14-Mavzu. O’zbekiston va jahon hamjamiyati



Yüklə 14,07 Kb.
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü14,07 Kb.
#192418
  1   2   3   4
14-MAVZU (2)

14-Mavzu. : O’zbekiston va jahon hamjamiyati

14-Mavzu. : O’zbekiston va jahon hamjamiyati

Reja:

Reja:

  • O’zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi imijini ko’tarish bo’yicha davlat siyosatining ustuvor vazifalari.
  • O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslarda sohalar bo’yicha ko’rsatkichlari.
  • O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini ko’tarish bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar

O’zbekiston xalqaro maydonda o’z nufuzini yuksaltirish yo’lidan bormoqda. Mamlakatimiz izchillik bilan islohotlarni amalga oshirar ekan, milliy reytingimizni belgilayotgan agentliklar ularni munosib baholamoqda. Avvalo, reyting nima uchun kerak, degan tabiiy savol tug’iladi. Reyting turlicha bo’lishi mumkin, biznes reytingi, investitsiyaviy jozibadorlik reytingi va boshqalar. Har qanday davlat reytinglarda ishtirok etsa va u yuqori o’rinda bo’lsa, bu ushbu davlatning ochiqligi, shaffofligi hamda iqtisodiy salohiyatini namoyon etadi. Shundan kelib chiqib aytish kerakki, iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash uchun keng ko’lamli islohotlar olib borayotgan va rivojlanish pallasida bo’lgan davlatlar, albatta, reytinglarda munosib o’rinlarni egallashga intilishi tabiiy. Negaki, bugungi zamonaviy dunyoda hamkorlik o’rnatish istagida bo’lgan davlatlar va tashkilotlar umume’tirof etilgan reytinglarga, albatta, e’tibor qaratadi. Bugun O’zbekiston ochiqlik siyosatini olib borishi natijasida xalqaro maydonda o’z obro’-e’tiborini mustahkamlab bormoqda. Bu, avvalo, qo’shni davlatlar va nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyati, shuningdek, davlat organlarining xalq manfaatlarini to’la ifoda etishiga qaratilayotgan e’tiborning samarasidir.


O’zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi imijini ko’tarish bo’yicha davlat siyosatining ustuvor vazifalari.

So’nggi qisqa vaqt mobaynida mamlakatimizda amalga oshirilgan inson huquqlarini ta’minlash, so’z erkinligi, biznes yuritishda yengillik va imtiyozlar berish, korrupsiyani batamom tugatish borasidagi islohotlar jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etildi. Natijada O’zbekiston xalqaro reytinglarda yuqori o’rinlarga ko’tarilib, o’z ijobiy imijini yaxshilab bormoqda. Dunyo mamlakatlari, xalqaro tashkilotlar va investorlar mamlakatimizga istiqbolli hamkor sifatida munosabat bildirmoqda. Oddiy aytganda, O’zbekiston xorijiy arenada ishonchli hamkor qiyofasida namoyon bo’lyapti. Lekin, ishonch bilan aytish kerakki, mamlakatimiz bundan-da yuqori ko’rsatkichlarni qayd etishga qodir.


Yüklə 14,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin