13-Laboratoriya mashg’uloti. Mavzu: Amaliy dasturiy ta’minot. Nashriyot tizimida qo’llaniladigan dasturlar bilan tanishish. Ishdan maqsad



Yüklə 0,6 Mb.
tarix28.02.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#86022
13-Laboratoriya mashg\'uloti


13-Laboratoriya mashg’uloti.


Mavzu: Amaliy dasturiy ta’minot. Nashriyot tizimida qo’llaniladigan dasturlar bilan tanishish. Nashriyot tizimida qo’llaniladigan dasturlar bilan tanishish.

Ishdan maqsad: Nashriyot tizimida qo’llaniladigan dasturlarlar, ularning uning vazifasi va imkoniyatlari haqidagi tasavvur va ko’nikmalarni boyitish.




Nazariy ma’lumot.

Keyingi paytlarda turli korxonalarda kichik nashriyotlar paydo bo‘la boshladi. Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter bazasida, turli tez chop qiluvchi va boshqa qo‘shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlari (kitob, oynoma, jurnal, broshyuralar, prospektlar va hokazo) chiqarish tushuniladi.Bunda bo‘lajak bosma mahsulotlari kompyuterda tayyorlanadi, ya'ni kompyuter varaqlash, asl maketlash ishlari ham kompyuterda bajariladi. Nashriyot sohasida ishlatiladigan matn muharrirlari shu soha uchun yaratilgan maxsus dasturlar bo‘lib, ular kichik nashriyotlar yordamida gazeta- jurnallar, kitoblar, turli reklama mahsulotlari tayyorlashga mo‘ljallangan. Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter dasturiy texnik vositalari hamda turli-tuman chop qiluvchi va boshqa qo‘shimcha quril malar orqali bosma mahsulotlar tayyorlash jarayoni tushuniladi. Bunda bo‘lajak bosma mahsulotlar tayyorlanib, bu matnni terish, tekshirish va tahrirlashdan to maketlashgacha bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Keyinchalik maket lazer printerda bitta asl nusqada chop etib olinadi va undan so‘ng tayyorlangan hujjatning maketi rizograf deb nomlanuvchi maxsus qurilma yordamida ko‘paytiriladi. Kichik nashriyot bulardan tashqari muqovalovchi, broshyuralovchi va kesuvchi qurilmalar bilan ham ta'minlangan. Sifatli va asl maketlarni tayyorlash uchun bir qancha turdagi nashriyot tizimlaridan foydalanadi. Ularga misol qilib Page Maker, Ventura Publisher, Post Script, QuarkXPress, TEX, LATEX nashriyot tizimlarini keltirishimiz mumkin.


MS Publisher dasturi va uning imkoniyatlari. Microsoft Office Publisher dasturi nashrdan yoki bosmadan chiqarish uchun turli ko‘rinishdagi e’lonlar, bukletlar, taqvimlar, konvertlar, taklifnomalar va h.o. larni elektron shaklda tayyorlash dasturiy mahsuli hisoblanadi. Publisher Microsoft korporatsiyasining Microsoft Office amaliy dasturlar jamlanmasi tarkibida joylashgan bo‘lib, Office dasturlar to‘plamidagi MS Word, MS Excel, MS PowerPoint dasturlar bilan birga o‘rnatiladi. Dasturninng asosiy qulayliklaridan bin bu foydalanuvchining hujjat tayyorlash jarayonida keng ko‘lamdagi, turli shakl va ko‘rinishdagi oldindan tayyoriangan hujjat namunalarini ko‘rsatish mumkin. MS Publisher dasturida ishlash jarayonida foydalanuvchi o‘zining ehtiyojlaridan kelib-chiqib boshidan mustaqil hujjat ustida ish olib borishi bilan bir qatorda dastur tarkibida mavjud shablon va maketlardan ixtiyoriy vaqtda foydalanish imkoniyati taqdim etiladi. MS Offise dasturlar to‘plamining qolgan dasturlari kabi Publisherda ham hujjatni habar shaklida kompyuter tarmog’i orqali jo‘natish yoki web-sahifa shaklida tayyorlash mumkin. Dasturni ishga tushirish uchun quyidagi ketma-ketlik bajariladi:

Publisher ishga tushirilganda quyidagi asosiy qismlaridan iborat muloqot oynasi ishga tushadi:

Hujjat nomi – dastur ishga tushirilganda Публикация1 - Microsoft Publisher - печатная публикация nomli fayl yaratiladi. Bu satrda Публикация1 fayl nomi kompyuter xotirasida saqlashda o‘zgartirilishi munkin, Microsoft Publisher fayl yaratilgan dastur nomi, печатная публикация bosmadan chiqarishga tayyorlanayotgan hujjatni bildiradi.
Menyu satri – hujjatlarni qayta ishlashda qo‘llaniladigan, mantiqan Файл, Правка, Вид, Вставка, Формат, Сервис, Таблица, Расположение, Окно va Справка bo‘limlariga birlashtirilgan buyruqlardan tashkil topgan muloqot oyna qismi. Ushbu menyulardagi buyruqlar orqali dastur foydalanuvchilari hujjat va hujjat elementlari ustida turli xil amallarni o‘ziga qulay tarzda bajarishi munkin. Misol uchun menyulardagi ayrim buyruq satrlari quyidagi ko‘rinishga ega:






Topshiriqlar:
Quyida berilgan topshiriqlarni bajaring:
1. Microsoft Office Publisher dasturida Буклет tayyorlash.
1. MS Publisher dasturini ishga tushiring.
2. Muloqot oynasining tayyor Буклет maketini tanlang.
3. Ochilgan oynada Буклетlar namunalaridan birini tanlang.
4. Ekranga biz tanlagan ikkita sahifadan tashkil topgan Буклет namunasi yuklanadi. Hujjatimizning ikki sahifadan iboratligi uning old va orqa tomonlarini bildiradi.
Old qismi (birinchi sahifa) .
5. Hujjatimiz vertikal chiziqlar bilan uch qismga avtomatik ravishda bo‘linadi. Bu keyinchalik uni bosmadan chiqarganimizda bukiladigan joylarini bildiradi.
Ort qismi (ikkinchi sahifa).
6. Ehtiyojlaringizdan kelib-chiqib hujjatingizning grafik (rasm) va matn ob’yektlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishingiz munkin.
7. Hujjatingizni bosmadan chiqarishingiz uchun Файл menyusidagi Печать buyrug’idan foydalaning.
8. OK tugmasi bosilgandan so‘ng elektron hujjatingiz qog’ozga chiqariladi.


2. Microsoft Office Publisher dasturida taqvim tayyorlash.

1. MS Publisher dasturini ishga tushiring.


2. Muloqot oynasining tayyor Календарь maketini tanlang
3. Ochilgan oynada Календарlar namunalaridan birini tanlang.
4. Ekranga biz tanlagan ikkita sahifadan tashkil topgan Календар namunasi yuklanadi.
5. Oynaning chap qismida zarurat tug’ilganda taqvimni oylik va yillik namunasini tayyorlashingiz munkin. Buning uchun Месяц на страницы yoki Год на страницы tugmasini bosasiz. Даты в календаре da oy soni ko‘rsatiladi.Natijada oynada yillik taqvim namunasi yaratiladi.
6. Hujjatingizni bosmadan chiqarishingiz uchun Файл menyusidagi Печать buyrug’idan foydalaning.
Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin