14-ma’ruza mavzu: O‘zbekiston Respublikasida texnik jihatdan tartibga solish masalalari



Yüklə 32,41 Kb.
səhifə1/3
tarix01.06.2022
ölçüsü32,41 Kb.
#60321
  1   2   3
14-ma'ruza


14-MA’RUZA
Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida texnik jihatdan tartibga solish masalalari.
Reja:

  1. Texnik jihatdan tartibga solish mexanizmi va tizimini joriy etish zarurati.

  2. Texnik jihatdan tartibga solish tizimining asosiy prinsiplari.



1. Texnik jihatdan tartibga solish mexanizmi va tizimini joriy etish zarurati.
«Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi qonun (O‘RQ-213-son) 2009 yil 23 aprelda kuchga kirgan bo‘lib, u 4 ta bob, 28 ta moddadan iborat.
1-bob umumiy qoidalarga bag‘ishlangan bo‘lib, 1-moddada qonunning maqsadi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qo‘llash va bajarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligi, 2-moddada texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratligi, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llanilishi aytib o‘tilgan. 3-moddada ushbu qonunda qo‘llanilgan quyidagi asosiy tushunchalar keltirilgan:
texnik jihatdan tartibga solish - mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qo‘llash va bajarish;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi - mahsulotning, uni ishlab chiqarish, ishlatish (undan foydalanish), saqlash, tashish, realizatsiya qilish va utilizatsiya qilish jarayonlarining; bajariladigan ishlar, ko‘rsatiladigan xizmatlarning holati bo‘lib, bunda insonning hayotiga, sog‘lig‘iga, atrof-muhitga, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulkiga zarar etkazilishi ehtimoli bilan bog‘liq yo‘l qo‘yilmaydigan xavf mavjud bo‘lmaydi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar - texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, sanitariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari, shaharsozlik normalari hamda qoidalari, ekologik normalar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlar;
texnik reglament - texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat;
umumiy texnik reglament – texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, bir turdagi mahsulotlar, ishlar va xizmatlar guruhi xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat
maxsus texnik reglament - texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, umumiy texnik reglamentda nazarda tutilmagan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar ayrim turining xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat;
savdodagi texnik to‘siqlar - mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda mavjud bo‘lgan tafovutlari yoki o‘zgarishlari oqibatida savdoda yuzaga keladigan to‘siqlar.
Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat (4-modda):
inson hayoti va sog‘lig‘i, yuridik, jismoniy jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulki xavfsizligini ta’minlash;
atrof-muhit muhofaza qilinishini, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini ta’minlash;
savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish;
mahsulot, ishlar va xizmatlar xavfsizligi xususida iste’molchilarni chalg‘ituvchi harakatlarning oldini olish.
Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari quyidagilardan (5-modda) iborat:
texnik reglamentlarni qo‘llashning majburiyligi;
texnik reglamentlarni qo‘llashning bir xilligi;
texnik reglamentlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy va xalqaro normativ hujjatlarga muvofiqligi;
texnik reglamentlarning, ularni ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish tartibi to‘g‘risidagi axborotning ochiqligi.
Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini quyidagilar tashkil etadi (6-modda):



Yüklə 32,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin