12-bilеt pеdagоgik mahоrat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faоliyatida tutgan o’rni va ahamiyati



Yüklə 85,5 Kb.
tarix28.07.2020
ölçüsü85,5 Kb.
#32283
Matkarimova Mardona

12-BILЕT

  1. Pеdagоgik mahоrat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faоliyatida tutgan o’rni va ahamiyati


O‘qituvchi pedagogik mahoratining quyidagi tarkibiy qismlari mavjud:

a) o‘qituvchi shaxsiyatining insonparvar yo‘nalishi;

b) kasbiy bilimlar

v) pedagogik qobiliyat

g) pedagogik texnika

d) pedagogik vazifalar

O‘qituvchi shaxsiy sifatlarida va faoliyatida yetakchi o‘rinni insonparvarlik, sofdillik, poklik va halollikni egallashi mumkin. O‘qituvchi yoshlar tarbiyasi uchun Vatan oldida, millat va kelajak oldida javobgarlikni his etmas ekan, biz uni haqiqiy o‘qituvchi deya olmaymiz. O‘qituvchi o‘z shaxsidagi eng yaxshi va oliy sifatlarni, bilim va tajribasini o‘quvchilarga rejali ravishda singdirib boradi. Shuning uchun bo‘lsa kerak ba’zi bir o‘qituvchi bir necha yil davomida bir sinfga rahbarlik qilsa (ayniqsa boshlang‘ich sinflarda) shu sinfdagi o‘quvchilarning xatti-harakatlarida, xulq atvorida, gap so‘zlarida shu o‘qituvchining ayrim xususiyatlarini ko‘rish mumkin. Avtoritar shaklda ish yurituvchi o‘qituvchilarning sinflarini uzoq vaqt kuzatishlar Shuni ko‘rsatadiki, bu sinfdagi o‘quvchilar orasida qattiqqo‘l, shavqatsiz shaxslar o‘sib chiqishi aniqlangan.


  1. O’qituvchi ta’lim jarayonidagi va tarbiyachi sifatidagi mahorati.

O'qituvchi tarbiyachi sifatida quyidagi talablarni bilishi lozim:

shaxsni ma'naviy va ma'rifiy jihatdan tarbiyalashda milliy uyg'o-nish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklaming mohi-yatini bilishi, bolalarni mustaqillik g'oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o'z Vataniga, tabiatga va oilasiga bo'lgan mu-habbati;

kasbiy bilimlarni puxta bilish bilan birga, turli bilimlardan xabardor bo'lishi;

yosh pedagogik psixologiya, pedagogika va psixologiya, yoshlar fiziologiyasi, tarbiyaviy ish metodikasi, maktab gigiyenasidan o'z kasbiga oid bilimlarni mukammal bilishi; o'z kasbi bo'yicha jahon fanida erishilayotgan so'nggi yutuqlar, tarbiya texnologiyasi, kompyuter va axborot texnologiyalari, yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lib bori-shi;

ta'lim-tarbiya metodikasidan ko'nikma va malakalarini oshirib borishi;

o'z kasbiga ijodiy yondashishi;

pedagogik texnika (mantiq, nutq taTimining ifodali vosi-talari) va pedagogik taktga ega bo'lishi;

o'z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.

Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o'qituvchi pedagogik mahoratga ega bo'lishi zarur. Pedagogik mahoratning asosiy qonuniyati oz mehnat sarf qilib, ulkan natijalarga erishish. Ijodkorlik uning hamisha hamrohi bo'iadi. Pedagogik taoliyatga qiziqqan, qobiliyati), iste'dodli kishi-dagina pedagogik mahorat hislatlari shakllanib boradi. Pedagogik faoliyat o'z mohiyatiga ko'ra ijodiy xapakterga ega. O'qituvchi o'quv-chi shaxsini shakllantiradi, kutilmagan vaziyatlarda mustaqii qarorlar qabul qiladi, pedagogik muammolarni echadi, o'quv jarayonini mustaqii boshqaradi. Bularning hammasi ijodkorlikning tub mohiyati. ishning maqsadi va xarakteri bilan bog'liq.

O'quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy faoliyatda, ma'lum maqsadga erishmoq uchun o'qituvchilar bolalarni hamkorlik jarayoniga tortishi zarur. O'qituvchi o'quvchilarni o'zi bilan hamkorlik qilishga jalb eta olishda quyidagi vazifalarni bajaradi:
- hamkorlik vujudga kelishi uchun jamoada tashkil etilishi lozim bo'lgan faoliyat o'quvchilar uchun qiziqarli bo'lishi, o'quvchilarning yosh xususiyatlariga va qiziqishlariga to'g'ri kelishi lozim;

- o'quvchilarni biror ishga jalb qilar ekan, o'qituvchi ularga pedagogik va psixologik jihatdan to'g'ri vazifa qo'yishi, yo'l yo'riq ko'r-satishi shart;



- o'quvchilar topshiriqni amalga oshirishga kirishganlarida o'qituvchi bir vaqtning o'zida ham ishtirokchi, ham maslahatchi vazifasini bajaradi.
Ijodiy faoliyat olib boruvchi o'qituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli o'qitish va tarbiyalash, ilg'or o'qituvchilar ish tajribalarini o'rganish bilangina cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik ko'nikma va malakalariga ham ega bo'lishi zarur. Hozirgi zamon o'qituvchisi fan va texnika taraqqiyotining eng so'nggi yutuqlaridan foydalanishi, o'z kasbiy faoliyatida yangi pedagogik texnologiyalarni unumli qo'llay olishi taqozo etiladi.

  1. Eng  qadimgi  davrlardan  eramizning  VII  asrlarigacha  bo’lgan  davrlarda o’qituvchi,  murabbiy  va  shogird  masalalari.  Ulaming  jamiyatda  tutgan  o’rni, pedagogik  faoliyat  borasidagi  ijtimoiy  qarashlari.  “Avestoda”  ta’lim  va  tarbiya muammolari.


VII asrlarga kelib O'rta Osiyoda ilm-fan va madaniyat sohasidagi rivojlanish bevosita

ta'lim va tarbiya beruvchi mudarrislarning qizg'in faoliyati hamda ularga qo'yiladigan talablaming nihoyatda rang-barang-ligi va xilma-xilligi bilan diqqatga sazovordir. Ilk ibtidoiy jamoa va quldorlik davrlaridan boshlab, bolalarning ta'lim va tarbiyasiga javobgar ulamolar hamda mudarrislar nasihat, tushuntirish, rag'batlantirish, maqtash, namuna ko'rsatish, tanbeh berish, ta'qiqlash, majbur qilish, po'pisa qilish, qo'rqitish kabi usullardan foydalanganiar. Biroq mudarrislarning o'zi bolaga ta'lim-tarbiya berish uchun mukammal amaliy va nazariy bilimga ega bo'lishi kerak edi. Shu sababli mudarrislar savodli madrasa toliblari orasidan tanlangan va ma'lum muddat tayyorgarlikdan o'tishgan.

Markaziy Osiyoning Xorazm zaminida shakllangan eng qadimiy va "o'tmishdagi dinlarning eng kuchlilaridan bo'lgan" (Yu.A.Rappoport) zardushtiylik dinining muqaddas kitobi "Avesto"da bolalar ta'lim-tarbiyasiga oid qiziqarli ma'lumotlar berilgan. "Avesto"da ta'kidlanadiki, bilim va tarbiya hayotning eng muhim tirgagi bo'lib hisoblanadi. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u awalo yozishni o'rganish asosida bilim olishi kerak, so'ngra esa odob-axloqi bilan eng yuksak pog'onaga ko'tarilsin. Kohin muallimlari oqsoqollar Kengashi tomonidan tanlanib, qat'iy belgilangan qoidalar asosida yoshlarga ta'lim va tarbiya berishgan. "Avesto"da bolalarni o'qitish va tarbiyalash qoidalari quyidagi tartibda tavsiya etilgan:

a)diniy va axloqiy tarbiya;

b)jismoniy tarbiya;

v) o'qish va yozishga o'rgatish.



Maxsus tayyorgarlikdan o'tgan muallimlar bolalarni yetti yoshidan boshlab, diniy tarbiyaga asoslangan maktablarga jalb qilishgan. Maktab-larda "muqaddas yashil ko'ylak" kiydirish marosimi o'tkazilgach, kohin muallimlar bolalarni "Avesto"da keltirilgan madadkor kuchiarni ulug'-lovchi ezgulik va yaxshilik ma'budasiga sig'intirishgan. Duolar quyidagi so'zlar bilan boshlangan: "Men zardushtiylik diniga sodiq qolishga va'da beraman, men yaxshi fikrlar, yaxshi so'zlar, yaxshi amallarga isho-naraati...". Marosimdan so'ng muallimlar bolalarga sovg'alar ulashish-gan. Muallimlar mashg'ulotlar jarayonida bolalarga nisbatan jismoniy jazodan ko'ra ko'proq o'z diniga ishonch va e'tiqodni, dunyodagi barcha

yaxshilik va ezguliklarning bunyodkori, ilohiy Axuramazdaga sig'inishni, odamlar boshiga yovuzlik va yomonliklarni yog'diruvchi Axrimandan esa nafratlanish hissini tarbiyalar edilar. Bolalarning sog'-lom va baquwat bo'lib o'sishi bilan birga o'z dinining barcha rasm-rusuralarini to'liq bajarishiga, o'rganilayotgan fanlarni puxta bilishiga, axloqiy pokiigiga, mehnatsevariik, rostgo'ylik, saxovatlilik kabi fazilat-larni egallashiga kohin muallimlari javobgar edilar. "Avesto"da er, suv va havo muqaddas deb e'lon qilinib, muhitni iflos qilgan va uni asrash qoidalarini buzgan kishi 400 qamchi urish bilan jazolanardi. Tabiatni asrash, uni obod qilish yoshlik davrlaridanoq ular ongiga singdirilgan. Zardushtiylik dini ta'limotida ilgari surilgan umuminsoniy qadriyatlar majmuasi ezgulik va yaxshilik, jaholat va yomonlik, ta'lim va tarbiya haqidagi g'oyalari bilan ulkan pedagogik ta'sir kuchiga ega bo'lgan. Bunda tarbiyachi muallimlarning o'z kasbiga sadoqatini alohida ta'kidlab o'tish lozim. Zardushtiylik dinida iymon uchta tayanchga asoslanadi: fikrning sofligi, so 'zning sobitligi, amallarning insoniyligi. Muallimlar ta'lim va tarbiyada yoshlar ongiga "bergan so'zning uddasidan chiqish, unga sodiq qolish, savdo-sotiq va shartnomalarga qat'iy amal qilish, qarzni o'z vaqtida to'lash, aldamchilik va xiyonatdan xoli bo'lish, halol mehnat, yaratuvchilik, yovuzlikni qalbdan chiqarib tashlash, iymon— e'tiqodli bo'lish, miskinlarga yordam berish, yaxshi niyat, yaxshi so'z va yaxshi amallarga qo'l urish" kabi insoniy tuyg'ularni singdirish uchun qizg'in mehnat qilganlar. Xullas, "Avesto" dunyodagi eng qadimgi din -zardushtiylik ta'limotining axloqiy falsafasi sifatida e'tirof etiladi.

Buyuk allomalarimiz o'z asarlarida mudarrislar kasbining nozik-ligini, mas'uliyatli ekanligini va murakkabligini, shu bilan birga sharafli ekanligini, yoritib, muallimning mahorati, ularga qo'yilgan talablar, fazilatlariga oid qarashlar, shogirdlar bilan munosabatga kirishish mahorati, muomalasi to'g'risida o'z mulohazalarini bildirganlar. Uyg'onish davrining yetuk namoyondalari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Unsurul Maoliy Kaykovus, Abul-Qosim Umar Az-Zamaxshariy, Shayx Sa'diy Sheroziy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz al-Koshifiy kabi laming ijodiy merosi pedagogik tafakkurni shakllantirishda bo'lajak murabbiylarga muhim manba bo'lib hisoblanadi. Ular avlodlardan avlodlarga o'tib, o'z qimmatini yo'qotmagan mudarrislarni, tarbiyachilarni tayyorlash tajribalarini umumlashtirib, boyitib borishgan.




  1. O’qituvchining demokratik uslubdagi muloqoti

O'quvchilar bilan bo'lajak muloqotni modellashtirishning muhim sharti o'qituvchi va

o'quvchilaming o'zaro emotsional bhiigi bo'lib, u o'qituvchiga darsning quyidagi ehtimoliy atmosferasini oldindan ko'ra bilish imkoniyatini beradi:

  • bo'lajak darsda o'quvchilar jamoasi bilan ro'y berishi mumkin bo'lgan turli vaziyatlarni oldindan ko'ra olish;

  • o'quvchilar bilan o'zaro demokratik va erkin munosabatning har xil darajalarini taslikillashtirish, uni rivojiantirish istiqbollarini beigilash;

  • darsda o'quvchilaming bilishga boigan qiziqishini va ijodiy kayfiyatini vujudga keltirish.

Ilg'or o'qituvchilar ish tajribasining tahlili shuni ko'rsatadiki, dars jarayonida o'quvchilar bilan bo'lajak muloqotni modellashtirish juda muhim. Zero, bu jarayon darsning didaktik tamoyillarini har tomonlama belgilab beradi, o'qituvchini ijodiy faoliyatga yo'naltiradi, unda o'quvchilar bilan o'zaro hamkorlikning mukammal shakllariga nisbatan turli muloqot modellarini takomillashtirish imkoniyati paydo boiadi. Muloqotni modellashtirish bevosita yangi dars oldidan tezda bajarilishi mumkin, ba'zan esa doimiy xarakter kasb etadi. U o'qituvchiga o'zining dars jarayonidagi kommunikativ munosabatini va emotsional xulqini, his- tuyg'ularini oldindan ko'ra bilish imkoniyatini yaratadi.

Muloqotning ikkinchi boshlang 'ich yo 'nalishida - o'quvchilar bilan bevosita munosabatni tashkil qilish uchun o'qituvchi tashabbuskorlikni va kommunikativ ustunlikni o'z qo'liga olishi kerak, bu unga keyingi yo'nalishlarda doimiy muloqotni o'zi boshqarish imkoniyatini beradi. Muloqotda tashabbuskorlikni qo'lga olish, o'qituvchining ta'lim-tarbiya- viy jarayonni hamisha oqilona, ziddiyatsiz boshqarishini ta'minlaydi. Ta'kidlash joizki, barcha o'qituvchilar hamisha sinf jamoasi bilan kommunikativ muloqotda ustunlikka erishish imkoniyatini qo'lga kirita olmaydilar.

Ikkinchi boshlang'ich yo'nalishda bo'lajak muloqotning shart-sharo-itlari va tizimi aniqlashtiriladi, oldindan rejalashtirilgan muloqot modeli tatbiq etiladi. Kommunikativ muloqotning dastlabki daqiqalaridayoq o'qituvchi tanlangan ta'lim metodlaridan foydalanish imkoniyatlarini aniqlashtirishi, o'quvchilarning umumiy kayfiyatini, ulardagi ijodkorlikni va ishchanlik kayfiyatini his qilishi lozim.

Tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishda demokratik yondashuv. Muloqot jarayonida o'qituvchi o'quvchini ijtimoiy qadriyat deb tan olishi, har bir bola, o'smir va o'spirinning betakror va o'ziga xos xususiyatlarini hurmat qilishi, uning ijtimoiy xulqi va erkinligini e'zozlashi lozim. Zero, taiimni isloh qilishdan asosiy maqsad, tarbiyada demokratiyaning ustunligi, tarbiyani ma'muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo'yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchining bir-birlariga o'zaro ishonchi, hamkorlik asosida pedagogik munosabat mohiyatini ijobiy tomonga yo'naltirish demakdir. Muloqotni demokratik uslubda tashkil etishdan maqsad, taiim-tarbiyani insonparvarlashtirish, pedagogik faoliyat markazida inson shaxsi turganini unutmaslik, insonga nisbatan bebaho boylik sifatida munosabat tuyg'ularini o'quvchilarda ham shakllantirish vazifasi bajariladi.

Demokratik uslub asosida faoliyat olib boradigan o'qituvchining bosh shiori o'quvchilarda mustaqii va erkin fikr yuritish ko'nikmalarini va ongli intizomni hosil qilishdan iborat. O'qituvchining muloqoti barcha demokratik talablar asosida quriladi. Zero, «Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi»\ Ushbu uslubni mukammal egallagan o'qituvchi o'z pedagogik faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlarni mujassamlashtiradi:

-pedagogik faoliyatda sinf jamoasining fikr mulohazalariga tayanib taiim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etadi;

-sinf jamoasining tashabbusini ma'qullaydi, rivojlantiradi, o'quvchilaming erkin fikr bildirishlariga imkoniyat yaratadi;

-muloqot jarayonida o'quvchilar fikr-mulohazalarini inobatga olib, pedagogik faoliyatida qo'llaydi;

-muloqotga kirishishning asosiy shakllari: iltimos, maslahat berish, samimiy muomala.



Demokratik uslubda muloqotni tashkil etuvchi o'qituvchi hozirgi zamon talablariga, ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlardan kutilayotgan maqsadlarga javob bera oladi. O'qituvchining vazifasi barkamol inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb bilgan holda, yuksak ongli, mustaqii fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan tengdoshlariga namuna boiadigan bilimli, ma'rifatli, aql-zakovatli, yuksak ma'naviyatli o'quvchilarni tarbiyalash uchun qizg'in pedagogik faoliyat olib borishi lozim. Muloqot jarayonida o'quvchilarning jamoa bo'lib birlashishlari, ularda o'zaro yordam tuyg'usini o'stirishga xizmat qilishi kerak. Samarali demokratik tarbiyaviy jarayon, sinf jamoasi a'zolarining qobiliyat va iste'dodlarini yuzaga chiqaradi, o'quvchining jamoada har tomonlama rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar paydo qiladi. O'quvchilar bilan muloqotning erkin demokratik asosda tashkil eiilishi sinfning ahil jamoa bo'lib birlashib, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlarga erishishiga zamin yaratadi. Yaxshi uyushgan jamoada har bir o'quvchining fikri ulkan tarbiyaviy kuchga ega.

  1. Tayanch tushunchalarga izoh bering: mahorat, qobiliyat, pedagogik texnika, kommunikativlik, emotsiya, persepsiya    


Mahorat – bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o‘rganadi.

Qobiliyat – insonning individual salohiyati, imkoniyatlari

pedagogik texnika – o’qituvchining o’quvchilarga shaxsan ta'sir o’tkazish usullarining yig’indisidir.

kommunikativlik – bu ơqituvchining aloһida xususiyati bơlib, unda ơquvchilar va һamkasblari bilan ơzaro һamkorlik muloqoti nazarda tutiladi.

emotsiya – (frans. lot. — larzaga keltiraman, hayajonlantiraman) — odam va hayvonlarning tashqi va ichki qoʻzgʻatuvchilar taʼsiriga nisbatan subʼyektiv reaksiyalari

persepsiya –
Yüklə 85,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin