11 – Amaliy mashg’ulot
Mavzu : Agregatlashtirishning texnik-iqtisodiy samaradorligini aniqlash.
Nazariy qism .
Keng ravishda mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan jarayonlarni joriy qilish
bilan texnik taraqqiyotni tezlashtirish ko‘pincha maxsulot ko‘lab ishlab
chiqarilganda mumkin bo‘ladi. Maxsulot mikdorini ko‘paytirishga esa obʼektlarni
unifikatsiyasi va standartizatsiyasi hisobiga erishilishi mumkin.
Unifikatsiya, yani masulotlarni shakli, normalari va xilo‘lchamlari bo‘yicha
birxillikka keltirish, maxsulotlar partiyasi mikdorini oshirishning kuchli omilidir.
Bir xil vazifali obʼektlar turlarini, xillarini va o‘lchamlari turlarini unifikatsiya
yordamida ratsional ravishda kisqartirish maxsulotlarni konstruktiv variantlarini
ishlash xususiyatlarini o‘rganish va taќlil qilish yo‘li bilan amalga oshirilishi
mumkin (masalan muftalar, variatorlar , podshipniklar va x). Turli variantlarni
takkoslash natijasida bir sonli maxsulotlarni bir yoki bir nechta turi ishlab chiqilib
bu maxsulotlar uchun o‘lchamlar qatori kiritiladi, masalan sanoat talablarini to‘liq
kondiraoladigan podshipniklar diametrlarining qatori. Ko‘plab ishlab
chiqariladigan maxsulotlarni unifikatsiyasi (boltlar, podshipniklar), odatda
standartlarni ishlab chiqish va baʼzan maxsuslashgan ishlab chiqarishni tashkil qilish
bilan yakunlandi.
Unifikatsiya natijasida kelib chiqadigan maxsulotlarni ishlatish doi-rasini
cheklanishi agregatlashtirishhisobiga to‘g‘rilanishi mumkin. Agregat-lashtirish - bu
turli kombinatsiyalarda yig‘ish mumkin bo‘lgan unifikatsiyalashgan standart
agregatlardan ( avtonom uzellardan) mashina va priborlar yaratish prinsipi.
Unifikatsiya va agregatlashtirishni tadbik qilish natijasida asos-lanmagan darajadagi
original va kimmatbaxo maxsulotlarni ishlab chiqishdan sinovlardan o‘tgan
unifikatsiyalashtirilgan agregatalar asosida kurilgan maxsulotlarni ishlab
chiqarishga o‘tish mumkin. Oqibatda yangi texnikani loyiќalash va ishlab
chiqarishni yo‘lga qo‘yish muddatlari 4 - 6 yildan 1,5 - 2 yilgacha, tannarxi esa 25-
30% qisqaradi.
Agregatlashtirish maxsulotlarni ekspluatatsiyasini soddalashtiradi, metall sarfini va
taʼmirlash sarfini kamaytiradi. Xozirgi vaqtda agregatlashtirish prinsipi metall
kesish dastgoxlari va avtomatik qatorlar yaratilishida keng qo‘llaniladi.
Agregatlashtirishni qo‘llashni yakkol misoli - bu universal yig‘ma moslamalar
tizimi.
Unifikatsiya
va
agregatlashtirish
ishlab
chiqarishlarni
maxsuslashtirish
imkoniyatlarini kengaytiradi. Bunda ishlab chiqarilgan maxsulotlar nomenk-
laturasini kisqartirish va partiyalar xajmini oshirishhisobiga texnologik jarayonlarni
avtomatlashtirish uchun keng imkoniyatlar ochiladi.
Dostları ilə paylaş: |