10-mavzu: Oziq-ovqat xavfsizligi va me'yoriy ovqatlantirishning ijtimoiy- tashkiliy asoslari. Reja



Yüklə 258,83 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.06.2020
ölçüsü258,83 Kb.
#31983
Lecture - 10


10-mavzu: Oziq-ovqat xavfsizligi va me'yoriy ovqatlantirishning ijtimoiy-

tashkiliy asoslari.  

Reja: 

Meditsina normalari darajasida oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanish; 



Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va ozuqaviy qiymati

Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga bo'lgan talablar. 



Kalit  so’zlar:  Meditsina  normalari,  Oziq-ovqat  mahsulotlari,  Mahsulotlar 

xavfsizligi, Mahsulotlar sifati, Ozuqaviy qiymat, Mahsulotlarga bo'lgan talab. 

 

Foydalangan adabiyotlar: 

 

Asosiy adabiyotlar 

Abdug'aniyev A., Abdug'aniyev A.A. Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi -

(darslik)- T.: TDIU, 2004. - 304 bet. 

Abdug'aniyev  A.,  Avdug'aniyev  A.A.  Qishloq  xo'jaligi iqtisodiyoti.  Darslik.  -

T.: O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg'armasi nashriyoti, 2006 

yil. -288 bet. 



Abdug'aniyev A., Abdug'aniyev A.A. - Qishloq xo'jalik iqtisodiyoti. Darslik. -

T.: TDIU, 2004. 

304 bet. 



Qo'shimcha adabiyotlar: 

Iqtisodiyotning  agrar  sektori.  T.Jo'rayev,  Sh.  Allayarov,  X.Asatullayev,  T. 



Umarov, Ma'ruzalar matni. -T.: TIM, 2012 

Salomov  T.  Hamdamov  Q.S.  Tursunxo'jayev  T.L.,  To'raxo'jayev  T.I., 



Hakomov  R.X.,  O'roqov  N.I.,  Aripov  I.M.,  Jahon  qishloq  xo'jaligi.  O'quv 

qo'llanma. - T.: TDIU, 2004. - 128 b. 

Hakimov R. Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti,  -T.: MCHJ “RAM-S”, - 2007. 



367 b. 

Hakimov  R.,  Otaqulov  M.,  Yusupov  E.,  Yusupov  M.,  Agrosanoat  majmui 



iqtisodiyoti. O'quv qo'llanma. - T.: TDIU, 2004. - 160 b. 

Salimov  T.,  Hamdamov  Q.S.,  Tursunxo'jayev  T.  L.,  To'xtayev  T.I.,  Xakimov 



R.X., O'roqov N.L., Aripov I.M. Jahon qishloq xo'jaligi. O'quv qo'llanma. - T.: 

TDIU, 2004. - 128 b. 



Xorijiy adabiyotlar: 

Gail  L.  Cramer,  Clarence  W.  Jensen,  Douglas  D.  Southgate,  Jr.  Agricultural 



Economics and agrobusiness. - New York, 2001. - 519 p. 

Just  R.E.,  N  Bockstael.  Commodity  and  resource  policies  in  Agricultural 



Systems, Springer- Verlag, Berlin Heidelberg 1991 

OECD  (2012),  Food  and  Agriculture,  OECD  Green  Growth  Studies,  OECD 



Publishing. 

http://dx.doi.org/10.1787/9789264107250-en

 



David Colman and Trevor Young, 1989. Principles of Agricultural Economics. 



Markets and Prices in Less developed countries. Cambridge. Cambridge CB2 

1RP, United Kingdom. 

Suresh  Chandra  Babu,  Sandjar  Djalolov,  2006.  Policy  Reforms  and 



Agriculture Development in Central Asia. Springer Science + Business Media, 

Inc. NY 10013, USA 

Попов Н. А. Экономика сельско хозяества: Учебник. - М .: Изд-во "Дело 



и сервис", 2000. - 367 с. 

Серова  Е.  В.  Аграрная  экономика:  Учебник  Для  Студентов 



економических  вузов,  факультетов  я  специальностей.  -М.:  ГУ  ВШЭ, 

1990. - 480 с. 

Б.А.  Кандиус,  Эконимика  агропромышленного  комплекса:  учебное 



пособие  //  Пос.  Акад.  Наук,  Ин-т,  Европии.  -  М.:  Памятники 

исторической 

мисли, 

2011, 


284 

с. 


УРЛ:xттп://з3950.ксу.ру/бcовер/0000690287 шм.пдф 

Ткач  А.Б.  Сельскохозяйственная  кооперация:  Учебное  Пособие.  -  3  -  е 



изд., испр. И доп. - М.: Издателско-торговая корпорация “Дашков И Ко”, 

2005. - 364 с. 2 экз. 

10 

Устойчивие  развитиеселского  хозяйсва  И  сельских  территорий: 



Зарубежний  опит  и  проблем  России,  -  М.:  Т-во  научних  изданий  КМК. 

2005 - 615 с. 

11 

Бусел И.П. Агробизнес: Учебное пособие - Минск, 2009. 



Internet saytlari 

www.samqxi.uz



 - Samarqand qishloq xo’jalik instituti veb-sahifasi 

www.lex.uz



  -  O’zbekiston  Respublikasi  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy 

bazasi. 


www.agro.uz

  -  O’zbekiston  Respublikasi  Qishloq  va  Suv  xo’jaligi  vazirligi 

portali. 

www.stat.uz



 - O'zbekiston Respublikasi Davlat Satistika Qo'mitasi portali 

www.gov.uz



 - O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali. 

www.fao.org



  -  Birlashgan  millatlarning  qishloq  xo'jaligi  va  oziq-ovqat 

tashkiloti portali. 

 

 

 



 

1  Meditsina normalari darajasida oziq-ovqat mahsulotlari bilan 

ta'minlanish; 

Oziq-ovqat  yetishmovchiligi  yoki  oziq-ovqat  xavfsizligi  darajasi  pastligi 

aholi orasida qoniqarsiz oziqlanishga olib kelib, u o’z navbatida odamlar, oilalar 

va butun xalq uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi. Oziq-ovqat mahsulotlari bilan 

ta’minlanganlik  darajasi  aholi  jon  boshiga  oziq-ovqat  mahsulotlarining 

umumqabul  qilingan  me’yorlarning  xudi  shunday  o’lchovda  ularning  iste’mol 

qilingan miqdori bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. Jahon statistikasida oziq-ovqat 

mahsulotlarining  aholi  jon  boshiga  hisobi  FAO  tavsiya  etgan  me’yorlar  qabul 

qilingan. FAO me’yorlari bo’yicha bu mahsulotlarning bir sutkalik iste’moli 3000 

kkal ni tashkil qiladi. 

Sog’lom  ovqatlanishning  me’yorlari  milliy  va  xalqaro  maxsus  muassasalar, 

shuningdek Xalqaro sog’liqni saqlash tashkiloti (XSST) va Xalqaro oziq-ovqat va 

qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan ham aniqlanadi. 1953 yilda AQShda 

o’rtacha  yoshdagi  erkak  kishining  ioziq-ovqat  iste’moli  me’yori  3200  kkal/sut.ni 

tashkil  qilgan  bo’lsa,  hozirda  bu  2700  kkal/sut.ga  teng.  Iste’moli  2150  kkal  dan 

kam bo’lganlar ochlik va to’yib ovqat yemaslik arafasida, 1500 kkal va undan kam 

iste’mol qiluvchilar ochlik holatidagi kishilar toifasidandar. 

Faol turmush tarzi olib boruvchi katta yoshdagi kishi enerniyasining ma’lum 

vaqt oralig’idagi 

sarfi  FAO  va  Xalqaro  sog’liqni  saqlash  tashkiloti  ekspertlari  quyidagicha 

aniqlaydilar: 

Es = K*M*Vo 

bu yerda: 

Es —organizmning umumiy energetik sarfi, kkal; 

K — tana1 kg massasining energiya sarfi, kkal; 

M — tana massasi, kg; 

Vo — sutkaning vaqt oralig’i. 

Rivojlanishning  sekinlashishi  bilan  kechadigan  o’sishning  orqada  qolishi 

uzoq  muddat  yetarli  ovqatlanmaslik  va  /yoki  sog’liqning  zaifligi  yig’ilib  borishi 

o’zaro ta’siridan dalolat  beradi. Shuningdek, o’sishdan orqada qolish  faqat to’yib 

ovqatlanmaslikning  ko’rsatkichi  emas,  balki  inson  asosiy  ehtiyojlarining 

qondirilmaganligi va natijada, absolyut qashshoqlikning belgisi ham hisoblanadi. 

To’liq bo’lmagan ovqatlanishning besh turi farqlanadi: 

1) 


“to’yib ovqatlanmaslik” - inson yetarli ovqat miqdorini qabul qilmaydi; 

2) 


“balanslashmagan  ovqatlanish”  (yetarli  miqdorda  bo’lmagan  va/yoki 

tarkibida  kam  proteinlar)  ovqatlanish  sifati  organizm  ehtiyojiga  mos  bo’lmagan 

holat.  Balanslashmagan  ovqatlanishning  asoratlarini  o’lchash  mumkin,  masalan, 

bolalarda  bo’y  va  vazn  o’sishining  orqada  qolishi,  kata  yoshdagilarda  tana 

og’irligining past indeksi; 

3) 


ovqatlanishda  mikroelementlarning  yetishmasligi,  «yashirin  ochlik»-

inson  oziq-ovqat  bilan  birga  yetarli  miqdorda  bir  yoki  bir  necha  zarur 

mikroelementlar, masalan vitamin va/yoki minerallarni olmaslik holati; 

4) 


“ikkilamchi to’yib ovqatlanmaslik”-inson sog’lig’ining ma’lum bir holati 

yoki boshqa bironbir sabablarga ko’ra ovqatni qabul qila olmaslik yoki hazm qila 

olmaslik holati; 

5) 


“to’yib ovqatlanish”-inson uzoq vaqt davomida ovqat bilan birga haddan 

tashqari ko’p kaloriya miqdorini qabul qilgandagi holati. 

“Ovqatlanish  samarasini”  antropometrik  o’lchovlar  va  bioximik  tahlillar 

asosida  aniqlash  mumkin.  Jadvalda  ovqatlanish  holatining  ko’p  ishlatiladigan 

ko’rsatkichlari  keltirilgan.  Bolalar  yoshining  o’sishiga  muvofiqligining 


antropometrik ko’rsatkichlari orqali bolalarning rivojlanib borishi aniqlanadi. 

Insoniyatning  dehqonchilik  va  chorvachilik  tashkiliy,  texnik-texnologik 

yangiliklarning joriy etilishi bilan bog’liq bo’lgan ulkan yutuqlarga erishganligiga 

qaramasdan  XXI  asrda  jahon  aholisining  oziq-ovqat  ta’minoti  qoniqarsizligicha 

qolyapti.  Bu  holat  XXI  asrning  muammolarini  ham  belgilab  bermoqda.  2000-chi 

yillarda  jahon  oziq-ovqat  muammosining  keskinlashuviga  sayyoramiz  aholisi 

sonining  o’sib  borayotganligi  bilan  (BMT  ma’lumotlariga  ko’ra  2050  yilda  bu 

ko’rsatkich  9,6  mlrd.  kishini  tashkil  qiladi)  tabiiy  muhitning  imkoniyatlari 

o’rtasidagi nomutanosibliklar sabab bo’lgan. 

Shu  boisdan  oziq-ovqat  xavfsizligini  ta’minlash  muammosida  quyidagi  bir 

nechta muhim jihatni ajratib ko’rsatish zarur. 

Birinchijihat shu bilan bog’liqki, mamlakat, hududlar, uy xo’jaliklari, oddiy 

fuqarolarni  oziq-  ovqatlar  bilan  ta’minlash  muammosi  qadim  vaqtlardan  beri 

insoniyat oldida turgan, ko’pgina ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy inqirozlar birinchi 

galda  oziq-ovqat  yetishmasligi  muammosi  negizida  yuz  bergan.  Ushbu 

muammoga har xil zamonlarda va turli qit’alarda alohida e’tibor qaratilgan bo’lib, 

oziq-ovqat  xavfsizligi  borasida  muayyan  darajaga  erishish  hamisha  umuman 

jamiyatning  va  har  bir  individning  asosiy  vazifasi  bo’lib  hisoblangan.  Bunda 

yetarli  miqdordagi  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan  ta’minlash  uchun  davlat  ASM 

sohasida ishlab chiqarishni rag’batlantirgan holda muhim rol o’ynashi lozim. 

Oziq-ovqat  mahsulotlarini  ishlab  chiqarish,  taqsimlash  va  sotish  mamlakat 

aholisi  ochlik  va  to’yib  ovqat  yemaslikdan  aziyat  chekyaptimi  yoki  oziq-ovqat 

mahsulotlari  bilan  yetarli  darajada  yoxud  ortiqcha  miqdorda  ta’minlangan 

ta’minlanmaganligidan  qatiy  nazar  har  bir  mamlakatning  faoliyat  sohasiga 

kiritilgan  bo’lishi  kerak.  Insoniyatni  to’laqonli  va  ekologik  nuqtai  nazardan 

xavfsiz  oziqovqat  mahsulotlari  bilan  ta’minlash-hozirgi  zamonning  eng  dolzarb 

muammolaridan biridir; 

sayyoramiz, davlatimiz va mintaqamizning xotirjamligi esa inson turmush darajasi 

va umuman sivilizasiyaning muhim sifat ko’rsatkichi hisoblanadi. 

Qishloq  xo’jaligini  qo’llab-quvvatlashning  asosiy  ko’rsatkichi  sifatida  tovar 

ishlab  chiaruvchilarni  qo’llab-quvvatlashni  baholashdan  foydalaniladi.  Mazkur 

uslubiyat  iqtisodiy  hamkorlik  va  rivojlanish  tashkiloti  (IHRT)  ning  a’zolari 

bo’lgan  barcha  mamlakatlrga  hamda  Markaziy  va  Sharqiy  Yevropaning  ayrim 

mamlakatlariga nisbatan qo’llanadi. 

Ikkinchi jihat-asosiy turdagi oziq-ovqatlarning aholi uchun ularning qayerda 

yashashidan  qat’iy  nazar  hammabopligini  ta’minlash  bilan  bog’liq.  Bunda 

jismoniy  hammaboplik  shuni  anglatadiki,  kishilarning  ehtiyojini  qondirish  uchun 

yetarli  hajmdagi  oziq-ovqat  mahsulotlari  ular  iste’mol  qilinadigan  joylarga 

uzluksiz  ravishda  yetkazib  berilishi  kerak.  Jismoniy  hammaboplik  yetarli 

miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning mamlakatlararo 

hamda  mamlakat  ichida  to’siqsiz  harakatlanishi  bilan  bog’liq  bo’lgan  vazifalar 

majmuining hal qilinishini taqozo etadi. 



Uchinchi  jihatdan-oziq-ovqatlarning  iqtisodiy  hammabopligi.  Bu  shuni 

anglatadiki, mavjud narxlar darajasida xaridorlar talabining darajasi aholiga har bir 

kishining salomatligi va faol hayot kechirishi uchun rasional iste’mol me’yorlariga 

mos bo’lgan hajm va assortimentdagi asosiy oziq- ovqat mahsulotlarini sotib olish 

imkoniyatlarini ta’minlashi lozim. 

Aholining  barcha  guruhlari  uchun  oziq-ovqat  mahsulotlarining  iqtisodiy 

hammabopligini 

oshirish 

maqsadida 

aholining 

qashshoqlik 

darajasini 

pasaytirishga,  sog’lom  ovqatlanish  uchun  yetarli  mablag’ga  ega  bo’lmagan  eng 

muhtoj  qatlamlarni  (nogironlar,  yolg’iz  qari-qartanglar  va  h.k.),  shuningdek 

bolalar,  homilador  va  emizikli  ayollarni  qo’llab-quvvatlashni  ta’minlashga; 

ijtimoiy  va  maxsus  davlat  sohalari  (kasalxona,  armiyaning  bo’linmaari  va 



boshqalar)  muassasalaridagi  shaxslarni  oziq-ovqat  bilan  ta’minlashga  alohida 

e’tibor qaratish zarur. 

 

2 Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va ozuqaviy qiymati; 

Ijtimoiy hammaboplik oziq-ovqat xavfsizligi, xomashyo va oziq-ovqatlarning 

sifatini  nazorat  qilish,  mahsulotlarning  sifatini  sertifikasiyalash  va  boshqarish 

tizimlarini  yaratish,  aholi  salomatligini  yaxshilash  boshqa  masalalarni  o’z  ichiga 

oladi. 

Uy  xo’jaliklari,  oilalar  darajasida  oziq-ovqat  xavfsizligini  ta’minlash  uchun 



oziq-ovqat  ishlab  chiqarishning  o’zi  kifoya  qilmaydi.  Oziq-ovqat  xavfsizligining 

yana  bir  hayotiy  muhim  belgisi  -  bu  doimiy  ravishda  kaloriyali  oziq-ovqat 

mahsulotlaridan  kafolatlangan  tarzda  foydalanish  imkoniyati  va  bu  mahsulotlarni 

tegishli  mablag’lar  evaziga  xarid  qilish  imkoniyati  bilan  bog’liq.  Uy  xo’jaliklari 

darajasida  oziq-ovqat  bilan  ta’minlanganligini  oziq-ovqat  mahsulotlaridan 

foydalanishda  kambag’allikning  oziq-ovqat  iste’moli  chegarasi  baholanadi, 

aholining  undan  yuqorida  va  quyida  taqsimlanishini  belgilashda  foydalaniladi. 

Bunda  alohida  e’tibor  kambag’allikning  oziq-ovqat  chegarasidan  quyida  bo’lgan 

uy  xo’jaliklarining demografik  xususiyatlariga  qaratiladi  (ya’ni,  yetarli  miqdorda 

oziq-ovqat  mahsulotlarini  xarid  qila  olmaydiganlar).  Turli  guruhlarga  mansub 

shaxslar  tomonidan  iste’mol  qilinadigan  odatdagi  rasionni  asosiy  oziq-ovqat 

mahsulotlari,  shu  jumladan,  oqsil  va  yog’larga  boyligi  nuqtai  nazaridan  ko’rib 

chiqish maqsadga muvofiqdir. 

Ovqatlanish  aholi  sog’lig’ini  belgilaydigan  muhim  omillardan  biri 

hisoblanadi.  Sog’lom  ovqatlanish-bu  insonning  sog’lig’i  mustahkamlanishiga  va 

kasalliklar  kamayishiga  ko’maklashadigan,  uning  o’sishini,  normal  kamol 

topishini va hayot faoliyatini ta’minlaydigan ovqatlanish. Ovqatlanish tuzilmasida 

balansning  har  qanday  buzilishi  inson  sog’lig’iga  salbiy  ta’sir  ko’rsatadi, 

shuningdek turmush sifati pasayishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. 

Respublikamizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida oziq-ovqat 

sanoati  rivojlanishining  tadrijiy  o’sishini  ta’minlashga  va  mamlakatimizda  oziq-

ovqat  mahsulotlari  ishlab  chiqarishni  ko’paytirishga  yo’naltirilgan  kompleks 

chora-tadbirlar  amalga  oshirildi.  Aholining  daromadlari  ham  sezilarli  ravishda 

o’sdi,  uning  xarajatlari  tarkibi  sifat  jihatdan  o’zgardi,  oziq-ovqat  mahsulotlariga 

sarf-xarajatlar ulushi kamayib, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlarga xarajatlar 

ulushi oshdi (9.2-jadval). Buning hisobiga keyingi yillarda aholining ovqatlanishi 

sifati  ancha  yaxshilandi,  oziq-ovqat  mahsulotlarini  iste’mol  qilish  tuzilmasi 

o’zgardi, jon boshiga go’sht va go’sht mahsulotlarini iste’mol qilish 1,3 baravar, 

sut va sut mahsulotlarini iste’mol qilish - 1,6 baravar, 

tuxum yeyish - 2,2 baravar, sabzavotlarni iste’mol qilish - 2,6 baravar, kartoshkani 

iste’mol qilish - 

1, 


7 baravar, mevalarni iste’mol qilish - 4,0 baravar o’sdi. 

Ovqatlanish tuzilmasi va rasioni yaxshilanishi boshqa omillar bilan birgalikda 

aholi sog’lig’i ko’rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Oxirgi 10 yilda tanasining 

og’irligi yengil bo’lgan bolalar ulushi ikki baravardan ortiqqa qisqardi (4 foizdan 

1,8  foizgacha),  ayollarning  anemiya  (kamqonlik)  bilan  kasallanishi  darajasi  2,5 

baravar pasaydi. O’zbekiston aholisining o’rtacha umr ko’rishi 6,5 yilga ko’paydi 

(67  yoshdan  73,5  yoshgacha),  ayollarning  o’rtacha  umr  ko’rishi  -  75,8  yoshga 

yetdi. 


Shu bilan birga, ijobiy iqtisodiy o’zgarishlar va urbanizasiyaning tez o’sishi 

va  unga  xos  bo’lgan  turmush  tarzidagi  o’zgarishlar  barcha  iqtisodiy  rivojlangan 

mamlakatlar  uchun  xos  bo’lgan  nooqilona  ovqatlanish  bilan  bog’liq  kasalliklar 

darajasi  oshishiga  olib  keldi.  Jahon  sog’liqni  saqlash  tashkiloti  tomonidan  ushbu 



kasalliklar  yuqumli  bo’lmagan  kasalliklarning  alohida  guruhiga  ajratilgan. 

Yuqumli  bo’lmagan  kasalliklar  darajasining  oshishi  nooqilona  ovqatlanish  bilan 

birgalikda yetarli bo’lmagan jismoniy faollik, tamaki iste’mol qilish va alkogolni 

zararli iste’mol qilish bilan bog’liqdir. 

2014  yilda  o’tkazilgan  tadqiqotlar  natijalari  respublika  katta  yoshdagi 

aholisining  67,2  foizga  yaqini  sabzavotlar  va  mevalarni  Jahon  sog’liqni  saqlash 

tashkiloti  tomonidan tavsiya  etiladigan normadan past iste’mol  qilishini,  37  foizi 

tuz  miqdori  ortiqcha  bo’lgan  ovqatni  iste’mol  qilishini,  katta  yoshdagi  aholining 

16,4 foizi esa jismoniy faol emasligini ko’rsatdi. Buning natijasida katta yoshdagi 

aholining 20,2 foizi ortiqcha vaznga va 33,9 foizi yuqori qon bosimga ega. 

Aholi sog’lig’ini saqlash va mustahkamlashga yo’naltirilgan kompleks chora-

tadbirlarni  amalga  oshirish,  kasalliklarning  oldini  olish,  aholi  turli  guruhlarining 

tibbiyot  fani  talablariga  muvofiq  sog’lom  ovqatlanishga  bo’lgan  ehtiyojlarini 

qondirishni  ta’minlaydigan  shart-sharoitlar  yaratish  Konsepsiyaning  asosiy 

maqsadi hisoblanadi. 

Quyidagilar  O’zbekiston  Respublikasi  aholisining  sog’lom  ovqatlanishini 

ta’minlashning asosiy vazifalari hisoblanadi: 

1) 


aholi  turli  guruhlarining  sog’lom  ovqatlanishga  bo’lgan  ehtiyojlarini 

qondirishni  ta’minlaydigan  shart-sharoitlar  yaratish,  jismoniy  faollik  hamda 

alkogolli mahsulotlarni va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishni qisqartirish yo’li 

bilan kasallikka chalinish va bevaqt vafot etishni kamaytirish; 

2) 

nooqilona  ovqatlanish  bilan  bog’liq  kasalliklarning  oldini  olish  va  ular 



tarqalishi  darajasini  pasaytirish,  aholi  sog’lom  turmush  tarzining  asosi  sifatida 

sog’lom ovqatlanishga doir keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish va 

shu  jumladan  ommaviy  axborot  vositalaridan  faol  foydalangan  holda  sog’lom 

ovqatlanishni targ’ib qilishni kuchaytirish; 

3) 

ovqatlanish  bilan  bog’liq  kasalliklar  tarqalishini  kamaytirishga 



yo’naltirilgan  sog’lom  ovqatlanish  masalalari  bo’yicha  aholining  turli  guruhlari 

uchun ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, sog’lom ovqatlanish sohasida fundamental 

tadqiqotlarni ustuvor rivojlantirish

4) 


jamoalarda  tashkil  etilgan  ovqatlanishni  tashkil  etishni  takomillashtirish, 

homilador  va  bola  emizuvchi  ayollarning,  shuningdek  3  yoshgacha  bo’lgan 

bolalarning to’laqonli ovqatlanishini tashkil etish, davolash jarayonining ajralmas 

qismi  sifatida  davolash-profilaktika  muassasalarida  parhyezli  (davolash  va 

profilaktik) ovqatlanishni yaxshilash

5) 


sifat  va  xavfsizlikka  qo’yiladigan  zamonaviy  talablarga  muvofiq  oziq-

ovqat  xom  ashyosining  asosiy  turlarini  mamlakatimizda  ishlab  chiqarishni 

kengaytirish,  almashtirib bo’lmaydigan komponentlar  bilan boyitilgan  oziq-ovqat 

mahsulotlari  va  bolalar  ovqatlanishi  uchun  ixtisoslashtirilgan  mahsulotlar, 

parhyezli  (davolash  va  profilaktik)  oziq-ovqat  mahsulotlari  va  ovqatga  biologik 

aktiv qo’shimchalar ishlab chiqarishni rivojlantirish; 

6) 

oziq-ovqat  mahsulotlari  va  oziq-ovqat  xom  ashyosiga  tegishli  bo’lgan 



texnik reglamentlar va davlat standartlarini ishlab chiqish va qabul qilish

7) 


O’zbekiston  Respublikasi  hududida  ishlab  chiqariladigan  va  chet  eldan 

yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xom ashyosining sifati 

ustidan nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish; 

8) 


aholi  sog’lig’i  ko’rsatkichlari  va  tarqalgan  alimentar-bog’liq  holatlar 

rivojlanishi dinamikasi tahlili asosida ovqatlanish sohasida monitoring dasturlarini 

ishlab chiqish va joriy etish. 


2015-2020  yillar  davrida  O’zbekiston  Respublikasi  aholisining  sog’lom 

ovqatlanishini  ta’minlash  Konsepsiyasi  va  chora-tadbirlar  kompleksi  qabul 

qilingan bo’lib, quyidagi ustuvor vazifalarni hal etishga yo’naltirilgan: 

1) 


nooqilona  ovqatlanish  bilan  bog’liq  kasalliklarning  oldini  olish  va  ular 

tarqalishi  darajasini  pasaytirish,  aholi  sog’lom  turmush  tarzining  asosi  sifatida 

sog’lom  ovqatlanishga  doir  keng  tushuntirish  ishlari  olib  borilishini  tashkil  etish 

va shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan faol foydalangan holda sog’lom 

ovqatlanishni targ’ib qilishni kuchaytirish; 

2) 


ta’lim  va  tibbiyot  muassasalarida  ovqatlanishni  tashkil  etish  tizimini 

yanada  tartibga  solish  maqsadida  normativ-huquqiy  bazani  takomillashtirish, 

tashkil  etilgan  bolalar  jamoalari  ovqatlanishi  rasionini  yaxshilash,  O’zbekiston 

Respublikasi  hududida  ishlab  chiqariladigan  va  chet  eldan  yetkazib  beriladigan 

oziq-ovqat  mahsulotlari  va  oziq-ovqat  xom  ashyosi  sifatini  nazorat  qilishning 

ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish; 

3) 

oziq-ovqat  mahsulotlarini  mamlakatimizda  ishlab  chiqarishni,  ayniqsa 



muhim  mikronutriyentlar  bilan  boyitilgan  mahsulotlarni  ishlab  chiqarishni 

rag’batlantirish  yo’li  bilan  aholining  sog’lom  ovqatlanishga  bo’lgan  ehtiyojlarini 

qondirishni  ta’minlaydigan  shart-sharoitlar  yaratish,  mahalliy  xom  ashyo  asosida 

oziq-ovqat  mahsulotlari  yaratish,  aholi  orasida  sog’lom  ovqatlanish  prinsiplari 

joriy etilishiga ko’maklashadigan muhitni shakllantirish; 

4) 


aholining turli guruhlari orasida ovqatlanish rasionini va ovqatlanish bilan 

bog’liq kasalliklar rivojlanishining sabablarini o’rganishga yo’naltirilgan sog’lom 

ovqatlanish  va  diyetologiya  sohasida  fundamental  ilmiy  tadqiqotlarni  ustuvor 

amalga oshirish. 

 

3 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga bo'lgan talablar. 

Qishloq  xo’jaligining  mamlakat  oziq-ovqat  xavsizligini  ta’minlashda  asosiy 

tarmoqlardan  biri  ekanligini  inobatga  oladigan  bo’lsak,  ushbu  yo’nalishda  tahlil 

etilayotgan  davrda  erishilgan  ijobiy  natijalarni  alohida  ta’kidlash  joiz.  Jumladan, 

barcha  asosiy  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  turlari  bo’yicha  aholi  jon  boshiga 

ishlab  chiqarish  ko’rsatkichlari  miqdor  jixatidan  o’sgan.  Masalan,  sabzavotlar 

147,2 kg ga, sut yetishtirish 86,6 kg ga va tuxum 69 donaga ko’paygan. 

Oziq-ovqat  mahsulotlariga  bo’lgan  me’yordagi  ehtiyojni  aniqlashda 

mutanosib  rasion  asosida  ovqatlanishni  ta’minlash  vazifasi  faqat  me’yordagi 

kaloriyaga  ega  bo’lgan  va  har  kuni  iste’mol  qilinadigan  oziq-ovqat 

mahsulotlaridan iborat emasligini e’tiborga olish o’ta muhimdir. 

To’laqonli  ovqatlanish  ko’p  jihatdan  uning  tarkibiga,  iste’mol  qilinadigan 

oziq-ovqat  mahsulotlarining  insonning  normal  rivojlanishi  va  faoliyat 

yuritishi,uning 

organizmida 

to’g’ri 


modda 

almashinuvi, 

salomatlikni 

mustahkamlash,  kasalliklarning  oldini  olish,  keksayish  jarayonini  sekinlashtirish 

va  umrni  uzaytirish  uchun  zarur  bo’ladigan  to’yimli  va  sifatli  moddalar  bilan 

kerakli darajada ta’minlanishiga bog’liq. 

Bu  borada  ovqat  bilan  birga  o’rnini  hyech  narsa  bosolmaydigan 

aminokislotalar,  vitaminlar,  mineral  moddalar,  mikroelementlar  va  organizmda 

o’z-o’zidan hosil bo’lmaydigan boshqa moddalarning ham iste’mol qilinishi inson 

hayoti uchun eng muhim ahamiyatga egadir. 

Ana  shu  foydali  moddalar,  vitamin  va  mikroelementlar  katta  miqdorda 

faqatgina sabzavotlar, meva va uzum tarkibida bo’ladi va ularning o’rnini boshqa 

hyech qanday mahsulot bosa olmaydi. 


Boshqacha aytganda, inson salomatligi, uning uzoq va barakali umr ko’rishi 

to’g’ri  va  mutanosib  rasion  asosida  ovqatlanishni  ta’minlash  bilan  chambarchas 

bog’liq  ekani,  meva  va  sabzavotlar  uning  eng  muhim  tarkibiy  qismi  bo’lishi 

lozimligi  hyech  kimga  sir  emas.  Jahon  sog’liqni  saqlash  tashkiloti  ma’lumotlari 

shundan dalolat beradiki, bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlarda bir kishi 

uchun  tavsiya  etilgan  kundalik  400  gramm  o’rniga  juda  kam  miqdorda  -  bor- 

yo’g’i  150-200  gramm  meva  va  sabzavot  iste’mol  qilinmoqda.  Xalqaro 

diyetologlarning  tavsiyasiga  ko’ra,  inson  iste’mol  qiladigan  oziq-ovqatning 

kamida 50 foizini meva va sabzavotlar tashkil etishi zarur. 

Mamlakatda  yetishtiriladigan  oziq-ovqat  ekinlarining  ahvoli,  istiqboli  va 

turlari, ulardan olinadigan hosilning mazali ta’mi va foydali xususiyatlari, ularning 

milliy  iqtisodiyot  va  eksportda  tutadigan  o’rni,  birinchi  navbatda,  shu  davlatning 

geografik  joylashuvi,  uning  tuproqiqlim  sharoitiga  va  shakllangan  dehqonchilik 

madaniyati  va  saviyasiga,  muayyan  mahsulotni  yetishtirish  mahoratiga,  bunday 

mahsulotlarning  mahalliy  va  xorijiy  bozorlarda  nechog’liq  xaridorgir  bo’lishiga 

bog’liq. 

Ekspertlarning  ma’lumotlariga  ko’ra,  bizning  sharoitimizda  yetishtirilgan 

meva-sabzavotlar  bebaho  iste’mol  xususiyatlari,  ya’ni  tarkibida  tabiiy  shakar, 

amino  va  organik  kislotalar,  salomatlik  uchun  eng  muhim  bo’lgan 

mikroelementlar  va  oziq-ovqat  rasionida  o’rnini  almashtirib  bo’lmaydigan  turli 

biologik moddalarga boyligi bilan boshqa mintaqalarda yetishtirilgan ana shunday 

mahsulotlardan sezilarli ravishda yuqori turadi. 

O’zbekistonda  yetishtiriladigan  meva  va  sabzavotlarning  faqat  ularga  xos 

bo’lgan  xususiyatlari  va  to’yimlilik  darajasi  haqida  gapirganda,  shuni  qayd  etish 

kerakki,  mamlakatimiz  seleksionerlari  sabzavot,  poliz  ekinlari  va  kartoshkaning 

170  dan  ortiq  navini,  meva  va  rezavor  ekinlar  va  uzumning  175  ta  yangi  navini 

yaratdilar. 

Mavzu bo'yicha savollar: 

1. 


Tibbiy  me’yorlar  asosida  oziq-ovqat  bilan  ta’minlanish  darajalariga  tavsif 

bering. 


2. 

Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi nimalarni taqozo qiladi? 



3. 

Oziq-ovqat  mahsulotlarining ozuqaviy  qiymati  inson salomatligi uchun qanday 



ahamiyatga ega? 

 

Yüklə 258,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin