12-ma`ruza mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mexanizmlarning asоsiy turlari. Kinematik juftlar klassifikatsiyasi. Mexanizmning erkinlik darajasini aniqlash



Yüklə 70,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix02.12.2023
ölçüsü70,01 Kb.
#171357
  1   2   3   4   5
12-ma'ruza



12-MA`RUZA MEXANIZMLAR VA MASHINALAR NAZARIYASI. 
MEXANIZMLARNING ASОSIY TURLARI. KINEMATIK JUFTLAR 
KLASSIFIKATSIYASI. MEXANIZMNING ERKINLIK DARAJASINI 
ANIQLASH. 
 
Reja: 
1.
 
Mexanizmlarning asоsiy turlari 
2.
 
Oliy va quyi kinematic juftlar 
3.
 
Kinematik juftlar klassifikatsiyasi 
Mexanizm va mashinalar nazariyasi (MMN) mexanizmlarning tuzilishini, 
kinematikasini va dinamikasini o’rgatuvchi hamda ularni loyihalash usullarini 
tushuntiruvchi fandir. 
Mexanizm va mashinalar nazariyasi tadbiqiy mexanikaning tarmog’i 
bo’lganligi uchun uni ko’pincha mashinalar mexanikasi, deb ataganlar. MMN ning 
mexanika fanlari orasidagi o’rni va uning yondosh fanlar bilan bog’liqdigi quyida 
keltirilgan sxemada ko’rsatilgan. 
Nazariy mexanika va ko’pgina amaliy mexanika fanlari MMN ning nazariy 
asosi ekanligi sxemadan ko’rinib turibdi. 
Mexanizm va mashinalar nazariyasida ikkita asosiy masala xal qilinadi: 
a) mexanizmlarning tuzilishi, kinematikasi va dinamikasi tamili
b) berilgan shartlar asosida mexanizmlarni strukturaviy, kinematik va dinamik 
sintez qilish (loyihalash). 
Mexanizm va mashinalar nazariyasini quyidagi qismlarga bo’lish qulaydir: 
a) Mexanizmlar tuzilishining taxdili va ularning sintezi; 
b) Mexanizmlarning kinematik taxlili va sintezi; 
v) Mashina va mexanizmlar dinamikasi. 
Predmetning birinchi qiismida kinematik juftlar nazariyasi, mexanizmlarni 
hosil bo’lish qonunlari va ularning tuzilishi o’rganiladi. 
Fanning maqsadi 
-Yangi mashina va yaratishni ilmiy-nazariy asoslarini yaratish; 
-Yuqori samaradorli zamonaviy mashinalar, robotlar va avtomatik 
komplеkslarni loyixalash; 
-Maxsulot sifatini yaxshilash, ish unumdorligini oshirish; 
- Mashinalarni talab qilingan ish rеjimlarini ta'minlash, ulchamlarini 
ixchamlash,foydali ish koeffitsiеntini oshirish. 

Yüklə 70,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin