143
ELEKTR ENERGIYA SIFATINI, ELEKTR ENERGIYASI ISROFIGA
TA’SIRI
Xolov F.A.
1
1
Xolov Fazliddin Anvar o’g’li magistrant,
Qarshi muhandislik - iqtisodiyot instituti
Annotatsiya
Ushbu maqolada elektr energiyasi sifati ko’rsatgichlarini elektr energiyasi isrofiga
ta’siri, texnik, texnologik, hamda tijoriy isroflar haqida hamda ularni bir biriga
bog’liqligi, kelib chiqish sabablari va ularni kamaytirish usullari haqida batafsil
ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar: texnik isrof, texnologik isrof, tijoriy isrof, nosimmetriya, nosinusoidallik,
teskari ketma ketlik, nol ketma ketlik.
Kuchlanish va chastotaning og'ishi, kuchlanish va toklarning nosinusoidalligi hamda
nosimetriyasi kabi elektr energiyasi sifati ko’rsatgichlari elektr tarmoqlarida quvvat va
elektr energiyasi isroflariga ta'sir qiladi.
Amaliyotda isroflarni
∆𝑊 texnik, texnologik va tijorat isroflari hisoblaniladi.
Hisoblarda isroflar, tarmoqqa yetkazib beriladigan elektr energiyasi va tarmoqdan
chiqarilgan hamda iste'molchi tomonidan to'langan elektr energiyasi o'rtasidagi farq
sifatida aniqlanadi.
Texnik isrof
∆𝑊
Т
, podstansiyaning o’z extiyoj iste'moli
∆𝑊
𝑜′𝑧𝑒𝑥𝑡
, sababli isroflar va
o'lchash asboblari xatolaridan
𝑊
𝑜′𝑙𝑐ℎ
kelib chiqadigan texnologik isroflarni tashkil
qiladi, chunki ular tarmoqlar orqali elektr energiyasini uzatish jarayonining texnologik
extiyojlari va uni qabul qilish hamda iste’molchiga uzatishda o’lchov asboblari
yordamida hisobga olish bilan belgilanadi.
Tijorat isrofi,
∆𝑊
К
= ∆𝑊 − ∆𝑊
Т
− 𝑊
𝑜′𝑧𝑒𝑥𝑡
− 𝑊
𝑜′𝑙𝑐ℎ
, ga teng bo’lib "inson omili"
ta'sirining natijasi hisoblanadi, elektr energiyasini o'g'irlash, iste'mol qilingan energiyani
to’lovini to'liq yoki qisman to'lamaslik va boshqalar bilan bog'liq yo'qotishlarni o'z ichiga
oladi.
Texnologik isroflarda elektr jihozlari va o'lchash vositalarining ish rejimlarida
nominal yoki normallashtirilganlardan og'ishlar tufayli qo'shimcha komponentlar shartli
ravishda aniqlanishi mumkin.
144
Bu isroflarga olib keladigan faktorlardan biri bu elektr energiyasining sifatidir.
Nosinusoidal va nosimmetrik rejimlarda qo'shimcha texnologik isroflarni o'lchashning
mohiyati va tamoyillarini tushunish uchun tizimdagi quvvat balansini hisobga olish
kerak.
1.1 – rasmda sifatni buzuvchi va "sokin" yuklamalarni o'z ichiga olgan elektr
tizimining soddalashtirilgan sxemasini ko'rsatilgan. Ushbu sxemaga muvofiq, sifatni
buzuvchi yuklamani qiymatini rostlash imkoniyatli xususiyatlarga ega yuklama sifatida
ko'rib chiqish kerak. U to’g’ri ketma-ketlikning asosiy chastotasida elektr energiyasini
iste'mol qilib, uning bir qismini sifatni buzuvchi energiyasiga (teskari va nol ketma-
ketliklarning garmonikalariga) aylantiradi va uni tarmoqqa qaytarib uzatadi, bu esa
qo'shimcha isroflarga olib keladi.
1.1
rasm. Sifatni buzuvchi yuklama bo’lganda aktiv quvvatlarning yo’nalishlari sxemasi.
𝑍
𝑠𝑖𝑠
, 𝑍
𝑌1
, 𝑍
𝑌2
— energiya tizimidagi sokin hamda sifatni buzuvchi yuklamamalarni mos ravishdagi
qarshiliklari;
𝑃
𝑎𝑠.𝑇
, 𝑃
𝑎𝑠.𝑌1
, 𝑃
𝑎𝑠.𝑌2
— energiya tizimining sokin va sifatni buzuvchi yuklamalarini asosiy
chastotadagi to’g’ri ketma ketlik quvvatlarini mos qiymatlari;
𝑃
𝑠𝑏𝑢𝑧.С
, 𝑃
𝑠𝑏𝑢𝑧.𝑌1
, 𝑃
𝑠𝑏𝑢𝑧.𝑌2
— sifatni
buzuvchi iste’molchilarni mos holdagi aktiv quvvatlari, elektr energiyasi sistemasi elementlarida isfatni
buzuvchi elementlarni ish rejimlarini rostlash isrofni kamaytirishga olib keladi.
Quvvat tashkil etuvchilari tok va kuchlanishlarni yuqori garmonikasini tashkil
etuvchilarini va simmetrik tashkil etuvchilari bilan aniqlanadi:
To’rt o’tkazgichli tizim uchun (faza toklari va kuchlanishlari)
𝑃
1
= 3𝑈
1
𝐼
1
𝑐𝑜𝑠𝜑
1
; 𝑃
2
= 3𝑈
2
𝐼
2
𝑐𝑜𝑠𝜑
2
; 𝑃
0
= 3𝑈
0
𝐼
0
𝑐𝑜𝑠𝜑
0
;
Dostları ilə paylaş: |