16-variant
1-topshiriq. Berilgan savollarga javob tayyorlang
Dars jarayonida o‘quvchilarni boshqarish texnikasi
O‘quv faoliyatini boshqarish o‘z-o‘zini boshqarishning tarkibiy qismi bo‘lib, o'quvchilarni mustaqil bilim olish, ijodiy fikrlash sari yetaklaydi.O‘quv faoliyatini boshqarishning tarkibiy qismlarini rejalashtirish, o‘zini nazorat qilish, bilishga qiziqishdan iborat bo‘lib, o‘zaro jips bir-biri bilan aloqada hukm suradi. O‘quv faoliyatini boshqarishning tarkiblari umumlashgan ta’limiy usullar yordami bilan o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi.
Ular o‘ziga xos xususiyatlari, faolligi, ko‘lami, samaradorligi, sur’ati bilan tafovutlanishiga qaramay, bir-birlarini taqozo qiladi. Bosh qaruv bu shunday yo‘naltiruvchi kuchki, u insonlardagi ijodiy potensial imkoniyatlarini oladigan sharoitlarni yuzaga chiqarishni maqsad qilib qo‘yadi. Shunday ekan, o'qituvchining ta’lim-tarbiyla jarayonini to‘g‘ri va oqilona boshqara olishi o‘quvchi shaxsi kamolotida nihoyatda katta ahamiyatga egadir.Faoliyatdan kutiladigan natija psixologiyada maqsad deyiladi. 0 ‘quv jarayonining boshqarilishi ikkita asosiy maqsadni ko‘zda tutadi.
Ulardan birinchisi, o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil eta olish, ikkinchisi esa o‘quvchilarning shaxsiy qiziqish va ehtiyoj larini qondirishdir. Ana shu maqsadlar boshqarishning vazifalarini belgilab beradi. Demak,
o‘quv jarayonini boshqarishning:
birinchi vazifasi tashkiliy bo‘lib, o‘quvchilarning ta’lim va tarbiyasi bo‘yicha ijtimoiy buyurtmalarni qondirish;
Ikkinchi vazifasi — bevosita o‘quvchining qiziqish va talablarini qondirishga yo‘naltirilgan holatdagi ijtimoiy vazifadir. Shuningdek, bu vazifa o‘quvchilarni ko‘tarinkilik, yaxshi kayfiyat va o‘quv jarayonidagi ishchanlikni yuzaga keltirishni ham o‘z ichiga oladi. Afsuski, ko‘p yillar davomida boshqarishning shu ijtimoiy vazifasiga juda kam e’tibor berilgan.
Boshqaruvning ikkinchi vazifasi bu ijtimoiy-psixologikdir. Bu vazifa o‘quvchilarda samarali faoliyat uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-psixologik holat va xususiyatlarni rivojlantirishga qaratilgandir. Bu holat va xususiyatlar o‘quvchilarni o‘zaro jipslashtirish, nazorat, o‘z-o‘zini boshqarish, shuningdek, mustaqil ta’lim olishlarini rivojlantirishdan iboratdir.O‘qitishning ikkita usuli mavjud. Biri an’anaviy o‘qitish usuli bunda o‘qituvchi muammoni belgilaydi, vazifalarni aniqlaydi va muammoni yechib beradi. O'quvchi esa masalani yechish yo‘llarini eslab qoladi va uni yechishni mashq qiladi. Bunda o‘quvchilarda reproduktiv tafakkur shakllanadi. Rivojlantiruvchi ta’lim o‘qitishning muammoli usulida o‘qituvchi o'quvchilarning bilish jarayonlarini boshqaradi, uni tashkil etadi va nazorat qiladi.O‘quvchi esa muammoni tushunadi, uni yechish yo‘llarini
qidiradi va uni yechadi. Bunday hollarda o‘quvchi tafakkurining mahsuldorligi oshadi va uning mustaqilligi rivojlanadi. O‘quvchining o‘qishga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish uchun o‘qituvchi quyidagi qoidalarga tayanishi lozim:
1.O‘quv jarayonini shunday tashkil etish lozimki, bunda o‘quvchi faol harakat qilishi, mustaqil izlanishi, yangi bilimlarni o‘zi kashf etishi va muammoli xarakterdagi masalalarni yechish uchun sharoit izlashi kerak.
2 .O‘quvchilarga bir xil o‘qitish usullari va bir turdagi ma’lumotlarni berishdan qochish kerak.
3.O‘rgatilayotgan fanga nisbatan qiziqishning namoyon bo‘lishi uchun ayni shu fan yoki bilim, o‘quvchining o‘zi uchun qanchalik ahamiyatli va muhim ekanligini bilishi kerak.
4. Yangi material qanchalar o‘quvchi tomonidan avval o‘zlashtirilgan bilimlar bilan bog‘liq bo‘lsa, u o'quvchi uchun shunchalik qiziqarli bo‘ladi.
5. Haddan ziyod qiyin material o‘quvchida qiziqish uyg‘otmaydi. Berilayotgan bilimlar o‘quvchining kuchi yetadigan darajada bo‘lishi lozim.O‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzu yoki bilimining ahamiyatini ko‘rsatish, o‘quvchining o‘quv faolligini oshirish uchun qiziqarli misollar, aqliy o‘yinlardan keng foydalanishi lozim. Lekin, ta’limdagi har bir beriladigan bilim yorqin, qiziqarli bo‘lavermaydi, shuning uchun o‘quvchilarda iroda, qat’iylik, mehnatsevarlik kabi xislatlarning kamol toptirilishi nihoyatda zarurdir. Ana shu xislatlar o‘quvchining kelgusida o‘z-o‘zini nazorat qilishga, o‘z-o‘zini baholashga va mustaqil ta’lim olishga asos bo‘lishi kerak.E.G‘.G‘oziyev o‘quv faoliyatini boshqarishning psixologik asoslari1, tafakkur psixologiyasi asoslari bilish nazariyasining psixologik muammolari, komil insonning psixologik nazariyasi yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borgan serqirra ijodkor olim. Respublikamizda o'quv faoliyatini boshqarish muammosi E.G‘.G‘oziyev va uning shogirdlari X.Ruxiyeva, Sh.V.Azizovalar tomonidan o‘rganilgan. Sh.Azizova tadqiqotida yuqori sinf o‘quvchilarida o‘quv faoliyatini boshqarishning psixologik xususiyatlari tadqiq etilgan. Muallifning ta’kidlashicha, o‘quv faoliyatini boshqarish tarkiblarini egallash muayyan bosqichma bosqich amalga oshadi, turli xususiyatli materiallarni o'zlashtirish negiziga quriladi. Egallangan usullar va tarkiblarni yangi vaziyatga ko‘chirish boshqarish jarayoni vujudga kelganligini bildiradi.
|