11 ma’ruza. Bug’ hosil bo’lish protsessi



Yüklə 53,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix14.12.2023
ölçüsü53,4 Kb.
#179126
  1   2   3   4   5
ma ruza 11



11 - MA’RUZA. BUG’ HOSIL BO’LISH PROTSESSI
 
Reja: 
1.
 
Umumiy tushinchalar. 
2.
 
Bug’ hosil bo’lish protsessining p

 - diagrammada tasvirlanishi. 
3.
 
Suv bug’ining ts va is –diagrammasi. 
 
 
1. Umumiy tushinchalar 
 
Suv bug’i bug’ turbinalari, bug’ mashinalari va boshqa bir necha 
qurilmalarda ishchi jism, issiqlik almashinuv qurilmalarida esa issiqlik tashuvchi 
sifatida keng qo’llaniladi. 
Moddaning suyuq holatdan gaz holatiga o’tishi 
bug’lanish
deyiladi. Bunda 
molekulalarning bir qismi suyuqlik yuzasidan qolgan molekulalarning tortishish 
kuchini yengib, uchib chiqadi va atrof - muhitga tarqaladi. Kinetik energiyasi 
ancha katta bo’lgan molekulalargina bunday ish bajara oladi. 
Agar suyuqlik o’zgarmas bosimda isitilsa, uning molekulalarining barcha 
hajm bo’yicha harakat tezligi ortadi va bug’ hosil bo’lish kuchayadi. Suyuqlikning 
fizik xususiyatiga va bosimga qat’iy muvofiq keladigan muayyan temperaturada 
bug’lanish protsessi qaynash protsessiga aylanadi. 
Suyuqlikning faqat erkin sirtidan emas, balki butun hajmi bo’yicha jadal 
ravishda bug’ga aylanishi va bug’ pufakchalarining tez hosil bo’lishi va ko’paya 
borishi 
qaynash
deyladi. 
Bug’lanish protsessiga teskari protsess, ya’ni moddaning gaz holatidan 
suyuq holatiga o’tishi kondencatlanish deyiladi. 
Bosim o’zgarmas bo’lgan paytda kondencatlanish protsessida bug’lanishda 
bo’lgani kabi temperatura o’zgarmasdan qoladi. 
Agar bug’lanish yopiq idishda ketayotgan bo’lsa, u holda bug’ miqdori 
muvozanat qaror topguncha, ya’ni suyuqlik va bug’ miqdorlari o’zgarmas 
bo’lguncha ortaveradi. Bu vaqt birligi ichida suyuqlikdan chiqib ketayotgan 
zarralar soni shu vaqt ichida suyuqlikka qaytayotgan zarralar soniga teng degan 
so’zdir. Suyuqlik bilan muvozanatda turgan bug’ 
to’yingan bug’ 
deyiladi. 
To’yingan bug’ning temperaturasi u hosil bo’layotgan qaynayotgan suyuqlik 
temperaturasiga teng bo’ladi. 


Qaynash sodir bo’ladigan temperatura bilan bosim bir-biriga bog’liqdir. 
Ular to’yinish temperaturasi va bosimi deyiladi va 
m
m
p
t
,
bilan belgilanadi. 
Suyuqlik qaynaydigan bosim qanchalik yuqori bo’lsa, qaynash temperaturasi ham 
shuncha yuqori bo’ladi. 
Temperaturasi va bosimi to’yinish bosimi bilan temperaturasiga teng, lekin
tarkibida suv zarralari bo’lmagan bug’

Yüklə 53,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin