11-sinflar uchun maktab ichki attestatsiya va akreditatsiya testi
1. Eritma deb qanday sistemaga aytiladi?
A) erituvchi va erigan modda molekulalarini o‘zaro ta’sirlashuvidan hosil
bo‘lgan gomogen (butun sathi bo‘yicha fizik va kimyoviy xossalari har xil
bo‘lgan) sistemadir;
B) erituvchi va erigan modda molekulalarini o‘zaro ta’sirlashuvidan hosil
bo‘lgan geterogen (butun sathi bo‘yicha fizik va kimyoviy xossalari bir
xil bo‘lgan) sistemadir;
C) erituvchi va erigan modda molekulalarini o‘zaro ta’sirlashuvidan hosil
bo‘lgan gomogen (butun sathi bo‘yicha fizik va kimyoviy xossalari bir
xil bo‘lgan) sistemadir;
D) erituvchi va erigan modda molekulalarini o‘zaro ta’sirlashuvidan hosil
bo‘lgan geterogen (butun sathi bo‘yicha fizik va kimyoviy xossalari har
xil bo‘lgan) sistemadir;
2. Eritmalar tarkibida …….. moddalar bo‘lishi bilan aralashmalarga
yaqin turadi va kimyoviy birikmalardan farq qiladi.
A) bir xil; B) bir necha xil; C) o‘zgarmaydigan; D) ikki xil.
3. Eritmalarning qaysi jihatlari kimyoviy birikmalarga o‘xshaydi?
A) Eritma tarkibidagi erituvchi modda va erigan modda molekulalari bir
tekis taqsimlanadi va eritmani har qanday qismida tarkibi bir xil bo‘ladi;
B) Eritma tarkibidagi erituvchi modda va erigan modda molekulalari bir tekis
taqsimlanadi va eritmani har qanday qismida tarkibi har xil bo‘ladi;
C) Eritma tarkibidagi erituvchi modda va erigan modda molekulalari har xil
tekislikda taqsimlanadi va eritmani har qanday qismida tarkibi bir xil bo‘ladi.
D) Eritma tarkibidagi erituvchi modda va erigan modda molekulalari bir
tekis taqsimlanmaydi.
4. Eritma va aralashmalarning qanday fizik-kimyoviy xususiyatlari o‘xshash?
1) Tarkibi bir necha xil moddadan iborat; 2) Tarkibi bitta moddadan
iborat 3) Fizik usullar orqali tarkibiy qismlarga ajratish mumkin;
4) Kimyoviy reaksiyalar yordamida tarkibiy qismlarga ajraladi; 5) Hosil bo‘lishida
issiqlik ajraladi yoki yutiladi; 6) Hosil bo‘lishida issiqlik ajralmaydi ham,
yutilmaydi ham. A) 2, 3, 5; B) 1, 3; D) 1, 4, 5; C) 2, 6.
5. Eruvchanlik koeffitsiyenti deb nimaga aytiladi?
A) Moddaning 100 g erituvchida ayni haroratda eriy oladigan eng ko‘p massasi;
B) moddaning 100 g erituvchida ayni haroratda eriy oladigan eng kam massasi;
C) moddaning 100 mg erituvchida ayni haroratda eriy oladigan eng ko‘p massasi;
D) moddaning 1g erituvchida ayni haroratda eriy oladigan eng ko‘p massasi.
6. Moddalar suvda eruvchanligiga qarab qanday va necha guruhga bo‘linadi?
A) 2 guruhga; oz eriydigan va erimaydigan;
B) 3 guruhga; yaxshi eriydigan, oz eriydigan va amalda erimaydigan;
C) 2 guruhga; yaxshi eriydigan, amalda erimaydigan;
D) 2 guruhga; yaxshi eriydigan, oz eriydigan.
7. Suvda yaxshi eriydigan moddalar keltirilgan qatorni aniqlang.
A) Bariy fosfat, kalsiy karbonat, kumush xlorid; C) mis, oltin, kumush;
B) osh tuzi, shakar, vodorod xlorid; D) magniy karbonat, benzin.
8. Suvda oz eriydigan moddalar keltirilgan qatorni aniqlang.
A) Azot, vodorod, bariy sulfat; D) shakar, ammiak, natriy sulfat.
B) kumush, spirt, oltin; C) kaliy nitrat, ammoniy gidroksid, sulfat kislota;
9. Suvda amalda erimaydigan moddalar keltirilgan qatorni aniqlang.
A) sulfat kislota, nitrat kislota, xlorid kislota; B) benzin, etil spirti, metan;
C) oltin, kumush, mis; D) natriy karbonat, alyuminiy sulfat, ammoniy xlorid.
10. Quyidagi jumlada nuqtalarni o‘rnini mos ravishda to‘ldiring.
Qattiq moddalarning suvda eruvchanligi temperatura ortishi bilan ....,
chunki qattiq moddalar eriganda issiqlik ...
A) ortadi, ajraladi; B) kamayadi, ajraladi;
C) ortadi, yutiladi; D) kamayadi, yutiladi.
11. Quyidagi jumlada nuqtalarni o‘rnini mos ravishda to‘ldiring.
Gaz moddalarni eruvchanligi temperatura ko‘tarilganda harorat pasayganda
gazlarning eruvchanligi...
A) o‘zgarmaydi, ortadi; B) ortadi, kamayadi;
C) kamayadi, ortadi; D) ortadi, o‘zgarmaydi.
12. Quyidagi qaytar sistemada 2NO(g) + O2(g) 2NO2(g) bosimning
oshirilishi kimyoviy muvozanatga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 1) o‘ngga siljitadi;
2) chapga siljitadi; 3) siljitmaydi; 4) dastlab muvozanat o‘zgarmaydi, so‘ngra
chapga siljiydi A) 1; B) 2; C) 3; D) 4 .
13. Qaysi reaksiyaning muvozanati bosim oshirilganda o‘zgarmay qolaveradi?
A)COCl2 CO + Cl2 ;
B)CO(g) + NO2(g) CO2(g) + NO(g) ;
C) NH3 N2 + H2 - Q;
D) B; C.
14. Tenglamalari keltirilgan sistemalarni qaysi birida bosim kamayganda
muvozanat chap tomonga siljiydi?
A) CO(g)+O2(g) CO2(g) ;
B) H2 (g)+ N2 (g) NH3 (g) ;
C) SO2(g)+O2(g) SO3(g) ;
D) barchasi.
15. Muvozanat holatidagi quyidagi jarayonlarni qaysi birlariga bosim o‘zgari-shi
ta’sir ko‘rsatmaydi?
1) NO2(g) N2O4(g) + Q
2) H2(g) + S(q) H2S(g) + Q
3) NO(g) + Cl2(g) NOCl2(g) + Q
4) NO(g) + Cl2(g) NOCl2(g) + Q
5) N2(g) + O2(g) NO(g) - Q
6) SO2(g) + O2(g) SO3(g) + Q
A) 2, 4, 5; B) 1, 2; C) 1, 3; D) 4, 5.
16. Bosimning ortishi muvozanatning o‘ng tomonga siljishiga olib keladi-gan
sistemalarni tanlang.
1) H2 (g)+ N2 (g) NH3 (g) + Q
2) NO2(g) NO(g) +O 2(g)
3) N2O4(g) NO2(g)
4) N2(g) + O2(g) NO2(g)
5) SO2(g) + O2(g) SO3(g)
6) PCl5(q) PCl3(g) + Cl2(g)
A) 3,4,6; B) 1,2,6; C) 1,5,6; D) 1,4,5.
17. Haroratni ortishi bilan muvozanat chapga siljiydigan reaksiyalarni
ko‘rsating.
A) CO(g) + O2(g) CO2(g) H = - 566 kJ ;
B) CO(g) + O2(g) CO2(g) H = 180 kJ ;
C) CaCO3(g) CaO(q) + CO2(g) H = 179 kJ ;
D) A; C.
18. Fe3O4(q)+ 4CO(g) 3Fe(q) + 4 CO2(g) H = -43,7 kJ quyidagi reak-
siyada muvozanat qaysi omillar ta’sirida chap tomonga siljiydi?
1) haroratning pasayishi; 2) haroratning ko‘tarilishi; 3) bosimning
kamayishi; 4) bosimning ortishi 5) katalizator kiritilishi. A) 1, 3; B) 1, 4;
C) 1; D) 2.
19. Reaksiya muvozanatini o‘ngga siljitadigan omillarni toping.
H2 (g)+ S (q) H2S (g) + Q 1) bosimning ortishi; 2) bosimning pasayishi;
3) vodorod sulfid miqdorini kamayishi; 4) vodorod konsentratsiyasini orttirish.
A) 1, 2; B) 1, 3; C) 3, 4; D) 2, 3.
20. Tenglamasi HBr(g)+O2(g) H2O(g) + Br2(g) +Q bo‘lgan reaksiyadagi
muvozanatni o‘ng tomonga siljitish uchun qaysi omillardan foydalanish mumkin?
1) vodorod bromid konsentratsiyasini oshirish; 2) temperaturani pasaytirish;
3) temperaturani oshirish; 4) vodorod bromid konsentratsiyasini kamaytirish;
5) bosimni orttirish; 6) bosimni kamaytirish.
A) 1, 3, 6; B) 1, 4, 5; C) 1, 2, 5; D) 2, 3, 5.
21. 4,48 l (n.sh) azotning massasini hisoblang.
22. Quyidagi azot oksidlari tarkibidagi azotning ekvivalentini aniqlang:
NO, N2O3, NO2.
23. 25 g NaCl 100 g suvda eritilishidan hosil bo‘lgan eritmaning foiz
konsentratsiyasini (%) aniqlang.
24. 23,5 g K2O 126,5 g suvga tushirilganda hosil bo‘lgan eritmaning foiz
konsentratsiyasini (%) hisoblang.
25. 3,5 N li (ρ=1,143g/ml) H2SO4 eritmasining foiz konsentratsiyasini aniqlang.
Dostları ilə paylaş: |