1.Xona,noma,poya,bop,ham,baxsh,kam,umum,rang ,mijoz kabi so’zlar yordamida yasalgan qo’shma so’zlar qanday yoziladi?
A.Qo’shib yoziladi B.Ajratib yoziladi S.Chiziqcha bilan yoziladi D.chiziqchasiz yoziladi
2.Har , hech, bir,u,o’sha,hamma kabi so’zlar o’zi birikib kelgan so’zdan ….yoziladi.Nuqtalar o’rniga qaysi so’z qo’yiladi?
A.qo’shib B.ajratib S.chiziqcha bilan D.chiziqchasiz
3.Qaysi qatorda so’zlar ko’chirish qoidasiga ko’ra yozilgan?
A.u-ka, mu-do-fa-a, e’-lon, B.tad-bir-kor,kol-lej,ma’-lum S.pi-choq,den-giz,sin-glim D.ing-liz,sha-har,Er-on
4.Tilshunoslikning so’z va uning ma’nolarini o’rganuvchi bo’limi qanday nomlanadi? A.Morfologiya B.Fonetika S.Leksikologiya D.Orfoepiya
5.So’zlar shakl va ma’no munosabatiga ko’ra necha turli bo’ladi? A.2 B.3 S.4 D.5
6.Boyligi, ganjinasi, xazinasi sinonimik qatorida bosh so’z qaysi? A.boyligi B.ganjinasi S. xazinasi D.bosh so’z mavjud emas
7.Aborigen so’zining ma’nosi qaysi javobda berilgan?
A.avstraliyalik B.tub joyliklar S.qit’a D.aholi
8.Atash va yozilishi bir xil bo’lib,turli atash ma’nolarini bildirgan so’zlarga … so’zlar deyiladi.Nuqtalar o’rniga qaysi so’z qo’yiladi?
A.sinonim B. omonim S.antonim D.paronim
9.Antonimlar birgalikda qo’llanib yangi so’z hosil qilishi mumkin bo’lgan so’zlar qaysi qatorda berilgan.1.yosh-u qari -barcha 2.achchiq-chuchuk – ovqat turi 3.uzoq-yaqindan – hamma yoqdan
A.1 B.1,2 S.2,3 D.1,2,3
10.Abdulla Qahhor O‘tkir Hoshimovning qaysi asariga “Sof,samimiy,tabiiy,iliq,rohat qilib o‘qiladi”-deya ta’rif bergan edi ?
A.“Dunyoning ishlari” B.“Cho’l havosi” C. .“ Inson sadoqati ” D. “Tong”
11.Alisher Navoiy xayolini tamoman egallab olgan “Mantiq ut tayr ” (“Qush nutqi”) asari muallifi nomi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan ?
A.Fariddin Attor B.Shayx Sa’diy C.Nizomiy Ganjaviy D.Xusrav Dehlaviy
12. “Hayrat ul-abror” dostoni necha bobdan tashkil topgan ?
A.20 bob B.65 bob C.63 bob D.67 bob
13. “Hayrat ul-abror” dostonining nechinchi maqolatida “Rost so‘z ta’rifida” bo‘limi mavjud?
A.O‘ninchi B.Yettinchi C.To‘qqizinchi D.Oltinchi
14. Zahiriddin Muhammad Bobur nechanchi yili Hindistonni zabt etib boburiylar saltanatiga asos solgan ?
A.1524-yil B.1530-yil C.1503-yil D.1526-yil
15.Abdulla Avloniyning olti qismdan iborat asarining nomi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan ?
A.“Maktab gulistoni ” B.“Adabiyot yoxud milliy she’rlar”
C.“Turkiy Guliston yoxud axloq” D.“Ikinchi muallim”