21-variant.
1-topshiriq.
Barkamol insonni tarbiyalashda jamoani ro’li.
Ma’naviy barkamol insonning oila muhiti asosida jamiyatda shakllanishi, Shахsni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan mustahkam bog’lamay turib, tarbiya sohasidagi butun ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, ota-onalar o'rtasida ta'lim-tarbiyaga oid tashviqot ishlarini kengaytirish, ularni maktabning faol yordamchilariga, o'quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqaridagi ishlarida har tomonlama foydali tashkilotchilariga aylantirish zarur.
Mahmudxoʻja Behbudiy 1875-yilning 19-yanvarida (hijriy 1291 10-zulhijja) Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlogʻida ruhoniy oilasida dunyoga kelgan. Otasi Behbudxoʻja Solihxoʻja oʻgʻli Turkistonlik, Ahmad Yassaviyning avlodlaridan, ona tomondan bobosi Niyozxoʻja Urganchlik boʻlib, amir Shohmurod zamonida (1780 – 1785) Samarqandga kelib qolgan. Behbudiy nazarida maʼrifat uchun birgina maktab kifoya qilmasdi. Zamon va dunyo voqealari bilan tanishib bormoq, millat va Vatanning ahvolidan, kundalik hayotidan ogoh boʻlmoq kerak edi. Binobarin, millat uchun shunday oyna kerak ediki, unda u oʻz qabohatini ham, malohatini ham koʻra olsin. Mana shu ehtiyoj va zarurat Behbudiyni teatr va matbuot sari boshladi. “Padarkush” shu tariqa maydonga keldi. Xullas, 1911-yilda yozilgan “Padarkush” dramasi 1913-yildagina bosilib chiqadi. Kitob jildidagi «Borodino jangi va Rusiyaning fransuzlar bosqinidan xalos boʻlishining yubiley sanasiga bagʻishlanadi», degan yozuv va uning Tiflis senzurasining ruxsati bilan chop etilishi shuni koʻrsatadiki, ish oson koʻchmagan. Pyesa bosilib chiqqandan keyin ham uni sahnaga qoʻyish uchun yaqin bir yil vaqt ketdi. Muallif bu haqdagi xatlarga javoban kinoyaomuz: “Turkistonda bekor odam yoʻqki, xalq uchun ishlasa. Bekor kishi yoʻqki, teatru sahnasiga chiqib, “masxarabozlik” qilsa”, deb yozgan edi. “Padarkush” – oʻzbek dramachiligining hamma yakdil eʼtirof etgan birinchi namunasidir. Mutaxassislar uni ham janr, ham mazmuniga koʻra yangi oʻzbek adabiyotini boshlab bergan bir asar sifatida baholaydilar. Muallif “Milliy fojia” atagan, 3 parda 4 manzarali bu drama hajman juda ixcham, mazmunan nihoyatda sodda va joʻn. U jaholat va nodonlik, oʻqimagan bolaning buzuq yoʻllarga kirib, oʻz otasini oʻldirgani haqida hikoya qiladi. Orqa-oldini oʻylamagan boyning Toshmurod ismli oʻgʻli bor. Oʻgʻli oʻqimagan. Boy atrofdagilarning gapiga kirmaydi, oʻgʻlini oʻqitmaydi, oqibatda u koʻcha bezorilariga qoʻshiladi. Restoranda maishatga puli yetmay, sheriklarini tunda uyiga boshlab keladi. Boy uygʻonib, ularni sezib qoladi. Lekin boyni oʻldirib, pulini olib ketadilar.