11-Biologiya (18-20 mavzular)



Yüklə 41,57 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü41,57 Kb.
#180570
18-20


11-Biologiya (18-20 mavzular)
1. Qaysi ekosistemada iqlimi juda quruq, kundizi issiq, tunlari esa sovuq?
A) sahro B) mo’tadil iqlim C) dasht D) o’tloqlar
2. Quruqlik ekosistemalarining yer yuzida joylashuvini qanday omillar belgilaydi ?
A) abiotik – harorat va yorug’lik
B) biotik-harorat va yog’in miqdori
C) abiotik – yorug’lik va transpiratsiya
D) abiotik –harorat va yog’in miqdori
3. Qabul qilingan oziqning ekskretsiya darajasi nechiga teng bolishligini ko’rsatin.
A) 12- 75% B) 90- 10% C) 88-25% D)99-1%
4. Yashil o’simliklarning mahsuldorligi cho’lda (a) va tundrada (b) 1 m2 maydondagi yillik mahsuldorliklarni moslab ko’rsating.
A) a – 3 g; b – 140 g B) a – 3 g; b – 125 g
C) a – 140 g; b – 2200 g D) a – 125 g; b – 2200 g
5. Quyidagilarni mos ravishda juftlang.
1) iqlimi juda sovuq; 2) botqoqlik va ko’llar uchraydi; 3) boshoqli va gulli o’simliklar o’sadi;
4) daraxtlar uchramaydi; 5) qishi uzoq va sovuq;
6) daryo qirg’oqlaridagi yerlarni ham o’z ichiga oladi;
a) o’tloq b) tundra c) tayga
A) a-3,6; b-1,4; c-2,5 B) a-2,5; b-1,4; c-2,6
C) a-3,6; b-1,5; c-2,4 D) a-1,4; b-2,5; c-3,6
6. Quyidagi keltirilgan ekosistemalarni tabiiy (a) va suniy (b) ekosistemalarga ajrating.
1) kosmik ekosistema 2) quruqlik ekosistemalari
3) dengiz ekosistemalari 4) agro ekosistemalari
5) urbana ekosistemalari 6) chuchuk suv ekosistemalari.
A) a-2,3,6; b-1,5,2 B) a-1,2; b-3,6,5
C) a-2,3,6; b-1,5,4 C) a-2,3; b-1,5,6
7. Sahro biomlarida kemuruvchilardan qaysi hayvonlar uchraydi?
A) tovushqon, yumronqoziq
B) sichqon, sahro tulkisi, olmaxon
C) tipratikkan va jayralar
D) qulon, jayron, antilopa
8. Keltirilganlardan chuchuk suv (a) va dengiz (b) ekosistemalariga xos bo’lgan hususiyatlarni juftlab ko’rsating.
1) tirik organizimlar uchun chuchuk suv manbayi; 2) tuzilishiga ko’ra 3 guruhga bo’linadi; 3) yer sharining 70%i egallaydi; 4) bentos, plankton nekton organizimlari uchraydi; 5) ko’l, hozuz, buloqlar misol bo’ladi; 6) ko’rfaz va bo’g’ozlar tarkibga kiradi.
A) a-1,4,6; b-3,4,6 B) a-1,4,5; b-3,4,6
C) a-3,4,6; b-2,4,6 D) a-2,4,5; b-4,5
9. Quyidagilardan igna bargli o’rmonlarga hos xususiyatlarni toping.
1) daraxtlardan pixta, kedr, qarag’ay; 2) o’rtacha yillik harorat 00 C dan ham pastroq; 3) daraxtlar uchramaydi; 4) past bo’yli butalar hukumronlik qiladi; 5) yirik tuyoqlik sutemizuvchilardan los, kabarga uchraydi; 6) bu biomlarda botqoqlik va ko’llar uchraydi; 7) tirik organizmlarni 50% uchraydi; 8) qushlardan qizilishton, boyqush, qorayaloq, lochin uchraydi
A) 1,6,8 B) 2,4,7 C) 3,5,8 D) 1,5,6
10. Hozirgi kunda qaysi mintaqalarning ko’p qismi madaniy o’simliklar yetishtirish shahar va sanoat korxonalarini qurish tufayli o’zlashtirilgan?
A) tog’ va o’tloq B) tundra va tayga
C) dasht bilan o’tloq D) dasht va tayga
11. Sahrolarda yashovchi organizimlarni belgilang.
1) qarayaloq, lochin; 2) boshoqlik o’simliklar;
3) efimer o’simliklar; 4) qoplon, gepart; 5) los, kabarga; 6) qulon, antilopa
A) 1,2,3 B) 3,5,6 C) 3,6 D) 2,5
12. Chigirtka va olma mevaxo’ri uchun umumiy bo’lgan ma’lumotlarni aniqlang.
1) fitofag; 2) entomofag; 3) ajdodi halqali chuvalchangga o’xshaydi; 4) g’umbagi tuproqda rivojlanadi; 5) g’umbaklik davri yo’q; 6) voyaga yetgan individda og’iz apparati pastki lab va pastki jag’ning o’zgarishidan hosil bo’lgan; 7) oldingi qanoti uzun va ensiz; 8) tullab rivojlanadi;
9) lichinkasining hayot kechirishi voyaga yetganlariga o’xshaydi; 10) ikkilamchi konsument
A) 4, 5, 8 B) 1, 7, 9 C) 1, 3, 8 D) 2, 6, 10
13. Produtsentlarni iste’mol qiluvchi konsumentlarni aniqlang.
1) yashil bronza qo’ng’iz; 2) qaldirg’och; 3) xongul; 4) gigant akula; 5) qalqontumshuq; 6) zubr; 7) oq ayiq; 8) los
A) 1,2,3,8 B) 3,4,6,8 C) 1,3,6,8 D) 2,4,5, 7
14. Qaysi biomda botqoqlik va ko’llar uchraydi?
A) tundra B) tropik o’rmonlar
C) mo’tadil iqlimli D) tayga
15. Boshqa ekosistemalarga nisbatan kam hududlarni egallaydigan joyda uchraydigan organizmlarni konsument (a) va produtsent (b)larga ajrating.
a) gambuziya; b) zooplankton; c) kunlik lichinkasi; d) spirogira;e) siklop;f) kladafora;
g) sianobakteriyalar
A) 1-a,e,f; 2-b,d B) 1-a,b,d; 2-e,f,g
C) 1-b,c,e; 2-d,f,g D) 1-d,f; 2-a,b,c,e
16. Hozirgi paytda qaysi biogeotsenozlar keskin kamayib bormoqda?
A) cho’l B) dasht C) o’rmon D) tayga
17. Epifitlar o’suvchi biomda tarqalgan organizmlarni ko’rsating. 1) lianalar; 2) quyonlar; 3) kedr; 4) gepard;
5) olmahon; 6) kalibri; 7) jayron; 8) yalqovlar;
9) lochin; 10) to’ti
A) 1,6,8,9 B) 1,6,7,10 C) 2,4,8,10 D) 1,6,8,10
18. Tabiatda uchraydigon ekologik piramidalarni xususiyatlari bilan juftlab yozing.
a) sonlar piramidasi; b) biomassa piramidasi;
c) energiya piramdasi 1) trofik darajalarda energiya oqimini aks ettiradi; 2) har trofik darajada individlar sonini aks ettiradi; 3) bir trofik darajadagi tirik moddaning umumiy quruq massasini aks ettiradi
A) a-2; b-3; c-1 B) a-2; b-1; c-3
C) a-3; b-1; c-3 D) a-1; b-3; c-2
19. Qishki harorati 0oC dan past bo’lgan biomga (a) va eng yuza qismida sutkalik va mavsumiy harorati o’zgarishi 00C dan +360C gacha bo’lishi mumkun bo’lgan muhitga (b) hos hususiyatlarni toping
1) u yerda yashovchi organizmlar gidrobiontlar deyiladi; 2) Hayvonlardan los, ayiq, silovsin, tulki bo’ri uchraydi; 3) zichligi havoga nismatan 700 barobar yuqori; 4) o’rtacha yog’in miqdori 2000-2500 mm 5) unda anemofil organizmlar yashaydi; 6) bentos, nekton, plankton organizmlar yashaydi
A) a-4; b- 1, 3, 5 B) a-2; b- 5, 3, 6
C) a-4; b- 1, 3, 6 D) a-2; b- 1, 3, 6
20. Tog‘ o‘rmonlarida o‘sadigan daraxt (a), buta (b), ko‘p yillik (c) o‘simliklarni aniqlang.
1) qatrong‘i; 2) zirk; 3) tog‘olcha; 4) do‘lana;
5) tobulg‘i; 6) kavrak; 7) irg‘ay; 8) shirach.
A) a – 1, 3, 5; b – 2, 4, 7; c – 6, 8
B) a – 1, 2, 4; b – 3, 5, 7; c – 6
C) a – 1, 3, 4; b – 2, 5, 7; c – 6, 8
D) a – 2, 3, 4; b – 1, 5, 7; c – 6, 8
21. Oqquyruq xos bo‘lmagan hususiyatni aniqlang.
1) gomoyoterim; 2) poykiloterim; 3) to‘qayda tarqalgan; 4) adirda tarqalgan; 5) gidrobint;
6) embrioni tashqi muxitda rivojlanadi; 7) ichagi kaltalashgan 8) tishlari ixtisoslashgan
A) 1, 4, 8 B) 2, 3, 6 C) 2, 4, 7 D) 5, 7, 8
22. Zarg‘aldoqga xos bo‘lgan hususiyatni aniqlang.
1) gomoyoterim; 2) poykiloterim; 3) tog‘da tarqalgan; 4) adirda tarqalgan; 5) gidrobint;
6) embiryoni tashqi muxitda rivojlanadi; 7) ichagi kaltalashgan 8) tishlari ixtisoslashgan
A) 1, 2, 5 B) 1, 3, 6 C) 2, 4, 8 D) 3, 7, 8
23. Qum tuproqli cho‘llarda yaxshi o‘suvchi kserofit o‘simliklarni aniqlang.
1) seret baliqko‘z; 2) sag‘an; 3) iloq; 4) qizil sho‘ra; 5) silen; 6) sarsazan
A) 2, 5 B) 1, 6 C) 2, 6 D) 1, 4
24. Tropik o‘rmon (a) va sahro (b) ekosistemalariga xos bo‘lgan ma’lumotni aniqlang.
1) sutemi zivchilardan maymunlar, yalqovlar tarqalgan. 2) kserofitlar o‘t o‘simliklar, qisman butalar, efemerlar ko‘p uchraydi. 3) o‘simliklari asosan o‘tlardan iborat ekosistema.
4) kemiruvchilardan tovushqonlar, yumronqoziqlar tarqalgan. 5) turlar soni ko‘pligi bilan ajralib turadi. 6) iqlimi juda quruq.
7) qushlardan to‘ti, kolibri uchraydi. 8) o‘rtacha yillik yog‘in miqdori 2000–2500 mm. 9) kunlari issiq, tunlari esa sovuq ekosistemalardir.
10) daraxtlar yarus bo‘ylab zich joylashgan.
11) tuyoqli hayvonlardan qulon, jayron, antilopa uchraydi. 12) pichan o‘rish maqsadida foydalaniladi.
A) a- 1, 5, 7, 8, 10; b- 2, 4, 6, 9, 11
B) a- 2, 4, 5, 8, 11; b- 1, 3, 6, 10, 12
C) a- 2, 4, 6, 8, 10; b-1, 3, 5, 7, 9
D) a- 3, 5, 7, 8, 11; b- 1, 2, 4, 6, 10
25. Ignabargli o‘rmonda o‘sadigan o‘simliklarni aniqlang.
1) pixta; 2) buk; 3) qarag‘ay; 4) yo‘sin; 5) kedr;
6) lipa; 7) eman; 8) zarang; 9)shumtol; 10) liana
A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 7, 8, 9 D) 1, 4, 10
26. Mo‘tadil iqlim mintaqasining keng bargli o‘rmonda o‘sadigan o‘simliklarni aniqlang.
1) pixta; 2) buk; 3) qarag‘ay; 4) yo‘sin; 5) kedr;
6) lipa; 7) eman; 8) zarang; 9)shumtol; 10) liana
A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 7, 8, 9 D) 1, 4, 10
27. Ekologik piramidani bug’doy-xasva-kaltakesak-lochin tashkil etadi. Geterotroflarning umumiy massasi 2442 kg ni tashkil qilsa, I va III darajali konsumentlarning umumiy biomassasini aniqlang. A) 2440 B) 22022 C) 2222 D) 2242
28. O`simlik-sichqon-burgutdan iborat oziq zanjirida o`simlikning biomassasi 17 tonna. Bitta burgutning biomassasi 5 kg ortgan bo`lsa, populaytsiyadagi sichqonlar biomassasini aniqlang.
A) 34 ta B) 170 kg C) 340 ta D) 1700 kg
29. Oziq zanjirida vidra(yirtqich hayvon),baliq, qisqichbaqasimonla va suv o`tlari bor. 3-chi tartib konsumentlarining biomassasi 32kg bo`lsa, oziq zanjiridagi barcha komponentlari iste`mol qilgan oziqning umumiy biomassasini aniqlang.
A) 35552 B) 3520 C) 35520 D) 355520
30. Ko’rshapalakning yangi tug’ilgan ikkita bolasining har biri 1 gr massaga ega. Bir oy davomida onasi ularni sut bilan boqdi, natijada ularning har biri vazni 4,5 gr ga yetdi. Shu vaqt ichida ona ko’rshapalak qancha hasharotlarni tutib yeydi?
A) 70 B) 700 C) 90 D) 900


Yüklə 41,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin