№10-11 Nazorat ishi №2. IV, V va VI guruh kationlari aralashmasi analizi



Yüklə 10,15 Kb.
səhifə1/2
tarix28.04.2023
ölçüsü10,15 Kb.
#104352
  1   2
9. IV, V vа VI Guruh kationlari aralashmasi analizi


Laboratoriya № 10-11
Nazorat ishi №2. IV, V va VI
Guruh kationlari aralashmasi analizi

IV, V va VI guruh kationlari mavjud bo‘lgan tekshirilayotgan eritmadan quyidagi kationlarni bo‘laklab aniqlash mumkin. Fe3+, Fe2+, Mn2+, Co2+, Ni2+, Cr3+. Avvalo, temir(II) va temir(III) larni dastlabki tekshirilayotgan eritmadan aniqlab olish zarur, chunki sistematik analiz mobaynida barcha temir ionlari Fe3+ gacha oksidlanib ketadi va buning natijasida esa tekshirilayotgan eritmadagi temirning oksidlanish darajasi imkoniyati yoqoladi. Yuqoridagi ko‘rilgan boshqa kationlarni Mn2+, Co2+, Ni2+, Co3+ larini esa bo‘lib-bo‘lib osonligina aniqlash mumkin. Ular analiz mobaynida o‘ziga xos reaksiyalar orqali ochiladi.
Temir(II) ni aniqlanishi: Tekshirilayotgan eritmaning 2-5 tomchisiga kons. HCI va K3[Fe(CN)6] eritmalaridan 2-3 tomchidan tomiziladi. Ko‘k cho‘kma trunbul ko‘kining hosil bo‘lishi, mazkur eritmada temir (II) ionining borligidan dalolat beradi.
Temir(III) ni aniqlanishi: Tekshirilayotgan eritmaning 2-5 tomchisiga kons. HCI va K4[Fe(CN)6] eritmalaridan 2-3 tomchidan tomiziladi. Natijada hosil bo‘lgan ko‘k cho‘kma Berlin lazuri eritmada temir(III) ionining borligidan dalolat beradi.
Kobalt(II) ni aniqlanishi: Tekshirilayotgan eritmaning 2-5 tomchisiga kons. HCI va pH 4-5 bo‘lguncha CH3COONa eritmalaridan tomiziladi, so‘ngra quruq NH4F solinadi. Bunda eritmada qolgan Fe3+ ioni rodanid ioni bilan ta'sirlashmaydigan ftorli kompleks hosil qiladi. (ozgina ammoniy rodanid ham qo‘shiladi).
Eritma aralashtirilib, ozgina amil spirt qo‘shiladi va yaxshilab chayqatiladi. Agar, eritmada Co(II) bo‘lsa, spirtli qavat havo rangga kiradi.

Yüklə 10,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin