². Aholisi 8,486,300 kishi (2014). Gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy tomonidan Oʻzbekiston bilan, shimoliy tomonidan Qirgʻiziston, sharqiy tomonidan Xitoy bilan va janubiy tomonidan Afgʻoniston davlatlari bilan chegaradosh. Poytaxti — Dushanbe shahri. Maʼmuriy jihatdan Togʻli Badaxshon muxtor viloyati, 2 viloyat va 45 tumanga boʻlinadi. Tojikistonning dengizga chiqish imkoniyati yoʻq. Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon. Bosh Vazir: Qohir Rasulzoda.
Tojikiston — respublika, unitar demokratik ijtimoiy huquqiy davlat. Amaldagi Konstitutsiyasi 1994-yil 6-noyabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1994-yildan Emomali Rahmon), u Tojikiston fuqarolari tomonidan 7 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Majlisi Oli, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligida Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.
Foydali qazilmalari
Tojikiston hududida Oʻrta va Janubiy Tyanshan, Pomir burmali tizimlari hamda 2 yirik togʻlararo botiq (Fargʻona va Tojikiston depressiyalari) bor. Oʻnlab mineral buloqlar, shu jumladan, Garmchashma shifobaxsh bulogʻi mashhur.
Iqlimi va ichki suvlari
Iqlimi kontinental. Yanvarda oʻrtacha harorat vodiy va togʻ yon bagʻirlarida 2 °C dan —2 °C gacha, Pomirda —22 °C. Iyulning oʻrtacha harorati vodiylarda 30 °C, Pomirda 10 °C, eng yuqori harorat 48 °C gacha (Vaxsh vodiysi va Quyi Panjda). Yillik yogʻin miqsori Hisor tizma togʻlarining shimoliy yon bagʻirlarida 1600 mm gacha. Tojikiston markazi va janubda yoz va kuzda quruq issiq shamol va qisman garmsel, janubda afgʻon shamoli esadi. Asosan, Pomir hududida mingdan ortiq kattakichik muzliklar bor. Faqat Sharqiy Pomirdagi Oqjilgʻa, Qorajilgʻa va Muzkoʻl daryolari berkkoʻl — Qorakoʻlga quyiladi. Tojikistonda 930 koʻl boʻlib, aksariyati Pomir va Xisor-Olay tizma togʻlari etagida joylashgan. Sarez, Yashilkoʻl, Iskandarkoʻl, Kattakoʻl koʻllari, Qayroqqum, Norak, Farhod, Kattasoy, Moʻminobod va boshqa suv omborlari bor.
Dostları ilə paylaş: |