15-AMALIY MASHG’ULOT. Vegetativ nerv tizimining simpatik qismi. Vegetativ nerv tizimining parasimpatik qismi.
1 . Vegetativ nerv tizimining simpatik qismi.
Vegetativ nerv sistemasi (lot. vegetatio — oʻsish, rivojlanish, qoʻzgʻalish) — odam va umurtqali hayvonlar nerv sistemasining bir qismi; V.n.s.ning tolalari barcha ichki aʼzolarning silliq muskullariga tarqalib, ular faoliyatini kishi ixtiyorisiz (avtonom holda) boshqarib turadi. Ammo V.n.s. animal (skelet muskullarigacha tarqaluvchi) nervlar singari bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻi boshqaruvida faoliyat koʻrsatadi. Bu terminni fanga birinchi marta fransuz vrachi M. Bisha kiritgan (1801) va uning somatik nerv sistemasi faoliyatidan farqini ilmiy jihatdan asoslab bergan. Ingliz fiziologi J. Lengli (1903) V.n.s.ni "avtonom nerv sistemasi" deb atadi, chunki V.n.s.ning faoliyati ong bilan boshqarilmaydi, shu sababli "avtonom" yoki ixtiyorsiz nerv sistemasi deb ham yuritiladi.
Simpatik va parasimpatik qismlarning o zaro farqi
1.Parasimpatik qism markazlari bir-biridan uzoqda va kichik sohada joylashgan. Simpatik qism markazi bitta katta sohada joylashgan.
2.Simpatik qism barcha ichki a’zolami va ko‘z olmasining silliq mushaklarini innervatsiya qiladi, parasimpatik qism esa siydik nayi va ba’zi bir yirik qon tomirlarda bo‘lmaydi.
3.Parasimpatik qism tugunlari ichki a’zolar devori ichida yoki a’zoga yaqin joylashsa, simpatik qism tugunlari esa umurtqa pog‘onasi yonida yoki oldida joylashadi.
4.Parasimpatik qismning preganglionar tolalari uzun, postganglionar tolalari qisqa boisa, simpatik qismning preganglionar tolalari qisqa, postganglionar tolalari uzun bo‘ladi.
Simpatik va parasimpatik qismlar organizmga qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Shunga qaramasdan bu ikki qism o ‘zaro hamkorlikda faoliyat yuritadi. Masalan, parasimpatik qism ta’sirida yurak harakati sekinlashsa, tomirlami toraytiruvchi simpatik qism faoliyati pasayib qon tomirlar shunga mos ravishda kengayadi va qon oqishi sekinlashadi.
Avtonom nerv tizimining simpatik qismi
Avtonom nerv tizimining simpatik qismining (pars simpathica) markazini orqa miyaning SVIII - Th, - Ln segmentlarining oraliq lateral ustunda joylashgan avtonom o‘zaklar hosil qiladi. Uning periferik qismi tarkibiga:
1) o‘ng va chap simpatik poya (truncus sympathicus);
2) qo‘shuvchi tolalar (rr. communicantes);
3) umurtqa pog'onasi oldida va yonida, shuningdek yirik qon
tomirlar atrofida joylashgan simpatik tugunlar;
4) shu tugunlardan a’zolarga boruvchi nervlar;
5) avtonom nerv chigallari va ulardan a’zolarga boruvchi nervlar;
6) a’zolar va qon tomirlar avtonom chigallari;
7) somatik nervlar tarkibida a’zolar va to‘qimalarga boruvchi
nervlar kiradi.
Simpatik qismning preganglionar tolalari orqa miyaning yon ustunlari huj ayralarining о4 siqlaridan iborat. Bu о ‘ siqlar orqa miyadan oldingi ildiz tarkibidan chiqib, orqa miya nervidan umurtqalararo teshikdan o‘tgach oq qo‘shuvchi tarmoq (r. communicans albus) bo‘lib ajraydi. Bu tarmoqlar yaqinida joylashgan simpatik poya tugunlariga qo'shiladi. Oq qo‘shuvchi tarmoqlar VIII bo‘yin, barcha ko'krakva ikkita yuqoriga bel nervlari tarkibida bo‘ladi. Bu tarmoqlar barcha ko‘krak (yulduzsimon tugunga ham) va ikkita yuqorigi bel tugunlariga birikadi. Simpatik poyaning qolgan tugunlariga oq qo‘shuvchi tarmoqlar bormaydi. Ularga preganglionar tolalar simpatik poyaning ko‘krak va bel tugunlaridan tugunlararo tolalar orqali uzilmasdan boradi.
Avtonom nerv tizimining parasimpatik qismi bosh miya va orqa miyaning dumg‘aza qismlariga bo‘linadi. Uning bosh qismi ko‘zni harakatlantiruvchi, yuz (oraliq), til-halqum va adashgan nervlarining avtonom o‘zaklari, ulardan
Chiquvchi preganglionar tolalar, kiprikli, qanot-tanglay, quloq, jag osti va til osti tugunlari, shuningdek ichki a’zolar devorida joylashgan Intramural tugunlar va ulardan chiquvchi postganglionar tolalardan iborat.Dumg‘aza qismi orqa miyaning II-IV dumg‘aza segmentlarida joylashgan parasimpatik o‘zaklar, chanoq tugunlari va chanoqdagi ichki a’zo nervlaridan tuzilgan.
Parasimpatik nerv sistemasi — vegetativ nerv sistemasining bir qismi. Parasimpatik nerv sistemasi. Oʻzi innervatsiya qiladigan aʼzolarga xilma-xil, koʻpincha, simpatik nerv sistemasi taʼsiriga qarama-qarshi taʼsir koʻrsatadi. Parasimpatik ners sistemasi simpatik nerv sistemasi bilan birga barcha ichki organlar va bezlar faoliyatini boshqarishda qatnashadi
Dostları ilə paylaş: |