Mavzu: Maxsus fanlardan malakaviy amaliyotlarni o’tkazish metodikasini o’rganish Amaliy mashg’ulot maqsadi: Magisrantlarda maxsus fanlardan o’tkaziladigan malakaviy amaliyotlarni o’tkazish metodikasi bo’yicha amaliy ko’nikmalarni shakllantirish. Kerakli materiallar:malakaviy amaliyotlarni o’tkazish bo’yicha Nizom va uslubiy ko’rsatmalar. Mavzuga doir o’quv axboroti Oliy ta’lim muassasalari talabalari ish joylariga dastlabki taqsimlashni bitiruvchi kurs oxirida emas, balki mos ravishda ikkinchi va uchinchi kurslarda tahsil olayotgan davrda o’tkazish va barcha turdagi amaliyotlarni ishga yo’llanma oladigan korxona, tashkilot yoki muassasada o’tashini yo’lga qo’yish tavsiya etiladi.
Malaka amaliyoti OTMning qabul qiluvchi tashkilotlar bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalari asosida tashkil qilinadi.
Ta’lim oluvchilar kasbiy ko’nikmalarni mukammal egallashi uchun o’quv rejalar va muayyan fanlarning o’quv dasturlarida o’quv va ishlab chiqarish malaka amaliyotlari nazarda tutilishi shart.
Malaka amaliyoti – o’quv jarayonining nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko’nikma va uquv hosil qilish, o’quv rejalari va o’quv dasturlarning ma’lum (yakuniy) qismidagi mavzu bo’yicha materiallar to’plash uchun o’tkaziladigan bir qismidir.
O’quv-tanishuv amaliyoti – iqtisodiyot tarmoqlari, tegishli tashkilot, muassasa va korxonalar bilan tanishtirish, tabiiy-ilmiy va umumkasbiy fanlar bo’yicha nazariy bilimlarni mustahkamlashga qaratiladigan amaliyot turi hisoblanadi.
Ishlab-chiqarish amaliyoti – umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy (ishlab chiqarish) jarayonlari bilan uyg’unlashtirish, tegishli amaliy ko’nikmalar, kompetentsiyalar va malakalarni shakllantirishga qaratiladigan amaliyot turi hisoblanadi.
Bitiruv oldi amaliyoti – ishlab chiqarishda (tegishli soha, korxona, tashkilot va muassasalarida) kasbiy ko’nikmalarni yanada mustahkamlash, bitruv malakaviy ishi tayyorlash uchun ma’lumot to’plash va tizimlashtirishga qaratilgan amaliyot turi hisoblanadi.
OTM va qabul qiluvchi tashkilot malaka amaliyotini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha shartnomada shartnoma predmeti, taraflarning huquq va majburiyatlari, qabul qiluvchi tashkilotning ish faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqqan holda malaka amaliyotini tashkil etish tartibini, shartnomaning amal qilish muddatini, shartnomani bekor qilish asoslarini, shuningdek taraflarning javobgarligini kelishib oladi.
Talabalar va malaka amaliyoti rahbarlarining faoliyatini tartibga soluvchi asosiy hujjat malaka amaliyoti dasturi hisoblanadi.
Malaka amaliyoti dasturi quyidagi asosiy bo’limlardan tarkib topadi:
OTMdan malaka amaliyoti rahbarining malaka amaliyotidagi o’quv yuklamasi soatlari ishchi o’quv rejada ko’rsatilgan haftalar, talabalar guruhi va sonidan hamda qabul qiluvchi tashkilot joylashgan hududdan kelib chiqib aniqlanadi.
Talaba:
malaka amaliyotini o’tash joyi, reja-jadvali, dasturi va tartibi bilan oldindan tanishish;
malaka amaliyotini o’tkazish bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirish;
malaka amaliyotini o’tash yuzasidan zarur axborotlar olish;
malaka amaliyoti bo’yicha uslubiy materiallar bilan tanishish hamda malaka amaliyoti rahbarlaridan yo’l-yo’riqlar olish huquqlariga ega.
Talabaga:
malaka amaliyoti reja-jadvali va dasturida nazarda tutilgan barcha topshiriqlarni belgilangan muddatlarda, to’liq hajmda va sifatli bajarish;
malaka amaliyoti kundaligini har kuni va tartibli yuritish;
OTM va qabul qiluvchi tashkilotdan tayinlangan malaka amaliyoti rahbarlarining dasturda ko’zda tutilgan ishlarga oid barcha topshiriqlarini bajarish;
qabul qiluvchi tashkilot xodimlari faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlar va ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilish majburiyatlari yuklatiladi.
Malaka amaliyoti uch bosqichga bo’linadi:
tayyorlov bosqichi;
asosiy bosqich;
yakuniy bosqich.
Malaka amaliyotini o’tash davrida talabaga ish haqi to’lanishi belgilanganligidan qat’iy nazar, uning stipendiya olish huquqi saqlab qolinadi.
Amaliy mashg’ulot bo’yicha nazorat savollari:
1. Malaka amaliyoti turlarini aytib bering?.
2. Malaka amaliyoti nima?
3. O’quv tanishuv amaliyoti nima?
4. Ishlab chiqarish amaliyoti nima?
5. BMI oldi amaliyti nima?
6. Malaka amaliyotlari qanday tashkil etiladi?
7. Amaliyotlar davridagi talaba huquq va majburiyatlarini aytib bering?