149-rasm 150-rasm



Yüklə 51,86 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü51,86 Kb.
#163637
Документ Microsoft Word


Har birini chizish qiyin. Bundan tashqari, nuqta tasvirini olish uchun hammasi bulib ikkita nur yitarlidir. Shuning uchun yo’nalishi oldindan ma’lum bo’lgan ikkita shunday nur tanlanadi. Bu nurlar-biri linzaning bosh optik o’qiga parallel nur, ikkinchisi uning markazidan o’tuvchi nurdir. Birinchi nur linzadan o’tib uning iptik o’qini fokus nuqtasidan kesib o’tadi, ikkinchisi o’z yunashishini o’zgartirmaydi. Bu ko’rsatmalardan foydalanib tasvir yasaymiz.
149-rasm 150-rasm
1-hol; AB buyum (sham) linza bilan uning F fokusi orasida joylashgan bo’lsin. (149-rasm)
Bu holatning soddalashtirilgandan keyingi ko’rinishi 150-rasmda ko’rsatilgan. linzadan buyumgacha bulgan masofani d harfi bilan belgilasak, qaralayotgan hol uchun d < F.
A (.)ning tasvirini yasash uchun yo’li bizga tanish bo’lgan ikkita nurni tanlaymiz. Bu linzaning optic o’qiga parallel bo’lgan AC nur va linzaning markazidan o’tuvchi AO nurdir. (150-rasm). Birinchi AC nur linzadan chiqib, uning optik o’qini linzadan kesib o’tadi, ikkinchi AO nur esa o’z yunalishini o’zgartirmay linzadan kesib o’tadi. Linzadan chiqgan CC1 va OE nurlar sochiladi. Ular o’zlari kesishmaydi. Demak A nuqtanung tasviri nurlarning davomi kesishgan joyda, yani A1 buqtada buladi. Biz bunday tasvirni mavxum bo’lishini bilamiz.
Nurlar yo’lining bunday yasalishi buyumning A va B nuqtalar orasidagi hamma nuqtalar uchun bajarish mumkin. Bu nuqtalarning tasvirini yasab ko’rsangiz ham, baribir ular A1 va B1 nuqtalar orasida yotadi. Shunday qilib A1B1 tasvir – AB buyumning tasviridir.
Q- Agar buyum linza bilan uning fokusi orasida joylashgan bo’lsa uning tasviri kattalashgan, mavhum, to’g’ri bo’ladi.
149-rasmda bola shamning aynan kattalashgan, mavhum va to’g’ri tasvirini ko’radi. Ana endi shamni siljitib ko’ramiz. Agar shamni siljitib linzaning fokusidan tashqariga chiqarsak avvalgi tasvir yo’qoladi. Ammo linzadan uzoqroqda yangi tasvir paydo bo’ladi, u tasvir to’nkarilgan hold bo’ladi. Sham sizga ag’darilgan holda ko’rinadi.
Sham linzaga nisbatan surilgani uchun tasvir o’zgardi. Demak, yig’uvchi linzada buyumning tasviri uning qayerda turganiga boğliq bolar ekan.
2-hol: Buyum linzaning fokusi bilan uning ikkilangan fokusi orasida joylashgan, yani F151-rasm
Tasvirni yasash uchun yana ikkita nurdan foydalanamiz: linzaning bosh optik o’qiga paralel A C-nur va linza markazidan o’tuvchi AO nurdan foydalanamiz. Bu nurlar linzadan o’tgach, A1, nuqtada kesishadi. Shuning uchun bu A1 nuqtada A nuqtaning haqiqiy tasviri hosil boladi.


AB buyumning A1B1, tasviri ham haqiqiy bo’ladi. Uni ko’rish uchun ekran yoki bir varaq, oq qogozni linza sindirgan nurlarning kesishgan joyiga qo’yish kerak, tasvir körinadi.
Q- Agar buyum linzaning fokusi bilan ikkilangan fokusi orasida joylashgan bolsa, linza uning kattalashgan, to’nkarilgan, xaqiqiy tasvirini beradi.
Yig’uvchi linzada buyumning yana quyidagicha tasvirlari uchraydi. Ularni ozingiz chizib mos tushishini tekshirib köring?
3-hol; Buyum linzaning fokusida joylashganida (d = F) tasvir hosil bo’lmaydi (Yani nurlar kesishmaydi)
4-hol: Buyum linzaning ikkilangan fokusida turganida (d = 2F) tasvir haqiqiy, teskari va o’lchami buyum o’lchamiga teng boladi.
5-hol: Buyum linzaning ikkilangan fokusidan uzoqroq masofada turgarida (d>2F) tosvir xaqiqiy, teskari va kichiklashgan bo’ladi. Endi sochuvchi linza beradigan tasvirlarni qarab chiqamiz. Oldindan aytish mumkinki, sochuvchi linza haqiqiy tasvir bermaydi, chunki linzadan ötgan nurlar sochiladi. Haqiqatdan 152-rasmdan ko’rinib turibdiki buyumning A nuqtasidan kelayotgan AC va AO nurlar linzadan o’tgandan so’ng sochilib tarqaladi. Sochuvchi linza buyumning har qanday holatlarida linzaning buyum yotgan tomonida kichiklashgan, mavhum, to’g’ri tasvirini beradi. Siz buyumni sochuvchi linzaga nisbatan qanday masofaga qo’ymang barcha hallarda tasvir bir xil bolaveradi.

Chiziqli kattalashtirish: Linza yordamida hosil qilingan tasvirning o’lchamlari odatda buyumning o’lchamlaridan farq qiladi. Bunda buyum o’lchami bilan uning tasvirining o’lchamkari orasidagi farqi kattalashtirish degani tushincha orqali xarakterlanadi.


T. Tasvirning o’lchami (H) ning buyum olchami (h) ga nisbati chiziqli kattalashtirish deb ataladi. K= (1) K-chiziqli kattalashtirish.
152-rasmda agar buyum balandligi h=AB ga, tasvirning balandligi esa H=A1B1 ekanligini hisobga olsak, shu bilan birga, ABO va A1B1O uchburchakning o’xshashligidan kelib chiqadi. Bundan esa K= (2) hosil bo’ladi. f-tasvirdan linzagacha bo’lgan masofa. d-buyumdan linzagacha bo’lgan masofa
Eslatma; Chiziqli kattalashtirishni topishning (2) formulasi nafaqat sochuvchi linza uchun balki yig’uvchi linza uchun ham o’rinlidir. Agar biror linza buyum tasviri n-marta kichiklashgan bo’lsa kattalashtirish o’rniga K= olinadi. Yani K= bo’ladi.
Q-Agar tasvir kattalashgan bo’lsa K>1, kichiklashgan bo’lsa K<1 bo’ladi.

Mavzu; Linzaning optik kuchi.


Qaralayotgan linzaning focus masofasi qancha kichi bo’lsa, u nurlarni kuchliroq sindiradi. Agar fokus masofalari har xil bo’lgan ikkita olib ularni kitobning biror betiga qo’ysak fokus masofasi kichik bo’lgan linza fokus masofasi kattasiga ko’ra ko’proq kattalashtiradi. Demak, fokus masofasi kichik bo’lgan linzani << optik jihatdan kuchliroq >> deb aytish mumkin.
T; Linzaning nurlarni sindirish qobilyatini harakterlovchi kattalikka uning optik kuchi deyiladi.
Fokus masofasi qisqa bo’lgan linzaning optik kuchi katta bo’lishini hisobga olsak D= (1) bo’ladi. F-Linzaning fokus masofasi. D-linzaning optik kuchi.
Optik kuch birligi qilib – { D }= m-1 = dptr(dioptriya) qabul qilingan. Agar linza materialining sindirish ko’rsatkichi (n1) va linza sirtlarining egrilik radiuslari R1 va R2 berolganda uning optik kuchi quyidagicha topiladi; D=
Tajribalarning ko’rsatishicha linzaning optik kuchi, u qanday muhitda joylashganiga ham bog’liq bo’lar ekan. Agar linza joylashgan muhit haqida hech narsa deyilmagan bo’lsa linzani havo yoki vakumda joylashgan deb qaraymiz va uning optik kuchuni (1) yoki (2) formula orqali aniqlaymiz. Lekin linza biror muhitda joylashgan bo’lsa u holda uning optik kuchi quyidagiga teng; (3) nM -linza joylashgan muhitning sindirish ko’rsatkichi.
Biz sochuvchi linzaning fokusi mavhum ekanligini bilamiz. Bu holda fokus masofasini manfiy qilib hisoblash shartlashilgan. Sochuvchi linzaning optik kuchi ham manfiy D<0 bo’ladi.
Q- Yig’uvchi linzaning optik kuchi D>0, sochuvchi linzaning optik kuchi esa D<0 bo’ladi.
Agar 152-rasmga e’tibor qaratsak, chizmadan ikkita o’xshash uchburchaklar juftligini topamiz. Bular AOB~A1OB1 hamda FCO~FA1B1 uchburchaklardir.
AOB~A1OB1 - o’xshashlikdan (4) ni olamiz.
FCO~FA1B1 - o’xshashlikdan (5) ni olamiz.
Agar (4) va (5) tengliklarni tenglashtirsak bo’ladi. Bunda kelib chiqadi. Bu tenglamaning barcha hadlarini ga bo’lsak, (6) hosil bo’ladi. (6) formula sochuvchi linza formulasi deyiladi. va hadlar oldidagi minus ishoralar tasvirining va linza fokusining mavhum ekanligini bildiradi.
Xuddi shuningdek yig’uvchi linza formulalarini ham keltirib chiqarish mumkin. -hol; Yig’uvchi linzada mavhum tasvir hosil bo’lsin. Yig’uvchi linzada mavhum tasvir hosil bo’ladigan chizmani chizib u chizmadan o’xshash uchburchaklarni izlaymiz. Bunda AOB~A1OB1 o’xshashlik va A1FB1~OFE o’xshashliklar mavjud. O’xshashliklardan foydalanib quyidagi tengliklarni yozamiz. va bunda H=A1B1 h=AB=OE

153-rasm



Mavzu; Optik asboblar.
Fotoapparat: Buyumlar tasvirini tushirish va saqlab qolish jarayoniga fotografiya deyiladi.
Tasvirni tushirish va saqlab qolish uchun yorug’likning ximiyaviy tasiridan foydalanish mumkin. Fotoapparátning asosiy qismlari yoruglik o’tkazmaydigan kamera va obyektiv deb ataladigan linza ( yoki linzalar sistemasi ) dan iborat . Eng oddiy obyektiv bitta yigurchi linzadir. Fotoaparatdan ekran vazifasini olchami katta bolmagan plyonka bajaradi, demak tasvir kichiklashtirilishi kerak. U albatta haqiqiy bölishi kerar, chunki mavhum tasvir plyonkaning yoro’g’lik sezgir tarkibiga tasir qila olmaydi. Yana shuni aytish kerakki yoruglik sezgir fotó plyonkani kameraning tasvir hosil bo’ladigan joyiga moslashtirib qo’yilishi kerak. Fotoapparatning obyektivi yani yig’uvchi linzada kichiklashgan va haqiqiy tasvir hosil qilinishi kerakligini yuqorida aytib o’tgan edik. Bunday tasvir buyum linzaning ikkilangan fokus masofadan uzoqroqda turganda ( d > 2F ) hosil bo’lishini bilamiz , bu tasvir linzaning fokusi bilan ikkilangan fokusi oralig’ida ( F < f < 2F ) yotadi. Fotoapparatda qisqa fokusli linzalar ishlatiladi. Chunki linzanning forkusi qancha qisqa bo’lsa,tasvir ham linzaga nisbatan shuncha yaqinroq masofada hosil bo’ladi.( F < f < 2F ekanligini eslang ). Fotoplyonka qo’yiladigan joy ham linzaga ancha yaqin bo’ladi, bu esa fotoaparatning o’lchami kichik va ancha ixcham bolishining kafolatidir. Fotoapparat linzaining fokus masofast odatda 30-60mm bo’ladi. Fotoapparatning asosiy qismi obyektiv bölib, tasvirning sifati aynan shu qismiga ko’p jihatdan bog’liqdir. U yorug’lik o’tkazmaydigan kameraning oldingi qismiga joylashtiriladi. ( 154 - rasm ) Fotosuratga olish vaqtida obyektiv maxsus zatvor yordamida ochiladi va tasvir maxsus plyonkaga tushadi. Yorug’lik tasirida plyonkaning tarkibi özgaradi va unda tasvir akslanadi.
Plyonkadagi hamma kadrlardan foydalanib bölgach fotoapparatdan chiqarib olgach uni extiyot qilish kerak. Olingan tasvirlar tashqi yorug’lik tasirida, özgarib ketmasligi uchun plyonka maxsus eritmaga ( zakripitelga ) tushiriladi. Bu eritmada plyonkaning yozug’lik tasir qilmagan qismlaridagi yorug’ sezgir qatlami eritiladi va yuviladi. Keyin suv bilan chayilib yuviladi.

154-rasm


Q-Fotoapparatda buyumning kichiklashgan, haqiqiy va teskari tasviri hosil bo’ladi.
Fotoapparatda d1-masofada suratga olingan jism tasvirini o’lchami h1. d2-masofada esa h2 ga teng bo’lsa obyektiv linzaning fokus masofasi quyidagiga teng bo’ladi.
F= (1)
Proyeksion apparat; Proyeksion apparat bu- fotoplyonkada olingan tasvirni kattalashtirib beruvchi optik asbob.
Q- Proyeksion apparatda buyumning kattalashgan, xaqiqiy va teskari tasviri hosil bo’ladi.
Mavzu; Ko’z
Ko’zni bazan joul fotoaparati drb ham atashadi, chunki ko’zning tasvir beruvchi optik sistemasi fotoaparat obyektiviga o’xshab ketadi. Ko’zning tuzilishi va unda tasvir hosil bo’lish jarayoni fotoapparatnikiga o’xshab ketadi. Ko’zda tasvir hosil bo’lish jarayonida asosiy vazifani ko’z gavhari bajaradi. Ko’z gavhari shakl yig’uvchi linzaga o’xshash shaffof moddadan tuzilgan bo’ladi.(155-rasm)

155-rasm
Asosoiy vazifani ko’z gavhari bajaradi. Ko’z gavhari shakli yig’uvachi linzaga o’xshash shaffof moddadan tuzilgan boladi (155 - rasm).


Ko’zga tushayotgan yorug’lik ko’z gavharidan o’tgach sinadi, shu tufayli to’r pardada yig’iladi va tasvir hosil boladi. (155-rasm).
Xulosa: Demak, ko’z gavhari yog’uvchi linza vazifasini, to’r parda esa ekran vazifasini bajarar ekan. Ko’zning tor pardasi - juda ingichka tolalar (körish nervlari) dan iborat. Ko’rish nervlari yorug’likni sezuvchi xususiyatiga ega boladi. Yorug’lik ko’rish nervlariga tushib ulazni uygotadi (tasirlantiradi). Bu tasirlanishlar nerv tolalar böylab miyaga uzatiladi va odamda ko’rish sezgisi xosil böladi, buyumlarni ko’radi.
Q- Köz to’r pardasida buyumlarning xaqiqiy, kichiklashgan va teskari tasviri hosil böladi. Ko’rish jarayonini miya boshqaradi, u teskari tasvirni o’ziga moslab tog’ri holatda idrok qiladi va biz buyumlarni to’g’ri holatda ko’ramiz. Ko’zning körish sifati buyum qanchalik uzoq yoki yaqinligiga bo’gliq bo’ladi. Yani ko’z ancha uzoqdagi yoki juda yaqin joylashgan buyumlarning hamma joyini aniq kora olmaydi. Shuning uchun ko’z uchun eng yaxshi korish masofasi deb ataladigan masofa kiritilgan.
Q- Normal ko’z uchun eng yaxshi körish masofasi (Buyumning hamma joyini zoriqmasdan koradigan masofa ) 25 sm ga teng.
Buni o’qiyotganda, yoayotganda, tikilayotganda va hokozolarda hisobga olish kerak. Ko’zingizni ortiqcha zo’riqishlardan asrashingiz kerak!!!
Savol;Ko’ning tuzilishini tushungan bo’lsangiz ko’z va fotoapparatni o’xshash tomonlarini sanab o’ting.
Mavzu; Ko’zdagi nuqsonlar. Ko’zoynak
Agar ko’z zo’riqmagan holda parallel nularni to’r pardada to’plasa, ko’z normal hisoblanadi. Ko’z ikkita kamchiligi juda keng tarqalgan bular, yaqindan ko’rarlik va uzoqdan ko’rarlik.
T- Agar ko’z buyumlarni tasvirini to’r pardada emas, balki ko’z gavhariga yaqiroq joyda hosil qilsa bunga yaqindan ko’rarlik deyiladi.

(156-rasm)


Agar buyum yaqindan ko’ruvchi ko’zdan 25-sm masofada joylashgan bo’lsa buyum tasviri to’r pardada emas balki gavharga yaqin, to’r pardoning oldida hosil bo’ladi. Tasvir to’r pardaga yushishi uchun buyumni ko’zga yaqinroq olish kerak. Bu ko’z uchun eng yaxshi ko’rish masofasi 25 sm dan kam bo’ladi.
T-Agar ko’z nurlarni to’r pardasining orqasida to’plasa bunday közga uzoqdan kuruvchi köz deyiladi.
Bunday ko’zlarda buyumning tasviri ko’zning to’r pardasi orqasiga tushadi. Agar buyum közdan uzoqlashtirilsa tasvir torpardaga tushadi, bu kamchilikning nomi - uzoqdan ko’rarlik ham ana shundan kelib chiqqan. Yaqindan ko’rarlik va uzoqdan ko’rarlik linzaning qo’llanilishi bilan bartaraf etiladi. Ko’zoynakning kashf etilishi ko’rishda kamchilikka ega bolgan odamlar uchun buyuk baxt bo’ldi.
Ko’rishdagi bunday kamchiliklarni yo’qotish uchun qanday linzalardan foydalanish kerak ?
Yaqindan ko’radigan ko’zda tasvir ko’z ichida tör pardadan oldinda oldindan xosil bo’ladi. U to’r pardaga surilishi uchun közning sindirish sistemasining optik kuchini kamaytirish kerak. Buning uchun sochuvchi linzali közoynak taqishi kerak Q- Yaqindan ko’rar köz optik kuchi manfiy (D< 0) bölgan ko’zoynakdan foydalanish kerak.
Uzoqdan ko’ruvchi ko’z sistemasining optik kuchini tasvir to’r pardaga tushishi uchun kuchaytirish kerak. Buning uchun yeg’uvchi linzadan foydalaniladi.
Q- Uzoqdan ko’rar ko’z optik kuchi musbat (D>0) bo’lgan ko’zaynakdan foydalanadi
To’lqin optikasi
Mavzu; To’lqinlar interferensiyasi.
Biz ko’pincha muhitda bir paytning o’zida bir nechta xilma - xil to’lqinlar tarqalayotganini kuzatamiz. Masalan, uyda köpchilik suhbat qurib o’tirgan bölsa, bir nechta tovush tölqinlari bir - biriga qoshilib ketadi. Banda qanday hodisa roy beradi?
Bu hodisani aniqlashning eng qulayi suv sirtidagi tölqinlarni kuzatishdir. Agar suvga ikkita tosh tashlab ikkita xalqaviy tölqin xosil qilinsa, bu tolqinlarning har biri ikkinchisi orasidan o’tib, go’yo ikkinchi tolgin bo’lmagandek xarakat kiladi. Xuddi shundek istalgancha ko’p tovush tolqinlarini ham havoda ayni bir vaqtda bir - biriga xech xalaqit bermay tarqala oladi. Orkestrdagi bir necha musiqa asboblaridan tarqalayotgan ovoz qulog’imizga bir vaqtda eshitiladigan tovush tölqinlarini hosil qiladi. Bunda qulog’imiz xamma tovushlarni yaxshi farq qila oladi.
Xulosa: Demak, har xil manbalardan tarqaluvchi to’lqinlar muhitda bir - biriga xalaqit qilmasdan tarqalar ekan. Ular uchrashgan paytda bir - biriga tasir qilmas ekan. Ana endi biz bitta manbadan chiqayotgan ikki to’lqin uchrashganda qanday hodisa ro’y berishini qarab chiqaylik. Buning uchun yana suv betidagi to’lqinlarni kuzatamiz.
Garmonik ravishda tebrana oladigan sterjenga mahkamlangan ikkita sharcha yordamida va unadagi suv betida ayni bir vaqtda ikkita doiraviy to’lqin xosil qilish mumkin. Bunda bitta manba ( sterjenning tebranishi ) dan ikkita to’lqin hosil bo’ladi. Bu ikki to’lqinlar uchrashib suvb betining ayrim qisimlarida g’alayonlar kuchayib, boshqa qismlarida g’alayon yuzaga kelmasligini ko’ramiz. Agar biz yerda ikkita to’lqinning do’ngliklari uchrashsa bu yerda suvning g’alayoni kuchayadi. Aksincha bir yerda bir to’lqinning do’ngligi bilan ikkinchi to’lginning chuqurligi uchrash suv beti g’alayonlanmaydi. Umuman esa muhitning har bir nuqtasida ikki to’lqindan yuzaga kelgan tebranishlar bir biriga qo’shiladi. Suv betining bazi joylarida tebranishlar bir - birini kuchaytiradi, boshqa joylarida esa ular bir – birini so’ndiradi.
Xo’sh bitta manbadan tarqaluvchi to’lqinlarning qanday o’ziga xos xususiyati bor ekan. Bular quyidagi xususiyatdir;
1) Bu to’lqinlarning chastotalari teng; = yoki =
2) Ularning fazalar farqi o’zgarmaydi; = t+ chunki =const dir.
T-Chastotalari bir xil fazalar farqi vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydigan to’lqinlarga kogerent to’lqinlar deyiladi.
T-Kogerent to’lqinlarning qo’shilishi natijasida ularni kuchayishi yoki susayishiga to’lqin interferensiyasi deyiladi.
Xulosa; Demak faqat kogerent to’lqinlar qo’shilganda bir – birini kuchaytirishi yoki susaytirar ekan. Yuqorida takidlaganimizdek agar to’qinlar kogerent bo’lmasa ular uchrashganda bir – biriga umuman xalaqit qilmas ekan.
Q-Kogerent bo’lmagan (yani chastotalari xar xil) to’lqinlar uchrashganda interferensiya hodisasi kuzatilmaydi.
To’lqin interferensiyasi;Aytaylik ikkita S1 va S2 nuqtalardan tarqalayotgan kogerent sinusoidal to’lqinlar qandaydir C nuqtada uchrashsin. Bu to’lqinlar uchrashgach d1 hamda d2 masofa bosib o’tadi.
d1=3λ d2=4λ
Ikkita yarim to’lqin uzunligiga teng bo’ladi, va C nuqtada uchrashuvchi to’lqinlarning chuqurliklari mos keladi. Qo’shilgandan so’ng ular bir – birini kuchaytiradi.
Endi xuddi avvalgidek uchrashuvchi kogerent to’lqinlarning optik yo’llari farqi boshqacharoq bo’lgan holini qaraylik.
Unda d1=2,5λ va d2=4λ bo’ladi. Yo’llar farqi 2-d1=1,5 =3 bo’ladi. Demak bunda, yullar farqi toq sondagi yarim to’lqin uzunligiga teng. Uchrashgan bu to’lqinlarning do’ngligi bilan chuqurligi to’g’ri keladi va ular bir – birini susaytiradi.
Ana endi to’lqinlarning susayishi va kuchayishidagi yo’llar farqiga etibor bering, yo’llar farqi juft sondagi yarim to’lqin uzunligiga mos kelsa ular bir – birini kuchaytiradi, aksincha yo’llar farqi toq sondagi yarim to’lqin uzunligiga teng bo’lsa ular bir – birini susaytiradi.
Q-Kogerent to’lqinlarning uchrashguncha bosib o’tgan yo’llar farqi juft sondagi yarim to’lqin uzunligiga teng bo’lsa d2-d1=2k ular bir – birini kuchaytiradi. Bunda umumiy amplitude quyidagiga teng bo’ladi. Aum=A1+A2 (1)
Q-Kogerent to’lqinlarning uchrashguncha bosib utgan yo’llar farqi toq sondagi yarim to’lqin uzunligiga bo’lsa d2-d1=(2k+1) ular bir – birini susaytiradi. Bunda umumiy amplituda quyidagiga teng bo’ladi; Aum=A1-A2 (2)
Mavzu; Yorug’lik interferensiyasi
Bizga malumki yorug’lik bu elektromagnit to’lqindir. Yorug’lik to’lqin bulgani uchun ularda ham interferensiya hodisasi kuzatiladi. Inteferensiya hodisasi barcha to’lqinlarga hos bo’lgan hodisa hisoblanadi. Yani barcha to’lqinlar interferensiyalanadi. Ikkita o’zaro kogerent bo’lgan yorug’lik to’lqinlari uchrashganda bir - birini kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin. Agar yorug’lik nurlari bir – birini kuchaytirsa, sh nuqtada yoritilganlik ortadi, bir - birini susaytirganda esa qorong’ulik hosil bo’ladi. Demak, yorug’lık tolqinlari interferensiyalanganda fazoning bazi nuqtalari qorong’ulashib, boshqa nuqtalari esa yorqinlashib ko’rinadi. Avvalgi mavzuda takidlangan barcha qoidalar yorug’lik interferensiyasi uchun ham o’rinli bo’ladi.
Yüklə 51,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin