10-mavzu. Tebranish podshipniklari klassifikattsiyasi Reja



Yüklə 16,62 Kb.
tarix20.12.2022
ölçüsü16,62 Kb.
#76790
Maruza10


10-mavzu. Tebranish podshipniklari klassifikattsiyasi
Reja:

  1. Podshipniklarni shartli belgilash tizimi.

  2. Podshipnik halqalari yuklanishi turlari

Tebranish podshipniklaridan xalq xo’jaligining barcha sohalarida foydalaniladigan mashina, mexanizm va turli jihozlarda keng qo’llaniladi. Dumalash podshipniklari mashina va mexanizmlarning bir–biriga nisbatan quzg’aluvchi detallari orasidagi ishqalanish koeffitsientini keskin kamaytirish uchun xizmat qiladi. Buning natijasida ishqalanish oqibatida detallarning tez yeyilib ishdan chiqishi bartaraf qilinadi. Dumalash podshipniklarining aksariyat ko’pi ichki va tashqi xalqali bo’lib, ularning tashqi xalqasi korpus va ichki xalqasi esa val bilan birikma hosil qiladi.
Dumalash podshipniklariga alohida vazifa yuklanganligi sababli, ularning i000 dan ortiq standartlashtirilgan o’lchamlarga ega bo’lgan turlari mavjud. Ularning ichki diametrlari 0,6 mm dan i600 mm gacha boradi. Dumalash podshipniklarining turlari,o’lchamlari va boshqalari bo’yicha ma’lumotlar mashina detallari fanida o’rgatiladi.
Dumalash podshipniklariga yuzalarining shakli, o’zaro joylashishi, o’rnatiladigan o’lchamlarining aniqligi va xalqalarining aniq aylanishini ifodalovchi beshta aniqlik klassi belgilangan. Aniqlik klassi ortib borish tartibida quyidagicha belgilangan: 0;6;5;4;2. Ma’lum birikma uchun tegishli podshipnikning aniqlik klassi mashina va mexanizmlarning aylanish aniqligiga va ishlash sharoitiga qo’yilgan talablar asosida tanlanadi. 0-klass aniqlikdagi podshipniklardan avtotraktor va boshqa qishloq xo’jalik mashinasozligida foydalaniladi. 6;5;4;2- aniqlik klasslaridagi podshipniklardan yuqori aniqlik talab etiladigan asboblar tayyorlashda va stanoksozlikda foydalaniladi. 0- klass podshipnigining dopusk qiymati 5 va 6 kvalitetlarda (IT5 va IT6), yuzalarining notekisligi esa =i,25…2,5 mkm bo’ladi.
Podshipnik tashqi xalqasiningdopusk maydoni asosiy val singari – Detal jismiga, ichki xalqaning dopusk maydoni asosiy otvertsiya kabi emas, balki, u ko’proq asosiy chetlanishi «K» bo’lgani kabi – Detal tashqarisiga belgilanadi. Bundan kelib chiqadiki, ichki xalqa diametri(d)ga dopusk maydoni nominal o’lchamiga nisbatan manfiy qismda joylashgan. Tekis tsilindrik birikmalarda asosiy otvertsiyaning dopusk maydoni musbat qismda joylashgan. SHu bois, oraliq posadka uchun tayyorlangan vallarda natyagli posadka hosil bo’ladi.

Podshipniklarining yig’ishdagi aniqligi.


Podshipniklarning buzulmasdan uzoq muddat ishlay olish ko’rsatkichi ularni birikmada qancha aylanishlar soniga bardosh berishi orqali baholanadi. Podshipnik bardosh bera oladigan aylanishlar soni, uning konstruktsiyasiga, turiga, biriktirish sharoitiga va yuklanish turiga bog’liq bo’ladi. Podshipnik xalqalarining bir-biriga nisbatan qo’zg’aluvchanligini ta’minlash maqsadida xalqalarining ichki yuzalari bilan uning dumalash elementi (sharik yoki rolik kabilar)orasiga ichki zazor belgilanadi. Bu zazor radial va o’q bo’yicha bo’ladi. Radial zazor podshipnikning aylanish o’qiga nisbatan perpendikulyar tekislikda, o’q bo’yicha zazor esa aylanish o’qi bo’yicha aniqlanadi.
Ichki zazor o’z navbatida boshlang’ich, o’rnatishdagi va ishchi zazorlarga ajratiladi. Ishlab chiqarish korxonasida podshipnik boshlang’ich zazor bilan ishlab chiqariladi. Ichki va tashqi xalqalarning detallar bilan biriktirilishida deformatsiyalanishi natijasida podshipnikning o’rnatishdagi ichki zazori ko’pincha boshlang’ich zazordan kichikroq bo’ladi. Podshipnikning ichki ishchi zazori birikuvchi yuzalardagi g’adir-budirliklarning ezilishi xisobiga o’rnatishdagi zazordan biroz kattaroq bo’ladi. Podshipnikning uzoq muddat ishlashi asosan ichki ishchi zazor qiymatiga bog’liq bo’ladi. O’q bo’yicha zazor podshipnik dumalash elementlarini foydalanish davrida o’q bo’ylab qisilib qolishidan saqlaydi.
Yüklə 16,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin